Baxtsiz kuyov



Download 182,03 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana10.02.2022
Hajmi182,03 Kb.
#442117
  1   2   3   4
Bog'liq
@Kutubxona Elektron-Baxtsiz kuyov



BAXTSIZ KUYOV
Teyotr risolasi 
Turkiston maishatidin olingan to‘rt pardalik foji’a 
O‘YNOVCHILAR:
Solih — 25 yashar, kuyov bo‘ladurg‘an yigit. 
Abdurahim — 45 yashar, Solihning amakisi. 
Fayziboy — 50 yashar, Solihning qaynotasi. 
Domla-imom — 50 yashar. 
Ellikboshi — 35 yashar, yangi fikr. 
Boy — 45 yashar, Solihga pul beruchi, ijaraxo‘r. 
Rahima — 16 yashar, Solih oladurg‘an qiz. 
Pristuf va mirshab 
BIRINCHI PARDA
Mehmonxona, o‘ngda kiradurgan eshik, so‘lda bir teraza, qozuqlarda chopon, salla, belbog‘ va 
shunga o‘xshash nimarsalar, mehmonxonaning ostiga namat solingan, Solih kichikroq ko‘rpacha 
ustida oldiga dasturxonda non, bir choynak choy qo‘yub, nondan yeb, choydan ichib o‘lturar, bir ozdan 
so‘ng Abdurahim kirar. 
ABDURAHIM — (kirar yo‘talub) 
SOLIH — (Abdurahimga qarab, sakrab o‘rnidan turub) Assalomu alaykum, keling, amaki 
(Abdurahimni muloqotiga uch-to‘rt qadam yurar). 
ABDURAHIM — Vaaleykum assalom (qo‘l olishub, esonmi, omonmi so‘zlari bilan hol-ahvol 
so‘rashurlar). 
SOLIH — Qani, amaki, ko‘rpachag‘a o‘lturing! (qo‘li bilan iiyurat qilur). 
ABDURAHIM — Xo‘b, xo‘b, choying ham bor ekanmi? O‘zing ham o‘ltur (o‘lturarlar), omin, Alloh 
ishingg‘a rivoj bersun, Allohu akbar (fotiha o‘qurlar). 
SOLIH—Xush kelubsiz, amaki nechuk xudo yarlaqadi, kelin oyim, ukalarim, eson-omon 
yurubdilarmi? Qani, nong‘a marhamat qiling (choy quyar). 
ABDURAHIM — Xushvaqt bo‘l, Xudog‘a shukr, hammalari salomat, yangang senga ko‘b salom deb 
yubordi, bu kun seni to‘g‘ringg‘a bir gap chiqib qoldi. Senga ma’lum qilay. yana o‘zingni ko‘b 
vaqtdan buyon ko‘rganim yo‘q edi, ko‘rib ham kelay, deb keldum (non tanovul qilur). 
SOLIH — (choy berub) Juda yaxshi, men ham sizni sog‘ingan edim. 
ABDURAHIM — (piyola qo‘lida) Uyingg‘a borub kelsang bo‘lmaydimi? Necha zarur gaplar bo‘ladir, 
borasan deb ko‘z tutaman, bormaysan, har kuni bormasang ham besh-olti kunda bir borub tursang, 
ishing qoladurmi? 
SOLIH — Aytkaningizdek necha bora bu kun borayin deb o‘ylayman, o‘zingizg‘a ma’lum, birovning 
xizmatkori bo‘lgandan keyin qiyin bo‘lur ekan, boraman degan kunim xo‘jayin ish buyurub qo‘yadir, 
borolmay qolaman. Kecha-kechasi, hovlig‘a borub yotib kelsam bo‘ladur-ku, hovlida yolg‘uz o‘zim 
yotkani zerikaman, yana orasi uzoq yo‘l, bul yerda birga ishlaydurg‘an og‘a-inilar bor, har kechasi 
birga gaplashib yotib, birov-birovimizg‘a o‘rganishib qolganmiz, ulardan ajragim ham kelmaydur. 
ABDURAHIM — Xayr, undoq bo‘lsa, sendan so‘raydurgan gapim bor, agar xo‘b desang aytaman 
(piyolani bo‘shatub, Solihga berub). Menga choy berma, uyda juda ko‘b ichib keldum. 
SOLIH — Xayr, qani nima gap ekan, so‘ylang eshitay? 
ABDURAHIM — So‘zim shulki, ota-onangning o‘lganlarig‘a to‘rt yil bo‘lub qoldi, shundan buyon 
shu xo‘jayiningda xizmatda yurubsan, qancha oqcha yig‘ding? 
SOLIH — Oqcha yig‘olganim yo‘q, topkan pulim o‘z harajatimga ketub turibdur. 
ABDURAHIM — Solih bolam, aytaber, o‘ylamaki amakim mendan so‘rab olur deb, oqchang 


o‘zingg‘a buyursin, ko‘rqma! 
SOLIH — (Yerga qarab, ozroq o‘ylab) Uch yuz so‘mg‘a yaqin oqcha yig‘dim. 
ABDU RAHIM — Balli-balli, barakalla o‘g‘lum, shul zamonda xo‘b yig‘ibsan-da (bir oz so‘zdan 
to‘xtab). Men seni sirtingdan necha vaqtdan buyon, otangning oshnasi Fayziboy bilan qizini senga 
olub bermakchi bo‘lub so‘ylashub yurar edim. Bugun erta bilan mening uyimg‘a Fayziboy kelib, agar 
Solihga qizimni olub beradurgan bo‘lsangiz, vaqtliroq harakat qiling, bo‘lmasa bir boshqa sovchi 
kelub turubdir, qizimni Solihga olub bermasangizlar, kelub turgan sovchig‘a quda bo‘lub qolsam ham 
ehtimol, dedi. Men unga bo‘lsa, Solihdan so‘rab, kechqurun javob beray, deb munda keldim, men 
sendan qancha oqchang bor, deb so‘raganimning sababi shul edi, mana, alhamdulilloh muncha 
oqchag‘a molik bo‘lubsan. Uylanib, uyingda ota-onangning chiroqlarini yoqsang, alarni arvohlari 
mendan ham ko‘broq sendan xushnud bo‘lur edi, yana o‘zing hovlida yolg‘uz yotolmayman deysan, 
xotun olgandan so‘ng zerikmay, hovlida yotadurgan bo‘lasan. Fayziboyni o‘zing yaxshi bilasan, 
dasturxonlik, obro‘lik, ham qizig‘a ko‘b mol qiladurg‘an odamdur. Endi menga, xo‘b, bo‘ladi, deb 
javob bersang, ertaga mahalladan ellikboshi va domla-imomni olub, Fayziboynikig‘a borub, fotiha 
ham, olug‘-solug‘larni gaplashib, birato‘lasiga to‘y bo‘ladurg‘an qilub kelaman, qani, nima javob 
berasan. 
SOLIH — (Yerga qarab, sukut qilur). 
ABDURAHIM — Uyalma, bu so‘zim shari’atda bor gap. 
SOLIH — (Abdurahimga qarab) Yo‘q, amaki, uyalganim yo‘q, hozirda xotin olaman, degan o‘y 
ko‘kragimda yo‘q, hozir vaqti emas. 
ABDURAHIM — Nega undoq deysan, xotun olmoq farz va sunnat emasmi, xotun olmoqni vaqti-
bevaqti bo‘ladurmi? Har kimg‘a vaqti bo‘lmasa ham sendek yigitg‘a zarurdur, xususan senga ham 
farz, ham qarzdir. Chunki uyingda hech kiming yo‘q, yana ikki-uch yil yursang, uyingni tom-devorini 
shikast-rextlarig‘a qaramasang, vayron bo‘lmog‘i muqarrardir. Uylangan vaqtingda uylaringg‘a qarab 
turarsan, mundan ham foydang bor. 
SOLIH — Xo‘b, tuzuk, so‘zingiz to‘g‘ri. Bu so‘zlaringizg‘a juda ishonaman, lekin zamonamizda 
yomon bid’at, isroflar taraqqiy topkan, uncha-muncha oqchag‘a bu vaqtda uylanmak qiyin, meni 
oqcham boyagi aytkanim. Sizg‘a xo‘b, xotun olaman, uylanaman desam, Fayziboy mendan zamonag‘a 
muvofiq oqcha olsa, ul vaqtda men qarzdor-abgor bo‘lub qolsam, ish qanday bo‘lur, hozir avf etasiz, 
amaki? 
ABDURAHIM — Voy, qo‘rqoq ekansan-ku, hozirgi zamonda qaysi bir yigit qarzdor bo‘lmay 
uylanyapti, ozroq qarzdor bo‘lsang, boshing omon bo‘lsa, sahalda qarzingni uzub qo‘yasan, yana 
Fayziboy ko‘b katta to‘y qilmayman, deydur, zamonani to‘yidek sendan ko‘b oqcha ketmasa kerak, bu 
senga xo‘b qulaydur, xo‘b deyaver. 
SOLIH — (oz o‘ylab turub) Xayr, qarzdor bo‘lub qolamanda, o‘zingiz bilasiz amaki, sazangiz 
o‘lmasun? Otam o‘rnig‘a otamsiz, nima qilsangiz ixtiyor o‘zingizda. 
ABDURAHIM — Ana endi o‘zingg‘a kelding, barakalla, balli, men bukun Fayziboyg‘a xabar 
beraman, ertaga ellikboshi, domlaimom bilan fotihag‘a ham olug‘-solug‘ga kelamiz deb. U l ham 
mahallasini kattalarig‘a xabar berub, taraddud qilib turar, Allohu akbar (o‘rnidan turub). Menga javob, 
vaqtlikroq Fayziboyg‘a xabar bermasam bo‘lmaydur. 
SOLIH— (o‘rnidan turub) Ketasizmi amaki? 
ABDURAHIM — Shundoq, endi omon bo‘l, mendan xo‘jayiningg‘a salom degin, xayr (chiqib ketar). 
SOLIH — (bir-ikki qadam yurub) Xayr, bo‘lmasa mendan uydagilarg‘a salom ayting (xomushlik bilan 
o‘rniga kelub o‘lturar, xalqga qarab). Qanday gap bo‘ldi, shul zamonda kambag‘al kishini to‘yig‘a bir 
yarim ming so‘m ketub turgan ish, boshimda otam-onam yo‘qki, meni g‘amimni yesalar va men uchun 
harakat qilsalar. Oh yaratkan xudoyim, o‘zing ishimni to‘g‘rilamasang, men yetim bandangning kori 
og‘irdur (deb ko‘z yoshi qilub cho‘ntagidan dastro‘ymolini olub, ko‘zini artar). 
Parda tushar

Download 182,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish