"psixologiya"


– guruh uchun tarqatma material



Download 1,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet193/253
Sana28.04.2020
Hajmi1,78 Mb.
#47964
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   253
Bog'liq
psixologiya

 
1– guruh uchun tarqatma material.      
  
Qobiliyatlar 
      Qobiliyatlar  shaxsning  mazkur  faoliyatni  muvaffkiyatli  amalga  oshirish 
sharti  hisoblangan  va  buning  uchun  zarur  bilim,    kunikma  va  malakalarni 


 
167 
egallash  dinamikasida  yuzaga  chikadigan  farqlarda  namoyon  bo’ladigan 
individual – psixologik xususiyatdir.   
         Qobiliyatlar  individual  –  psixologik  xususiyatlar  sifatida,    ya’ni  bir 
odamning boshqa bir odamdan farq kiladigan belgilari sifatida ta’riflanadi.  O’z-
o’zidan  ma’lumki,   kishilar  bir-biri bilan teng  emas.    Ana shuning uchun ham 
qobiliyatlar  hakida  gap  ketganda  bu  farqlarni  xarakterlab  o’tish  kerak.    Bu 
farqlar sifatli va mikdoriy bo’lishlari mumkin.   
 
Qobiliyatlarning 
sifat 
jixatdan 
xarakteristikasi 
insonga 
mexnat 
faoliyatining kaysi sohasida (konstruktorlik,  pedagoglik,  iktisodchilik,  sport va 
boshqalarda)  osonlik  bilan  uzini  topa  oladi,    katta  yutuklarga  va 
muvaffaqiyatlarga erishadi degan savolga javob topish imkoniyatini beradi.  Bu 
bilan  qobiliyatlarning  sifat  xarakteristikasi  ularning  mikdoriy  xarakteristikasiga 
uzviy boglikdir.  
 
Psixologiyada  qobiliyatlarni  mikdor  jixatdan  ulchash  muammosi  uzok 
tarixga  egadir.    XIX  asrning  oxiri  va  XX  asrning  boshlarida  qator  psixologlar 
(Kettel,    Termen,    Spirmen  va  boshqalar)  ommaviy  ixtisoslar  uchun  kasb 
tanlashni  amalga  oshirish  zaruriyati  bilan  boglik  bo’lgan  talablar  ta’siri  ostida 
ta’lim olayotganlarning qobiliyatini aniqlashni taklif qilib chikdilar.  
 
Usha  paytlarda  qobiliyatlarni  ulchash  usuli  sifatida  akliy  iste’dod 
testlaridan foydalanildi.  
 
Akliy  iste’dod  testlari  mazmun  jixatdan  qator  savollar  va  masalalardan 
tashkil  topgandir.    Ularni  yechish  muvaffaqiyati  (sarflangan  Vaqtni  hisobga 
olib)  ball  yoki  ochkolar  yigindisi  bilan  hisoblanadi.    Masalan,    un  bir  yoshlik 
bolalarning akliy qobiliyatlarini aniqlash uchun ingliz maktablarida quyidagicha 
test  kullangan:  «Petr  Jeymsga  karaganda  balandroq,    Edvard  Petrdan  pastroq.  
Hammadan  kura  kim  baland?  Savol  tagiga  quyidagi  javoblar  yozib  kuyiladi:  1 
Edvard,    2.    Jeyms,    3.    Petr,  »  Ayta  olmayman.    Yoki  boshqacha  test:  kizil,  
yashil, ko’k,  xo’l,  sariq.  Bu yerda bola turkumga kirmaydigan so’zni aniqlashi 
kerak va hokozo.   
 
Bolalar  testlar  to’plamini  bajarib  bo’lgandan  keyin  ularning  natijalarini 
standartlashtirilgan yo’l bilan,  ya’ni xar bir sinaluvchi olgan ochkolar miqdorini 
hisoblash bilan shug’ullanishadi.   
K o b i l i ya t l a r n i n g  t u z i l i sh i .  
 
Qobiliyat  sifatida  namoyon  bo’ladigan  fazilatlar  yigindisining  tuzilishi 
oqibat natijada konkret faoliyat talablari bilan belgilanadi va faoliyatning xar xil 
turlari uchun turlicha bo’ladi.  Masalan,  adabiy qobiliyatlarning tuzilishi estetik 
tuyg’ularning  yuksak  taraqqiy  etgan  darajasini,    xotirada  yorqin  ko’rgazmali 
obrazlar  mavjudligini,    til  xissini,    boy  fantaziyani,    odamlar  psixologiyasiga 
nisbatan zo’r qiziqishni,  o’z-o’zini ifodalash ehtiyojini va shu kabilarni taqoza 
qiladi.    Musiqiy,    pedagogik,    konstruktorlik,    tibbiy  qobiliyatlar  va  juda  ko’p 
qobiliyatlar tuzilishi o’ziga xos xarakterga egadir.   
 
Konkret  qobiliyatlar  tuzilishini  tashkil  etadigan  shaxs  hislatlari  va 
xususiyatlari  orasida  ba’zi  birlari  yetakchi  o’rinni  egallasa,    ba’zi  birlari 
yordamchi  rolni  o’ynaydilar.    Jumladan,    pedagogik  qobiliyatlar  tuzilishida 
pedagoglik  odobi,    kuzatuvchanlik,    bolalarga  muhabbat,    ularga  nisbatan 


 
168 
yuksak  talabchanlik  bilan  qo’shib  olib  boriladigan  bilim  berishga  ehtiyoj,  
yordamchilik  tarzida  shular  jumlasiga  kiradigan  bir  qator  tashkilotchilik 
qobiliyatlari kompleksi yetakchi fazilatlar hisoblanadi.  
 
Qobiliyatlar  umumiy  va  maxsus  bo’lishi  mumkin.    Xar  turli 
qobiliyatlarning konkret psixologik xarakteristikasini o’rganar ekanmiz,  biz bu 
qobiliyatlarda  birgina  emas,    balki  juda  ko’p  turdagi  faoliyat  talablariga  javob 
beradigan  umumiyroq  fazilatlarni  va  bundan  tashqari  ushbu  faoliyatning  bir 
muncha  torroq  doiralarga  javob  beradigan  maxsus  fazilatlarni  ajratishimiz 
mumkin.  Ayrim kishilarda bu umumiy fazilatlar yorqin ifodalanadi.  Masalan,  
Ibn  Sino  ham  vrach,    ham  yozuvchi,    ham  musiqachi,    ham  matematik  va 
hokozo  qobiliyatlarga  ega  bo’lgan.    Hamza  Hakimzoda  Niyoziy    ham 
dramaturg,    shoir,    kompozitor,    pedagog,    jamoat  arbobi  bo’lgan.    Ayrim 
kishilarda  esa  fazilatlar  ko’proq  bir  faoliyatga  tegishli  bo’ladi.    Masalan,  
rassomlikka,  kompozitorlikka,  naqqoshlikka qobiliyat va hokozo.   
I s t ye ‘ d o d ,   u n i n g   p a y d o   b o’ l i sh i .  
 
Qobiliyatlar  taraqqiyotining  yuksak  bosqichi  iste’dod  deb  aytiladi.  
Iste’dod  bu  kishiga  qandaydir  murakkab  mexnat  faoliyatini  muvaffaqiyatli,  
mustaqil va orginal tarzda bajarish imkonini beradigan qobiliyatlar majmuasidir.  
Qobiliyatlar kabi iste’dod ham faqat ijodiyotda  yuksak mahoratga va anchagina 
muvaffaqiyatlarga erishish imkoniyatidan iboratdir.   
Urish  yillarida  sarkardalik  iste’dodlari  jo’shqin  rivojlanadi,    tinchlik 
davrida injenerlik,  konstruktorlik va shu kabi iste’dodlar rivojlanadi.  Masalan,  
hozir  O’zbekistonni  dunyodagi  eng  ilg’or,    eng  obro’li  davlatlardan  biriga 
aylantirish  asosiy  vazifa  bo’lib  turibdi.    Mustaqillik  davrining  ana  shu  ehtiyoji 
ajoyib  quruvchilar,    muhandislar,    naqqoshlar,    hunarmandlarning  o’sib 
chiqishiga yo’l ochdi.  Ayniqsa sport sohasidagi muvaffaqiyatlarimiz beqiyosdir.  
Mana,    o’zbek  kurashi  bo’yicha  birinchi  o’rinda,    boks  bo’yicha  yuqori 
o’rinlardan birida turibmiz.  Bularning hammasi davr taqozasidir.   
 
Iste’dod-bu  qobiliyatlar  yigindisidan,    ularning  majmuidan  iboratdir.  
Alohida  olingan,    yakka  qobiliyatni,    garchi  taraqqiyotning  juda  yuksak 
darajasiga  erishgan  va  yorqin  ifodalangan  bo’lsa  ham,    iste’dod  bilan 
tenglashtirib bo’lmaydi.  
         Shunday  qilib,    iste’dod  shaxs  psixik  fazilatlarining  shu  qadar  murakkab 
birikmasiki,    uni  qandaydir  birorta  yagona  qobiliyat  bilan,    hatto  bu  qobiliyat 
xotiraning  yuksak  mahsuldorligi  kabi  juda  qimmatli  qobiliyatlar  bo’lishiga 
qaramasdan,  belgilab bo’lmaydi.   
   Qobiliyatlar va iste’dodning tabiiy shart – sharoitlari.   
        Shaxsning barcha individual psixologik xususiyatlari kabi qobiliyatlar unga 
qandaydir  tabiat  tomonidan  tug’ma  ravishda,    tayyor  xolda  berilmaydi,    balki 
xayot  va  faoliyat  jarayonida tarkib  topadi.    Kishi  dunyoga  Hech  qanday  psixik 
xususiyatlarsiz,    faqat  ularni  orttirishga  qaratilgan  umumiy  imkoniyatlar  bilan 
keladi,  xolos.   
       Hozirgi  paytda  iste’dod  nishonalarini  miyaning  va  sezgi  organlarining 
mikrostrukturasi bilan bog’laydigan nazariya  eng mahsuldor hisoblanadi.  Miya 
xujayralarini  chuqur  o’rganish  iste’dodli  kishining  nerv  turkumalarini 


 
169 
ko’rsatadigan  morfologik  va  funksional  xususiyatlarida  farq  borligini  aniqlash 
imkoniyatidadir  deb  tahmin  qilish      mumkin.    Shuningdek,    iste’dod 
nishonalarini  nerv  jarayonlarining  ayrim  differensial  xususiyatlari  bilan  (nerv 
kuchi,  muvozanatlashuvi va harakatchanligi o’rtasidagi farqlarga qarab) va shu 
bilan  oliy  nerv  faoliyati  turlari  bilan  bog’lovchi  gipoteza  ham  haqiqatga 
yaqinroqdir.   
       Bulardan  tashqari,    qobiliyatlarni  tabiiy  asoslarini  nerv  sistemasining 
xususiy xususiyatlari deb atalgan xususiyatlar bilan bog’laydigan,  ya’ni ayrim 
odamlarda ko’rish,  boshqa odamlarda eshitish,  uchinchi bir xilida esa harakat 
sohasida  namoyon  bo’ladigan  o’ziga  xos  tipologik  xususiyatlar  bilan 
bog’laydigan gipotezalar yana ham haqiqatga yaqinroqdir.   
       Jiddiy  statistika  qobiliyatlar  va  iste’dodlarning  irsiyat  yo’li  bilan  o’tishini 
isbotlaydigan  Hech  qanday  dalillar  bermaydi.    Qobiliyatlarning  irsiyat  yo’li 
bilan o’tishi hakidagi ilmiy nazariyaga ham qarama – qarshidir.   

Download 1,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish