95
xujjatlarga tegishli ravishda yoritilishga ega bo‘lishi kerak. Avtomagistrallarda
yoritish qurilmalari bilan jihozlangan yo‘l ishlari mintaqasi ko‘chma to‘siq yoki
g‘ovlarda o‘rnatilgan ogohlantirish chiroqlari bilan belgilaishi kerak. Ular yo‘lni
ko‘ndalangiga 1mdan o‘rnatiladi. Uzunlikdagi to‘siq yoki g‘ovda 1 chiroq
hisobidan joylashtiriladi. Agar inventar g‘ovlar yo‘l bo‘ylab o‘rnatisa, u holda
chiroqlar ularga har 15mda joylashtiriladi, bunda to‘siq va g‘ovlar
chiroqni
mahkamlash uchun qurilma bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. To‘suvchi qurilmalar
bilan birga qo‘llaniladigan ogohlantirish shu’lasining yoki yorug‘lik qaytaruvchi
elementlarning rangi qizil bo‘lishi kerak.
Ogohlantirish chiroqlari qatnov qism satxidan (1,5-2) m balandlikda
o‘rnatiladi. Yoritish chiroqning quvvati (15-25) Vt dan oshmasligi kerak. Ularning
ko‘rinish masofasi atmosferaning odatdagi tiniqligida (150-300) mga teng bo‘lishi
kerak. Ular yo‘lni turli qismlarilarini ko‘z qamashtirmasligi ta’minlashi kerak.
Ogohlantirish chiroqlari kechki oqshom tushishi bilan yoqiladi, tongi yorishish
bilan o‘chiriladi. Kunduzgi vaqtda chiroqlar tuman yoki changlar mavjud
bo‘lganda yoqiladi. Minutiga 50-80 tezlikda pirillaydigan ogohlantirish chiroqlari
o‘rnatish ruxsat etiladi.
O‘ta havfli joylar (xandaqlar, qazilgan chuqurlar, yo‘l yoqasini mahkamlashda
qaziladigan o‘ralar, 0.1 m va ortiq chuqurlikdagi teganalar)ni
ogohlantirish iplari
yoki yo‘naltiruvchi konuslarni qo‘llagan holda to‘sish zarur, shuningdek ish olib
boriladigan mintaqaning butun uzunligida har 15mda o‘rnatiladigan va
ogohlantirish chiroqlari bilan jihozlanadigan inventar g‘ov yoki to‘siqlar
o‘rnatiladi. Elektr yoritish bo‘lmaganda bunday joylar sutkaning qorong‘i vaqtida
mash’alalar bilan belgilanishi kerak. Aholi yashash joylarida to‘suvchi g‘ov yoki
to‘siqlar qorong‘ulik tushishi bilan yoqiladigan ogohlantirish chiroqlari bilan
jihozlanadi.
Yo‘lning optimal o‘tkazish qobiliyatini saqlash uchun yo‘l ishlari olib
boriladigan joylarda harakat tezligini 40 km/soat dan kamaytirmaslik lozim agar
biron bir muhim sabab bo‘lmasa.
Yo‘l ishlari olib borilayotgan yo‘l qismlarida 40 km/soat dan kam
bo‘lmagan harakat
tezligi faqat ayrim hollarda, yo‘lning geometrik o‘lchamlari,
qoplama sifati, ish sharoiti yoki ob-havo sharoiti harakatni katta tezlikda amalga
oshirishga imkon bermaganda ruxsat etiladi.
Yo‘l ishlari olib borilayotgan yo‘l qismi oldida transport vositalarining tezligi
bir tekis o‘zgarishi uchun tezlikni ketma - ket kamaytirish lozim va shu bilan birga
20 km/soat dan ortiq bo‘lmaganda qadamli bosqichda amalga oshirilishi zarur.
Tezlikni bosqichli chegaralashni tartibga soluvchi vaqtinchalik yo‘l belgilari bir
biridan 100 m dan kam bo‘lmagan masofada joylashtiriladi. Tezlikni chegaralovchi
96
belgilar soni chegaralashgacha va chegaralashdan so‘ng bo‘lgan tezliklar farqiga
bog‘liq.
Yo‘l ishlari olib boriladigan joylarda transport vositalarining qarama-qarshi
oqimini ajratish, qatorliligini belgilash va harakat traektoriyasining
havfsizligini
ta’minlash uchun ko‘chma yo‘naltiruvchi konuslar, vexalar yoki ustunchalardan
foydalaniladi. Qatnov qismga chizilgan va vaqtinchalik chiziqli belgilar va yo‘l
belgilari ham shu maqsadda xizmat qiladi.
Ayrim hollarda qarama-qarshi harakat va qatnov qismni kengaytirish
mumkin bo‘lmagan hollarda majburiy svetofor yoki tartibga soluvchi yordamida
harakatni tartibga solish amalga oshiriladi.
Ko‘p tasmali yo‘llarda yo‘l ishlari olib boriladigan joylarda harakat
traektoriyasini xavfsizligini ta’minlash uchun yo‘naltiruvchi konuslar, vexalar yoki
ustunchalarni qatnov qismda yo‘l belgalarini chizish bilan birga qo‘llash maqsadga
muvofiq.
Qatnov qismda hajmi katta bo‘lmagan ishlarni (mayda
chuqurlarni tuzatish,
qatnov qismda chiziqli yo‘l belgilarini chizish va h.k.) bajarishda o‘tadigan
avtomobillarning vaqtni yo‘qotishini kamaytirishni ta’minlash uchun yo‘lning
berkitiladigan qismining uzunligi ish texnologiyasi talablarini hisobga olib
minimal qabul qilish lozim.
Yo‘l ishlari olib boriladigan mintaqadan jamoat transporti bekatini
vaqtinchalik ko‘chirishda vaqtinchalik bekat mintaqasida uning jihozi va harakatni
tashkil etishda, bekatda turgan tranport vositasi tomonidan tranzit transportga eng
kam halal berish sharoitini yaratishni hisobga olish kerak.
Olib borilayotgan ishlar bilan bog‘liq harakatni tashkil etishdagi barcha
vaqtinchalik yo‘l belgilarini va boshqa texnik vositalarni, ishlar tugallangandan
so‘ng darhol olib tashlash lozim.
Yo‘l ishlari olib boriladigan joylarda harakatni
tashkil etish uchun
foydalaniladigan vaqtinchalik belgilarning o‘lchami shu darajali yo‘l uchun
qo‘llanilganlardan kichik bo‘lmasligi kerak, avtomagistrallardagi tuzatish ishlarida
esa, yo‘l belgilari standartiga tegishli ravishda kattalashgan o‘lchamli belgilar
qabul qilinadi.
O‘rtacha sutkali harakat jadalligi yuqori bo‘lgan avtomagistrallarda yo‘l
ishlarini jadallik pasaygan davrda yoki tungi vaqtda olib borish maqsadga
muvofiq, bunda yo‘l ishlari olib boriladigan mintaqasi me’yoriy xujjatlarga asosan
yorug‘likka ega bo‘lishi kerak.
97
6.6-rasm. Ikki tasmali yo‘llarning yo‘l yoqasida ish olib borilganda harakatni tashkil etish va ish joylarini to‘sish.
Do'stlaringiz bilan baham: