92
borilishi lozim. Birinchi bo‘lak chorraha va tutashma joylar, ikkinchi bo‘lak
chorraha va tutashmalar oralig‘idagi yo‘l bo‘yidagi mintaqa.
Piyodalar harakatini tashkil etish quyidagi
tamoyillar
bo‘yicha amalga
oshiriladi:
I. Piyodalar transport vositalarining harakatiga ta’sir ko‘rsatmaydilar.
II. Piyodalar transport vositalarining harakatiga qisman (vaqti-vaqti bilan)
ta’sir ko‘rsatadilar.
III. Piyodalar transport vositalarining harakatiga ta’sir ko‘rsatadilar.
Avtomobil
yo‘llarining aholi punktlaridan o‘tgan uchastkalarida
harakatlanish uchun birmuncha noqulayliklar vujudga keladi. Ular asosan
mahalliy harakatning ko‘pligi,
piyodalarning harakati, jamoat transportlarining
to‘xtash joylari mavjudligi, yo‘l yaqinida joylashgan har xil binolar borligi
«tranzit» Avtomobillarining o‘tishiga katta halal beradi.
O‘zbekiston yo‘l tarmoqlarining 55-95%i aholi
yashaydigan punktlardan
o‘tgan bo‘lib, [2] Rossiya va Ukraina yo‘l tarmoqlaridagi xuddi shunday
ko‘rsatkichga nisbatan 2-2,5 barobar ko‘p demakdir [2].
Harakat miqdori aholi yashaydigan joydan o‘tgan uchastkalarda 8-15, ayrim
hollarda esa 20 ming avt/sut. bo‘lishi mumkin. Jamlovchi halokatlik
koeffitsiyentlar yig‘indisi ba’zi bir hollarda 180-350 miqdorga yetadi yoki bu
me’yordagi ko‘rsatkichdan 4,5-7 marta ko‘pdir. Yana shuni aytib o‘tish kerakki,
Toshkent viloyatida avtomobil yo‘llari yoqasida aholi
punktlarining joylashib
borishini 1960-1996 y. ichida tahlil qilganimizda [2] aholi punktining yo‘l
yoqasida yildan-yilga o‘sib borishi yo‘lning ahamiyatiga qarab 1,5-4,0 % tashkil
qilar ekan.
Avval aytib o‘tganimizdek, O‘zbekiston yo‘llarida transport oqimida
Avtomobil transporti bilan traktorlar va qishloq xo‘jalik mashinalari birgalikda
harakat qilishi natijasida ma’lum qiyinchiliklar tug‘iladi,
aholi yashaydigan
uchastkalarda esa bu noqulaylik ortadi.
Aholi punktidan o‘tgan yo‘llarda harakatni to‘g‘ri tashkil qilish uchun
quyidagi ishlarni amalga oshirish kerak:
1. Yo‘l belgisini, yo‘l belgi chizig‘ini, yo‘l to‘sig‘ini va yo‘naltiruvchi
qurilmalarni joylashtirish.
2. Yengil va yuk avtomobillarini alohida harakat tasmalari bo‘yicha
harakatlantirish.
3. Ajratuvchi tasma o‘rnatish.
4. Bir tomonlama harakatni tashkil qilish (yo‘nalishlar bo‘yicha harakatni
boshqa-boshqa ko‘chalarda tashkil etish).
5. Sun’iy yoritishni ta’minlash.
6. Piyodalar harakatini tashkil qilish.
93
7. Velosipedchilarning harakatini tashkil qilish.
Bundan oldingi 1, 2, 3, 4-bandlarida keltirilgan takliflar to‘g‘risida to‘xtalib
o‘tganimiz tufayli, quyida aholi punktlarini sun’iy
yoritish, piyodalar va
velosipedchilar harakatini tashkil qilish ustida to‘xtalamiz.
Harakat xavfsizligini oshirish maqsadida aholi yashaydigan punktlarda
transport vositalari va piyodalarning harakat miqdoriga qarab piyodalar o‘tish
joylarining jihozlanish darajasi [7] o‘zgarib boradi (6.4-rasm). «Zebra»
ko‘rinishdagi piyodalar o‘tish joyi II, III toifali yo‘llarda avtomobillarning harakat
miqdori 200 avt/soat va undan yuqori bo‘lganda piyodalar yig‘ilib, yo‘lni kesib
o‘tadigan joylarda o‘rnatilishi ko‘zda tutiladi.
Piyodalar o‘tish joylarini I darajali avtomobil yo‘llarida
ikki sathda
qurilishini ta’minlash zarur.
Bolalar muassasalari mintaqasida harakatni tashkil etishda hozirda
ishlatiladigan texnik vositalar quyidagilardan iborat: yo‘l belgilar, yo‘l belgi
chiziqlari,
transport svetoforlari, piyoda svetoforlari, yo‘l to‘siqlari. Bunday
an’anaviy usulda harakatni tashkil etilishida bir qancha ob’ektiv va sub’ektiv
kamchiliklar mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: