Elektron ta’lim resurslari
1. www. pedagog. uz
2. www. Ziyonet. Uz
9-Seminar mavzusi: XVII asr psixologik g‘oyalari mohiyati. Rene Dekart va Spinoza psixologik qarashlari xarakteristikasi. (2soat)
Reja:
1. XV-XVI asrlarda ilm-fanga yangicha qarashlar paydo bo‘lishi
2. Rene Dekart (1596-1650) o‘z qarashlari bilan psixologiya fani rivojiga qo‘shgan xissasi
3. Spinoza psixologik qarashlari
XV-XVI asrlarda ilm-fanga yangicha qarashlar paydo bo‘ldi. Bu yangicha qarashlar ratsionalizmga va nazariy yondashuvlarni amaliy asoslashga qaratilgan edi. Bu esa psixologiya fani rivojlanishida yangi bosqichga qadam qo‘yishni anglatdi. Aynan shu yondashuvlar olimlar uchun yangi psixologik konseptsiyalarni ishlab chiqish uchun motiv bo‘lib xizmat qildi. Psixologiya fani dastlabki shakllanish jarayonida falsafaning tarkibida edi. Buni psixologiyaning predmeti faqatgina «jon — ruh» deb qaralganida yaqqol kuzatish mumkin. Psixologiya rivojlanish jarayonida nafaqat jon — ruh borasidagi muammolami, balki insonning shaxs sifatida shakllanishi jarayonida uning psixik rivojlanish qonuniyatlarini o‘rgana boshladi. XVII asr psixologlar ko‘z o‘ngida psixikaga bo‘lgan qarashlarning tubdan o‘zgarishi davri sifatida namoyon bo‘ladi. Psixologik fikr taraqqiyotidagi yangi davrini «fanlar malikasi» bo‘lib hisoblangan mexanika fani ta’sirida paydo bo‘lgan konseptsiyalar ochib berdi.
Yangi davr psixologiyasi rivojida ko‘plab olimlar turli g‘oyalari bilan o‘z xissalarini qo‘shganlar. Rene Dekart (1596-1650) o‘z qarashlari bilan psixologiya fani rivojiga o‘zining salmoqli xissasini qo‘shgan. Fransuz faylasufi, matematigi va tabiatshunosi Rene Dekart ham Bekon va Gobbslar singari tabiat fanlaridagi tajriba metodiga katta ahamiyat beradi. Lekin ayni vaqtda u ratsionalistik metodning himoyachisi ham bo‘lib chiqdi. Dekart boshqa olimlardan farqli ravishda barcha yondashuvlarga shubha bilan qarardi va o‘z shubhalanuvchanligi bois eng haqqoniy bilimlarni jamlardi. U o‘z shubhalari asosida barcha narsani inkor etish mumkin deb hisoblardi va shu izlanishlari oqibatida «Men fikrlayapman, demak men borman, mavjudman» degan tamoyilni o‘zi uchun qabul qildi hamda o‘zining barcha izlanishlarini unga asoslangan holda qurdi. Dekart ikki mustaqil substansiya mavjud - Ruh (birlamchi asos) va Tana (borliq) deb hisoblardi. Ruhning asosiy xususiyati tafakkur deb hisoblaydi, tana xususiyati esa tortilishdir. Dekart tafakkur deganda faqatgina tafakkur operatsiyalarini emas, balki sezgi, tasavvur, xissiyot kabilami ham kiritgan. Inson o‘z ruhiyatidagi barcha holatlami xis etadi, biladi. Demak, inson psixikasi anglangan faoliyatlardan iborat deb hisoblaydi. Dekart ongning tarkibiy qismi sifatida g‘oyalaming uch turini ajratadi:
1. Insonning o‘zi tomonidan shakllanitirilgan g‘oyalar; insonning o‘zi tomonidan shakllanitirilgan g‘oyalar asosan insonning o‘z malakasi oqibatida shakllantiriladi. Bu malaka va bilimlar induksiya yordamida vujudga keladi va Dekart uni Enumeratsiya deb atagan. Dekart Bekon tomonidan taklif etilgan anglash jarayonini inkor etmaydi. Lekin bu yo‘l bilan tarkib topgan g‘oyalar insonni ob’ektiv qonuniyatlarga emas, balki alohida predmetlar borasidagi bilimlarga yetaklaydi deydi.
2. 0 ‘zlashtirilgan g ‘oyalarni o ‘rganish, bilim olish, boshqalar bilan muloqot va kitoblarni o‘qish jarayonida orttiriladi. Bu turdagi g‘oyalar bir necha shaxslar malakasiga asoslanganligi bois haqqoniyligi ortadi.
3. Tug‘ma g‘oyalar. Faqatgina tug‘ma g‘oyalar inson ongida paydo bo'ladi va insonning asl mohiyatini ochib beradi. Bu bilimlar shunchalik aniqligidan, mantiqiy fikrlar va sezgi xususiyatlari ishtirokini talab
etmaydi. Dekartning aytishicha, bu metod hatto tajriba (empirik metodi) dan ham mukammalroqdir. Dekart misol tariqasida deduktiv metodga asoslangan, binobarin eng aniq fan bo‘lgan matematikani ko‘rsatadi. Dekartning fikricha to‘liq ilmiy falsafa tizimi, shu jumladan, psixologiya ham faqat ratsionalistik metod asosidagina qurilishi mumkin. Dekart o‘zining psixologiya sohasidagi ta’limotini asosan o‘zining «Ruh ehtiroslari haqida» degan asarida bayon qilgan. Dekart tana bilan ruhni bir-biriga mutlaqo qarama-qarshi deb hisoblaydi. Tananing mohiyati barcha moddiy narsalamiki singari o‘rin ishg‘ol qilish, fazoviylikdir, ruhning mohiyati esa tafakkurdir (Dekart sezgi, tasawur va irodani ham shunga kiritadi). Uning fikricha ruh faqat insonlarga xosdir, hayvonlar esa aksincha ruhga ega emas. Hayvonlar murakkabroq mashinadir, holos. Inson tanasi ham xuddi shunday murakkab mashinadir. Ruhning faoliyati sezgilar - xotira, tafakkur, iroda o‘z qonuniyatlariga, ya’ni ruhiy qonunlarga binoan ro‘y beradi.
Shunday qilib, psixik va fiziologik jarayonlar parallel holda ro‘y beradi. Shuning uchun ham Dekart XX asrgacha bo‘lgan psixologiyada keng tarqalgan nazariyaning, ya’ni psixofizik parallelizm ta’limotining asoschisi hisoblanadi. Dekart ta’limotiga ko‘ra, ruh va tananing bir-biri bilan aloqasi faqat ruhning tanada bo‘lishidan kelib chiqadi, holos. Dekart ruhning makoni miyaning asosida joylashgan shishsimon bez deb taxmin qildi.
XVIII asming eng yirik kashfiyotlari qatoriga refleks tushunchasining paydo bo‘lishini kiritish mumkin. Refleks tushunchasi Dekart
(i/ikasida paydo bo‘ldi. Agar Garvey o‘z kashfiyoti bilan ruhni ichki
a’zolaraing boshqaruvchisi sifatida inkor etgan bo‘lsa, Dekart ruhni
(ashqaridan ta’sir etish xususiyatidan mahrum qildi. U fanga fiziologiya
va psixologiyada fundamental bo‘lgan refleks tushunchasini (terminini
emas) kiritdi. U davrda nerv tizimi to‘g‘risidagi bilimlar ham oz edi.
Dekart uni ingichka quvurchalar «trubkachalar»dan iborat deb tasavvur qildi. Dekartning tasawurida go‘yo shu trubkachalardan mayda,
yengil, havosimon zarralar harakatlanadi. Bu zarralami Dekart «hayvon ruh lari» deb nomladi. «Men ruh deb atagan narsalar kichiklik va
tez harakatlanishdan boshqa hech qanday xususiyatga ega bo‘lmagan
tanachalardan o‘zga narsa emas. Bular qonning eng harakatchan zarralari bo‘lib, doim miya tomonidan harakatlanadi», deb tushuntirmoqchi
bo‘ldi Dekart.
Dekartning birinchi opponenti bo‘lib, gollandiyalik faylasuf Barruh
Spinoza chiqdi. Gegelning fikricha, B. Spinoza Dekart falsafasidagi
ilualizmni olib tashladi. Unga ko‘ra, yagona va abadiy ajralmas xususiyatlarga ega bo'lgan substansiya - bu tabiat. Shuning uchun odamni
substansiyalar uchrashadigan «joy» sifatida Spinoza inkor etadi. Odam
bir butun moddiy va ruhiy mavjudot deb biladi. 0 ‘zining eng mashhur
psixologik asari «Etnika»da faylasuf dastlab substansiyalar masalasida to‘xtaladi. Shu yerdanoq uning qarashlari Dekartning qarashlaridan
u/oqlashadi. Dekartdan farqli ravishda Spinoza monestik ta’limotni ilgari surdi.
Substansiya deganda Spinoza bizdan tashqarida joylashgan tabiatni
tushunadi. Bu substansiya o‘z navbatida bir qancha xususiyatlarga ega
bo‘lib, inson ulaming faqat ikkitasi - tana va fikmi biladi. Shuning uchun ruh va tana bitta individuallikni, ya’ni fikrlaydigan tanani tashkil
etadi. Alohida ruhiy substansiyaning borligini Spinoza inkor etadi, lekin
materiya va tafakkur birligi muammosini oxirida ochib berolmadi. Subslansiyalar ta’limoti asosida Spinoza insoning xissiy holatlari ko‘proq
affektlar masalasini yoritib berdi. 0 ‘zining afFektlar haqidagi ta’limotida
alfektlarning paydo bo'lishi va ulaming tabiati, odamlaming affektlarga
qulligi va affektlaming kuchi, inson ozodligi va inson aqlining kuchi masalalari yuzasidan to‘xtaldi. Affektlami
Spinoza tabiiy hodisa deb biladi.
Affektlar orasidan Spinoza 3 tasini alohida ajratib ko'rsatadi.
1.Xohlash
2.Qoniqish
3.Qoniqmaslik
Qolgan barcha emotsiyalar shulardan paydo bo‘ladi, deb hisoblaydi. Spinoza affektlar butunlay inson irodasiga bog‘liq va ularni to‘liq
boshqarish mumkin, degan fikrga qo‘shilmaydi. Bu borada u affektlarni inson ustida o‘tkazadigan hukmronligi haqida fikr yuritadi. Barcha
affektlar Spinozaning fikricha insonni shunday holatga olib keladi-ki,
bunda u o‘z-o‘zini boshqara olmaydi. Tasodiflarga qaram boiib, aniqlik
ko‘z oldida, noaniqlik tomon boradi, ozodlik esa affektlarga ergashishda emas, balki ularni aqlga bo‘ysundirishdir. Spinozaning fikricha, qalblami qurol bilan emas, mehr-muhabbat va oliyjanoblik vositasida zabt etish mumkin. Spinoza psixologiyasi
ongning psixologik ob’ekt sifatida shakllanishi yo‘lidagi Dekartdan keyingi muhim qadam bo‘ldi. Dekart dualizmining tanqid qilinishidan boshqa yo‘nalish angliyalik faylasuf Tomas Gobbs nomi bilan bog‘Iiq. T. Gobbs ruhni alohida
mavjudlik sifatida mutlaqo inkor etdi. Uning fikricha, dunyoda G. Galiley tomonidan ochilgan mexanika qonunlariga bo‘ysunuvchi moddiy
tanalardan boshqa hech narsa yo‘q. U: «Men katta masalalar xususida
uzoq bahslashib, hech narsaga erisha olmagandan ko‘ra, arzimas narsalarga oid kichik bir haqiqatni kashf etishni afzal ko‘raman.» — deb
xulosalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |