Pul bu umumiy ekvivalent sifatida qo’llaniladigan universal tоvarning alоhida turi bo’lib, bоshqa barcha tоvarlarning qiymati u оrqali ifоdalanadi


-rasm To‘lov balansining taxminiy strukturasi



Download 4,29 Mb.
bet6/9
Sana01.06.2022
Hajmi4,29 Mb.
#625861
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Norov Humoyun Xalqaro valyuta

4-rasm
To‘lov balansining taxminiy strukturasi

Kredit

Debet

1. Iste’mol tovarlari eksporti 2. Harbiy mudofaa mahsulotlari eksporti

3. Iste’mol tovarlari importi 4. Harbiy mudofaa mahsulotlari importi

Savdo balansi = 1+2-3-4

5. Xizmatlar eksporti
(investitsiyalardan tushum, chet el turizmdan tushum va boshqalar)

6. Xizmatlar importi (ma’lum bir mamlakatga investitsiyalardan foyda o‘tkazish, chet elga turizm uchun to‘lovlar va boshqalar)


7. Chetdan sof o‘tkazmalar

Joriy operatsiyalar balansi=savdo balansi+5-6-7

8. Norezidentlarning qarzlari

9. Norezidentlarga shaxsiy kreditlar

Kapital harakati balansi=8-9

Umumiy balans=joriy to‘lov balansi+kapital harakati balansi

10. Chet el hukumatining qarzlari

11. Davlat rezervlarini ko‘payishi
(kengayishi)

Jami kredit

Jami debet

4
Ijobiy balans qoldig‘i joriy operatsiyalarda mamlakatning sof investori sifatida boshqa mamlakatlar bilan munosabatini anglatadi, aksincha holat esa joriy operatsiyadagi taqchillikni bildiradi. Bu o‘z navbatida mamlakatdagi chet el investitsiyalarini qisqartiradi va mamlakat import mahsulotlarining pulini to‘lash, yetkazib berilgan va ko‘rsatilgan xizmatlar, o‘tkazmalarni to‘lash bo‘yicha sof qarzdor bo‘lib qoladi.
Umuman olganda, joriy operatsiya balansi o‘zida milliy daromad va milliy xarajatlar o‘rtasidagi farqni ko‘rsatadi.
Kapital oqimi mamlakatdan mamlakatga kapital harakatini ifodalovchi kapital harakati balansida ko‘rsatiladi. Shu nuqtayi nazardan kapital harakati hisobvarag‘ida aktivlar bilan xalqaro oldi-sotdi kelishuvlari, ya’ni aksiyalarni, obligatsiyalarni, ko‘chmas mulklarni va boshqalarni sotishdan tushgan tushum chet elliklarga ham xarajat, chetdan aktiv sotish, sotib olish natijalari ko‘rsatiladi. Boshqacha aytganda, bu fikrni quyidagi tenglik bo‘yicha ifodalash mumkin.
Chet elga aktivlarini sotish mamlakatning chet el valuta zaxiralarini ko‘paytiradi, aksincha, sotib olish ularni kamaytiradi.
Kapital harakati hisobvarag‘idagi ijobiy qoldiq mamlakatga sof kirib keladigan kapital oqimini aniqlab beradi.
Aktivlarni sotib olish uchun qilingan xarajatlar chetga ularni sotishdan tushgan daromadlardan yuqori bo‘lsa, kapitalning oqib ketishi hisobvarag‘idagi taqchillikni ko‘rsatadi.
Joriy to‘lov balansidagi kapital harakati balansi haqidagi ma’lumot umumiy yoki rasmiy balansda umumlashtiriladi.
Aynan umumbalans qoldig‘i, odatda, to‘lov balansi qoldig‘i deb ham ataladi.
To‘lov balansining taqchilligini Markaziy bankning rasmiy rezervlarni qisqartirish hisobidan moliyalashtirish mumkin. Bu holatda ichki bozorda xorijiy valutaga bo‘lgan taklif oshadi. Bu operatsiyalar eksportga monand hisoblanadi, balansning kredit tomonida qo‘shuv ishorasi (hatto bu operatsiya tufayli Markaziy bankning valuta zaxirasi kamaysa ham) bilan hisobga olinadi. Bunday holda ichki bozordagi xorijiy valuta nisbatan taklifining bir muncha kamayishi, uning almashuv kursining oshishiga olib keladi. Bu iqtisodiyotning mutanosiblashuviga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Aksincha, to‘lov balansining aktiv qoldig‘i Markaziy bank rasmiy valuta rezervlarining o‘sishi bilan kuzatiladi. Bu bo‘lsa, debetda minus ishora bilan aks ettiriladi, chunki bu operatsiya ichki bozordagi xorijiy valuta taklifini kamaytiradi va importga monand hisoblanadi. Bunda ichki bozordagi milliy valuta taklifining nisbatan ko‘payishi, uning almashuv kursi esa bir muncha pasayishiga olib keladi. Bu esa iqtisodiyotga rag‘batlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Markaziy bankning xorijiy valutani bunday oldi-sotdilari rasmiy rezervlar bilan operatsiyalar deyiladi. Bu operatsiyalar qoidaga ko‘ra Markaziy bank tomonidan belgilangan valuta kursi rejimini ushlab turish uchun o‘tkaziladi. Rasmiy rezerv bilan operatsiyalar natijasida joriy hisoblar qoldig‘ining summasi kapital harakati hisobvaraq va rezerv miqdorining o‘zgarishi nolga teng bo‘lishi kerak.
Umumiy balans taqchilligi mamlakatga xorijiy valuta oqimining ko‘payishiga, profitsiti esa uning kamayishiga olib keladi.
Mamlakat umumiy balansida taqchillik mavjudligi uning Markaziy bank faoliyati bilan bog‘liq. Agar Markaziy bank xorijiy valutani sotib olmagan va sotmagan bo‘lsa, u valutalar almashuv kursini to‘lov balansi taqchilligi yoki ijobiy qoldig‘ini bartaraf qilish darajasida avtomatik ravishda belgilashi mumkin. Kapital harakati balansining ijobiy qoldig‘i joriy qoldiq operatsiyalarini moliyalashtirish, aksincha, joriy operatsiyalar aktiv kapital harakati balansi taqchilligini moliyalashtirayotgan bo‘lar edi.
To‘lov balansini tuzishda quyidagi qoidalar qabul qilingan:

  • Eksportdan olinadigan daromadlar va xorijdan keladigan,to‘lanadigan foizlar to‘lovlaridan daromadlar joriy operatsiyalar hisobvarag‘idan «plus» ishora bilan belgilanadi.

  • Importga to‘lovlar va xorijiy majburiyatlar bo‘yicha foizto‘lovlari joriy operatsiyalar hisobvarag‘ida «minus» ishora bilan belgilanadi.

  • Xorijliklarga moliyaviy talablarning o‘sishi, xorijliklaroldidagi majburiyatlarning kamayishi va kapitalning chiqib ketishi kapital harakati balansida «minus» ishora bilan belgilanadi.

  • Xorijliklarga moliyaviy talablarning kamayishi va xorijliklaroldidagi majburiyatlarning ko‘payishi kapital harakati balansida «plus» ishora bilan belgilanadi.

Ba’zan statistik hisob-kitoblardagi har xilliklar ham to‘lov balansining nollik natija olmasligiga sabab bo‘lishi mumkin. Agar xalqaro bitim alohida belgilanganda, unda moddalar sabablarga ko‘ra balanslashgan (tenglashgan) bo‘lishi mumkin. Lekin bitimlar amalga oshirilishiga qarab balansda aks ettiriladi. Balans tuzish bilan shug‘ullanayotgan mutaxassislar aksariyat hollarda savdo (eksport va import) oqimlarini va kapital oqimlarini (qolgan dunyoga nisbatan haqiqiy moliyaviy talablarning o‘zgarishi) alohida hisobga oladilar. Ular xalqaro tovar oqimlari to‘g‘risida bojxona xizmatlaridan hisobotlar, moliya bozorlaridan – talablarni o‘zgarganligi to‘g‘risida va xorijliklar oldidagi majburiyatlar to‘g‘risida hisobotlar oladilar. Lekin ko‘plab savdo-moliya bitimlari ayrim hollarda bu hisobotlardan tashqarida qolib ketadi, chunki bu bitimlarning soni ko‘p va ularning barchasini hisobga olish qiyin. Ba’zan bu bitimlarni yashirish hollari (pullarni yashirish, noqonuniy pullarning kelib tushishi, shubha tug‘diruvchi holatlarni berkitish yoki soliqlardan qochish) ham uchrab turadi. Mazkur sabablarga ko‘ra to‘lov balansida maxsus modda mavjud (xatolar va tushirib qoldirilganlar). Unda joriy operatsiyalar hisob raqamidagi teng summa va kapital harakati balansi aks etgan, lekin qarama-qarshi belgi bilan va hisob raqamlardagi barcha moddalar xususan, «Xatolar va tushirib qoldirilganlar» moddasi nollarga tenglashtiriladi. Odatda, bu moddadagi ko‘rsatilgan summalar katta emas va o‘zgarmasdir.
Agar «Xatolar va tushirib qoldirilganlar»ning summasi tez o‘sib ketsa, to‘lov balansini tuzayotganda tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilarining hisobotlari to‘liq taqdim etilganligidan, nazorat sust olib borilayotganligidan va kapital chiqimi yoki kirimining to‘liq ro‘yxatdan o‘tkazilmayotganligidan dalolat beradi.
Misol uchun AQShda o‘tgan oxirgi o‘n yillikda «Xatolar va tushirib qoldirilganlar» moddasi «+» belgisi bilan berilgan. Juda ko‘p mutaxassislar buni xorijliklar AQShga o‘z aktivlarini joylashtirayotganligidan dalolatdir, deb xulosa qilishmoqda. Lekin ko‘p hollarda kerakli tashkilotlarga bu haqda xabar berishmaydi. Natijada, ko‘rsatib o‘tilgan kapital oqimlari past bo‘lib chiqadi, kapital harakati balansida muhim hisob-kitoblar chetda qolishiga olib keladi.



Download 4,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish