Psixologiya va gumanitar fanlar kafedrasi


Seminar mashg’uloti uchun savollar



Download 0,78 Mb.
bet7/39
Sana10.03.2022
Hajmi0,78 Mb.
#488411
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   39
Bog'liq
Psiixologiya tarixi seminar ishlanma

Seminar mashg’uloti uchun savollar:
1. Aristotelning qanday asarlari mavjud?
3. Aristotel ruhning mohiyati va uning tana bilan o‘zaro munosabati haqida qanday fikrlarni bildirgan?
2. Aristotelning qanday ta’limoti mavjud?


6-Seminar mavzusi: O‘rta asrlar va Uyg‘onish davrida psixologik qarashlarning o‘ziga xos xususiyatlari. Arab tilida ijod qiluvchi olimlarning psixologik qarashlari. (2soat)


Reja:
1. 0 ‘rta asr mutafakkirlarining ruh va ruhiy hayot haqidagi mulohazalari
2. Anzelm Kenterbenskiy va Shampolik Vilgelmlar realizmning eng ko‘zga ko‘ringan vakillari sifatida
0 ‘rta asrlarda psixologiya falsafaning bir qismi edi. Falsafaning esa mustaqil ahamiyati yo‘q edi: u teologiyaning-dinning xizmatkori deb hisoblanardi. Psixologik ta’limotlar ham shulardan kelib chiqqan edi, chunki faqat mulohaza qilish yo‘li bilan dinning ba’zi qonun-qoidalarini — ruhning abadiyligi, odamning kelib chiqishi, narigi dunyodagi hayot va hokazolami asoslash mumkin edi. Platon bilan Arastu yaratgan ruh haqidagi ta’limot 0 ‘rta asrlarda - Sharqda ham, G‘arbda ham hukmron bo‘lib qoldi. Psixologiyadagi bu oqim keyinchalik (XVIII asrda) metafizik yoki ratsionalistik psixologiya deb nom oladi. Bu psixologiya shuning uchun ham metafizik deb ataladiki, uning tekshirish predmeti bo‘lgan - ruh, psixik jarayonlar - fizik hissiy dunyo chegarasidan tashqarida mavjud mohiyat, g’ayri jismoniy bir narsa deb tushuntiriladi; shuning uchun ham ratsionalistik deb ataladiki, uning tekshirish metodi tajribadan ajratilgan faqat quruq mulohazadan iborat edi.
O‘rta asr mutafakkirlarining ruh va ruhiy hayot haqidagi mulohazalari, asosan, ruhning mohiyati, uning kuchi, qobiliyatlari va kelib chiqishi, uning tana o‘lgandan keyingi taqdiri haqidagi, ruhning tanaga bo'lgan munosabati haqidagi masalaiarga qaratilgan edi. Ruhning mohiyati haqidagi masala, odatda, Platon va Arastularda qanday hal qilingan bolsa, xuddi shunday hal qilinar edi. Ruh o‘z tabiatiga ko‘ra barcha moddiy va jismoniy narsalarga qarama-qarshi qo‘yilar edi. Ruh o‘z tabiatiga ko’ra alohida qobiliyatlarga egadir, deb fikr yuritilardi. Olovning g'aroyib sifatlarini kim tushuntirib bera oladi? Nega endi u o‘zi yorug’ bo’la turib, domiga tushgan narsalarni qoraytirib yuboradi? Yoki gulxanda toblangan toshlarning oqarish sababini qanday izohlash mumkin? - deya quyidagi o4zining mulohazakor
fikrlarini avval surgan: - Sukunat - shovqinning, yalang4ochlik - libosning, xastalik - salomatlikning, zulmat — yorug4likning yo4qligidan darak berganidek, yovuzlik ezgulikning yo‘qligini bildiradi. — o’zgalar seni olqishlaganda, sen o4zingdan nafratlan. Seni sen orqali harakat qilmoqchi bo4lganlar olqishlaydi. Avgustin Avreliy hayoti: Avgustin 354-yilda Shimoliy Afrikadagi Tagast shahrida tug‘ildi. Uning onasi xristian, otasi esa majusiy edi. Avgustinning o’smirligi Karfagenda qayg4usiz o4tdi. Avgustin ulg4aygach, Karfagendagi notiqlik maktabida uch yil davomida tahsil oldi. Ana shu vaqt ichida u Sitseronning falsafiy qarashlarini katta qiziqish bilan o4rgandi. Avgustin 375-yildan boshlab 8-yil davomida notiqlik san’ati bo'yicha talabalarga saboq berdi. 384-yiIda u Italiyaga yo‘l oldi vii Milan shahridagi notiqlik maktabida muallimlik qildi. Bu yerda nusroniylik diniga kirib, uni chuqur o‘rganishga kirishdi. 388-yili Avgustin Afrikaga qaytib, oradan uch yil o‘tgach, o‘zini butkul diniy ilmlarni o‘rganishga bag‘ishladi va ko‘p vaqt o‘tmay (iippon shahrining Episkopi Valeriy homiyligi ostida ruhoniylikni qabul qildi. 395-yil Epsikop Valeriyning o‘limidan so‘ng, Avgustin Gippondagi episkoplik kafedrasiga yetakchilik qilib, 34-yil - umrining so‘nggi damlarigacha shu yerda ishladi. U tinmay mutolaa qilar va shunga yarasha o‘ta ma’rifatli, bilimdon edi. Avgustin o‘zidan juda boy ma’naviy meros qoldirdi. Faylasuf 75 yoshiga qadar umumiy hajmi 232 ta kitobga jo bo‘lgan 90 ta traktat yozib ulgurdi. Bulardan atigi o‘ntasigina bizga qadar yetib kelgan.
Mashhur qomusiy olim Isidor Sevilskiy (570-638) Avgustin haqida shunday deb yozgan edi: «Avgustin tafakkuri va bilimi jihatidan hammadan ustundir». Chunki hatto kechasi-yu kunduzi harakat qilgan taqdirda ham hech kim u kabi ko‘p yoza olmaydi va o‘qiy olmaydi». Dastlab Avgustin o‘z davrining mashhur diniy oqimlaridan biri — Manixeylik bilan tanishdi. Manixeylik dunyoda ezgulik va yovuzlik dual i/mi haqida ta’lim beradi hamda inson ikki ruhga ega bo‘lib, ulardan
biri ezgu va yorug‘, ikkinchisi esa yovuz va qora deya uqtiradi. Har bir insonning harakatlari mana shu ikki ruhning to‘qnashuvi natijasi bo’lib hisoblanadi. Avgustin bu ta’limotni qabul qildi — u bu dunyoda yovuzlikning mavjudligini tushuntirardi. Ammo bu ko'pga cho‘zilmadi, chunki manixeylik Avgustin intilgan ma’naviy hayot uchun kuch bermasdi. Avgustinning bu oqimga qiziqishi intellektual jihatdan ham yo'qoldi. Manixeylikdan qaytgach, u skeptitsizm tarafdorligi qatoriga qo'shildi. Ammo skeptitsizm ham Avgustinni qoniqtirmadi va u neoplatonizmga yuz burdi. Avgustin neoplatonizmda yovuzlik haqidagi savolga ma’qul javob topdi. Ma’naviy hayotni neoplatoncha real tushunish ham Avgustinga ma’qul keldi. U Platon va Plotinni o‘rganishdan intellektual orom topdi. Ammo uning shaxsiy tajribasi «to‘g‘ri tushunish to‘g‘ri harakatlarga olib boradi», degan neoplatoncha tafakkurga ishonchiga zid kelib qoldi. Zotan, Avgustin o‘zi to‘g‘riligini biladigan hayotni boshdan kechirishga qodir emasligini anglardi.
Anzelm Kenterbenskiy (1033-1109-y.) va Shampolik Vilgelm (1121-1170 y.) lar realizmning eng ko‘zga ko‘ringan vakillari edi. O‘rta asrlarda psixologiya filosofiyaning bir qismi edi. Filosofiyaning esa mustaqil ahamiyati yo‘q edi, u teologiyaning — dinning xizmatkori deb hisoblanardi, psixologik ta’limotlar ham shulardan kelib chiqqan edi, chunki faqat mulohaza qilish yo‘li bilan dinning ba’zi qonun-qoidalarini — ruhning abadiyligi, odamning kelib chiqishi, narigi dunyodagi hayot va hokazolarni asoslash mumkin edi. Binobarin, kapitalizmning taraqqiyoti va shu munosabat bilan ilmiy metodlaming kelib chiqishi va mukammallashuvi tufayli sxolastik filosofiya, uning bilan birga ratsionalistik psixologiya ham o‘z o‘mi va ahamiyatini yo‘qotgan.

Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish