qi
sav
о
to ‘xtab qolgani yo‘q. Buxoro Hindiston,
Afg‘oniston, Eron, Xitoy bilan savdo aloqalarini olib borgan.
Bu davlatlarga xonlikda islilab chiqarilgan ip gazlamalar, baxmal,
qog‘oz, egar-jabduqlar, qurollaming ayrim turlari, meva va boshqa
mahsulotlar ortilgan savdo karvonlari qatnab turardi. Ba’zi savdo
karvonlarining tuyalari bir necha yuz boshga yetardi.
• • •
Mamlakatning Samarqand va Buxoro kabi shaharlariga ko‘plab
chet ellik savdogarlar kelib turishardi. Buxoroda hatto hind
savdogarlari va sudxo‘rlari yashaydigan alohida mahallalar ham
bor edi. Ular hind gazlamalari, bo‘yoqlari, shifobaxsh va ziravor
o‘tlar, dori-darmonlar, qand-shakar bilan savdo qilardilar.
Buxoro aholisini chorva mollari va chorvachilik mahsulotlari,
tuyalar hamda hunarmandchilik buyumlari bilan ta ’minlovchi
qozoq cho‘llarining aholisi bilan keng savdo olib borilardi. Ular
xom teri, shuningdek, qo‘y terisini turli ranglarga bo‘yab tikkan
kamzullari bilan ham mashhur edilar. Bu mahsulotlar Buxoro
bozorlarining eng xaridorgir mahsulotlari edi. Qozoqlar bilan
savdo aloqalarida qoraqalpoqlar vositachilik qilar edilar.
Turkmanlar Buxoro bozorlariga zotdor otlar olib kelib sotardilar.
Buxoro amirligining Rossiya bilan savdo aloqalari o‘sib bordi.
Orenburgda 1804-yili Buxoro amirligi savdogarlarining qarorgohi
qurilib, unda 20 xonadon istiqomat qilgan. Ular Rossiya bilan
Buxoro amirligi o‘rtasidagi savdoda muhim o‘rin tutganlar. 1825-
yilga kelib savdogarlar qarorgohi kengayib, xonadonlar soni 30
taga yetdi. Ularning ko‘pchiligi hunarm andlar (now oylar,
savdogarlar) bo‘lib, o‘z mahsulotlarini shu yerda sotuvga tayyor-
laganlar. Buxorodan yo‘lga chiqqan karvon 2 oyda Orskka yetib
borardi. Ba’zida savdo karvoni 5 mingtagacha tuyadan iborat
bo‘lardi.
Shu tariqa Buxoro davlati iqtisodiyoti Rossiya bilan savdo
qilishga moljallangan o‘ziga xos yo‘nalishga ega bo‘la borgan. Buni
quyidagi fakt ham isbotlaydi. Masalan, 1844-yilda Buxoro
xonligining
Markaziy
Osiyo — Rossiya tashqi savdosidagi
ulushi 25 foizni tashkil etgan b o ‘lsa, 1864-yilga kelib bu
ko‘rsatkich 42 foizga ko‘tarilgan.
• Buxoro amirligi yuqori mehnat unumdorligini ta’minlovchi
mashinalashgan islilab chiqarishga o‘tolmadi.
1. Buxoro davlatida ichki va tashqi savdo nochor ahvolda bo‘lganligi
sabablari nimalardan iborat edi?
2. Jahon bozori bilan uzviy bog‘liqlik davlatlar hayotida qanday
ahamiyatga ega?
3. Rossiyaning Markaziy Osiyo bilan savdo aloqalarini yaxshilashdan
ko‘zlangan maqsadlari nimalardan iborat edi?
Do'stlaringiz bilan baham: |