Psixologiya va gumanitar fanlar kafedrasi


Seminar mashg’uloti uchun savollar



Download 0,78 Mb.
bet2/39
Sana10.03.2022
Hajmi0,78 Mb.
#488411
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Bog'liq
Psiixologiya tarixi seminar ishlanma

Seminar mashg’uloti uchun savollar:
1. Psixologiya fanining predmeti nima?
2. Psixologiya fanining taraqqiyot tarixi va rivojlanish bosqichlarini qanday?
3. Psixologiya tarixini o‘rganishga qanday yondashuvlar mavjud?
Seminar mavzusi bo’yicha topshiriq



  • Klaster” uslubi. –Fikrlarning tarmoqlanishi - pedagogik strategiya bo‘lib, u talabalarning biron-bir mavzuni chuqur o‘rganishlariga yordam berib, ularni mavzuga taalluqli tushuncha yoki aniq fikrlarni erkin va ochiq uzviy bog‘langan ketma-ketlikda o‘rgatadi.

  • Fikrlarni tarmoqlash quyidagicha tashkil etiladi:




  • Hayolga kelgan fikr bir so‘z bilan ifoda etilib, ketma-ket yoziladi;

  • Fikrlar tugaguncha, yozishda davom etiladi va fikrlar tugasa, u xolda yangi fikr kelgunga qadar biron rasm chizib turiladi;

  • Darsda imkon boricha fikrlarning va o‘zaro bog‘liqlikning ketma-ketligini ko‘paytirishga harakat qilinishi lozimK
    laster texnikasi asosida
    psixologiyaning fan sifatidagi

rivojlanishini 4 bosqichini yozing.


Darslik va o‘quv qo‘llanmalar ro‘yxati:
1. N. S. Jo‘rayev, D.A. Saliyeva, N. A. Sultonova “Psixologiya tarixi” Toshkent “Noshir” -2019y;
2. Davletshin M.G. “Psixologiya tarixi” dastur. T. -1996-y.
3. David G. Mayers “Psychology ninth addition in moduls” 2010-y
4. Nishonova Z. T. “Psixologiya tarixi” T -2002-y.
8. Xayrullayev M.M. “ 0‘zbekistonda ijtimoiy-falsafiy fikrlar tarixidan lavhalar”. Toshkent -1995-y.
9. E. G‘oziev “Tafakkur psixologiyasi” Toshkent. 0 ‘qituvchi - 1990-y.
Elektron ta’lim resurslari
1. www. pedagog. uz
2. www. Ziyonet. Uz

2-Seminar mavzusi: Tarixiy tadqiqotlarning asosiy prinsiplari. Psixologik bilimlar taraqqiyotining sharoitlari va qonuniyatlari.
Reja:
1. Psixologiya taraqqiyotining asosiy prinsplari.
2. Psixologiya tarixini o’rganishga yondoshuvlar.
Hozirgi mustaqillik sharoitida psixologiyaga bo‘lgan talab va ehtiyoj juda kuchayib ketdi. Yoshlar ma’naviyatini boyitish uchun ulaming dunyoqarashi, tafakkuri, irodasi, umuman olganda ongini o‘stirish zarur. Buning uchun eksperimental ishlarni kuchaytirish, ta’lim jarayonini yangi texnologiyalar asosida qayta qurish lozim. Hozirda Respublikamiz universitetlarining psixologiya bo‘limlari, kafedra, laboratoriyalari ilmiy fikrlar markaziga aylantirildi. Mazkur muassasalarda psixologik tadqiqotlar o‘tkazilib, psixik jarayonlar, holatlar, shaxsning individual xususiyatlari, xissiy-irodaviy sohasiga doir nazariy va amaliy bilimlar qo‘lga kiritildi. Ayniqsa, fan sohasida tadqiqotlar shu darajada ko‘paydiki, ular ma’lum qonun-qoidaga tayanishi lozim. Shu bois olib borilayotgan izlanishlarga asos bo'lishi uchun tamoyillar ishlab chiqildi. Shunga ko‘ra psixologiyaning tamoyillari quyidagicha: 1. Determinizm tamoyili. Bu tamoyilia ko‘ra, psixika yashash sharoiti bilan belgilanadi va sharoit o‘zgarishi bilan o‘zgaradi. Hayvonlar psixikasining taraqqiyoti tabiiy saralanish bilan, odam psixikasi taraqqiyoti esa ijtimoiy taraqqiyot qonunlari bilan belgilanadi. 2. Ong va faoliyat birligi tamoyili. Bu tamoyiliga ko‘ra, ong va faoliyat bir-biriga qarama-qarshi ham, aynan bir narsa ham emas. Ular bir butunlikni tashkil etadi. Ong faoliyatning ichki rejasini, dasturini tashkil etadi. Bu tamoyil psixologlarga inson xulq-atvori, xatti-harakatlari va faoliyatlarini o‘rganish orqali xatti-harakatlardan ko‘zlangan
maqsadlarga, muvaffaqiyatlarga erishishni ta’minlovchi ichki psixologik mexanizm, ya’ni psixikaning ob’ektiv qonuniyatlarini ochishga imkon beradi.
3. Psixika va ongning faoliyatda rivojlanishi tamoyili. Bu tamoyilning mohiyati, psixikaga taraqqiyot mahsuloti va faoliyat natijasi deb qaralsa, uni to‘g‘ri tushunish hamda tushuntirib berish mumkin. Bu tamoyil L.S. Vigotskiy, S.L. Rubinshteyn, V.M. Teplov kabi psixologlar ishlarida o‘z aksini topgan. L.S. Vigotskiy ta’lim psixikani rivojlantirishga yo'naltirishini, P.R Blonskiy esa tafakkuming kichik maktab yoshida o‘yinlar bilan obspirinlik yoshida o‘qish bilan bog‘liq tarzda rivojlanishini tahlil qildi. S.L. Rubinshteyn «Ong faoliyatda paydo bo‘lib, faoliyatda shakllanadi degan edi.
Psixologiya tarixining manbalari bo‘lib, psixologik bilimlami to‘plashni aks ettiruvchi barcha materiallar eng, avvalo, o‘tmish - psixologlarining, faylasuflarining asarlari hamda tibbiyotga, ayniqsa psixatriya sohasiga oid bilimlar, shuningdek, boshqa fanlar - tabiatshunoslik, fizika, kimyo, astronomiya, tilshunoslik, etnografiya, antrapologiya kabi fanlarning ma’lumotlari ham psixologiya tarixining manbai hisoblanadi.
Idealizm (fransuzchadan idealisme) — idealizm: falsafaning bosh masalasida — ongning borliqqa munosabati masalasida materializmga qarama - qarshi o‘laroq ong, ruh birlamchi, moddiy dunyo, borliq esa ikkilamchi, ong, sezgi, tasavvur va tushunchalarning mahsulidir deb da’vo qiluvchi g‘ayri ilmiy faisafiy oqim. ldealistlar materialistlarga qarama-qarshi o‘laroq, psixika tan bilan yashirin yo'sinda birlashgan, inson o‘lgach, tanani tashlab «narigi dunyoga», g‘oyalar dunyosiga ketib, u yerda abadiy yashaydigan moddiy bo‘lmagan qandaydir ilohiy substansiya yoki mohiyatning namoyon bo‘lishidir deb tushunadilar.
Materializm (lotincha materialis — moddiy) materialism falsafasidagi ikki asosiy oqimdan biri, ya’ni idealizmga qarama-qarshi o‘laroq, birdan-bir ilmiy, tarixan progressiv dunyoqarashdir. Falsafa tafakkurning borliqqa munosabati haqidagi bosh masalasini hal qilishda materializm, dunyo o‘z tabiatiga ko‘ra moddiydir, materiya, tabiat, borliq, inson ongidan tashqari unga bog‘liq bo‘lmagan ho lda mavjuddir, material birlamchi hamda sezgilaming manbaidir, ong esa ikkilamchi, hosila narsadir, dunyoni va uning qonuniyatlarini to‘liq bilish mumkin, deb ta’lim beradi. Materializm falsafiy oqim sifatida eramizdan bir qancha asrlar avval qadimgi Hindiston, Xitoy va Gretsiyada paydo bolgan.

Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish