"psixologiya"



Download 1,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet195/253
Sana28.04.2020
Hajmi1,78 Mb.
#47964
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   253
Bog'liq
psixologiya

 
 
 
 


 
171 
Mustaqil tarzda amaliy mashq uchun topshiriqlar va testlar.  
G. Ayznekning temperamentni aniqlash testi 
Quyida  tavsiya  qilinayotgan  test  orqali  kishilar  o’zlarining  va 
boshqalarning  temperament  xususiyatlarini  aniqlashlari  mumkin.    Bu  uslub  G. 
Ayznek  tomonidan  ishlab  chiqilgan  va  mualliflar  tomonidan  o’zbek  tiliga 
tarjima qilinib,  mahalliy sharoitga moslashtirilgan.  
 
O’rganishni  tashkil  qilish  uchun  sinaluvchiga  javoblar  yoziladigan 
qog’oz,    savollarga  qanday  javob  berish  bo’yicha  ko’rsatma  va  savollar  matni 
beriladi.  
 
Sinaluvchiga quyidagicha ko’rsatma beriladi: 
 
Quydagi  testda  kishining  hatti-harakatlari  xususiyatlarini  ifodalaydigan 
savollar berilgan.  Har bir savolga «ha» yoki «yuq» deb javob berishga harakat 
qiling.  Agar javobingiz «ha» degan mazmunga ega bo’lsa,  «+»,  «yuq» degan 
mazmunga  esa  «-»  belgisini  savol  nomerining  qarshisiga  maxsus  javob 
qog’oziga  belgilang.    Savollarga  tez,    ko’p  o’ylamay  javob  berishga  harakat 
qiling.    Chunki  sizni  birinchi  fikringizga  kelgan  javob  ko’proq  xarakterlaydiyu 
bunda hama savollarga javob berish zarur.  
 
Test quyidagi savollarni o’z ichiga oladi: 
 
1.    O’zingizni  atrofingizda  ko’plab  kishilar  bo’lishini,    hushchaqchaqlik 
qilishni va shovqinni yoqtirasizmi ? 
 
2.    Siz  ko’pincha  sizni  qo’llab-quvvatlashi  mumkin  bo’lgan  do’stlarga 
ehtiyoj sezasizmi ? 
 
3.  Sizdan biror narsani so’raganda,  hama vaqt tezda javob topa olasizmi ? 
 
4.  Sizg biror narsadan jahlingiz chiqish uchrab turadimi ? 
 
5.  Sizning kayfiyatingiz tez-tez o’zgarib turadimi ? 
 
6.    Sixga  kitob  o’qish,    bolalar  bilan  birga  bo’lishdan  ko’ra  yoqimliroq,  
shundaymi ? 
 
7.  Xar xil hayollar,  fikrlar sizga tez-tez uxlashga halaqit beradimi ? 
 
8.    Siz  hamisha  bir  ishni  qanday  aytgan,    topshirgan  bo’lsa  shunday 
bajarasizmi ? 
 
9.    Biror  kishining  ustidan  kulishni,    hazillashishni,    jig’iga  tegishni 
yoqtirasizmi? 
 
10.  Siz qachonlar o’zingizni baxtosiz his qilganmisiz,  aslida buning uchun 
sabab bo’lmagan bo’lsa ham ? 
 
11.  Siz o’zingizni xushchaqchaq,  jo’shqin kishi deb hisoblaysizmi ? 
 
12.  Siz qachondir maktabda tartib-intizomni buzganmisiz ? 
 
13.  Sizning tez-tez biror narsaga jahlingiz chiqib turadi,  shu tqg’rimi? 
 
14.  Sizga hama ishlarni tez (tempda) bajarish yoqadimi ? (Agar asta-sekin,  
shoshmasdan bajarish yoqsa «yo’q» degan javob tanlaysiz).  
 
15.  Hammasi yahshilik bilan tugagan,  lekin yomon oqibatlarga olib kelishi 
mumkin bo’lgan voqyealar to’g’risida uylanish,  bezovta bo’lasizmi ? 
 
16.  Sizga har qanday sirni ishonib aytsa bo’ladimi ? 
 
17.  Zerikarli davrani bemalol qizdira,  jonlatira olasizmi ?  


 
172 
 
18.    Sizda  ma’lum  bir  jiddiy  sababsiz  hayajonlanish,    yuragingiz  tez-tez 
urishi bo’lib turadimi ? 
 
19.    Biror  kishi  bilan  do’stlashish  uchun  odatda  birinchi  tashabbus 
ko’rsatasizmi ? 
 
20.  Siz qachondir yolg’on gapirganmisiz ? 
 
21.  Sizni yoki ishingizni tanqid qilganda osonlikcha xafa bo’lasizmi ? 
 
22.  Siz ko’pincha do’stlaringiz bilan hazillashib,  kulgili voqyealarni hikoya 
qilasizmi ? 
 
23.  Siz ko’pincha o’zingizni charchoq xis qilasizmi ? 
 
24.    Siz  hamisha  avval  uyga  berilgan  darsni  tayyorlab,    keyin  boshqa 
ishlaringizni qilasizmi ? 
 
25.  Siz odatda xushchaqchaqmisiz ? 
 
26.  Siz har narsaga xafa bo’lasizmi ? 
 
27.    Siz  boshqalar,    tengdoshlaringiz  bilan  gaplashishni,    bo’sh  vaqtlarni 
birga o’tkazishni yoqtirasizmi ? 
 
28.  Oila a’zolaringizning xo’jalik,  uy ishlariga yordam berish to’g’risidagi 
iltimoslarini hamma vaqt ham bajarasizmi ? 
 
29.  Sizda boshingiz aylanishi uchrab turadimi ? 
 
30.    Sizning  xatti-harakatlaringiz  boshqa  kishilarni  noqulay  ahvolga  solib 
qo’yadigan vaziyatlar uchrab turadimi ? 
 
31.  Sizga tez-tez hamma narsa joningizga tegib ketganday bo’lib tuyuladimi 

 
32.  Maqtanishni yoqtirasizmi ? 
 
33.    Notanish  kishilar  davrasiga  tushib  qolganingizda  ko’pincha  jim 
o’tirasiz,  shundaymi ? 
 
34.    Ba’zan  shunday  hayajonlanasizki,    bir  joyda  o’tirishingiz  qiyin  bo’lib 
qoladi,  shundaymi ? 
 
35.  Siz odatda tez bir qarorga kelasizmi ? 
 
36.    Sinfda  Hech  shovqin  qilmaysizimi,    hatto  sinfda  o’qituvchi  bo’lmasa 
ham? 
 
37.  Siz tez-tez qo’rqinchli tushlar ko’rasizmi ? 
 
38.    Siz  o’z  his-tuyg’ularingizga  erk  berib,    do’stlaringizga  erk  berib,  
do’stlaringiz davrasida xushchaqchaqlik qila olasizmi ? 
 
39.  Sizni xafa qilish,  ko’nglingizni ranjitish osonmi ? 
 
40.  Biror kishi to’g’risida,  uni yomonlab gapirganmisiz ? 
 
41.  Siz odatda unchalik ham ko’p o’ylanib o’tirmay tez gapirib,  tez harakat 
qilasiz,  to’g’rimi ? 
 
42.    Agar  siz  kishilar  oldida  noqulay  ahvolda  qolsangiz,    ancha  vaqt 
o’ylanib,  ruhan qiynalib yurasizmi ? 
 
43.  Sizga quvnoq o’yinlar juda yoqadimi ? 
 
44.    Siz  hamisha  ovqat  qanday  tayyorlangan  bo’lsa,    shuni  iste’mol 
qilaverasizmi ? 
 
45.    Kimdir  biror  narsani  so’rasa  yoki  biror  ishni  bajarishni  iltimos  qilsa 
«yo’q» deb javob berishga qiynalasizmi ? 
 
46.  Tez-tez mexmonga borishni yoqtirasizmi ? 


 
173 
 
47.    Hayotdan  norozi  bo’lish,    umuman  yashagingiz  kelmay  qoladigan 
vaqtlar bo’ladimi? 
 
48.  Siz qachondir ota-onangizga nisbatan qo’pol munosabatda bo’lganmisiz 

 
49.    Tengdoshlaringiz  sizni  xushchaqchaq  va  serg’ayrat  kishi  deb 
hisoblashadimi ? 
 
50.    Siz  dars  tayyorlayotganda  tez-tez  boshqa  narsalarga  chalg’iysizmi,  
boshqa ishlarga ovunasizmi ? 
 
51.    Siz  o’yin,    ishlarda  qatnashishdan  ko’ra,    kuzatib,    qarab  o’tirishni 
yoqtirasizmi ? 
 
52.  Sizni odatda har xil o’y,  fikrlar qiynaydimi ? 
 
53.    Bajarishingiz  kerak  bo’lgan  ishni,    uddalay  olishingizga  ishonchingiz 
komil bo’ladimi,  ya’ni aniq ishonch bilan kirishasizmi ? 
 
54.  Siz o’zingizni yolg’iz xis qilasizmi ? 
 
55.  Siz notanish kishi bilan suhbatga kirishishdan tortinasizmi ? 
 
56.    Siz  ko’pincha  biror-bir  ish  yoki  holatni  to’g’rilashga  kech  bo’lgandan 
keyin kirishib,  harakat qilasizmi ? 
 
57.  Sizga kimdir tengdoshlaringizdan baqirsa,  siz ham baqirish bilan javob 
qaytarasizmi ? 
 
58.  Sizdan ba’zan biror-bir sababsiz o’zingizni xushchaqchaq yoki g’amgin 
his qilish uchrab turadimi ? 
 
59.  Siz har xil ko’ngilxushlik,  xursandchilik davralaridan xaqiqiy qoniqish 
va qanoatlanish olish qiyin deb hisoblaysizmi ? 
 
60.    Ko’pincha  biror  ishni  o’ylamay  qilib  qo’yganingizdan  keyin  bezovta 
bo’lish,  o’ylab ziq bo’lishga to’g’ri keladimi ? 

Download 1,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish