O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI
PSIXOLOGIYA VA GUMANITAR FANLAR KAFEDRASI
“Psixologiya tarixi”
fanidan
I-semestr uchun
46 soat
SEMINAR MASHG’ULOT
ISHLANMASI
Jizzax-2021
№
|
SEMINAR MASHG’ULOT ISHLANMASI MUNDARIJASI
|
bet
|
1
|
Seminar mashg’uloti ishlanmasi
|
3-91
|
2
|
Nazorat savollari
|
3-91
|
3
|
Glossariy
|
91
|
7
|
Adabiyotlar
|
3-91
|
1-MAVZU: Psixologiya fani predmeti va vazifalari. Psixologiya tarixini o‘rganishga yondashuvlar. (2soat)
Reja:
1.Psixologiya fanining predmeti va vazifalari
2.Psixologiya fanining taraqqiyot tarixi va rivojlanish bosqichi
3.Psixologiya tarixini o‘rganishga yondashuvlar.
Psixologiya tarxi – o‘z predmetiga ega bo‘lgan fan sohasidir. Psixologiya fani psixik hayot faktlari, mexanizmlari va qonunityalarini o‘rgansa, psixologiya tarixi bu faktlar va qonunlar insonga qanday qilib ochib berilganligini o‘rganadi.
Asrlar mobaynida ruh, ong, xulq haqidagi tasavvurlar yuzaga kelgan va bir-biri bilan o‘rin almashib kelgan. Psixologiya tarixi ana shu o‘rin almashish manzarasini ifodalab beradi.
Qisqacha qilib aytganda, psixologiya tarixi – bu fanning mantiqiy xotirasidir. Psixologiya tarixi fanini o‘rganishda psixik haqiqiylik emas, balki tasavvurlar o‘rganilgan har bir davrda o‘ziga mos bo‘lgan. Fanning ruvojlanish jarayonida bu tasavvurlar juda qadimdan mavjud ekanligi aniqlangan va ular 319 yo‘nalishga ajratilgan. Birinchi, qalb haqida fan ekanligi, ikkinchisi ong haqidagi fan, uchinchisi faoliyat haqidagi fandir. Psixologiya tarixi to‘g‘risida ta’limotlaming haqiqiylik darajasini belgilaydigan mezon ilmiy qarashlarning bir-biridan farqlari bo‘lib, ular ba’zida umuman tan olinmas edi. Psixologiya tarixi fani rivojlanishida ahamiyat kasb etadigan yutuq va kamchiliklari yangi haqqoniy psixologik
qarashlarni keltirib chiqarar va shu davrga mos ravishda tahlil qilingan.
Psixologiya tarixini o‘rganishda empirik ma’lumotlar katta ahamiyat
kasb etadi. Psixologiya fanining paydo bo‘lishida hozirgi kungacha barcha ilmiy qarashlar, bilimlar nazariy qarashlar, faylasuflar va psixologlar asarlari asosiy manba hisoblanadi.
Psixologiya rivojlanishda — tibbiyot, ta’lim, tarbiya,
yuridik amaliyot, amaliyot katta o‘rin egallaydi. Psixologiya fani
rivojlanishida boshqa fanlarning ahamiyati katta bo‘lib ular bir biriga bog‘liqdir. Psixologiya tarixi boshqa fanlar tarixi singari
mazmundor bilimlar sohasidan iborat. Psixologiya tarixi, awalo, insoniyat tomonidan hayvonlarga va inson larga xos bo‘lgan psixik hayot hodisalari haqidagi bilimlaming astasekin to‘planib borish tarixidir. Insonning o‘z-o‘zi haqidagi bilimlarni to‘plab hamda chuqurlashtirib borishidir. Biz psixologiya tarixi bilan tanishar ekanmiz, inson va hayvonlar psixik hayotini o‘rganishga bo‘lgan intilish kishilar hayotining har xil tarixiy bosqichlarida, ularning qanday nazariy va amaliy ehtiyojlar bilan taqozo qilganligini,
ba’zi bir ma’lumotlar, ya’ni psixik hodisalar qay tarzda kashf qilingan,
qaror topgan va aniqlanganligini, ular qanday tushuntirilganligini, ba’zi
qonuniyatlari qanday tushuntirilganligini, ba’zi qonuniyatlari qanday
ochilganligini bilib olamiz. Psixologiya tarixida psixikani yanada chuqur va aniq bilish imkoniyatini beradigan, psixologiya fani taraqqiyotiga
ko‘maklashadigan foydali ilmiy tekshirish metodlarining izlanilishi
va yaratilishi katta o‘rin tutadi. Psixologiya hech qachon ajralgan
fan bo‘lmagan: u hamisha boshqa bilim sohalari bilan bog‘liq holda
taraqqiy etib borgan.
Psixologiya – ham qadimiy, ham ma’lum darajada yangi fan.Qadimiy fan sifatida u ikki ming yil avval paydo bo‘lgan.
Psixika haqidagi dastlabki ilmiy tasavvurlar qadimgi dunyo (Hindiston, Xitoy, Misr, Bobil, YUnoniston)da falsafa bag‘rida paydo bo‘lgan va jamiyatdagi amaliyot, davolanish va tarbiya ehtiyojlaridan kelib chiqqan edi.
XIX asrning 70-80-yillaridapsixologiya mustaqil fan sifatida ajralib chiqdi. Ilmiy psixologiyaning, xususan, eksperimental psixologiyaning asoschisi sifatida 1879 yilda Leypsig shahrida dunyoda birinchi bo‘lib eksperimental psixologik laboratoriyani ochgan nemis tadqiqotchisi V. Vundt tan olingan. Bunga mos ravishda ushbu yil psixologiyaning fan sifatida yuzaga kelgan sanasi bo‘lib hisoblanadi. Dastlab eksperimental psixologiyaning asosiy mavzulari sifatida sezgilar va ta’sirlanish vaqti (F. Donders), keyinchalik esa – assotsiatsiyalar (G. Ebbingauz), diqqat (Dj. Kettel), hissiy holat (U. Djeyms, T.A. Ribo), ong va iroda (Vyursburgskayashkola, A. Bine) xizmat qildi.
Psixologiyaga oid bilimlaming rivojlanishini har xil davrlashtirish
mumkin. Davrlashtirish ishiga xronologik jihatdan yondashilsa,
XVII asr psixologiyasiga hududiy-territorial jihatdan yondashilsa,
Meksika psixologiyasining tarixi, Amerika psixologiyasining tarixi
kabilarga ajratish mumkin. Demak, har qanday davrlashtirish nisbiydir. Shuni hisobga olib quyidagi davrlashtirish jadvali ham navbatdagi
variantlardan biri deb hisoblash kerak.
Psixologiya tarixi 2 ta davrga ajratiladi. Ular o‘z navbatida kichikroq
davrlarga bo’linish prinsipiga asosan tuzilgan.
1-davr. Psixologiya fanining falsafa tarkibida rivojlangan davri.
Bu er.av. VI asrdan XIX asr o‘rtasigacha 2,5 ming yil davom etgan
davrdir.2-davr. Psixologiya fanining mustaqil fan sifatida rivojlangan
davri. Bu XIX asr o‘rtasidan hozirgi kungacha davom etib
kelayotgan davrdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |