Psixologiya kafedrasi umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti



Download 9,98 Mb.
bet549/837
Sana29.12.2021
Hajmi9,98 Mb.
#79171
1   ...   545   546   547   548   549   550   551   552   ...   837
Bog'liq
Umumiy pedagogika маж 2018

12-Mavzu: Ta’lim metodlari
Reja:

1. Ta’lim metodlari haqidagi tushuncha. Sharq mutaffakkirlari va buyuk pedagoglar ta’lim metodlari haqida.

2. Ta’lim metodlariga qo’yilidigan pedagogik talablar va ularni guruhlash.

3. Ta’limning og’zaki metodlari: tushuntirish, hikoya qilish, suhbat, maktab ma’ruzasi, kitob bilan ishlash metodlari.

4. Ta’limning ko’rsatmali metodlari: namoyish etish, illyustrasiya va ekskursiya.

5. Ta’limning amaliy metodlari.


Tayanch so’z va iboralar: Metod, usul yo’l, ikki yo’l, ilhomlashtiruvchi so’zlar, majbur etish, og’zaki, ko’rgazmali, amaliy, mustaqil, mantiqiy, nazorat va o’z - o’zini nazorat qilish, muammoli, dasturlash metodlari, Amaliy, mashq, laboratoriya, tajriba, frontal, guruhli, individual, muammoli o’qitish, fikrlash, qidirishga o’rgatish mustaqil va h.k.

Keng ma’noda metod yunoncha "Metodost" so’zidan olingan bo’lib, "yul", "usul" ish uslubi degan ma’noni anglatadi. Qo’llaniladigan (o’qitish) "metod" - termini kishilarning o’z oldiga qo’ygan maqsadlariga erishish, ma’lum obyektni o’zlashtirish borasidagi nazariy va amaliy faoliyatlari usullarini anglatadi. O’qitish metodi deganda ta’lim jarayonida o’qituvchi va o’quvchilarning kugilgan maqsadga erishishga qaratilgan birgalikdagi usullari tushuniladi.

Kadrlar tayyorlash milliy dasturida: "3amonaviy axborot texnologiyalari, kompyuterlashtirish va kompyuterlar tarmoqlari negizida ta’lim jarayonini axborot bilan ta’minlash rivojlanib boradi. Ta’lim jarayonida ommaviy axborot vositalarining maqsadi oshib boradi, televideniye va radioning ta’lim dasturlari intellektuallashuvi ta’minlanadi", deb ta’kidlangan.

Amaliy fazilatlar va amaliy san’at (kasb - hunar)lar va ularni bajarishga odatlantirish masalaga kelganda, bu odatda ikki yo’l bilan hosil qilinadi: bularda birinchisi - qanoatbaxsh so’zlar, chorlovchi, ilhomlantiruvchi so’zlar yordamida odat hosil qilinadi, malakalar vujudga keltiriladi, odamdagi g’ayrat, qasd – intilish - harakatga aylantiriladi.

Ikkinchi (usul) yo’l - majbur etish yo’li, bu usul gapga ko’nmovchi qaysar shaharliklar va boshqa sahroyi xalqlarga nisbatan ishitiladi. Chunki ular o’z istaklaricha so’z bilan g’ayratga kirishadiganlardan emas deb ta’kidlagan A.H.Forobiy.

Yu.K.Babinskiy tahriri ostida nashr qilingan "Hozirgi zamon umumiy o’rta ta’lim maktablarida o’qitish metodlari (1990 yil) kitobida o’qitish metodlari quyidagicha turkumlanadi".



  1. O’qitishning og’zaki metodlari.

  2. O’qitishning ko’rgazmali metodlari.

  3. O’qitishning muammoli - izlanishlar va reproduktiv metodlari.

  4. O’qitishning mantiqiy metodlari: induktiv, dediktiv va asoslash mantiqiy metodlari.

  5. O’quvchilarning o’quv faoliyatlarini rag’batlantirish va asoslash metodlari:

a) Bo’limga bo’lgan qiziqishni shakllantarash metodlari.

b) Bilim berishdagi burch va mas’uliyatni rag’batlantirish metodlari.

7. O’qitishdagi nazorat va o’z - o’zini nazorat qilish metodlari:

a) Og’zaki va yozma nazorat metodlari.

b) O’quvchilapning tayyorgarliklarini laboratoriya, labaratoriya amaliy yo’llari bilan nazorat qilish metodlari.

c) Mashina vositasida nazorat qilish metodlari.

d) O’z - o’zini nazorat qilish metodlari va h.k.

Ya.A.Komenskiy "O’qitish metodlarining o’chi bolada qiziqish uyg’otishi uchun uni jonli qiziqarli qilish zarur, o’qitish har qancha jiddiy ish bo’lsa ham, darsni do’stona, qiziqarli vaziyatda, suhbat musobaqa, topshiriqlarni topshirish shaklida yoki hikoya va masala shaklida o’tish lozim" 1. O’qitish metodi san’at darajasiga ko’tarilishi uchun uni shunday puxta asoslarga qo’yish kerak, “o’qitish hyech og’ishmay olg’a qadam tashlasin va o’z natijalarida aldanmasin” - deb yozgandi.

I.G.Pestalossi metodik tanlashda bolaning o’z ichki tabiatini hicobga olgan holda tabiatning adabiy qonunlariga asoslanishi kerak deb hisoblaydi. "Faqat bitta metod, ya’ni tabiatning abadiy qonunlariga to’la asoslanadigan metodgina yaxshidir".

A.Disterveg o’qitishning ikki asosiy metodini bayon qiluvchi va o’stiruvchi metodlarini ajratadi: “Tashqi tomondan farq ikki metod mavjuddir. Biri shundan iboratki, unda o’quvchilarga predmet aytib beriladi: ikkinchisi shundan iboratki, unda o’quvchilar predmetning o’zini yaratishga va shu bilan bir qatorda o’qitishning dogmatik va o’stiruvchi (evristik) metodlarini yaratishga majbur qiladi”.

U ta’lim metodlariga taaluqli ikki qoidani, ya’ni: "Metod tanlashda predmet xususiyati bilan hisoblashmoq kerak" va O’qitish, jetodi o’qituvchi shaxsiiing o’zi bilan bog’langan", - degan qoidalarni ifodalaydi. Hozir o’qitish metodlarining samaradorligini oshirish eng dolzarb masalalardan biridir.

O’qitish metodlarining muvaffaqiyati, samarasi, natijasi ko’proq, o’quvchilar faoliyatiniig faolligi va mustaqilligini tarkib toptirishga ko’p jihatdan bog’liq. Bu yo’l o’qitish metodlarini takomillashtirishning eng samarali shaklidir. Metod shunday vaqtda samarali bo’lishi mumkinki, o’qituvchi darsda shunday vaziyat, sharoit yaratishi kerakki, ularning mustaqilligini oshirish bilan birga, olayotgan bilimlarni o’zlashtirishda va fikrlashga o’rgatishi zarur.

O’qitish metodlarini takomillashtirish o’quvchi shaxcini, uning dunyo qarashiga, uning pedagogik - psixologix metodik va maxsus ilmiy jihatidan tayyorgarligiga bog’liq. Ana shunday omillar o’qitish metodlarining samaradorligini oshirish omilllari hisoblanadi.

Yaxshi tayyorgarlik ko’rgan o’qituvchida ma’lum tanlangan metodlarning ustunligini ko’rinadi. Tayyorgarligi kam o’qituvchida buning aksi bo’lishi mumkin.

Maktab ta’lim tizimida o’qitish metodlari bilan birga "metodik usul" va "vosita"lar ham ishlatiladi. Usul - metodning bir qismi bo’lagidir. Masalan, o’quvchining bilimini yozma tekshirish metodiga xatolarni tuzatish usuli kiradi.

Vosita - ma’lum bo’lgan yordamchi o’quv materiali - asbob, qurol va apparatlardan foydalanishdir. O’qitish metodlari dars xarakteriga qarab turli - tuman bo’lishi mumkin. Lekin har bir fanni o’qitishda o’ziga xos umumiy talablarni hisobga olishi kerak. Masalan, fizika, ximiya, biologiya fanlarini laboratoriya mashg’ulotisiz o’qitish mumkin bo’lmaganidek, matematika, ona tili grammatikasini mashq qilmay, misol va masalalar yechmay turib kutilgan maqsadga erishib bo’lmaydi. Aksincha tarix, geografiya darslarida misol va masalalar yechishga hyech qanday zaruriyat yo’q.

O’qitish metodlariga quyidagi pedagogik talablar qo’yiladi:


  1. Tarbiyaning maqsad va vazifalarini amalga oshirilishga qaratilishi.

  2. Metodning ilmiyligi.

  3. Metodning ommabopligi, metod o’quvchilar rivojlanishining psixologik - pedagogik imkoniyatlariga muvofiq bo’lishi.

  4. O’quv materialini mustahkam egallashga qaratilganligi.

  5. O’z ishida ilg’or metodlarni muntazam o’rganish, boshqalar tajribasidan foydalanish zarurligidan iborat.

  6. O’qitish metodlari o’quvchilarning yosh xususiyatlariga va ularning samarali o’zlashtira olishlariga imkon berishi.

  7. O’qitish metodlari butun sinf o’quvchilar faolligi va mustaqilligini oshirishga qaratilmog’i kerak va h.k.

Maktablarda qo’llanilayotgan o’qitish metodlari xilma - xil bo’lib, ularning keng tarqalganlari quyidagilar:

1. O’quv materiallarini og’zaki bayon qilish metodi.

O’quv materialini og’zaki bayon qilish metodi maktab ta’limi tizimida eng ko’p qo’llaniladigan metodlardan biri bo’lib, uni hamma fanlardan, hamma sinflarda qo’llash mumkin. Bu metodda o’qituvchi bilimlarni to’g’ridan - to’g’ri jonli nutqi bilan bayon qiladi va o’quvchilar esa idrok qilishi bilan xarakterlanadi.

Hikoya qilish - o’qituvchi tomonidan yangi o’tilayotgan mavzuga doir hodisa va voqyealarning yaxlit qismlarga bo’lib, izchil bayon qilinishidir. Hikoya qilish davomida o’quvchilar faolligini oshirish, diqqatini bir yerga to’plash, ularning voqyea ustida fikr yuritish va almashinishlariga erishishi uchun ayrim savollar berib borish ko’rsatma materiallardan foydalanish kerak. Hikoya qilishning muvaffaqiyatli bo’lishi o’qituvchi nutqining ravonligi, tushunarli va emosional bo’lishiga bog’liq.

Tushuntirish - o’qitishning o’qituvchi tomonidan o’tilayotgan mavzuning mazmunini xarakterlaydigan tushuncha, qonun va qoidalarning bayon qilinishidir. O’quvchi ma’lum bir fanning biror mavzusiga doir qonun- qoidalarni qanchalik asosli ekanligini faktlar, misol va masalalar yechish bilan isbotlab beradi.

Maktab leksiyasi metodi - asosan o’rta maktabning VII - IX sinflarida qo’llaniladi. O’qituvchi ma’ruza metodi bilan ish ko’rar ekan, mavzuning har bir qism albatta tugallangan bo’lishi kerak. Bu metodda dars olib borgan o’qituvchi maktab ta’lim oldida turgan umumiy talablarga, tarbiyaviy qoidalarga, nutqining tushunarli hamda emosional bo’lishiga e’tibor berishi kerak. Maktabda o’quvchilarni qisqacha konspekt olishga o’rgatish kerak.

Suhbat metodi – bu metod ko’p qo’llaniladigan samarali metodlardan biridir. Bu metod savol – javob metodi deb ham yuritiladi. Chunki dars jarayonida savollar bilan butun sinfga murojaat qiladi, o’quvchilar javob qaytaradilar. O’qituvchi tomonidan berilayotgan ta’lim mazmuni hajmi va shakliga bog’liq.

Darslik va kitob bilan ishlash metodi. Bu metod ham maktabda muhim o’rin tutadi. Kitobsiz undan foydalanish madaniyatiga ega bo’lmay turib, fan-texnika sirlarini egallab bo’lmaydi. O’quv amaliyoti bilan ishlash psixik jarayonni o’z ichiga oladi. O’qitish jarayonida o’qituvchining bayon qilayotgan bilimlarini o’quvchilar faqatgina eshitib qolmasdan, shu bilan birga uni kitob matnidan ko’rib, ongli idrok qilishi muhim rol tutadi. Darslik va kitob bilan ishlash metodi ikki shaklda olib boriladi:



  1. Dars jarayonida darslik va o’quv adabiyoti bilan ishlash;

  2. Sinf va maktabdan tashqari darslik va o’quv adabiyoti bilan mustaqil ishlash.

Namoyish qilish va illyustrasiya o’quvchilar tomonidan materiallarni aniq obrazlar orqali bevosita idrok etish jihatidan muhim ahamiyatga ega.

O’quvchilar o’rganayotgan buyum va hodisalarni konkret va aniq tasavvur etgan taqdirdagina ularning olgan bilimlari chuqur va puxta bo’ladi.

Ta’limda namoyish qilish metodi keng qo’llaniladi. Bu metoddan darsda ko’pincha fizika, ximiya, biologiya fanlariga alohida tabiiy narsa va buyum ko’rsatiladi. Ta’lim jarayonida namoyish qilish metodidan foydalanish juda ko’p jihatdan namoyish qilish materiallarining xarakteriga, mazmuniga, shakli va hajmiga bog’liqdir. Ko’rsatma materiallardan o’z mazmuni va xarakteriga ko’ra 2 turga bo’linadi:


  1. Tabiiy ko’rsatmali materiallar: o’simlik, hayvonlar, foydali qazilmalar, ularning kolleksiyalari va boshqalar.

  2. Tasviriy ko’rsatma materiallar. Tasviriy ko’rsatma materiallari ham mazmuni va tizimi shakliga qarab 2 turga bo’linadi.

a) Buyum, narsa, hodisa va voqyealarning tasvirini ifodalovchi rasmlar – rasm, surat, fotosurot, diafilm, kinofilm va h.k.

b) Buyum, narsa, hodisa va voqyealarning biror shartli belgisi orqali simvolik yoki grafik materiallar – geografiya va tarix kartalari va chizmalar, jadvallar va boshqalar. Tasviriy ko’rsatma materiallarini har ikki shakli illyustrasiya materiallari deb yuritiladi.



O’quvchilar tomonidan o’rganilayotgan buyum va hodisalarni jonli kuzatib, idrok etish yo’li bilan ilm asoslarini egallashga ekskursiya metodi deyiladi. Sa’diyning “Guliston” asarida “safarning foydasi ko’pdir: bag’ri diling ochiladi, foyda topasan, ajoyibotlarni tko’rasan, g’oyibotlarni eshitasan, shaharlarni tomosha qilasan, do’stlar bilan suhbatda bo’lasan, bilim orttirasan, molu-mulk, davlatingni ko’paytirasan, do’stlaringni yaqindan tanib, taqdirni imtixon qilasan” deyilgan. Ekskursiya zavodlarga, fabrika, qo’shma korxona kabilarda o’tkaziladi. Ekskursiya o’tkazishda bir qancha talablarga amal qilish lozim. Ekskursiya to’rt yo’nalishda bo’lmog’i lozim:

  1. Tabiatni kuzatish va o’rganish maqsadida;

  2. Sanoat va qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishiga doir;

  3. Ijtimoiy va maishiy mazmundagi;

  4. San’at va adabiyot materiallari bilan tanishishga oid ekskursiyalar.

Ekskursiya quyidagi tartibda olib boriladi:

  1. Ekskursiya haqida ekskursovodning muqaddama suhbati;

  2. Marshrut bo’yicha obyektni kuzatish;

  3. Ekskursiya davomida yoki oxirida zarur materiallarni to’plash.

  1. Og’zaki, yozma mashq va grafik ishlari metodi.

  1. Amaliy, laboratoriya mashg’uloti metodi.

  1. Tajriba yer uchastkasida mashg’ulot.

  2. Muammoli o’qitish metodi.

Bu metodlar muhim ahamiyatga ega bo’lib, hamma sinflarda, o’quv fanlari bo’yicha keng qo’llaniladi. Mashq metodi o’quvchilar o’zlashtirgan bilim hosil qilingan ko’nikmalarni mustahkamlash va ularni hayotda qo’llay olish qobiliyatini o’rgatish maqsadida tashkil etiladi. O’quvchilar mustaqil ishlarning xususiyatlari va mazmuniga qarab og’zaki, yozma, grafik va amaliy turlarda olib boriladi:

  1. og’zaki mashq;

  2. yozma mashq;

  3. grafik ishlar (metod);

  4. amaliy ishlari.


Download 9,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   545   546   547   548   549   550   551   552   ...   837




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish