Seminar mashg’uloti uchun savollar:
1.. Islom dinining 0 ‘rta Osiyo xalqlari ruhiyatiga ta’siri qanday bo‘lgan?
3. Abu Rayhon Beruniyning qanday psixologik qarashlari mavjud?
2. Sharq mutafakkirlari Abu Nasr Farobiyning psixologik qarashlari
haqida nimalami bilasiz?
TOPSHIRIQ
«Baliq skeleti» organayzerini to‘ldiring:
Sharq mutafakkirlari va ularning psixologik g‘oyalarini juftlab baliq skeletiga joylang?
|
Darslik va o‘quv qo‘llanmalar ro‘yxati:
1. N. S. Jo‘rayev, D.A. Saliyeva, N. A. Sultonova “Psixologiya tarixi” Toshkent “Noshir” -2019y;
2. Davletshin M.G. “Psixologiya tarixi” dastur. T. -1996-y.
3. David G. Mayers “Psychology ninth addition in moduls” 2010-y
4. Nishonova Z. T. “Psixologiya tarixi” T -2002-y.
8. Xayrullayev M.M. “ O‘zbekistonda ijtimoiy-falsafiy fikrlar tarixidan lavhalar”. Toshkent -1995-y.
9. E. G‘oziyev “Tafakkur psixologiyasi” Toshkent. 0 ‘qituvchi - 1990-y.
Elektron ta’lim resurslari
1. www. pedagog. uz
2. www. Ziyonet. Uz
5-Seminar mavzusi: Aristotelning psixologik g‘oyalari va Aristoteldan keyingi davrda ruhni tushunish. (2soat)
Reja:
1. Arastotel (Arastu) hayoti.
2. Aristotelning ruh haqidagi mashhur ta’limoti.
Qadimiy Yunon faylasufi Arastu I’rakiyaning Stagira shahrida tug‘ilgan. Shu tufayli ba’zan Arastuni Stagirit deb ham atashadi. Arastuning otasi Nikomax Makedoniya hukmdori Amint II ning shaxsiy tabibi bo‘lgan. Arastu Makedoniyaning bo‘lg‘usi hukmdori Filipp bilan bolaligidanoq birga o‘ynab katta bo‘lgan. U 17 yoshidan 37 yoshigacha (367-347-yillar) faylasuf Aflotunning Akademiyasida tahsil olgan. Miloddan avvalgi 343-yildan boshlab Arastu Iskandar Maqduniy (Aleksandr Makedonskiy)ga murabbiylik qila boshlaydi. Iskandar
Maqduniy hukmdorlik taxtiga o‘tirgach, o‘z ustozi va do‘stiga atab
haykal barpo etadi. Bu haykalning poyida shunday yozuvlar bor edi:
«Iskandar ushbu yodgorlikni Nikomaxning o‘g‘li, buyuk donishmand
va avliyo Arastu xotirasiga o‘matdi». Sharq asotirlarida yozilishicha, bir kuni Iskandar Zulqamayndan so‘radilar:
- Ne sababdan ustozing Arastuni otang Sulton Faylaqus (Filipp)
dan ham a’lo ko‘rasan?
Shoh Iskandar shunday javob qaytaradi:
- Otam mening jismimni tarbiyalab, osmondan yerga olib tushdi.
Ustozim Arastu esa mening ruhimni tarbiya qilib, yerdan osmon qadar
yuksaltirdi. Arastu peshonasiga sochini tushirib, kalta soqol qo‘yib yurgan.
Zamondoshlarining guvohlik berishicha, lablari chetidagi doimiy
kinoyali tabassum natijasida paydo bo‘lgan ajinlar Arastu o‘zini
faylasuf Aflotunninig shogirdi, deb bilishidan darak berardi. Arastu
Yunon ilm-fani qo‘lga kiritgan bilimlami egallash borasida Aflotunni
hatto shoh Iskandardan ham ustun qo‘ygan.
Miloddan avvalgi 336-yilda Arastu Afina shahrida o‘zining xususiy
maktabini ochdi. Bu ilmgoh kurash maktablari qatorida va Afinaning
shimoliy darvozasidagi Likey maydonlariga tutash yerda joylashgandi.
Arastuni hayajonga soluvchi muammolar favqulodda qiziqarli
va teran edi. Masalan: inson eng avvalo o‘zini sevishi kerakmi yo
boshqanimi, degan savol uni ko‘p o‘ylantirardi. 0 ‘zini ko‘proq sevgan
odamni xudbinlikda ayblaydilar. Boshqa tomondan olib qaralganda
esa, inson avvalo o‘zining eng yaqin do‘sti bo'lgan kimsani ko‘proq
qadrlashi va sevishi lozim, deyiladi. Vaholanki, har bir odamning
‘zidan o‘zga sadoqatli do'sti bormi dunyoda? Demak inson avvalo
o‘zini hurmat qilishi va sevishi lozim, deb fikr yuritadi Arastu. Agar
faylasuf Zenon Eleyskiy Arastuga zamondosh bo‘lganida shu so‘zlari
uchun unga ta’zim qilishi turgan gap edi.
Arastu havas qilarli darajada o‘tkir zehn sohibi bo‘lgan. U
445270 satrdan iborat 28 ta kitob yozgan. Faylasufning «Metodika»,
«Metafizika», «Jon haqida», «Poetika», «Osmon haqida», «Fizika»,
«Ritorika», «Sevgi haqida», «Uyqu va bedorlik haqida» asarlari shu
kitoblar sirasiga kiradi. Aristotel jon (ruh)ning uch qismi haqida Platon ta’limotidan farq qilib, uch xil jon (ruh) haqida vegetativ, sezuvchi va aqlli ruh turlari haqida
ta’limot yaratdi. Vegetativ ruhning faoliyati ovqatlanishda va ko‘payishda
ifodalanadi. Ruhning bu turi o‘simliklarda, hayvonlarda, insonlarda ham
bo‘ladi. Sezuvchi ruhning faoliyati sezgi va xislarda xotira va tasavvurlar sezuvchi ruhning faoliyati sezgi va xislarida, xotira va tasawurlarda namayon bo‘ladi. Ruhning bu turi hayvonlarda ham, insonlarda ham
bo‘ladi. Aqlli ruhning faoliyati tafakkurda, bilimda va ixtiyoriy harakat-
(arda yuzaga chiqadi.
Antik psixologiyaning eng yuqori cho‘qqisi Aristotelning ruh
haqidagi mashhur ta’limoti hisoblanadi. Mashhur faylasuf Gegel
aytganidek: «Biz psixologiyada ega bo’lgan yaxshi narsalar bu
Aristoteldan olgan narsalarimizdir». Aristotel «О dushe», ya’ni
Jon haqida» nomli traktida ruh muammosini sistemali o‘rganishga
bag‘ishlangan o‘z g‘oyalarini yoritib beradi.
Shimoliy Gretsiya, Stariga shahrida tabib oilasida tavallud
topgan. Aristotel 17 yoshda Platonga shogird bo‘lib tushgan. Ammo
Platonning qarashlari yo‘lidan bormadi. Aristotelga ko‘ra, ruh organik
tananing shakli. Bu tanani Aristotel quyidagi metafora bilan tush-
untirdi, «Agar ko‘z alohida tirik mavjudot bo‘lsa, ko‘rish qobiliyati
uning ruhi bo‘lar edi. Ko‘rish qobiliyatini yo‘qotgan ko‘z aslida
ko‘z bo‘lmaydi, u faqatgina ko‘z degan nomni saqlab qoladi, xolos.
Bunday nomni chizilgan yoki biror narsadan yasalgan ko‘zga ham
berish mumkin. Tiriklik ruhsiz bo‘lmaydi. Ruh tanani tirik qiladi.
Tananing barcha xususiyatlari — o‘sish, nafas olish, fikrlash asosida ruh
turadi. Boshqacha aytganda, tana va boshqa organlar ruh xizmatidag;
quroldir. «Tana ruh uchun mavjuddir», deb yozadi. Aristotel ruhi.:
tanadan ajratib bo‘lmaydi», degan qat’iy xulosaga keldi. Aristotel
barcha ruhning harakter va xususiyatlarini «entelexiya» degan maxsus
tushunchaga birlashtiradi. Ruh harakat qilmaydi, tana harakat qiladi,
lekin bunday tana ruhlidir. Shu tariqa Aristotel Platonning tana va
ruh ajralishi, ruhning qismlarga bo‘linishi haqidagi g‘oyasini o‘tkir
tanqid qildi.
Aqlli ruh faqatgina insonlarga xosdir. Shu aqlli ruh va uning faoliyati haqidagi mulohazalar Aristotel psixologiyasida asosiy o‘rin tutadi. Uning fikricha, bu ruhiyatning mohiyati yashirin, ilmiy yo‘l bilan
bilib bo‘lmaydigan botir kuchdan iborat. «Ruh haqida aniq tushuncha
berish, - deydi Aristotel, -har jihatdan haddan tashqari kiyinish, ruh
bu jism emas, balki o‘shanga xos bir narsadir. U mavhum tushunchadir».
Aristotelning fikricha, aqlli ruh ilohiy yo‘l bilan paydo bo‘lgan: u
tanadan tashqarida ham yashay oladi. Tana o‘lgandan keyin «aqlli ruh
ilohiy ruh bilan qo‘shilib ketadi». Aristotel ruh va tananing o‘zaro munosabati masalasiga katta e’tibor bergan. «Ruh, - deydi u, - o4z tabiatiga ko‘ra hukmron asosdir, tana esa tobe narsadir». Forma materiyaga
nisbatan qanday bo'lsa, ruh ham tanaga nisbatan xuddi shunday. U hayotga ma’no va yo‘nalish beradi. Ruh ta’sir qiladi va harakatlantiradi,
tana esa ta’sirlanadi va harakatga keladi. U ruhning birlamchiligi haqidagi umumiy tezisni quyidagi so‘zlarda ifodalagan: «Ruh tirik tananing
sababi va manbaidir».
Aristotel ruhning mohiyati va uning tana bilan o‘zaro munosabati haqida bu o‘ziga xos fikrlar bilan birga birinchi bo‘lib, o‘z-o‘zidan
kuzatish mumkin boigan ruhiy hodisalarni tasvirlab yozgan va klas-
sifikatsiyalashtirgan. Uning psixologiyasida hozirgi zamon psixologiyasiga asos bo‘lgan ko‘pchilik tushunchalami uchratish mumkin,
jumladan: tashqi beshta sezgi va sezgilar haqidagi, ixtiyoriy va ixtiyorsiz protsesslar haqidagi, tasavvur assotsiatsiyalar haqidagi, tafakkur
haqidagi, tushunchalar va xulosa chiqarishlar va hokazalar haqidagi
ta’limotni yaratdi. Aristotel, inson sezgilari tashqi moddiy qo‘zg‘ovchilar ta’siri
tufayli hosil bo‘ladi, degan fikmi ta’kidlagan. Tafakkur haqidagi
ta’limotda u Platonning umumiy va mavhum tushuncha - ideal narigi dunyodan kelib chiqqan, degan ta’limotini inkor qildi. Aristotel
tushunchalarida ifodalangan umumiylik yakka narsalardan tashqarida yoki yakka narsalardan avval o‘zi bor bo‘lgan emas, ba’lki yakka
narsalarning o‘zida bo‘ladi, degan taTimotni ilgari surdi. U qadimgi
Grek faylasuflari ichida birinchi bo‘lib, mantiqiy tafakkur formalarining mukammal sistemasini ishlab chiqdi. Shunisi diqqatga sazovorki,
Aristotel psixik hodisalami tasvirlar va analiz qilar ekan, organizmdagi ruhiy va fizik (fiziologik) hodisalar o‘rtasidagi bog‘lanishlami
izladi. Uning psixologiya masalalarini hal qilishdagi materialistik
tendensiyalari mana shunda ko‘rinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |