18-variant
Mintaqalarning eksport salohiyati
Har bir davlatning eksport salohiyatini oshirishda eksport tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatishni moliyalashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Shunday ekan, O‘zbekistonda eksportbop tovar va xizmatlar ishlab chiqarishni moliyalashtirish, xususan, eksport oldi kreditlari berish hamda eksport faoliyatini sug‘urtalash maqsadida moliya va kapital bozorlarini yanada rivojlantirish kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalardan hisoblanadi.
Har bir mamlakat o‘zining tashqi savdo siyosati bo‘yicha strategiyasini ishlab chiqishda eksportni moliyalashtirish, shu jumladan eksport oldi kreditlari berish, eksport jarayonlarini sug‘urtalash hamda ushbu maqsadlarda davlat tomonidan eksport kredit agentliklarini tashkil etish va eksportni sug‘urtalash mexanizmlarini joriy etishga alohida e’tibor qaratadi.
Ma’lumki, "eksport salohiyati" tushunchasi ilmiy sohada keng qo’llanilibkelinayotgan hamda milliy iqtisodiyot taraqqiyoti uchun muhim hisoblangan atamalardan biridir. Shu o’rinda mintaqalar eksport salohiyatini baholash va undan oqilona foydalanishni takomillashtirish bo’yicha chora-tadbirlar majmuasini ishlab chiqish milliy iqtisodiyot uchun ayniqsa ahamiyatlidir.
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida uning salbiy oqibatlarini bartaraf
etish, iqtisodiyotning real sektori tarmoqlarini barqaror sur’atlarda o’sishi va
makroiqtisodiy mutanosiblikni ta’minlash, aholi bandligini oshirish, asosiy eksport
qiluvchi sanoatning yetakchi korxonalari xamda kichik biznesni manzilli qo’llab-
quvvatlash O’zbekistonda bugungi kunning dolzarb masalasi bo’lib qolmoqda. Ushbu vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish respublika va uning mintaqalarida eksport sohasidagi faoliyatni ilmiy nuqtai nazardan tahlil etishni nazarda tutadi.
Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki huzurida maxsus tashkil etilgan “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining eksportini qo’llab-quvvatlash jamg’armasi” ning roli bu borada tobora oshib bormoqda"
2. Mintaqaning tayyor mahsulot eksportini ko’paytirish yo’llari
3. Ekologiya, tabiat, tabiiy resurs, tabiiy sharoit, tabiiy boylik tushunchalarining iqtisodiy mohiyati
4. Tabiat bilan jamiyat o’rtasidagi munosabatlar
5. Tabiatdan foydalanishning qonuniyatlari va tamoyillari
Do'stlaringiz bilan baham: |