erishishi, malakasi umume’tirof etilishi, korxona tashkiliy tuzilmasida
eng yuqori lavozim darajasiga ko’tarilishi bosqichma-bosqich, ushbu
kasbiy va shaxsiy sifatlar muttasil takomillashib borishi uyg’un holda
ro’y berishi tushuniladi. Barqaror kar’erada xodimning kasb faoliyati va lavozimda
o’sishida muayyan chekinishlarga yo’l qo’yilishi mumkinligi nazarda
tutiladi. Ya’ni bu xodimning mehnat faoliyati muayyan bosqichida o’z
ma’lumoti bo’yicha ixtisosligiga mos kelmaydigan lavozimni
egallashiga to’g’ri kelganligini bildiradi.