1-2-3-4-5-§§
1.Quyidagi qaysi davrda toshdan arralovchi,burg’ulovchi,kesuvchi mehnat qurollari yasashgan?
A)ilk paleolit B)o’rta paleolit C)so’ngi paleolit D)neolit
2.Quyidagi qaysi voqea neolit davri uchun xos emas?
A)qabilalarning o’troq hayotga o’tishi B)hunarmandchilikning vujudga kelishi C)dehqonchilikdan chorvachilikdan ajralib chiqishi D)paxsadan imoratlar quish boshlanishi
3.Odamlar qaysi davrdan urug’ jamoalariga birikib yashay boshlashdi?
A)ilk paleolit B)o’rta paleolit C)so’ngi paleolit D)temir davri
4.Sima Szyan yashagan davr to’g’ri berilgan javobni toping
A)Mil.avv II asr oxiri I asr boshlari B)Milodiy I asr oxiri II asr boshlari C)Milodiy I asr boshlari D)Mil avv I asr oxiri
5.Qaysi davrga olid qoyatosh tasvirlarining topilishi qadimgi odamlarda diniy e’tiqodlarning mavjud bo’lganligi isbotlaridan biridir?
A)ilk paleolit B)o’rta paleolit C)so’ngi paleolit D)temir davri
6.Quyidagi qaysi davrlarga tegishli manzilgohlar fargona vodiysidan topilgan?
1.ilk paleolit 2.o’rta paleolit 3.so’ngi paleolit 4.mezolit 5.neolit 6.eneolit 7.bronza
A)1.3.5 B)1.2.3 C)1.3.4 D)4.6.7
7.Quyidagi qaysi davrda ortiqcha miqdordagi qishloq xo’jaligi mahsulotlari vujudga keldi?
A)neolit B)mezolit C)bronza D)temir
8.Qaysi davrda omochli ziroatchilik vujudga keldi?
A)temir B)bronza C)neolit D)mezolit
9.Quyidagi fikrlarni davrlari bilan mos berilgan javobni toping
1.omochli ziroatchilikning vujudga kelishi 2.ishlab chiqaruvchi xo’jalik ziroatchilik va chorvachilikka o’tilishi 3.o’rta osiyoning janubida sun’iy sugorishga asoslangan dehqonchilikning vujudga kelishi 4.ibtidoiy ziroatchilik va chorvachilikning vujudga kelishi
a.eneolit b.mezolit c.neolit d.bronza
A)1-b,2-c,3-d,4-a B)1-d,2-c,3-a,4-b C)1-d,2-a,3-c,4-b D)1-c,2-a,3-b,4-d
10.Quyidagi qaysi davrda o’rta osiyoning janubiy viloyatlaridagi aholi ziroatchilikka o’tgan?
A)neolit B)mezolit C)eneolt D)bronza
11.Quyidagi voqealardan boshqalariga nisbatan oldinroq ro’y berganini toping
A)hayvon terisidan kiyim-kechaklar tikishning boshlanishi B)hayvonlarning qo’lga o’rgatila boshlanishi C)odamlar tomonidan chopperlarning ishlatila boshlashi D)odamlarning urug’ jamoalariga birikib yashay boshlashi
12.Quyidagi qaysi voqea boshqalariga nisbatan keyinroq ro’y bergan?
A)xom g’ishdan ko’p xonali uylarning qurila boshlashi B)paxsa imoratlarning qurila boshlashi C)odamlarning urug’ jamoasiga o’tib yashay boshlashi D)hududiy qo’shnichilik jamoalarining vujudga kelishi
13.Qaysi davrda Amudaryo va sirdaryo qirg’oqlari O’zbekiston hududidagi ko’llar va daryolar sohili ovchilar va baliqchilar ko’chib kelgan maskanlarga aylandi?
A)so’ngi paleolit B)mezolit C)neolit D)bronza
14.Qaysi davrga tegishli O’rta Osiyodan yuzdan ortiq manzilgohlar topilgan?
A)Mezolit B)ilk paleolit C)o’rta paleolit D)bronza
15.Qaysi davrga tegishli manzilgohlar farg’ona vodiysining tog’li va tog’ oldi tumanlaridan topilgan?
A)mezolit B)so’ngi paleolit C)bronza D)ilk paleolit
16.Qaysi davrga tegishli manzilgohlar Xorazm hududidan ham topilgan?
A)mezolit B)so’ngi paleolit C)o’rta paleolit D)bronz
17.Bronza davriga oid bo’lmagan fikr berilgan javobni toping
A)patriarxat davriga o’tilishi B)omochli ziroatchilikka o’tilishi C)kulolchilik xumdonlaridan foydalanish boshlanishi D)jamiyatda ortiqcha qishloq xo’jalik mahsulotlarning vujudga kelishi
18.Mis qachon kashf etildi?
A)Neolit davrining oxirida B)mil avv 4-ming yillik boshlarida C)Mil avv 4- ming yillik oxirida D)mil avv 3-ming yilik boshlarida
19.Qaysi davrda o’zlashtiruvchi xo’jalikda tub o’zgarishlar yuz berdi?
A)mezolit B)neolit C)bronza D)temir
20.Tolalar va jundan kiyim-kechaklar tayyorlash tarmog’i –to’quvchilikning boshlanishi qaysi davrning muhim kashfiyoti hisoblanadi/
A)neolit B)mezolit C)bronza D)so’ngi paleolit
21.Quyidagilardan qaysi biri so’ngi paleolitga xos emas?
A)jamoalarning urug’ jamoasi tarzida yashay boshlashi B)sun’iy olovning kashf etilishi C)munchoq,tumor,bilakuzuklarning yasalishi boshlanishi D)diniy tasavvurlarning vujudga kelishi
22.O’troq turmush tarsi va mehnat qurollarining takomillashuvi nimaga olib keldi?
A)jamoalarning dehqonchilikka o’tishiga imkon yaratdi B)jamoalarning omochli ziroatchilikka o’tishiga olib keldi C)sun’iy ziroatchilikka o’tishiga olib keldi D)ibtidoiy ziroatchilik va chorvachilik boshlanishiga olib keldi
23.Qaysi davrda odamlar jamoalar yevropaning shimoliga ham tarqalib yashay boshladi?
A)mezolit B)neolit C)so’ngi paleolit D)neolit
24.Quyidagi qaysi davrga tegishli manzilgoh Samarqand shahridan topilgan?
A)ilk paleolit B)so’ngi paleolit C)mezolit D)bronza
25.Qaysi davrdan uy yumushlari ayollar zimmasiga o’tgan?
A)bronza B)so’ngi paleolit C)eneolit D)neolit
26.Mil.avv 4-ming yillikda O’rta Osiyoning janubida yuz bermagan voqea berilgan javobni toping
A)xom g’ishtdan ko’p xonali uylarning qurila boshlashi B)kulolchilik charxidan foydalanishning boshlanishi C)sun’iy sug’orishga asoslangan dehqonchilikning vujudga kelishi D)spool idishlarga o’simlik va hayvon,qushlar tasvirlari tushirila boshlashi
27.Sopollitepa manzilgohidan topilmagan moddiy buyumlar berilgan javobni toping
A)zeb-ziynat yasovchi ustaxona qoldig’i B)misdan yasalgan mehnat qurollari C)maishiy xo’jalikbop xonalardan iborat paxsa imoratlar D)sopol buyumlar
28.Quyidagi qaysi davrda yashagan manzilgohlar aholisi har xil hunarmandchiliklar:to’quvchilik,kulolchilikni rivojlantirishdazeb-ziynatlar yasash,qurilish sohasida katta yutuqlarga erishganlar?
A)neolit B)eneolit C)bronza D)temir
29.Qachondan boshlab temirdan mehnat qurollari yasash imkoniyatlari paydo bo’ldi?
A)mil.avv 2 m.y oxirida B)mil. avv m.y I boshlarida C)mil.avv I m.y o’rtalarida D)mil.avv I ming yillik oxirida
30.O’rta Osiyodan topilgan temir buyumlarning ko’pchiligi nechanchi asrlarga tegishli edi?
A)mil.avv XIV-XIII asrlar B)Mil.avv IX-VIII asrlar
C)Mil.avv VIII-VII asrlar D)mil.avv VII-VI asrlar
31.O’rta osiyoda ilk davlat birlashmalari qachondan vujudga kela boshladi?
A)mil.avv I m.y boshlarida B)Mil.avv IX-VIII asrlar
C)Mil.avv VIII-VII asrlar D)mil.avv VII-VI asrlar
32.Avestoda berilishicha varzanalar nimaga birlashgan?
A)zantuga B)nmanalar C)vislarga D)daxyular
33.Avestoga ko’ra “vis” bu…
A)patriarxal oila B)urug jamoasi’
C)hududiy qo’shnichilik jamoasi D)qabilalr ittifoqi
34.Aholining qanday taomilga ko’ra ajratilishi O’rta Osiyoda vujudga kelayotgan ilk davlat birlashmalarining muhim alomati edi?
A)hududiy taomil B)jamoaviy taomil C)urug’-jamoachilik taomili
D)oilaviy taomilga ko’ra ajratilishi
35.Quyidagi qaysi voqea mezolit davri uchun xos emas?
A)hayvonlarning qo’lga o’rgatila boshlashi B)mezolit davriga olid manzilgohlarning o’zbekiston janubi,xorazm vohasi va Toshkent vohasida ko’plab uchrashi C)ibtidoiy ziroatchilik va chorvachilikning vujudga kelishi D)mezolit davriga oid yuzdan ortiq manzilgohning topilishi
36.Quyidagi qaysi davrga kelib insonlar yashash uchun doimiy turar joylar qura boshladi?
A)so’ngi paleolit B)mezolit C)neolit D)eneolit