ZAKOVAT savollari
1.U Rossiyada birinchi o’rinada, Fransiyada ikkinchi o’rinda, Germaniyada uchinchi o’rinda turadi. U nima?
Javob: “R” harfi
2.Chingizxonning asl ismi nima edi?
Javob: Temuchin
3.Uning huzurida hamma boshini egadi. Hoh shoh bo’lsin, hoh gado. Ular kimlar? Ular qaysi kasb egalari?
Javob: Sartaroshlar.
4.Hisoblab ko’ring birdan yuzgacha bo’lgan sonlar ketma ket yozilgan. Bu yozuvda a)nol va b)uch raqami necha marta uchraydi?
Javob: a)9 b)20
5.Suv ostida gugurtni qanday yoqish mumkin?
Javob: Suvni stakan yoki biror idishga solib, uning ostidan yoqish mumkin.
6.Mantiqiy: Quyosh qaysi davlatdan chiqadi?
Javob: Quyosh chiqmaydi yer aylanadi.
7.Nomini aytishingiz bilan u yo’qoladi. U nima?
Javob: Sukunat
8.Ikki bog’lamda 30 ta daftar bor. Agar birinchi bog’lamdan ikkinchisiga 2 ta daftar olib qo’shilsa, birinchi bog’lamda ikkinchi bog’lamdagidan ikki marta ko’p daftar qoladi. Birinchi bog’lamda nechta daftar bo’lgan?
Javob: 22 ta
9.Oddiy savol: O’rta bo’yli erkak qahvaxonaga kirdi va non, qahva, salat va taom buyurtirdi. Ofitsant savol berdi:
- Siz o’t o’chiruvchimisiz?
- Ha.
Ofitsant bu kelishgan erkakning o’t o’chiruvchi ekanini qayerdan bildi?
Javob: Formasidan.
10. Bir traktorchi ishga kech kelganini ko’rgan boshlig’i sababini so’raganda o’g’limning mazasi bo’lmay qoldi. Shifoxonaga olib borib keldim deb aytdi. Bunga ishonmagan boshliq traktorchining uyiga borsa bir bola o’ynab yurgan ekan. Undan dadang qayerda deb so’rashsa, mening dadam yo’q deb javob beribdi.
Bu qanday bo’lishi mumkin?
Javob: Traktorchi uning onasi bo’ladi.
11.30 diametrli pitsaning narxi 30000 so’m, 40 diametrli pitsaning narxi esa 40000 so’m, qaysi pitsani sotib olgan foydali. Sotuvchi esa qaysi pitsani sotgani foydaliroq
Javob; Xaridorga 40 diametrli foydali, sotuvchiga 30 diamtrlini sotgani foydali
12.Ikki qo’shni bitta garajga mashinalarini qo’yishadi. Garajni qulflash uchun har birida alohida qulf va alohida kalitlar mavjud. Ikkisi ikki mahalda garajni ochishadi. Ular bir biridan ayro qanday ochib yopib yurishgan?
Javob: Ikkita osma qulfni bir biriga zanjir sifatida foydalanishgan.
13.Sinfda 30 ta o’quvchi o’qiydi. Ulardan 20 tasi rus tilini biladi, 18 tasi ingliz tilini biladi. Ulardan nechtasi ikkala tilni ham biladi?
Javob: 12 ta rus, 10 ta ingliz tilini biladi. 8 tasi ikkala tilni ham biladi.
14.Beshta 1 yordamida yuz sonini qanday hosil qilish mumkin?
Javob: 111-11=100
15.Daraxtning shoxida qarg’a o’tiribdi. Qarg’ani cho’chitib yubormasdan shoxni arralash uchun nima qilish kerak?
Javob: Qarg’ani uchib ketishini kutish kerak
16. Qafasda 3 ta quyon bor edi. Uchta qizcha ularga bittadan quyon berishlarini so’rashdi. Ularga so’raganlaridek bittadan quyon berildi. Lekin baribir qafasda bitta quyon qoldi. Buni qanday tushuntirish mumkin?
Javob: uchinchi qizchaga qafasi bilan bergan.
17. Merining otasining beshta qizi bor. Ularning ismlari Chacha, Cheche, Chichi, Chocho… Beshinchi qizining ismi nima bo’lishi mumkin?
Javob: Meri
18. Elektropoezd sharqqa tomon 80 km/soat tezlik bilan harakatlanmoqda. Shamol esa sharqdan g’arbga qarab 15 km/soat tezlik bilan esmoqda. Poyezddan chiqayotgan tutun qaysi tomonga qarab harakatlanadi?
Javob: Elektropoyezd tutun chiqarmaydi.
19. O’rdaklar suv ichishga qator bo’lib ketayotgan edi. O’rdaklardan biri oldinga qarab, 17 ta boshni ko’rdi. Ortiga qarasa — 42 ta panja kelayotgan ekan. Jami nechta o’rdak suv ichishga ketmoqda?
Javob: 39 ta. Oldinda 17 ta o’rdak. Ortida esa 21 ta. Shuningdek boshini orqa-oldinga burgan o’rdakning o’zi ham.
20. Qanday holatda 3 ta yosh bola, 4 ta katta yoshli odam, 1 ta mushuk va 1 ta it bittagina soyabon tagida turib, yomg’ir ostida nam bo’lmaydi?
Javob: Yomg’ir yog’mayotgan bo’lsa
Do'stlaringiz bilan baham: |