F. Akvinskiy hayoti: Foma Neapol shahri yaqinidagi Akvino qishlog‘ida dunyoga keldi. U Monte Kassino benediktchilar monastirida tarbiyalandi, Neapol universitetida tahsil oldi. Ota-onasining istagiga qarshi o‘laroq, u yaqinda tashkil qilingan «Dominikanlik» ordenining monaxi bo‘ldi. Uning otasi graf Landolf Akvinskiy qirol Fridrix II saroyida ritsar bo‘lgan. Foma Neapol dorilfununining tayyorlov kulliyotida falsafa va mantiq ilmini o‘rgandi. U 17 yoshida Parijga jo ‘nadi va uch yil davomida o‘z davrining nihoyatda mashhur olimi Buyuk Albert fon Bolshtedt qo‘lida tahsil oldi. Foma 1249—1251-yillarda ustozi Buyuk Albertga ergashib, Kyoln shahriga boradi va u yerda talabalarga ilohiyotdan saboq beradi. 1252-yilda esa Parijga qaytadi va Parij dorilfununida yirik ilohiyotchi olim sifatida ish boshlaydi. Oradan ko‘p o‘tmay shogird ustozidan o‘zib ketadi. Foma Buyuk Albertni yo‘lda qoldirib, o‘z ilmi bilan hammani hayratga soldi. Dunyoning turli burchaklaridan ko‘plab nasroniy o‘spirinlar uning huzuriga oqib kela boshlashadi. 0 ‘ta muloyimligi va yuvoshligi uchun Fomaga «farishta doktor» deb nom berishgan. Foma 1272-yili Italiyaga jo‘naydi va qadrdon Neapol dorilfununida ilohiyotdan dars bera boshlaydi. Shunisi hayratlanarli-ki, bu ilohiyotchi olimning ilmiy asarlari lug'ati qariyb 13000000 atamadan iborat. Bu raqamning salmog‘ini anglab yetishingiz uchun mana bu dallilarga diqqat qiling: — rus tili ilmgohining ma’lumotlariga qaraganda, rus tilida jami 440000 ta so‘z mavjud:
— sermahsul ijodkor A.S.Pushkinning asarlarida jami 60000 ta so‘z ishlatilgan. 20 yoshida Foma Parij universitetiga tahsil olish uchun yo‘l old; va ma’lum vaqt Kyolnda bo‘lgach, bu yerga yana tahsilni davom ettirish uchun qaytib keldi. 1245-1248-yillarda u xristianlik bilan aristotelizmni birlashtirish ustida ish olib borgan Albert Buyukning qo‘lida tahsil oldi. Foma bir umr ishlab va o'qib o‘rganish uchun sayohat qilib yashadi. U 50-yilgina umr ko‘rganiga qaramay juda ko‘p asarlar yaratdi. U 1323-yilda o‘limidan so‘ng 49-yil o‘tib cherkov tomonidan ilohiylashtirildi. 1879-yilda uning ta’limoti Rim katolik cherkovining rasmiy falsafasi sifatida tan olindi. Fomaning eng mashhur asarlari bo‘lib, «Teologiya summasi» va «Katolik e’tiqodining majusiylikka qarshi haqiqatlari summasi» nomli teologiya bo‘yicha darsliklari hisoblanadi. Bu katta va tez yozilgan asarlarga qo‘shimcha ravishda u falsafiy va teologik mazmunda juda ko‘p asarlar yaratdi. Ular orasida «Bibliyaga sharhlar», «Knyazlar hukmronligi haqida» va «Bahsli masalalar» asarlari ham bo‘lib, ular yovuzlik, haqiqat, ruh va boshqa shu kabi muammolami ko‘taradi. Fomaning quyidagi asarlari bizgacha yetib kelgan: «Tafakkuming yaxlitligi xususida ibn Rushdga qarshi mulohazalar», «Olamning manguligi haqida vaysaqilarga qarshi mulohazalar», «Mo‘jizalar xususida», «Ollohning qudrati xususida», «Farishtalar xususida», «Iblislar xususida», «Tabiatning sirli ishlari xususida», Arastuning Metafizika kitobiga sharh» va hokazo. Foma 1274-yilning bahorida vafot etdi. Anzelm Kenterbenskiy (1033—1109-y.) va Shampolik Vilgelm (1121—1170-y.) lar realizmning eng ko‘zga ko‘ringan vakillari edi. Nominalistlar (lotinchadan. nominale — nom, ot) umumiy tushunchalarni faqat predmetlaming nomlaridir, deb hisoblaydilar. Realistlarga qarama-qarshi o ‘laroq, nominalistlar faqat individual sifatlarga ega bo‘lgan alohida-alohida narsalarnigina real mavjuddir, deb da’vo qildilar.
Umumiy tushunchalar esa faqat biz butun bir sinfga kiritadigan predmetlaming hammasiga tatbiq qilinadigan so‘zlardir. Nominalistlaming ta’limotlarida ba’zi bir 0 ‘rta asr mutafakkirlarining materialistik tendensiyalari ham ifodalangan. Nominalizmning eng ko‘zga ko‘ringan vakillari I. Rosselin (1050-1125-y.), Duns Skott (1265-1308 y.), Vilyam Okkam (1285— 349-y.) lar edilar. Ayrim psixik jarayonlami tushuntirishda ham ba’zi bir psixologlarda materialistik element va tendensiyalar namoyon bo‘ldi. Masalan, Ocrta 0 ‘siyolik shifokor va faylasuf Ibn Sino (980-1037-y.) va Arab mutaifakiri Ibn Rashid (1125—1198-y.)lar Aristotelga ergashib, «sezuvchi ruhning harakatlanuvchi va jozibador kuchlarini» o‘rganish uchun harakat qildilar. Ular sezgilami keltirib chiqargan
qo‘zg‘оvchilardan farq qilish zamrligi haqidagi masalani qo‘yadilar, ong faoliyati bilan fiziologik jarayonlar o‘rtasida yaqin aloqa va bog‘lanishlar o‘matishga intiladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |