Alisher Navoiyning «Tarixi anbiyo va hukamo» asari nima haqda so‘zlaydi?



Download 16,72 Kb.
Sana09.07.2022
Hajmi16,72 Kb.
#763665
Bog'liq
Navoiyshunoslik

Alisher Navoiyning «Tarixi anbiyo va hukamo» asari nima haqda so‘zlaydi?


Yaqinda men Alisher Navoiyning tarixiy asari «Tarixi anbiyo va hukamo» (Payg‘ambarlar va olimlar)ni yana bir bor qayta o‘qidim. Ushbu kitob 1993 yilda Samarqandda «Zarafshon» nashriyotida nashr qilingan. Ammo negadir ma’naviy-adabiy hayotimizda katta voqea bo‘lgan ushbu nashr haqida hozirgacha matbuotda bildirilgan birorta munosabatni o‘qimadim. Kitob esa u haqda batafsil gapirib berishga arziydi. Gap shundaki, ushbu asarni o‘zbek adabiy tiliga navoiyshunos olimlar Botirxon Valixo‘jayev va Qobiljon Tohirov o‘girgan. Kirish so‘zi mualliflari ham ularning o‘zlari.
XV asrning buyuk mutafakkiri Alisher Navoiy nafaqat she’riyatda ijod qildi, balki xalqlar tarixi, dinlar bilimdoni ham edi. Yetuk she’riy asarlari bilan bir qatorda uning ijodida «Tarixi anbiyo va hukamo», «Tarixi mulki Ajam» - «Arab bo‘lmagan musulmon mamlakatlari tarixi» kabi kitoblari salmoqli ahamiyat kasb etadi. Bu ikki asar «Zubdat ut-tavorix» - «Tarix tahlili» nomi ostida bitta kitob qilingan.
Kitob ikki bo‘limdan iborat. Birinchisi payg‘ambarlar tarixi haqida – «Tarixi anbiyo» va «Xukamo zikri» («Olimlar haqida ma’lumotlar»). Bularni Yer yuzida hayotning paydo bo‘lishi haqida o‘ziga xos diniy talqinlar deyish mumkin. Ular Yer yuzida birinchi yashovchilar Odam ato va Momo Havo haqidagi hikoyalardan boshlanadi.
Birinchi bo‘limda uncha katta bo‘lmagan hajmda dunyoning uch dini – iudaizm, nasroniylik va islom payg‘ambarlari haqida qimmatli tarixiy biografik mazmundagi ma’lumotlar beriladi. Payg‘ambarlar musulmoncha talqinda berilgan, ya’ni Moisey – Muso, Isus – Iso, Salomon – Sulaymon va h.k.
Kitobning diqqatga sazovor jihati shundaki, Alisher Navoiy barcha dinlar payg‘ambarlariga birdek hurmat va ehtiromda bo‘lgan. Masalan, «Dovud binni Isho» - «Dovud Ishoning o‘g‘li» hikoyasida Dovud payg‘ambar davrida Bani Isroilda (yahudiylar o‘rtasida) o‘lat tarqalgani va bu ofatdan odamlar o‘lgani haqida hikoya qilinadi. Ana shu paytda u (Dovud payg‘ambar) va uning maslakdoshlari Baytul Muqaddas (Quddus) shahrida tepalikka ko‘tarilishadi va bosh kiyimisiz o‘latni to‘xtatishni so‘rab Allohga yolvorishadi. «Bosh kiyimsiz ibodat» dalilining o‘zi shoirning boshqa din va uning payg‘ambariga hurmatini bildiradi.
Nasroniy dini payg‘ambari Iisus haqida Alisher Navoiy shunday yozadi: « Iso ta’limotidan biri Alloh – Xudoning bittaligi va uning bilan insonning mushtarakligidir. Aynan u ma’lum vaqtdan keyin yangi, so‘nggi payg‘ambar Muhammad paydo bo‘lishini oldindan xabar qilgandi. Yaratganning so‘zi: «Va Maryamning o‘g‘li Iso aytadi: «Ey, Bani Isroil, men Xudoning sadoqatli payg‘ambariman, mening qo‘limda «Tavrot» bor va unda mendan keyin Ahmad ismli payg‘ambar kelishi aytilgan». Muqaddas Qur’on bunga guvohlik beradi, deb yozadi Alisher Navoiy. Muqaddas Iso yerdagi ne’matlardan foydalanmagan. Uning ustida chopon, qo‘lida bitta tayog‘i bo‘lgan xolos. Doimiy yashash joyiga ega bo‘lmagan, hamma vaqt kezib yurgan. Yegulik topish, kundalik zarur narsalarga ega bo‘lish haqida qayg‘urmagan. Duch kelgan taomni tanovul qilib, qanoatlanib ketavergan. Piyoda yurish mashaqqatidan xalos bo‘lishi uchun unga eshakda yurishni taklif qilishganda u rad etgan. Unga doimo bir joyda yashashni taklif etishganda, yana rad qilgan. U bo‘ydoq hayot kechirish e’tiqodi bilan shuhrat qozongan. Uning ko‘rsatgan mo‘’jizasidan biri – ko‘rshapalak yaratgani hisoblanadi. U uning shakl-shamoyilini loydan yaratgan va nafasidan unga jon kirgan. Kitobning ikkinchi bo‘limi «Xukamo zikri» - «Olimlar haqida ma’lumotlar» deb ataladi. Unda mitti hikoyalar tarzida Jolinus – Galej, Fishogure – Pifagor, Batlimus – Ptolomey, Jomosp, Balinos – Pliniy, Aflotun – Platon, Suqrot – Sokrat, Aristotalis – Aristotel kabi qadimgi dunyo olimlari haqida ma’lumotlar keltiriladi.
Ushbu kitobni o‘qish, o‘quv masalalarida Navoiy ijodi o‘rganilayotganda o‘quvchilarga mazmun-mohiyatini chuqur tushuntirish ularda diniy va dunyoviy bilimlarni puxta egallashda katta yordam beradi.
Download 16,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish