urishda qo’lning noto’g’ri harakat qilishi mix qoqa bilmaslikni ko’rsatadi. Bunda o’quvchi
bolg’acha bilan qanday qilib mix qoqilishini bilishi va hatto gapirib berishi mumkin.
Bilimlarga odatlanmagan hech qanday ko’nikma bo’lishi mumkin emas. To’g’ri yozish
uchun grammatika qoidalarini bilish shart. Shu bilan birga, ko’nikma hosil qilish uchun o’quvchi
tegishli natijalarga erishtiruvchi to’g’ri usullarni ham bilishi lozim. Shuning uchun o’qituvchi
yozishga o’rgatar ekan, ruchkani qanday qilib to’g’ri ushlashni, daftarning qanday holatda
turishini, yozishda ruchkani qanchalik bosish kerakligini va shu kabilarni ko’rsatadi.
Ko’nikmalar murakkablik darajalari jihatidan ham bir-biridan farq qiladi. Ko’nikma oddiy
yoki murakkab bo’lishi mumkin. Masalan, harf-larning elementlaridan chiziqcha yoki aylana
yozish oddiy ko’nikma bo’lsa, butun bir so’zlarni yozish murakkab ko’nikmadir.
Ninaga ip taqish va tugmacha chatish — oddiy uquvdir, lekin xuddi shu nina bilan ko’ylak
yoki kostyum tikish - murakkab uquvdir. Odamning hayotida ko’nikmalarning ko’pi malakalar
tarzida namoyon bo’ladi. Har qanday malaka ko’nikmadir, lekin har qanday ko’nikmani malaka
deb bo’lmaydi. Faqat avtomatlashgan ko’nikmagina malaka deb ataladi. Malakalar, odatda, ongli
faoliyatdan, ya’ni mehnat faoliyatlaridan ajralgan holda namoyon bo’lmaydi.
Malakalar avtomatlashish darajasi jihatidan o’zaro farqlanadilar. Masalan, kalligrafik
(chiroyli) yozuvda avtomatlashish juda katta ahamiyatga eea, o’qish uslubida esa avtomatlashish
bilan birga har doim onglilik ham talab etiladi. Malakalar avtomatlashgan
harakatlar sifatida
o’qish jarayonida ham, inson faoliyatining barcha turlarida ham katta ahamiyatga egadirlar.
Ko’nikma va malakalarning turlari.
Ko’nikma va malakalar uch turga bo’linadi: ta’lim, unumli mehnat va sport sohasiga doir
ko’nikma hamda malakalar.
Ta’lim sohasiga doir ko’nikma va malakalar: Maktabdagi o’qishning hamma bosqichlarida
har bir predmetni o’zlashtirish bilan birga, bir qator o’quv malakalarini egallash ham talab
etiladi. O’qish jarayonida o’quvchilar dastavval yozish, o’qish va hisoblash ko’nikmasi hamda
malakasi hosil qilishlari kerak bo’ladi. Bu ko’nikma va malakalar dastlabki, ya’ni boshlang’ich
ko’nikma va malakalar hisoblanadi. Keyinchalik, ana shular asosida orfografiya va matematika
sohasida murakkab ko’nikma va malakalar hosil qilinadi.
Ta’limiy ko’nikma va malakalar hosil qilishda o’quvchilarning aqliy faoliyatlari, ayniqsa,
katta o’rin tutadi. Bunday ko’nikma va malakalar hosil qilish jarayonida o’quvchilar juda ko’p
narsalarni k o’zatishlari, o’ylab ko’rishlari, eslarida olib qolishlari
va tasavvur etishlari lozim
bo’ladi.
Juda ko’p ta’limiy ko’nikmalarda, ayniqsa, orfografiya va matematika sohasidagi
ko’nikmalarda qilinadigan ish, asosan, aqliy mehnatga ega bo’ladi. Lekin bir qator ta’limiy
ko’nikma va malakalarda (masalan,
yozish, chizmachilik, rasm kabilarda) muskul harakatlari ham asosiy rol o’ynaydi.
Ta’limiy ko’nikma va malakalarning tarkib topishi zo’r diqqat va iroda talab etadi.
Unumli mehnatga doir ko’nikma va malakalar: Unumli mehnatga oid (texnikaviy)
ko’nikmalar va malakalar, asosan, harakat a’zolari bilan bog’liq ko’nikma va malakalardir.
Boshlang’ich sinflarda o’quvchilar maktab o’quv ustaxonalarida yog’och va metallni
ishlash jarayonini o’rganish va fizika, kimyo, tabiiyot hamda boshqa fanlardan
amaliy vazifalarni
bajarishlari jarayonida birmuncha murakkabroq mehnat ko’nikma va malakalari hosil qiladilar.
Yuqori sinf o’quvchilari ishlab chiqarish ta’limi jarayonida va korxonalarda o’tkaziladigan
ishlab chiqarish amaliyoti davomida texnikaga oid ko’nikma va malakalar orttiradilar.
Ishlab chiqarish mehnatiga doir ko’nikma va malakalar ko’proq muskul harakatlarida,
asosan, qo’l harakatlarida, ba’zan esa qo’l va oyoqning birgalikda qiladigan harakatlarida
ifodalanadi.
Duradgorlik ustaxonalarida orttirilgan qo’l harakatlariga doir ko’nikmalarning misoli
tariqasida arralash, qirqish va randalash kabilarni ko’rsatish mumkin. Metallga qo’l bilan ishlov
berishda urish harakatlari (zubilo bilan chopish yoki kesish va temir qirqadigan arrani bosish)
katta rol o’ynaydi. Bolg’a yoki boshqa asbob bilan ishlayotgan odamning qo’li tobora ortib
boruvchi tezlik bilan harakat qiladi. Bunda urish harakati ishlanayotgan narsadan qat’iy
nazar
tezlashib boradi. Shuning uchun urish harakatida mo’ljalga tushirish birinchi o’rinda turgan
maqsaddir.
Sport ko’nikma va malakalari: O’quvchilar jismoniy tarbiya ko’nikmalari va
malakalarini egallashlari davomida tezlik hamda baquvvatlik, moslashgan harakatlar va
chaqqonlik kabi sifatlarga ega bo’lgan har turli muskul harakatlarini hosil qiladilar. Saflanish
usullari hamda gimnastik tarzda qayta saflanish, tirmashib
chiqish va oshib tushish, sakrash,
yurish va yugurish, irg’itish, to’siqlarni engib o’tish va shuning kabi harakatlar ana shular
jumlasidandir.
Maktabdagi jismoniy tarbiya mashg’ulotlari o’quvchilarni jismoniy jihatdan har
tomonlama taraqqiy qilishlariga, ularning badan tarbiyasiga, ayrim sport
turlarining texnikasini
egallashlariga va shuning bilan birga maktabdagi turli sinflarda jismoniy tarbiyadan
o’tkaziladigan mashg’ulotlarning mazmuni va metodlari o’quvchilarning yosh xususiyatlariga
hamda ularning jismoniy imkoniyatlariga mos bo’lishi kerak.
Ko’nikma va malakalar hosil bo’lishning nerv-fiziologik asosi shartli reflekslardir. Har
bir malaka va har bir odat, o’z fiziologiyasi asosiga ko’ra, shartli refleks bog’lanishlari
sistemasidan iborat.
Malaka va ko’nikmalar hayvonlarda ham hosil bo’ladi. Hayvonlarda malaka va
ko’nikmalar ularning ehtiyojlariga, yashash sharoitiga bog’liq holda, taqlid yo’li
bilan va
shuning bilan birga, odamlar tomonidan o’rgatish yo’li bilan hosil bo’ladi. Hayvonlarda malaka
va ko’nikmalar birinchi signal sistemasi doirasidagi bog’lanishlar asosida vujudga keladi.
Odamda malaka va ko’nikmalarning hosil bo’lishida birinchi signal sistemasi bilan o’zaro
munosabatda bo’lgan ikkinchi signal sistemasi ko’proq ahamiyatga egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: