Q. X. Azizov avtomobil yo‘llarida harakat xavfsizligini ta’minlash


  6.5. YO‘L HARAKATINI TASHKIL ETISHDA YO‘L HARAKATI



Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/70
Sana21.04.2022
Hajmi1,74 Mb.
#569780
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   70
Bog'liq
xxxa

 


98 
6.5. YO‘L HARAKATINI TASHKIL ETISHDA YO‘L HARAKATI 
MUXANDISLARINING VAZIFALARI 
 
Tayanch so‘zlar va iboralar: me’yoriy xujjatlar; loyiha; sxema; texnik 
vositalar; yo‘l sharoitini yaxshilash; tranport oqimi; o‘tkazish qobilyati
jihozlanganlik darajasi; xizmat inshootlari; pasport tuzish; atrof muhitni 
saqlash; harakat qatnashchilari; tuzatish; ta’mirlash; yo‘l-patrul xizmati; texnik 
diagnostika; texnik ko‘rik
Yo‘l harakati xavfsizligini tashkil etish qo‘llanilishi yo‘l harakati xavfsizligi 
sohasidagi me’yoriy hujjatlarda belgilangan hamda yo‘l harakatini tashkil etish 
loyihalari va sxemalarida nazarda tutilgan tartibga solishning texnik vositalaridan 
hamda ularning konstruksiyalaridan kompleks foydalanish asosida amalga 
oshiriladi. 
O‘zbekiston Respublikasining barcha hududlaridagi yo‘l harakatining 
yagona tartibi Yo‘l harakati qoidalarida belgilanadi. O‘zbekiston Respublikasi 
yo‘llarida transport vositalarining o‘ng tomonlama harakatlanishi belgilanadi. 
Yo‘l harakatining tashkil etilishini yo‘llarning o‘tkazuvchanlik qobiliyatini 
oshirish yoki boshqa maqsadlar uchun yo‘l harakati xavfsizligi darajasini 
pasaytirish hisobiga o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Harakat xavfsizligi muxandislarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 
- yo‘l sharoitlarining harakat xavfsizligiga ta’sirini o‘rganish; 
- transport oqimi miqdorini va tarkibini aniqlash hamda o‘zgarish qonuniyatlarini 
tadqiq qilish; 
- yo‘l-transport hodisalarini o‘rganish va joyida ularning kelib chiqishi sabablarini 
tahlil qilish; 
- yo‘lning o‘tkazish qobiliyatini aniqlash va uni oshirish bo‘yicha tadbirlarni 
belgilash;
- biriktirilgan yo‘l uchastkasining jihozlanganlik darajasini aniqlash va uni 
yaxshilash bo‘yicha tadbirlar belgilash; 
- yo‘lda harakatlanishga xizmat qiluvchi inshootlarni joylashtirishni belgilash va 
ular joylashgan mintaqada harakatni tashkil qilish; 
- yo‘lning xavfli uchastkalarini aniqlash va ularning chiziqli grafiklarini chizish 
hamda yo‘l bo‘yicha harakat xavfsizligini ta’minlash yuzasidan tadbirlar belgilash; 
- biriktirilgan yo‘l uchastkalarini muntazam ravishda ko‘rib borish, bahorgi va 
kuzgi ko‘riklarni o‘tkazish va yo‘l pasportini tuzish; 


99 
- biriktirilgan yo‘l uchastkasida harakat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ishlarni 
bajarish navbatlarini belgilashda ishtirok etish; 
- yo‘l uchastkasida atrof-muhitni saqlash bo‘yicha ishlarni belgilash; 
- harakat xavfsizligi xizmati bilan hamkorlikda harakat xavfsizligini ta’minlash 
bo‘yicha ishlarni olib borish; 
- harakat qatnashchilari va tashkilotlar tomonidan yo‘llarda yurish hamda yo‘ldan 
foydalanish ishlarini nazorat qilish; 
- yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan joylarda transport vositalarini evakuatsiya 
qilish hamda tabiiy ofatlar natijasida zarar yetkazilgan yo‘l uchastkalarini 
vaqtincha yopishni tashkil qilish; 
-Avtomobil yo‘lini tuzatish va ta’mirlash ishlari olib borilayotgan joylarda 
harakatni tashkil etish sxemalarni tuzish; 
-biriktirilgan yo‘l uchastkasida muntazam ravishda harakatlanish uchun qulay 
sharoitni yaratish va uni nazorat qilish.

Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish