Q usmonov, U. Jo‘rayev, N. Norqulov o zbekiston tarixi


tanob  yerdan bir tillodan tanobona olinishi  zarurligi ko‘rsatilgan. Agar ekinzor egasi  tanobona



Download 38,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/128
Sana26.02.2022
Hajmi38,02 Mb.
#465695
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   128
Bog'liq
8-синф уз.тарихи

tanob 
yerdan bir tillodan tanobona olinishi 
zarurligi ko‘rsatilgan. Agar ekinzor egasi 
tanobona 
to lash dan 
bosh tortsa, hosilning uchdan bir qismi mol (xiroj) tariqasida 
olingan. Ba’zida xiroj hosilning yarmini tashkil etgan.
XV 
— XVII asrdan zakot solig‘i beva-bechoralar, musofirlar 
foydasiga olingan bo‘lsa, XVIII asrdan boshlab xazina foydasiga 
olinadigan bo‘ldi.
Kanallar, inshoot, qal’a, ko‘priklar, yo‘llar ta’miri hashar 
yo‘li bilan amalga oshirilgan. Boshda hasharchilar oziq-ovqat 
bilan ta’minlangan. XVIII asrdan boshlab hasharga keluvchilar 
oziq-ovqati, ish asboblari, ot-aravasi bilan kelishi lozim bo‘lgan.
Markaziy Osiyoda, jumladan, Buxoro 
Qishloq xo ‘jaligi va 
davlatida ham qishloq xo‘jaligining taqdiri 
sug‘orish ishlari 
sun’iy sug‘orishning qanchalik to ‘g‘ri
hal etilganligiga bog‘liq edi.
Shuning uchun ham XVIII asrda sug‘orish tarmoqlarining 
kengaytirilishiga alohida e’tibor berildi. Zarafshon daryosida 
Xurmo va Sarazm nahr(ariq)lari chiqarilgan. Ularning biri to ‘rt 
chaqirim, ikkinchisi uch chaqirim uzunlikda bo‘lgan.
Amir Shohmurod zamonida 40 chaqirim (1 chaqirim 0,9 
km ga teng) uzunlikdagi Qozonariq (Urgut tumanini sug‘organ), 
24 chaqirim uzunlikdagi Toyman arig‘i, 24 chaqirim uzunlikdagi


To‘g‘uzariq qazilgan. Yana Oqdaryo va Qoradaryodan ham ariqlar 
chiqarilgan.
Sug‘orish inshootlarini yaroqli holda saqlashning og‘ir yuki 
mehnatkashlar gardanida edi. Aynan ularning matonatli mehnati, 
sabr-toqati, sug‘orish inshootlarining muqim ishlashini ta ’minlar 
edi. Dehqonlar suvdan foydalanishda asrlar davomida juda katta 
tajriba to ‘plagan edilar. Ular shunday sug‘orish inshootlarini 
bunyod eta oladilarki, unga tan bermaslikning iloji yo‘q edi. 
Xususan, suv ayirg‘ich to ‘g‘oni qurishdagi mohirlik buning 
isbotidir. Masalan, suv oqimi qiya va tez bo‘lgan tog‘ daryolari 
hamda soylarda suv ayirg‘ich (sepoya)lar, tinch oqadigan dar- 
yolarda shox-shabbadan qurilgan to ‘g‘onlar, Amudaryodek 
chuqur va tezoqar daryolarda esa ko‘p boshli suv ayirg‘ichlar 
qurganlar. Ayrim joylarda esa yirik to ‘g‘onlar qurilgan.
Daryo va kanallarga o‘rnatilgan chig‘iriq eng ko‘p ishla- 
tiladigan suv ayirg‘ich edi. Shunday chig‘iriqlar ham yaratil- 
ganki, ular suvni hatto 4 metr va undan ham balandga chiqarib 
bera olardi. Suvni chuqur ariqlardan chiqarib olish uchun tutqichli 
suv ayirg‘ichlar ishlatilar, bunda ot, tuya, eshak va h o ‘kiz 
kuchidan foydalanilar edi. XIX asrda birgina Amudaryoning quyi 
oqimida minglab chig‘iriq o‘matilgan edi. Bu kabi inshootlar 
Buxoro xonligi xo‘jaligida katta o‘rin tutgan. Bu hayot ta’minoti 
bo‘lgan inshootlaming bosh bunyodkori — dehqonlar ommasi 
edi. Har bir dehqon xonadoni yiliga 60 kundan 100 kungacha 
sug‘orish inshootlari qurish, kanal va ariqlami tozalash, sozlash 
ishlarida qatnashishga majbur edilar.
Dehqonchilik mehnat qurollari nihoyatda sodda edi. Oddiy 
dehqon so‘qasi (omoch) asosiy dehqonchilik quroli edi. Ot, 
ho‘kiz, sigir, tuya, eshak dehqonning suyanchig‘i hisoblangan. 
Yaxshiyamki, 0 ‘zbekiston tuprog‘i hosildor, iqlimi qulay mamla- 
katdir. Shu ikki muhim omil bilan ancha serhosil va unumdor 
dehqonchilikni yo‘lga qo‘yish imkonini berar edi.
Amirlik yerlarida paxta, bug‘doy, jo ‘xori, tariq, arpa, beda 
yetishtirish dehqonchilikning asosini tashkil etardi. Deyarli har 
bir dehqon xo‘jaligida o ‘z ehtiyoji va sotish uchun paxta 
yetishtirilardi. Ipakchilik, bog‘dorchilik, sabzavotchilik va poliz- 
chilik keng rivojlangan. Piyoz, sabzi, bodring, qovoq, qovun, 
tarvuz, olma, olxo‘ri, o‘rik, shaftoli, nok, yong‘oq, bodom, 
anjir, uzum yetishtirilar edi. Buxoro amirligi o‘zining qovun va


uzumi bilan mashhur edi. Ko‘pgina shaharlami bog‘lar o‘rab 
turardi. 4 qismdan iborat aloliida reja asosida bunyod etilgan 
bog‘lar ham bo‘lardi. Bog‘ qismlarining har birini ariqlar ajratib 
turgan. Bunday boglar chorbog‘ deb atalgan.
Buxorodagi Jo‘ybor, Toshkentdagi Kaykovus bog‘lari eng 
mashhur bog‘lar edi.
Amirlikda bo‘yoq olinadigan o‘simlik 
— mardona ham 
o‘stirilgan. Dorivor o‘simliklardan esa dorilar tayyorlashgan.
Amirlikda, garchand salmog‘i dehqonchilikdan pastroq 
bo‘lsa-da, chorvachilik ham rivojlangan.
Chorvachilik tumanlarida dumbali va qorako‘l qo‘ylar, yirik 
shoxli qoramollar, tuya va otlar boqilgan. Jun, teri, go‘sht, sut- 
qatiq va yog‘ kabi chorvachilik mahsulotlari xalq hayotida muhim 
rol o‘ynagan.
• Amirlikda yer mulkchiligining davlat (amlok), xususiy 
mulk va vaqf shakli mavjud bo‘lgan.
• Davlat yerlarining bir qismi suyurg‘ol va tanho shaklida 
in’om etilgan.
Tanob 
(chilvir, arqon): ekin maydonini o‘lchash uchun 
qo‘llaniladigan yuza birligi. Tanob yer maydoni 8,33 sotix. 
1 ga yer esa 12 tanobni tashkil etgan.
1. Buxoro amirligida yerga bo‘lgan mulkchilikning uch shaklini va 
ularning bir-biridan farqini tushuntirib bering.
2. Suyurg‘ol shaklidagi yer in’om etilishi qanday oqibatlarga olib 
kelgan?
3. Markaziy Osiyo xalqlari hayotida sun’iy sug‘orish nega hayot- 
mamot masalasi edi?

Download 38,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish