2 To‘lov balansini tuzish tartibi
Xalqaro iqtisodiy aloqalar natijasini baholash va ko‘lamini hisoblashga urinishlar XIV asr oxirlariga to‘g‘ri keladi.
XX asr boshlarida AQSH va Angliyada to‘lov balansini tuzish usullari keng rivojlandi. 1923-yilda AQSHda 1922-yilgi ko‘rsatkichlar natijalari bo‘yicha to‘lov balansini tuzish va uni e’lon qilishga urinish bo‘lgan. 1943-yili amerikalik iqtisodchi X.Leri AQSHning 1919-1939-yilgi to‘lov balansini tuzdi. Uning asosida ikkinchi Jahon urushidan keyin to‘lov balansi tuzildi. 1946-yildan boshlab chorak va yillik to‘lov balanslari hisobotlari AQSH savdo vazirligi jurnalida chop etila boshladi.
1947-yili BMT hujjati sifatida to‘lov balansi sxemasi yaratildi. U XVFning to‘lov balansini tuzish shakllari va tamoyillarini ishlab chiqishga asos bo‘ldi. XVF «to‘lov balansi bo‘yicha qo‘llanma» chiqarib, rivojlantirishni davom ettirdi. Ular o‘z sxemalarini universallashtirishga harakat qilishdi, chunki bu rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar balanslarini solishtirish imkonini beradi. Joriy ma’lumotlarni qayta ishlab, XVF ekspertlari ularga aniqliklar kiritadi. Norasmiy ma’lumotlardan foydalanadi, to‘lov balanslari moddalarini qayta guruhlashadi va boshqa ishlarni bajarishadi. Bu tekshirilayotgan jarayonni ko‘lami to‘g‘risida fikr yuritish imkonini beradi.
XVF qo‘llanmasiga binoan to‘lov balansi moddalari tasnifi.
Joriy operatsiyalar *
Tovarlar
Xizmatlar
Investitsiyalardan daromadlar
Boshqa xizmatlar va daromadlar
Xususiy bir tomonlama o‘tkazmalar
Rasmiy bir tomonlama o‘tkazmalar Jami A: joriy operatsiyalar balansi.
To‘g‘ri investitsiyalar va uzoq muddatli kapital
To‘g‘ri investitsiyalar Portfel investitsiyalar
Boshqa uzoq muddatli kapital
Jami: AQV (AQSHning bazis balansi konsepsiyasiga muvofiq)* *
Boshqa uzoq muddatli kapital.
D. Xato va hisobga olmaydigan qismlar
Jami; AQVQSQD (AQSH likvidlik konsepsiyasiga muvofiq)* E. Balanslovchi moddalar.
Oltin-valuta rezervlarining qayta baholanishi
SDRning taqsimlanishi va ishlatilishi
Oltin-valuta rezervi harakati
Qoldiqni qoplashning favqulodda manbalari.
Xorijiy rasmiy qo‘mitalarning valuta rezervlarini tashkiletuvchi majburiyatlar.
Jami: A+V+S+D+E+F+G (AQShning bazis balansi konsepsiyasiga muvofiq)*
N. Rezervlarning yakuniy o‘zgarishlari.
Oltin
SDR
XVFning rezerv holati
Xorijiy valuta
Boshqa talablar
XVF kreditlari
To‘lov balansi sxemasi oldingi paragrafda keltirilgan to‘lov balansining tarkibiy qismlari valuta harakati bo‘yicha to‘lov balansi valuta tushumi va valutalar chiqimi yoki xarajati ifodalanishni ko‘rsatadi. Xalqaro valuta fondining ko‘rsatmasiga asosan aksariyat davlatlar to‘lov balansini ikki asosiy yo‘nalish bo‘yicha: joriy operatsiyalar balansi va kapital bilan moliyaviy operatsiyalar (kapital harakati) balansini tuzadilar. Bu balanslar aktiv yoki passiv qoldiq bilan yakunlanishi mumkin.
Joriy operatsiyalar balansi – tovarlar, xizmatlar, joriy transfertlar va daromadlar bo‘yicha, tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘yicha valuta tushumi va xarajati o‘rtasidagi nisbatni ko‘rsatadi. Bu balansning ijobiy (aktiv) qoldig‘i mamlakatning boshqa mamlakat uchun kreditor ekanligini, passiv yoki salbiy qoldiq mamlakatlarning boshqa mamlakatlardan qarzdor ekanligini ko‘rsatadi.
Joriy operatsiyalar balansi savdo balansi, xizmatlar balansi, joriy transfert to‘lovlar balansi, chetdan tushum kabilarni o‘z ichiga oladi.
Savdo balansi tovarlar eksporti va importini o‘zida ifodalab, yil oxirida ijobiy yoki salbiy qoldiqqa ega bo‘ldi. Balansni tuzganda eksport «+» belgisi bilan, import «-» belgisi bilan ifodalanadi va «+» mamlakatga valuta kelib tushushini «-» mamlakatdan valuta chiqib ketishini ifodalaydi. 2
Kreditga sotib olingan tovarlar bu yerda aks ettirilmaydi. Savdo balansining aktivligi yoki passivligi iqtisodiy ahamiyatga ega va uning talqini davlatlarning jahon xo‘jaligida tutgan o‘rni, hamkorlar bilan aloqalari xarakteri va umumiy iqtisodiy siyosatiga bog‘liq. Bir qator sanoati rivojlangan mamlakatlar (Yaponiya, Germaniya va boshqalar) uchun savdo balansining aktiv qoldig‘i xorijda ikkinchi iqtisodiyotni yaratish uchun qo‘llaniladi.
To‘lov balansining passiv qoldig‘i, odatda, davlatning jahon xo‘jaligida mavqeyi zaif ekanligini bildiradi. Bu hol valuta tushumlarining tanqisligini sezayotgan rivojlanayotgan mamlakatlar uchun ayniqsa xosdir. Sanoati rivojlangan mamlakatlar uchun bu boshqacha ma’no kasb etishi mumkin. Masalan, AQSHning savdo balansidagi taqchillik murakkabroq tovarlarni ishlab chiqarayotgan uning xalqaro raqobatchilarining (G‘arbiy Yevropa, Yaponiya, Gonkong, Tayvan, Janubiy Koreya va boshqalar) bozorda faol oldingi o‘rinlarni egallashi bilan bog‘liq, deb tushuniladi.
– xizmatlar va tijorat xarakteriga ega bo‘lgan to‘lovlar balansi. Bu balansda quyidagi operatsiyalar bo‘yicha yuzagi keladigan to‘lovlar va tushumlar summasi aks ettiriladi.
Xorijiy davlatlarda diðlomatik va savdo vakolatxonalarini ochish va ularni saqlash.
Xorijiy davlat hududida harbiy qismlarni saqlash.
Sport aloqalari.
Madaniy aloqalar.
Xalqaro kreditlarga foiz to‘lash va foiz olish.
Pul o‘tkazmalari.
Ilmiy texnika aloqalari.
Yuk tashish va jo‘natish.
Boshqa to‘lovlar va tushumlar.
Hozirgi kunda G‘arbiy Yevropada 10 mln dan ortiq xorijlik ishchilar mavjud. Ular asosan Turkiya, Germaniya, Portugaliya kabi davlatlarning fuqarolaridir. Bu emigrant ishchilarning 80 %i Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya kabi mamlakatlarda ishlaydi. Ular ishlab topgan pullarining bir qismini o‘z davlatiga jo‘natib turadi.
Bu balans mamlakat nafaqat tovar eksport qilishdan, balki transport, brokerlik, sayyohlik, ilm-fan sohasida va boshqa sohalarda boshqa davlat jismoniy va yuridik shaxslariga turli xizmatlar ko‘rsatishdan va boshqa davlatlar turli subyektlarining xizmatlaridan foydalanish mumkinligidan dalolat beradi. Xizmatlar balansida shu xizmatlar bo‘yicha valuta tushumlari va chiqimlari hisobga olib boriladi.
Mamlakat savdo balansida salbiy qoldiqqa ega bo‘la turib, xizmatlar balansida ijobiy qoldiqqa ega bo‘lishi mumkin va aksincha.
Transfert to‘lovlari aholi va davlatlarning pul o‘tkazmalari, turli hadya va sovg‘a-in’omlarni o‘zida aks ettiradi va shu jarayonlar bo‘yicha mamlakatga kelib tushuvchi va mamlakatdan chiqib ketuvchi valutalar oqimini o‘zida mujassamlashtiradi. Bu bo‘limga yana turli pensiya, stiðendiya, nafaqa kabi to‘lovlar, xalqaro yordam, grantlar, subsidiya kabilar ham kiradi.
Kapital bilan moliyaviy operatsiyalar balansi – kapital (qarz, investitsiya, kredit) ning mazkur davlatdan chet elga va aksincha chet eldan mazkur davlatga harakatini ifodalaydi. Bu balans moddiy va moliyaviy aktivlarni sotish va sotib olish bilan bog‘liq kapital oqimini aks ettirib, u uzoq muddatli investitsiyalar (to‘g‘ri va portfel investitsiyalari), qisqa muddatli mablag‘lar migratsiyasini ham o‘z ichiga oladi.
To‘lov balansida to‘g‘ri va portfel investitsiyalar turkumiga kiritilmagan boshqa investitsiyalar, rezervlar, bo‘naklar, muddati o‘tgan to‘lovlar xalqaro valuta fondlarining uzoq muddatli kreditlari ham o‘z ifodasini topadi. To‘lov balansini tuzish jarayonida barcha tuzilgan bitimlar, kapital yoki xizmatlar sohasida baholar va vakolatlarning bir xilmasligi, turli xato va tashlab ketishlarga yo‘l qo‘yishga olib kelish mumkin. Shu sabab to‘lov balansida «Xato va tushib qolishlar» degan modda mavjud bo‘lib, unda statistik xatolar, qayd etilmagan operatsiyalar inobatga olinadi.
Odatda, bu modda summasi har yili barqaror, minimal miqdorda bo‘ladi. Agar uning miqdori sezilarli darajada bo‘lsa, u holda bu:
to‘lov balansini tuzish uchun taqdim qilingan tashqi iqti-sodiy aloqalar, savdo bo‘yicha hujjatlarda xatolar mavjud ekanligidan;
yoki ro‘yxatdan o‘tmagan kapital oqimi mavjud ekan-ligidan dalolat beradi.
To‘lov balansining ikki asosiy qismi: joriy operatsiyalar va kapitallar xarajati balansi bir-biri bilan uzviy bog‘liq. Joriy operatsiyalarning taqchilligi tovarlar va xizmatlarni eksport qilish tovarlar va xizmatlarni import qilishni to‘lashga yetarli emasligini ko‘rsatadi. Bu taqchillik chetdan yordam (qarz) olish yo‘li bilan yoki chetga moliyaviy yoki moddiy aktivlarni sotish yo‘li bilan moliyalashtiriladi. Oxirgi jarayon esa kapitallar harakati balansida o‘z ifodasini topadi va aksincha, birinchi balansning ijobiy qoldiqqa ega bo‘lishi chetdan moliyaviy va moddiy aktivlar sotib olish, ya’ni ikkinchi balans bo‘yicha pul mablag‘lari chetga chiqib ketishini o‘zida aks ettiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |