Svetoforlarning turlari
Svetoforlar vazifasiga (transportlar uchun, piyodalar uchun, tramvaylar uchun va hk.); konstruktiv tuzilishiga (bir seksiyali, ikki seksiyali, uch seksiyali, qoʻshimcha seksiyali uch seksiyali); tartibga solishdagi oʻrniga (asosiy svetofor, qoʻshimcha svetofor, qaytaruvchi) qarab boʻlinadi.
8.1-rasmda hozir ishlatiladigan svetofor turlari koʻrsatilgan. 1 va 2 tur svetoforlarning (qoʻshimcha seksiyasi signalini hisobga olmaganda) diametri 200 yoki 300 mm boʻlgan tik joylashgan uchta aylana signali boʻladi. Istisno sifatida 1 tur svetoforlarningsignali yotiq joylashtirilishi ham mumkin. Signallar tepadan pastga (chapdan oʻngga): qizil, sariq, yashil boʻlib joylashadi.
Qoʻshimcha seksiyalar faqat 1 tur svetoforlar bilan ishlatiladi va signali aylana qora fonda yashil koʻrsatgich koʻrinishida boʻladi.
Seksiyalarning joylashishi, 8.1-rasmdagidek, koʻrsatgichning harakat ruxsat berilgan yoki taʼqiqlangan yoʻnalishiga bogʻliq boʻladi.
Qizil va sariq signallardan farq qilib, bu turdagi svetoforlarda yashil koʻrsatgich qora fonda boʻladi. Svetoforning osti yoki ustidagi oq lavhaga linzadagi koʻrsatgich yoʻnalgan tomonga qaragan koʻrsatgich chiziladi.
1 tur sveftorlar chorraha barcha yoʻnalishida harakatni tartibga solishga ishlatiladi. Ularni yana temir yoʻldan oʻtish joylarida, tramvay va trolleybus yoʻllaridan oʻtishda, yoʻl toraygan joyda ishlatishga ham ruxsat etiladi. 2 tur svetoforlar maʼlum (koʻrsatgich qaragan) yoʻnalishdagi harakatni tartibga solishga, shu yoʻnalishda yuradigan transport oqimi yoʻlni kesib kesib oʻtmaganda, boshqa transport yoki piyodalar oqimi bilan qoʻshilmaganda (ziddiyat boʻlmaganda) ishlatiladi. Qatnov qismi keng, chorrahaga keladigan polosalar toʻrttadan koʻp boʻlsa har bitta polosaga bittadan shunday svetofor qoʻyib harakatni tartibga solish toʻgʻri boʻladi. 1 va 2 tur svetoforlar chorrahada birga ishlatilmaydi.
Transport svetoforlari
Piyodalar svetoforlari
3-tur svetoforlarning signali yotiq joylashadi: chapda – qiya qizil xoch, oʻngda – pastga qaragan yashil koʻrsatgich (4.69-rasm). Ikkala signal ham 300 mm tomonli kvadrat yoki shu diametrli aylana qora fonda boʻladi. Bunday svetoforlar alohida (misol uchun, qarshi harakatli) polosalarga chiqishni tartibga soladi, har bitta shunday polosaning boshiga qoʻyiladi.
4 (8.1-rasm) va 5 (8.2-rasm) turdagi qizil signalli svetoforlar oʻchib-yonib ishlaydi, aylanasining diametri 200 yoki 300 mm boʻladi. Transport vositalarining harakatiga ruxsat berilganda signali oʻchadi. Bu turdagi svetoforlar temir yoʻldan oʻtish joylarida, koʻtariladigan koʻpriklar oldida, qirgʻoqdan poromga oʻtish joylarida, maxsus xizmat transport vositalari yoʻlga chiqadigan joylarga qoʻyiladi.
5-tur svetoforning faqat oʻchib-yonib turadigan bitta sariq signali boʻladi. Konstruksiyasi, koʻrinishi 4.69-rasmda koʻrsatilgan svetofor bilan bir xil. Bunday svetofor harakat tartibga solinmaydian, xavf koʻp chorrahalarlda ishlatiladi.
6-tur svetoforlarning oq-oy rangli, aylansining diametri 80-100 mm toʻrtta sigrali boʻladi. Signallarining joylashishi 8.1-rasmda koʻrsatilgan. Bunday svetoforlar tramvay harakati ziddiyatsiz tartibga solinadigan joylarda, alohida ajratilgan polosadan borayotgan marshrut avtobuslari va trolleybuslarining harakatini tartibga solish uchun ishlatiladi.
Piyodalar oqimi ziddiyatsiz tartibga solinganda 7-tur svetoforlar ishlatiladi (4.69-rasm). Tik joylashadigan ikkita kvadrat yoki aylana signalining tomonlari yoki diametri 200-300 mm boʻladi. Ustki signali – turgan piyodaning silueti, pastkisi – yurayotgan piyodaning silueti. Ikkla siluet ham qora fonda boʻladi.
8-tur svetoforning qizil, sariq va yashil signallari tik joylashadi, aylanasining diametri 60-100 mm boʻladi. Koʻrinishidan 1-tur svetoforga oʻxshaydi, undan faqat oʻlchami, signallarining kichikligi bilan farq qiladi. Bu turdagi svetoforlar chet polosadagi toʻxtash chizigʻi oldida toʻxtagan haydovchilarga qoʻshimcha seksiyasiz asosiy svetofor signali koʻrinmaganda asosiy svetofor signalini qaytarish uchun ishlatiladi. 8-turdagi svetofor asosiy svetoforlarning ostida, qatnov qismidan 1,5-2 m balandda oʻrnatiladi. Bu turdagi svetoforlar velosipedchilar harakatini tartibga solish uchun ishlatiladi. Ularning ostiga velosipedning rasmi tushirilgan oq lavha biriktiriladi.
Yuqorida aytilgan svetaforlar signalining varianti ikki xil boʻlsa (200 mm yoki 300 mm) signali kattaroq svetaforlar magistral koʻcha va yoʻllarga oʻrnatiladi.
Svetoforlarning konstruksiyasi
Svetafor har bittasi maʼlum signalga moʻljallangan alohida seksiyalardan tuziladi. Svetoforning turiga qarab seksiyalarining konstruksiyasi har xil boʻlishi mumkin (shakli, signalining oʻlchami, alomatining xususiyati, nur manbai, tarqatuvchi linzasi va hk.). Seksiyalarining umumiy tomoni – har bitta seksiyadagi alohida korpusda optik moslama boʻladi.
Zamonaviy svetoforlar asosiy svetooptik elementlarni mukammalashtirishga qaratilgan: nur manbai, aks ettirgich linzalar. Shuningdek konstruksiyaning ishonchliligi va uzoqroq xizmat qilishi borasida ham tadqiqotlar oʻtkazilayapti.
Nur manbaalari. Nur manbai sifatida umumiy va maxsus maqsadga moʻljallangan qizish lampalari ishlatiladi. Nur manbai sifatida gazli nur naychalari yoki nurlanuvchi diodlar ishlatiladigan konstruksiyalar ham bor. Qizish lampasining asosiy kamchiligi – qizish simining fokusga tushishi qiyin, lampa titrashga chidamsiz boʻladi. Bundan tashqari, ishlash rejimi oʻziga xos boʻlgani uchun ishlash muddati kam (500-800 soat) boʻladi.
8.1-rasm. Svetodiod svetofor konstruksiyasi
Svetoforlar ustunga, mavjud tayanchlarga yoki bino devorlariga biriktiriladigan kronshteynlarga, maxsus konsol tayanchlarga, troslarga oʻrnatiladi. Urilish xavfi oldini olish uchun ustunlar qatnov qismi tashqarisiga oʻrnatiladi yoki toʻsiq bilan berkitiladi.
Svetoforlar (7 va 8 turlardan tashqari) qatnov qismining ustida 4,5-5,5 m balandlikda yoki undan chetda 2-3 m balandlikda oʻrnatiladi. Oxirgi usulida qatnov qismi bilan svetofor oraligʻi 0,5-3 m boʻlishi kerak. Planda svetofor toʻxtash chizigʻining orqasida oʻrnatiladi. Lekin u bilan toʻxtash chizigʻining orasi kamida 1 m boʻlishi kerak (qatnov qismi tepasida oʻrnatilsa 3 m boʻladi).
Agar chapga buriladigan oqimni tartibga solmasa, asosiy svetofor (1 yoki 2 tur) oʻngda, chorraha oldiga oʻrnatiladi. Takrorlaydigan svetofor (agar birinchi turdagi svetofor ishlatiladigan boʻlsa) ham chorraha oldida, ajratish polosasida yoki xavfsizlik orolida oʻrnatiladi. Agar bunday ehtimol boʻlmasa takrorlovchi svetofor chorraha orqasida, ajratish polosasida yoki yoʻlning chap tomoniga oʻrnatilishi mumkin. Bir tomonli yoʻllarda takrorlaydigan svetoforlar chorraha oldida, qatnov qismining chap tomoniga oʻrnatiladi.
Chap burilish seksiyasi qoʻyilgan asosiy svetofor chorraha oldiga, ajratish polosasiga yoki xavfsizlik orolchasiga oʻrnatiladi, agar ular boʻlmasa, oʻng tomonga oʻrnatilishi mumkin. Takrorlovchi svetofor chorrahadan keyin ajratish polosasiga yoki yoʻlning chap tomoniga qoʻyiladi. 8.2-rasmda chorraha parametri va undagi harakat tartibiga qarab 1-tur svetoforlarning joylashish tartibi koʻrsatilgan.
Katnov qismi keng boʻlganda aytilgan usullar signallar koʻrinishini taʼminlamasligi mumkin, shunday boʻlsa takrorlaydigan svetoforlarni yoʻlning ustiga joylashtirish toʻgʻri boʻladi. 2-tur takrorlovchi svetoforlar ishlatilganda bundan boshqa usulni ishlatib boʻlmaydi. Asosiy svetofor qatnov qismining oʻng yoki chap tomoniga oʻrnatilib ikki yoki undan koʻp polosadagi harakatni tartibga solganda shunday qilish zarurati paydo boʻladi. (8.2-rasmda koʻrsatilgan).
8.2-rasm. Svetoforlarni chorrahada oʻrnatish usullari
8.3-rasm. 2-tur takrorlaydigan svetoforlarning oʻrnatilishi
8.4-rasm. Haydovchining oʻrni va optik oʻqiga nisbatan svetofor signalining tarqalishi
Chapga burilishni tartibga soladigan 2-tur svetoforlar harakat polosasining chap tomoniga ajratiladigan polosada yoki xavfsizlik orolchasiga oʻrnatiladi. Agar yoʻlning bu elementlari yoʻq boʻlsa 2-turdagi asosiy svetofor yoʻlinng chap tomoniga oʻrnatiladi, lekin buning uchun qarshi harakatga faqat bitta polosa ajratilgan boʻlishi kerak. Aksincha boʻlsa bu svetofor qatnov qismining ustiga oʻrnatiladi.
Har bitta polosadagi harakat tartibga solinganda 2-turdagi svetofor har bitta polosaning ustiga oʻrnatiladi. Bunday boʻlganda takrorlaydigan svetofor oʻrnatish kerak emas.
Piyodalar, jamoat transporti, qarshi harakat va temir yoʻldan oʻtish joyidagi harakatni tartibga soladigan svetoforlarni joylashtirish tartibi alohida bobda yozilgan.
Svetoforni koʻrinish masofasi zamonaviy transport vositalarining taʼqiqlash signali berilganidan soʻng vaqtida toʻxtay olishidan kelib chiqib belgilangan. Shu bilan birga toʻxtash yoʻli favqulodda toʻxtashdan emas, xizmat toʻxtashidan kelib chiqib hisoblanadi (sekinlashish 2 — 3 m/s2 dan oshmasligi kerak), haydovchi signalni topadigan va uni idrok qiladigan vaqtni ham hisobga oladi. Hozir signal qabul qilinadigan eng kam oraliqning meʼyoriy oʻlchami qilib 100 m qabul qilingan.
Koʻrinadigan masofa svetoforning svetotexnik xususiyatlariga bogʻliq boʻladi. Yorugʻlikning kuchi, uning optik tuzilishi va koʻrsatilgan masofa quyidagicha bogʻliq boʻladi:
(8.1)
formuladagi
Ls – signal koʻrinadigan masofa, m;
I – burchakda optik tizim yorugʻlik kuchining oʻqiga nisbati;
– atmosferaning shaffoflik koeffitsiyenti;
kp – yorugʻlik signali burchak oʻlchamiga bogʻliq boʻladigan toʻgʻrilash koeffitsiyenti;
Yep – haydovchi qorachigʻida signal aniq bilinadiganyorugʻlik kuchi, lk. (Signal ranggiga qarab kunduzi Yep=610-41210-4; qorongʻida – 0,810-40,810-6).
Meʼyoriy koʻrinish masofasini taʼminlash uchun kerak boʻladian yorugʻlik kuchini hisoblaganda Kp1 va deb qabul qilish mumkin, sababi odatdagi sharoitda = 0,5–0,8, kn esa signal burchak oʻlchami katta boʻlgandagina sezilarli kattalashadi. Shunday hisoblaydigan boʻlsak, koʻrib chiqilayotgan formulani (8.1) soddalashtirish mumkin:
(8.2)
Amalda esa hisoblangan yorugʻlik kuchining qiymati tarmoqda kuchlanish oʻzgarishi, linzan, nur qaytargich kirlanishi va yorugʻ fonda moslashish sharoiti hisoblanib oshiriladi. Bundan tashqari I optik oʻqqa nisbatan belgilangan burchakdagi yorugʻlik kuchini bildiradi. Svetofor asosiy svetotexnik xususiyatlaridan biri boʻlgan yorugʻlikning oʻqdagi kuchi kattaroq boʻlishi kerak (4.73-rasm). Svetoforlarni oʻrnatish balandligi, qatnov qismining kengligi va haydovchi yon tomondan koʻrishi xususiyatlarini hisobga olganda signal nur toʻplamining kengligi gorizontal yassilikda ± 10° va vertikalda (nol belgidan pastda) 8° boʻlishi kerak.
Zamonaviy svetoforlar nurining oʻqdagi kuchi oʻrtacha 200 kd boʻladi. Tunda yorugʻlik kuchini (60 kj gacha) kamaytirish imkonini beradigan konstruktiv yechimlar ham oʻrganilayapti, sababi aynan shu vaqtda yorugʻlik boshlanishi va moslashish xususiyati oʻzgaradi. Bunday yechimlar varianti sifatida tarmoqdagi quvvatni kamaytirish yoki ikki simli lampalarni ishlatish koʻrilishi mumkin.
Nazorat savollari:
1. Svetoforlar vazifasi?
2. Svetaforlar signalining varianti yechi xil va qanday oʻrnatiladi?
3. Nur manbai sifatida gazli nur naychalari yoki nurlanuvchi diodlar haqida malumot bering?
4. Svetoforni koʻrinish masofasi zamonaviy transport vositalarining taʼqiqlash signali haqida malumot bering?
5. Meʼyoriy koʻrinish masofasini taʼminlash uchun kerak boʻladian yorugʻlik kuchi haqida malumot bering?
Do'stlaringiz bilan baham: |