MATEMATIKA DARSLARIDA PASCAL DASTURLASH TILIDAN FOYDALANIB FUNKSIYA GRAFIKLARINI CHIZISH
Aslonov Ulug’bek – Buxoro VXTXQTMOHM Aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi katta o’qituvchisi
Ta’lim tizimida o‘quv jarayonining asosiy maqsadi – dars mashg‘ulotlaridagi mavzuni o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirish darajasini oshirish, mavzuni tushuntirish, eslab qolish va amaliyotda qo‘llay bilish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat.
Paskal dasturlash tilidan foydalanib funksiya grafiklarini chizish o‘qituvchi uchun darsda ko‘rgazmalilikni oshiradi hamda vaqtdan unumli foydalanishda yordam beradi. Quyida PascalABC dasturlash tilining grafik operatorlari, ularning vazifalari hamda funsiya grafiklarini chizishga doir namunalar keltirib o‘tamiz.
Uses GraphABC; - Pascal ABC dasturlash tilida grafik holatga o’tish uchun graphABC; moduli e’lon qilinadi.
SetPenColor(ClRang); - Shakllarning chizig’i rangini aniqlash uchun foydalaniladi. Bunda Rang o’rnida ranglarning ingliz tilidagi yozilishi beriladi.
Masalan: SetPenColor(ClGreen); - shakl chizig’ining rangi yashil rangda.
SetBrushColor(ClRang); - Shakllar ichini bo’yash rangini aniqlash uchun foydalaniladi. Bunda Rang o’rnida ranglarning ingliz tilidagi yozilishi beriladi.
Masalan: SetBrushColor(ClBlue); - shakl ichini bo’yash rangi ko‘k rangda.
Line(x1,y1,x2,y2) – (x1,y1) nuqtadan (x2,y2) nuqtagacha chiziq chizadi.
Masalan: Line(1,1,1023,708); - (1,1) nuqtadan (1023,708) nuqtagacha chiziq chizadi.
Rectangle(x1,y1,x2,y2) – chap yuqori nuqtasi (x1,y1) o’ng pastki nuqtasi (x2,y2) koordinatada bo’lgan to’g’ri to’rtburchak chizadi.
Masalan: Rectangle(1,1,1023,708);
Circle(X,Y,R) – markazi (X,Y) nuqtada bo’lgan R radiusli aylana chizadi.
Masalan: Circle(512,334,50); - markazi (512,334) nuqtada bo’lgan 50 radiusli aylana chizadi.
PutPixel(X,Y,Rang) – markazi (X,Y) nuqtada bo’lgan berilgan Rang da nuqta qo’yadi.
Masalan: PutPixel(100,100,ClYellow) – 100,100 nuqtada sariq rangda nuqta qo’yadi.
y=x2 funksiyaning grafigini chizish dasturi.
uses graphABC;
var x,y,y1:real;
i,n,k:integer;
begin k:=10;
SetPenColor(ClBlue);
line(0,240,640,240);
line(320,0,320,480);
for i:=-400 to 400 do
begin x:=0.01*i;
y:=x*x;
putpixel(320+round(k*x),240-round(k*y),ClRed);
end;
end.
Funksiya grafiklarini tahlil qilish uchun bitta koordinatada bir nechta funksiya grafiklarini ham chizish mumkin. Quyida shunga doir misol keltirib o’tamiz.
uses graphABC;
var x,y,y1:real;
i,n,k:integer;
begin k:=20;
SetPenColor(ClBlue);
line(0,240,640,240);
line(320,0,320,480);
for i:=-1400 to 1400 do
begin x:=0.01*i;
y:=sin(x); y1:=2*sin(4*x);
putpixel(320+round(k*x),240-round(k*y),ClRed);
putpixel(320+round(k*x),240-round(k*y1),ClGreen);
end;
end.
Bu yerda y=sin(x) funksiya qizil rangda, y=2sin(4x) yashil rangda chizilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |