8-mavzu. Avtomobil yoʻllari va shahar koʻchalarini svetoforlar bilan jihozlash Reja



Download 0,91 Mb.
bet1/2
Sana05.05.2023
Hajmi0,91 Mb.
#935112
  1   2
Bog'liq
8-маъруза


8-mavzu. Avtomobil yoʻllari va shahar koʻchalarini svetoforlar bilan jihozlash
Reja
1.Jamoat transporti harakat qilishiga ruxsat beradigan maxsus svetaforlar
2.Transport svetoforlari tuzilishi
3.Svetoforlarning konstruksiyasi
4.Svetoforlarning turlari


Tayanch soʻz va iboralar: Transport svetoforlari, Piyodalar svetoforlari, seksiya,

Svetoforlar koʻcha-yoʻlning maʼlum qismida harakat ishtirokchilari navbat bilan oʻtishini tartibga solish uchun moʻljallangan.


Sharoitga qarab svetoforlar transport vositalarining maʼlum yoʻnalishda yoki shu yoʻnalishdagi maʼlum polosalarda harakatlanishini tartibga solish uchun ishlatiladi;
harakat yoʻnalishi qarama-qarshi tomonga oʻzgarishi mumkin boʻlgan polosalarda; temir yoʻldan oʻtish joylarida, koʻtariladigan koʻpriklarda, kema qoʻyiladigan joylarda, paromda oʻtish joylarida;

  • maxsus xizmat avtomobillari harakat jadalligi tigʻiz yoʻlga chiqish joylarida;

  • jamoat transportlari harakatini tartibga solish uchun;

  • piyodalar va velosipedchilar harakatini tartibga solish uchun.

Signallar ketma-ketligi quyidagicha boʻladi: qizil-qizil sariq – yashil – sariq – qizil. Signallar quyidagicha boʻlishiga ham ruxsat etiladi: qizil-yashil-sariq-qizil yoki qizil-sariq-yashil-sariq. Baʼzan oʻchishidan oldin yashil chiroq oʻchib-yonishi mumkin.
Qoʻshimcha seksiyalar boʻlmaganda oʻchib-yonayotgan qizil signal qatnov qismi butun kengligi boʻylab harakat qilishni taʼqiqlaydi. Qizil signalning boshqa turlari maxsus vazifani bajaradi: aylana shaklli qizil fondagi konturli qora koʻrsatgich koʻrsatilayotgan tomonga harakatni taʼqiqlaydi;kvadrat yoki aylana shaklli qora fondagi qiyshaygan qizil xoch oʻzi ustida turgan polosaga kirishni taʼqiqlaydi;turgan odamning qizil silueti piyodalarning harakatini taʼqiqlaydi. Qizil oʻchib-yonayotgan signal yoki almashib oʻchib-yonib turgan ikkita qizil signal temir yoʻldagi oʻtish joyidan, koʻtariladigan koʻprikdan, parom oʻtishidagi prichal va boshqa xavfli joylardan oʻtishni taʼqiqlaydi.
Oʻchmasdan yonib turgan sariq signal harakat xavfsizligi nuqtai nazaridan toʻxtayolmaydigan haydovchilardan boshqa haydovchilarni toʻxtash chizigʻi oldida toʻxtashini talab qiladi. Qizil chiroq bilan birga yongan sariq chiroq yashil chiroq yonishini bildiradi. Oʻchib-yonib turgan sariq signal harakatni taʼqiqlamaydi, haydovchilar uzoqdan koʻrmay qolibtransport vositalarini toʻxtaolmasligi mumkin boʻlgan yoki harakat jadalligi uch rangli signalizatsiya ishlatish uchun muvofiq boʻlgan normativ kattalikning 50 foizidan koʻp boʻladigan chorrahalarni bildiradi.
Qoʻshimcha cheklashlar boʻlmaganda yoki svetaforning qoʻshimcha seksiyalari boʻlmasa, yashil rangda yonib turgan signal qatnov qismining butun kengligi boʻylab harakat qilishga ruxsat beradi.
Yashil signalning turlari:

  • qora fondagi yashil koʻrsatgich – koʻrsatgich yoʻnalgan tomonga harakat qilishga ruxsat beradi;

  • agar koʻrsatgich pastga qaragan boʻlsa – svetofor joylashgan polosada harakat qilishga ruxsat beradi: yurayotgan odam silueti koʻrinishidagi signal piyodalarning harakatiga ruxsat beradi;

Yashil oʻchib-yonib turgan signal ruxsat berish takti tugagani va sariq chiroq yonishini bildiradi.
Svetofor qoʻshimcha seksiyasidagi yashil koʻrsatgich, asosiy svetofor signalidan qatʼiy nazar, koʻrsatgich qaragan tomonga harakat qilishga ruxsat beradi.
Shunday boʻlganda asosiy svetoforning qizil signali yashil koʻrsatgich qaragan tomonga harakatlanayotgan haydovchilarni ustunlik huquqidan mahrum qiladi.
Asosiy svetofor yashil seksiyasi yongan boʻlsa ham oʻchgan seksiya koʻrsatgich qaragan tomonga harakatni taʼqiqlaydi.
Jamoat transporti harakat qilishiga ruxsat maxsus svetaforlar ustki va pastki signallari qoʻshilib yonishiga bogʻliq boʻladi (agar ishlatiladigan boʻlsa, 8.1-rasmda koʻrsatilgan). Agar pastki signal oʻchirilgan boʻlsa harakat barcha yoʻnalishda taʼqiqlanadi.
Tadqiqotlardan maʼlum boʻldiki, chorrahaning oldida xavfli joy mavjud va bu joydagi haydovchilar koʻpincha ruxsat etuvchi signal taʼqiqlovchi signalga oʻtganda avtomobilni toʻxashaolmaydi. Bu xavfli joy toʻxtash chizigʻi bilan 10% haydovchilar talabni qoniqarli bajarolmaydigan nuqta oʻrtasida boʻladi. 8.1-jadvaldan koʻrinib turibdiki, tezlikni kamaytirmasdan xavfli joydan oʻtish vaqti 3-4 sekundni tashkil etadi. Bu holat birinchidan ogohlantiruvchi signal sifatida oʻchib-yonadigan yashil signalni ishlatish, ikkinchidan uning uzunligini xavfli joydan oʻtish vaqtiga teng qilib belgilashni talab qildi.
8.1-jadval

Tezlik, km/ch

Xavfli joy uzunligi, m

Tezlikni kamaytirmay xavfli joydan oʻtish vaqti, sekund

50

43

3,1

55

49

3,2

60

58

3,5

70

74

3,8

80

91

4,1

Yashil signal oʻchib yonayotgan vaqtda avtomobilning toʻxtashi chorrahaning oʻtkazish imkoniyatini kamaytiradi, turib qolishlarni koʻpaytiradi.


Shuning uchun yashil oʻchib-yonadigan signalni qisman sariq signal uzunligi hisobiga tadbiq qilish kerak, shunda u faqat toʻxtash chizigʻidan chorrahaning olis chetigacha xavfsiz oʻtishni taʼminlaydi.
Ogohlantirish signali berishning boshqa variantlarini topish (yashil bilan qizil chiroqning birga yonishi yoki yashil chiroq bilan sariq chiroqning yonishi, raqamli tablolar ishlatilishi) muvaffaqiyatli boʻlmagan.

Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish