Psixologiya va gumanitar fanlar kafedrasi


Seminar mashg’uloti uchun savollar



Download 0,78 Mb.
bet3/39
Sana10.03.2022
Hajmi0,78 Mb.
#488411
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Bog'liq
Psiixologiya tarixi seminar ishlanma

Seminar mashg’uloti uchun savollar:
1. Psixologiya taraqqiyotining asosiy prinsplari qaysilar ?
2. Psixika rivojida qanday yondoshuvlar mavjud bo’lgan?
3. Psixika va ongning faoliyatda rivojlanishi tamoyili qanday tamoyil?
Topshiriq
Psixologiyaning tushunchalarini ularni ta’riflari bilan juftlang:





Psixologiya tushinchalari



mazmuni

1

Psixika tushunchasi-

A

Yuksak darajada tashkil topgan materiyaningo‘ziga xos xossasi.

2

Ong tushunchasi-

B

Inson shaxsini, o‘z-o‘zini boshqarish jarayonlarinio‘rganuvchi fan.

3

Psixologiya tushunchasi-

C

Psixologiyaning tamoyillaridan biri, u hayot sharoiti bilan bog‘liq bo‘lib, u o‘zgarishi bilan o‘zgaradi.

4

Ongsizlik tushunchasi-

D

Insonningo‘z xatti-harakatlariga javob bera olmaydigan jarayoni.

5

Kibernetika tushunchasi-

E

Psixikaning eng yuksak darajasi.

6

Determinizm-

F

Grekcha so‘zdan olingan bo‘lib, “psyuxe” –jon, ruh, “logos”-fan degan ma’noni anglatadi

Javob:

1 -

2 -

3 -

4 -

5 -

6 –



Darslik va o‘quv qo‘llanmalar ro‘yxati:
1. N. S. Jo‘rayev, D.A. Saliyeva, N. A. Sultonova “Psixologiya tarixi” Toshkent “Noshir” -2019y;
2. Davletshin M.G. “Psixologiya tarixi” dastur. T. -1996-y.
3. David G. Mayers “Psychology ninth addition in moduls” 2010-y
4. Nishonova Z. T. “Psixologiya tarixi” T -2002-y.
8. Xayrullayev M.M. “ 0‘zbekistonda ijtimoiy-falsafiy fikrlar tarixidan lavhalar”. Toshkent -1995-y.
9. E. G‘oziev “Tafakkur psixologiyasi” Toshkent. 0 ‘qituvchi - 1990-y.
Elektron ta’lim resurslari
1. www. pedagog. uz
2. www. Ziyonet. Uz


3-Seminar mavzusi: Antik davr psixologik g‘oyalarining umumiy sharhi, qadimgi grek faylasuflarining psixologik g‘oyalari va Gippokrat ta’limoti (2soat)
Reja:
1. Antik davr psixologik davrlari.
2. Grek faylasuflarining psixologik g‘oyalari.
Antik mutafakkirlar tomonidan to‘plangan ruh haqidagi ta’limot keyinchalik fanning shakllanishi uchun zamin yaratdi. Insonda jismoniy tanadan tashqari undan farqlanuvchi yana nimadir borligi haqidagi tasavvurlar qadimdanoq mavjud bo‘lgan. Eng qadimgi davrlardayoq inson tush ko‘rish hodisasi orqali ayrim odamlarning noyob qobiliyatlari (masalan, ovdagi muvaffaqiyatlar) o'lim va boshqa hodisalaming sabablarini tushuntirishga intilgan.
Ammo dastlabki qarashlar mifologik harakterda edi. Ular fikrlash orqali emas, ko‘r-ko‘rona ishonch vositasida egallanardi. Ruh haqidagi qarashlar ko‘pincha nafas bilan bog‘lanardi, ruhni esa uchar maxluq sifatida tasavvur etardilar. Psixologiya haqidagi fikrlar qadim zamonlardan beri mavjuddir. Ilk davrlarda psixologik xususiyatlami jonning ishi deb tushuntirilgan. Jonning o‘zi esa odam tanasidagi maxsus ikkilamchi jism deb qaralgan. Bunday tasavvurlar «animizm» deb ataladi.
Animizm so‘zi — anima «jon» degan ma’noni anglatadi. Jon o‘z mohiyatiga ko‘ra olovsimon uchqundan iborat ekanligi Geraklit tomonidan, yoki olovsimon atomdan iboratligi Demokrit tomonidan ta’kidlangan.Platonning «ideyalar tug'ma bo‘ladi» degan g‘oyalari psixologik fikr taraqqiyotiga juda katta xissa qo‘shdi. Platon ta’limotiga ko‘ra «ideyalar» mohiyati abadiy va o‘zgarmas, tabiiy olamdan tashqarida oliy olam mavjud boMib, ulami odam ko‘zi bilan ko‘ra olmaydi. Platon psixologiyada «dualizm» oqimining asoschisi hisoblanadi.
Dualizm so‘zi «ikki yoqlamalik» yoki «ikki mustaqil fikr» degan ma’noni anglatadi. Dualizm ta’limoti mohiyati moddiy va ruhiy olam — tana va psixikaning bir-biriga bog‘liq boMmagan holda mavjud bo‘lib, azaldan qarama-qarshi narsalar deb tushuntiradi. Platonning dualizmdagi shogirdi Arastu (Aristotel eramizdan oldingi IV asr; 384—322-yillar) tomonidan birmuncha muvaffaqiyatli bartaraf etildi. Geraklit, Demokrit, Aflotun, Arastularning ta’limotlari keyingi asrlarda psixologik g‘oyalarning rivojlanishida tayanch nuqta bo‘lib hisoblanadi. Platon bilan Aristotel yaratgan ruh haqidagi ta’limot o‘rta asrlardaSharqda ham, G‘arbda ham hukmron bo‘lib qoldi. Psixologiyadagi bu oqim keyinchalik (XVIII asrda) metafizik yoki ratsionalistik psixologiya deb nom oladi. Bu psixologiya shuning uchun ham metafizik deb ataladiki, uning tekshirish predmeti bo‘lgan ruh, psixik jarayonlar — fizik xissiy dunyo chegarasidan tashqarida mavjud mohiyat, g‘ayri jismoniy bir narsa deb tushuntiriladi; shuning uchun ham ratsionalistik deb ataladiki, uning tekshirish metodi tajribadan ajratilgan faqat quruq mulohazadan iborat edi. Demokrit, Epikur, Lukretsiy, kabilar Demokritning ruh haqidagi tasawurlaming rivojlanishini davom ettirdilar. Lekin Epikurga ko‘ra ruh atomlardan emas, o‘zgarmas 4 elementdan: olov — issiqlik asosi, bug* — harakati asosi, shamol — sovish, nomsiz 4-element — ruhning ruhdan iborat. Epikuming nomsiz elementini Lukretsiy «А», deb atadi. Shuningdek, Epikuming fikricha, faqat sezish xususiyatiga ega narsalardagina ruh bo‘ladi. Ruhni qanotli arava izvoshiga o‘xshatish mumkin, izvosh va otlar o‘rtasidagi munosabat, tana va ruh o‘rtasidagi munosabat kabidir. «Psixologiya fan sifatida ruh haqidagi la’limotdan boshlanishi kerak edi.
Ruh haqidagi ta’limot odamzot tomonidan avval surilgan birinchi ilmiy gepotezadir» deb yozadi L.S. Vigotskiy. Anita — ruh haqidagi qarashlar ibtidoiy jamoa davridayoq mavjud bo‘lgan bo'lsada, er. av. II asrda tabiat va inson haqidagi tasavvurlar
tub burilishga uchrab, antik olamda dastlabki ruh haqidagi ilmiy farazlar paydo bo‘la boshlaydi. Ilmiy psixologiya va undagi barcha muammolaming boshi shu yerdadir. Miloddan avvalgi V asrning ikkinchi yarmida yashab o‘tgan Yunon faylasufi Kratil shunday degan edi: «Geraklit aytganidek, oqayotgan suvga ikki marta emas, hatto bir marta ham sho‘ng‘ib bo‘lmaydi. Chunki nima haqda gapirmaylik, biz tugal fikr aytib ulgurmasdan uzluksiz o‘tkinchilik qonuniga bo‘ysunuvchi har qanday voqelikning mohiyati o‘zgarib ketadi». Lekin uning g‘oyalari psixik hayotning hamma eshiklarini ochishga kalit bo‘la olmas edi. Geraklit o'zidan oldin o‘tgan Milet maktabi faylasuflari Fales, Anaksimandr, Anasimenlarning ruh bo‘linmasligi to‘g‘risidagi fikrlarining izdoshidir. Falesning ushbu fikrlari bizning nuqtai nazarimizcha hali-hanuz o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Uni quyida keltiramiz: - Eng go‘zal narsa nima?
- Odam, chunki u Tangrining mahsulidir.
- Eng tez narsa nima?
- Aql, u hamma narsani ortda qoldiradi.
- Hammadan donoroq narsa-chi?
- Vaqt, chunki yolg‘iz vaqtgina hamma narsani oydinlashtiradi.
Geraklit hayoti: Geraklit Milet bilan qo‘shni bo‘lgan dengiz fortiEfesda tug‘ilib o‘sgan. U miloddan avvalgi 500-yillar atrofida, ya’ni Falesdan taxminan 80-yildan so‘ng yashab o‘tgan. U podishox xonadoniga mansub bo‘lib, akasining foydasiga shoxlik martabasidan voz kechgan. U «kosmos» so‘zini birinchi bo‘lib qo‘llagan Yunon faylasufi edi. «Kosmos» so‘zi «tartib» degan ma’noni anglatadi. Bu so‘z dastlab davlat tizimi va hatto ayollami «tartib»ga keltiruvchi pardoz-andoz anjomlariga nisbatan ham qo‘llanilgan. «Kosmetika» so‘zi shundan kelib chiqqan). Geraklit to‘g‘risida bir necha tarixlar ma’lum, biroq ulaming real negizga egaligi ehtimoldan ancha yiroq. Bulaming hammasiga qaramasdan, saqlanib qolgan parchalar asosida uning obrazini qayta tasvirlash imkoniga egamiz. Geraklit har doim ham o‘z zamondoshlari tomonidan tushunilmagan, mahdud, achchiq istehzoli faylasuf sifatida gavdalanadi, u zamondoshlarining o‘zini anglab yetishmaganligi uchun ulaming aqliy qobiliyatlarini juda past deb qaragan. Mana shuning uchun u odamlaming fikrlari va nuqtai nazarlari «bolalaming o‘yinchoqlariga o‘xshaydi», deb ta’kidlagan. Geraklitga doir yana bir parchaga binoan, tushunmaydigan odamlar karlarga, «ishtirok eta turib qatnashmayotgan» kishilarga o‘xshaydi. Buning ustiga, Geraklit ko‘pchilik fikrini nazarda tutib, uning vakillarini «poxolni oltindan afzal ko‘radigan eshaklarga» qiyoslaydi.
Zamondoshlarining Geraklit ta’limotini tushunmaganligi, shubhasiz, ko‘pchilikning, noto‘g‘ri fikrlashi bilan bog‘liq edi. Geraklitga faylasuf sifatida «Noma’lum» degan laqab berilgan. U ko‘pincha o‘z fikrlarini noaniq va ko‘p ma’noli majozlar yordamida bayon qilardi. Afsonaviylikdan qat’iyat bilan yiroqlashishga harakat qilgan miletlik naturfaylasuflardan farqli ravishda Geraklit afsonaviylik uslubida bayon qilish tarafdori edi.

Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish