Ta’limning ko’rsatmalilik qoidasi
“Xotirada dalili bor hamma narsalarni yaxshiroq, tezroq va o’ngay eslab qoladi” degan A.R.Beruniy.
“Birdaniga ko’p sezgilar yordamida idrok etish mumkin bo’lgan narsalarni iloji boricha bir necha sezgilar ishtirokida idrok etish lozim”, deb ko’rsatgan Ya.A. Komenskiy. Mashhur pedagog K.D.Ushinskiyning quyidagi fikri ta’limda qimmatlidir. “Siz bolaga qandaydir bir nechta noma’lum so’zni o’rgating, u bu so’zlarni bilib olguncha uzoq vaqt ketadi va behuda bosh qotiradi, lekin suratlar vositasida o’rgatilganda, yigirma so’zni o’quvchi hash-pash deguncha o’rganib oladi”.
Ko’rsatmalilik qoidasi ta’limning yetakchi qonun - qoidalarini ham amalga oshirishda juda muhim didaktik masalalarni o’z ichiga oladi, ayniqsa:
1. Bayon qilayotgan temaning harakteriga mos keladigan ko’rsatma materiallardan to’g’ri foydalanish.
2. Ta’limda qo’llaniliyotgan ko’rsatma materiallar o’quvchilarning yaqqol va kokret obrazli idrok qilishini ta’minlashi.
3. Ko’rsatma materiallar orqali o’quvchilar obyektiv borliqdagi narsa, xodisa va voqyealar bilan, ularning xususiyati, belgilari va bir - biri bilan bog’lanish vositalari bilan tanishadilar.
4. Ko’rsatma materiallarining ko’rsatmali bo’lishi ilmiy bilimlarni mustahkamlashini ta’minlab qolmay, o’quvchilar diqqatining barqarorligini oshiradi, ijodiy tashabbuslarining rivojlanishiga yordam beradi.
Ko’rsatma qurollar o’tilayotgan mavzuning hajmi, harakteri, mazmuni va sinf o’quvchilarining saviyasiga qarab xilma - xil bo’lishi mumkin. Maktabda qo’llaniladigan ko’rsatma materiallarni ikki guruhga ajratish mumkin.
1. Buyum va narsalarni aslicha tabiiy holicha ko’rsatuvchi materiallar: o’simliklar, hayvonlar, gerbariylar.
2. Tasviriy ko’rgazma qurollar: rasm, surat, fotosurat, kinofilm, diafilm.
a) Simvolik tasvirlanishni ko’rsatuvchi materiallar: geografiya va tarix qartalari.
b) Sxematik materiallar: sxema, tablisa, diagramma.
O’qituvchining ta’limni muammoli tashkil etishda ko’rsatmalarining o’rni va amaliy ahamiyati beqiyosdir. Ammo ba’zi o’qituvchilar ta’limda ko’rsatmalilikdan foydalanishda nuqsonlarga yo’l qo’yishadi. Masalan, tayyorlangan ko’rsatmali qurollardan aniq ta’limiy maqsadni nazarda tutmaydi. Yoki ko’rsatiladigan rasm sxema va boshqa tasviriy materiallar kichkina barcha o’quvchilar yaxshi ko’rib idrok qila olishmaydi. Shuning uchun ko’rsatmali materiallar chiroyli, chizmalari aniq va o’quvchilarning bilish qobiliyatlarini rivojlantirishga hamda ta’limni muammoli o’zlashtirishga amaliy yordam bermog’i darkor. Darsda ta’limning ko’rsatmali tashkil etilishi o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilayotgan materiallarning qiziqarli, tez va ongli o’zlashtirishga hamda mustaqilligini rivojlantirishda muhim rol o’ynaydi.
6. Bilimni puxta va mustahkam o’zlashtirish qoidasi.
A.R.Beruniy o’qitish jarayonida bolalarga tushunarli bo’lmagan so’zlarni quruq yodlashga asoslangan ta’limni qattiq qoraliydi.
Puxta o’zlashtirishning harakterli belgisi bilimni mustahkam esga (xotirada) saqlab qolinishdadir. Puxta o’zlashtirish uchun qaytarish (takrorlash) va mashq g’oyat katta ahamiyatga ega. Qaytarishda faqat ilgari o’zlashtirilgan materiallargina esga tushurilmay, o’zlashtirgan bilimlarning noaniq, tumanli bo’lib qolgan tomonlari oydinlashadi va to’ldiriladi. O’tilgan materialni qaytarish-xotirada qayta tiklash bir necha yo’l bilan olib boriladi. Qaytarishning ahamiyati haqida A.R.Beruniy “Bilim takrorlash va qaytarish mevasidir”.
Qaytarish turlari darsning qaysi bosqichida qo’llanishi mumkinligi va o’tilayotgan mavzuning harakteriga bog’liqdir.
O’tilgan mavzularni asosiy va markaziy masalalar yuzasidan qaytarishning ahamiyati katta. Odatda bunday takrorlashlar bir qancha mayda temachalarni o’tib bo’lgach, temachalar o’rtasidagi bog’lanishlarni aniqlash, umumlashtirish maqsadida qaytariladi.
Kudalik takrorlash. Har kuni har bir dars yuzasidan olib boriladigan takrorlashdir.
Takrorlashning ikkinchi turi maxsus takrorlashdir. Odatda bunday takrorlash katta temalarni o’tib bo’lgach, shuningdek, ma’lum bir chorak ichida o’tilgan materiallar yuzasidan olib boriladi. Maxsus takrorlashning keng tarqalgan turi o’quv yili oxirida alohida ajratilgan soatlarda o’tkaziladi.
7. Ta’lim jarayonida o’quvchilarning yosh va individual xususiyatlarini xisobga olish va tushunarli qilib o’qitish qoidasi.
Ta’lim jarayonida har bir sinf o’quvchilariga xos umumiy xususiyatlarni ham shu sinfdagi har qaysi o’quvchining individual xususiyatini xisobga olgan holda ish ko’rish muhim didaktik ahamiyatga egadir. Ibn Sino, Beruniy o’qitish jarayonida bo’lgan tushunarli bo’lmagan so’zlarni quruq yodlashga asoslangan ta’limni qattiq qoralaydi. Beruniy yozadi: “Tushunish yodlashdan yaxshiroq va afzaldir”. Beruniy pedagogik g’oyalaridan eng muhimi bilimni puxta va mustahkam egallash zarurligidir. “Bilimning shunday bo’lishi kerakki, u yalang’ochligingda ham o’zingda qolsin, bilimingni hammomdagi qo’llik ham yuvolmasin”. Bilimlarning o’quvchilarga tushunarli bo’lishi ta’limda samarador bo’lish uchun Beruniy quyidagilarga amal qilishni tavsiya etadi:
- sezgi organlarning ma’lumotlariga ko’ra... bilishni davom ettirish;
- fanni o’rganayotganda fikrlash, xotiralab esga olish zarur;
- o’rganiyotgan ilmlarni to’la bilib olish uchun, o’sha ilmni tashkil etib turgan elementlarini puxta o’rganib chiqish;
- bilishda oddiydan murakkabga, ma’lumdan noma’lumga, yaqindan uzoqqa, osondan qiyinga, dalillardan xulosalarga qarab borish;
- uzoq o’tmishga oid bilimlarni o’rganishda shu ilm, fan tarixini o’rganish;
- hodisalarni, fan asoslarini bir-birlariga taqqoslashtirib, solishtirib har tomonlama chog’ishtirb o’rganish va h.k.
O’quvchilarga ta’lim berishda bayon qilinayotgan bilim bolalarga tushunarli bo’lish kerak. Shu bilimlarning tushunarli bo’lishi uchun ularning yosh va individual xususiyatlari hisobga olinadi. Ana shuning uchun ham yangi bilimlarni bayon qilish, o’tilgan materialni mustahkamlash, uyga vazifa toptirish ham, mustaqil ish va qo’shimcha mashg’ulotlar o’tkazish paytida bolalarning yosh va individual xususiyatlarga amal qilinadi.
O’qitishning bolalarga tushunarli bo’lishi qoidasida ta’limning ikki tomoniga e’tibor beriladi.
1. O’quv materiallarining harakteri-mazmuni va hajmi shu sinf o’quvchilarining yosh xususiyatlariga mos bo’lishi.
2. Sinf uchun belgilangan bilim hajmi shu sinf o’quvchilarining saviyalariga mos bo’lishi.
Darsda berilayotgan bilimlarning bolalar tomonidan puxta o’qib olinishga erishish uchun mustahkam rejaga amal qilinishi, mazmuni va hajmi to’g’ri belgilangan bo’lishi, materiallardan lo’nda xulosalar chiqarishi materiallarning ishonchli bo’lishi uchun fakt, misol, dalillar keltirish – ko’rsatmali qurollardan foydalanish, nutqning ravon va tushunarli bo’lishi, materiallarning turmush bilan, o’quvchilarning shaxsiy tajribalari bilan bog’lab olib borish talab qilinadi.
Ta’limni tushunarli bo’lish qoidasi o’quv ishlarini osonlashtirib, soddalashtirib yuborishni rad etadi.
Mashhur pedagog Burxoniddin Zarnudjiy “O’quvchiga ta’lim yo’lida qo’llanma” asarida “Har biringiz muruvvatni egallashga hayrixohlik bilan intiling, biroq bulardan eng dolzarbi, bu - kishilarda bilimlarni takrorlashdir. Sen bilimlarni faqat mana shu olti holatda, o’zlashtirishining zarur bo’ladi”. Bular: aql - farosatlilik, kuchli istak, chidamlilik, ozgina yeyimlik va ichimlik, o’qituvchi ta’limi va bilim olish uchun yetarli vaqt.
Klassik pedagogik namoyondalar ta’limning o’quvchilarga mos bo’lishi yuzasidan bir qator qoidalarni ishlab chiqqanlar. Ular “didaktik qoidalar” deb yuritiladi:
1. Osondan qiyinga qarab borish.
2. Ma’lumdan noma’lumga borish.
3. Soddadan murakkabga borish.
4. Yaqindan uzoqqa qarab borish.
Ya.A.Komenskiy mazkur qoidaga ta’raf berib bunday deb yozgan edi: “O’quv materiallarini shunday taqsimlab chiqish lozimki, avval bola juda yaqin va aniq narsalarni, so’ngra uncha uzoq bo’lmagan narsalarni, keyin uzoqroq va nihoyat, eng uzoq narsalarni bilib olsin”.
Do'stlaringiz bilan baham: |