To‘lov balansining tarkibiy qismlari
Yuqoridagi bo‘limlar bo‘yicha bir vaqtning o‘zida mamlakatga valutalar kelib tushadi va mamlakatdan valutalar chiqib ketadi. Bu esa mamlakatdagi valuta zaxirasining ko‘payishiga yoki kamayishiga olib keladi. Odatda, joriy operatsiyalar va kapital bilan moliyaviy operatsiyalar bo‘yicha yuzaga keluvchi nomutanosiblik mamlakatlarning rasmiy valuta rezervi hisobidan qoplanadi.
To‘lov balansi mamlakatning geografik chegarasiga qarab emas, balki rezident, ya’ni bitim qatnashchilarining milliy joylashuv o‘rniga qarab tuziladi. Bitim qatnashchilarining milliy iqtisodiy va huquqiy hududi, undagi xo‘jalik subyektlarining faoliyatini o‘zida ifodalovchi iqtisodiy manfaatlar markazi transaksiyalar, tovarlarni va xizmatlarni sotish va sotib olish yoki turli pul o‘tkazmalari (kredit), qimmatli
qog‘ozlar, qarzlarni, foiz, dividendlarni to‘lash, bitimlarning bozor bahosi kabi tushunchalarni mujassamlashtiradi.
To‘lov balansi mamlakat rezidentlari bilan chet el rezidentlari o‘rtasida bo‘ladigan transaksiyalarning barchasini o‘zida ifodalaydi, ya’ni operatsiyalari, ko‘rsatiladigan xizmatlar, qimmatli qog‘ozlarni sotish va sotib olish, moliyaviy bitimlar, sovg‘alar, moliyaviy yordamlar va boshqalarni o‘z ichiga oladi.
Iqtisodiy mohiyati bo‘yicha to‘lov balansi ma’lum davrga va aniq bir sanaga tuziladigan balanslarga bo‘linadi. Odatda, ma’lum bir davrga (1 yil, chorak) tuzilgan to‘lov balansi mamlakatning xalqaro iqtisodiy munosabatlari bo‘yicha to‘liq ma’lumot beradi va tahlil qilish uchun qulay hisoblanadi.
To‘lov balansi – mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalarining ko‘lami, tarkibi va xususiyati to‘g‘risida miqdor va sifat tavsifini beradi.
To‘lov balansi – aniq bir vaqt mobaynidagi chet eldan kelgan tushumlar va chet elga qilingan to‘lovlar miqdorining nisbatidir.
To‘lov balansi davrli va fursatli bo‘ladi. Davrli to‘lov balansi aniq bir vaqt (yil, oy, chorak) oralig‘ida tushumlar va to‘lovlarning o‘zgarishini va davlatning tashqi iqtisodiy faoliyati sohasidagi o‘zgarishlar va iqtisodiyotning holati, rivojlanishini ifodalaydi. Fursatli (aniq bir muddatdagi) to‘lov balansi statistik ko‘rsatkichlarni chop etish shaklida e’lon qilinmasa ham, ma’lum bir vaqtda bajarilishi lozim bo‘lgan kunlik to‘lov va tushumlar nisbatini ifodalaydi.
Agar valuta tushumlari to‘lovlardan oshsa, balans aktiv, aks holda passivdir. Hisob-kitob balansi va to‘lov balansi orasidagi farqlar quyidagidan iborat:
to‘lov balansida mamlakatning valuta tushumlari va to‘lovlario‘z ifodasini topadi, hisob balansida esa davlatning tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘yicha talab va majburiyatlari hisobga olinadi;
to‘lov balansi faqat real tushum va to‘lovlarni ifodalaydi,hisob-kitob balansi esa hali to‘lanmagan qarz va majburiyatlarni ham o‘z ichiga oladi;
to‘lov balansida hisob-kitob balansida o‘z ifodasini top-gan hali «uzilmagan» berilgan va olingan kreditlar hisobga olinmaydi; to‘lov va hisob-kitob balanslarining oxirgi qoldiqlari –aktiv yoki passiv bo‘lishi mohiyati jihatdan mos kelmaydi va qarama-qarshidir. Chunki kreditor davlatlarning hisob-kitob balanslari asosan aktiv, to‘lov balanslari esa passiv (AQSH, Germaniya, Yaponiya va boshqalar) bo‘lishi mumkin. Qarzdor mamlakatlarda esa passiv hisob-kitob balansi qoldig‘i ba’zi vaqtlarda aktiv to‘lov balansi qoldig‘iga to‘g‘ri keladi;
to‘lov balansi faqat to‘langan eksport va importni o‘z ich-iga oladi, hisob-kitob balansi esa hali to‘lanmagan, kreditga berilgan tovar aylanmasini ham o‘z ichiga oladi.
Shunday qilib, to‘lov va hisob-kitob balanslari orasidagi farq xalqaro kredit munosabatlarining rivojlanishi bilan aniqlanadi. E’lon qilinuvchi to‘lov balanslariga xos operatsiyalar xususiyatiga ko‘ra ikki asosiy bo‘limni o‘z ichiga oladi:
1-bo‘lim – joriy operatsiyalar bo‘yicha to‘lov balansi:
tashqi savdo operatsiyalaridan tushumlar va savdo ba-lansi;
xizmatlar (xalqaro yuk tashishlar, fraxt, sug‘urta va bosh-qalar) va notijorat (patentlar bo‘yicha hisob-kitoblar, texnik yordam) balansi, investitsiya bo‘yicha daromad va to‘lovlar.
2-bo‘lim – kapital va kredit harakati balansi (qisqa va uzoq muddatli operatsiyalar).
Tarixan tashqi savdo xalqaro iqtisodiy aloqalarni olib borish va rivojlantirishning boshlang‘ich nuqtasi hisoblangan.
Shuning uchun ham, tashqi savdo to‘lov balansida asosiy o‘rin egallaydi. Tovarlarni eksport va import qilish jarayoni tashqi savdo balansida o‘z ifodasini topadi. Alohida olingan davlatning tashqi savdo balansi aktiv yoki passiv bo‘lishi mumkin. Bu hol mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalarining rivojlanish darajasiga, mamlakatning jahon bozoridagi mavqeyiga, uning eksport qudratiga va boshqa sabablarga bog‘liq bo‘ladi. Yaponiya, Germaniya kabi rivojlangan mamlakatlarning tashqi savdo balansining aktiv qoldiqqa ega bo‘lishi bu davlatlarning boshqa xorijiy mamlakatlar zaminida ham o‘z iqtisodiyotini rivojlantirishga asos bo‘lmoqda.
Xizmatlar balansi yuklarni yetkazib berish, sug‘urtalash, elektron, telegraf, telefon, aloqaning boshqa turlari, xalqaro turizm, tajriba almashish, diðlomatik xizmatlar, ilm-madaniyat sohasida anjumanlar o‘tkazish, yarmarka, reklamalar o‘tkazish va boshqalar bilan bog‘liq bo‘lgan xizmatlar bo‘yicha bo‘ladigan chet el valutasidagi to‘lovlar va tushumlarni o‘z ichiga oladi.
Kapital va kreditlar harakati balansi davlat va xususiy kapitalning kirib kelishi va chiqib ketishi hamda xalqaro kreditlar berish va olish bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarni ifodalaydi. O‘zining muddatliligiga ko‘ra kapital va kreditlar oqimi qisqa muddatli va uzoq muddatli bo‘lishi mumkin.
Kapital va kredit oqimi balansiga «xatolar va hisobga olinmagan» moddasi biriktiriladi. U qisqa muddatli kapitalning hisobga olinmagan harakatini ifodalaydi. Valuta zaxiralarining o‘zgarishi Markaziy banklarning xalqaro valuta operatsiyalarini belgilaydi, ular to‘lov balansini tenglashtirish va milliy valuta kursini bir maromda saqlash bilan bog‘liq. AQSHda joriy to‘lov balansi «doimiy» passivdir. Manfiy qoldiq 1988-1994-yillarda 100 mln AQSH dollar (yiliga) atrofida bo‘ldi, tashqi qarzning tabiiy to‘planishi yuz bermoqda. Shu bilan birga, AQSHda boshqa mamlakatlarning majburiyatlari yig‘ilmoqda. Bir qator davlatlarda (Germaniya, Yaponiya, Shveysariyada) aktiv qoldiq ko‘zga tashlanadi. Shu davr ichida yillik sof aktiv Germaniyada 51 mln. AQSH dollari, Yaponiyada 40,8 mln. AQSH dollar. Shimol-Janub o‘zaro moliyaviy aloqalari natijasida «uchinchi dunyo» mamlakatlarining qarzi 90-yillar boshida 1,5 trln AQSH dollariga yetdi.
To‘lov balansining qoldig‘i aniqlanganda, uning moddalari asosiy va balanslovchilariga bo‘linadi. Asosiy moddalarga to‘lov balansi qoldig‘iga ta’sir etadigan va nisbiy mustaqillikka ega operatsiyalar kiradi: joriy operatsiyalar va uzoq muddatli kapital harakati.
Balanslovchi moddalarga mustaqillikka ega bo‘lmagan yoki cheklangan mustaqillikka ega operatsiyalar kiradi. Bular to‘lov balansi qoldig‘ini tugatish manbalari va vositalari bo‘lib, ularga:
valuta zaxiralari harakati;
qisqa muddatli aktivlarning o‘zgarishi;– xorijiy yordamning ba’zi bir turlari;
tashqi davlat zayomlari va boshqalar kiradi.
Asosiy va balanslovchi moddalarning yakuniy ko‘rsatkichlari bir-birini qoplaydi, ya’ni to‘lov balansi rasman muvozanatlashadi.
Agar to‘lovlar tushumlardan oshsa, taqchillikni qoplash muammosi paydo bo‘ladi. Buning uchun an’anaviy manbalar va usullar, ya’ni zayom va tadbirkorlik kapitalini kiritishdan foydalaniladi. Bu vaqtinchalik usuldir, chunki qarzdor davlat foiz, dividend va zayom summasini to‘lab berishi lozim.
Passiv qoldiq balansini qoplashning yangi usuli Markaziy banklarning milliy valutada beradigan svop kelishuvi bo‘yicha qisqa muddatli kreditidir.
To‘lov balansining vaqtinchalik taqchilligini qoplash uchun XVF a’zo davlatlarga rezerv (shartsiz) kreditini beradi (kvotaning 25 % i chegarasida).
Rivojlangan davlatlar o‘z to‘lov balansi taqchilligini qoplash uchun bank konsorsiumlari kreditlari, obligatsiyali zayomlardan foydalanadi.
To‘lov balansi taqchilligini vaqtinchalik qoplash usullariga shuningdek, «xorijiy yordam» liniyasidan olingan imtiyozli kreditlar kiradi.
To‘lov balansini balanslashtirishning oxirgi usuli rasmiy oltin-valuta zaxiralaridan foydalanishdir.
To‘lov balansini yakuniy balanslashning asosiy usuliga konvertirlanadigan chet el valuta zaxirasi kiradi.
To‘lov balansini balanslashning yordamchi usullariga chet el va milliy qimmatli qog‘ozlarni chet el valutasiga sotish ham kiradi
Do'stlaringiz bilan baham: |