TALIM MUASSASALARIDA PSIXOKORREKSION ISHNI AMALGA OSHIRISH
REJA.
I.BOB
1.1Psixokorreksiya
1.2. Psixokorreksion ishlar haqida tushuncha
II.BOB
2.1 Diagnostik-korreksion ishning o`tkazish bosqichlari
2.2. . Psixologning diagnostik tadqiqot o`tkazishi va korreksion ishlarni tashkil etishi .
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish .
Bugungi kunda Respublikamiz bo`yicha talaygina ta`lim muassasalarida psixologik xizmat tizimi joriy qilinmoqlaki bu ta`limning o`ziga xos istiqbollarini ta`minlashda muhim ahamiyat kasb etmay qolmaydi. Chunki bir necha psixologik xizmat tizimi joriy etilgan ymymt`lim maktablaridagi o`quvchilar faoliyatini o`rganganimizda biz buning guvohi bo`ldik. Albatta barsha ta`lim muassasalaridagi rahbarlarni bugungi kunda psixologik xizmatni qanday yo`nalishlar asosida tashkil etish kerak, degan savol qiziqtiradi.
Shunga muvofiq, psixologik xizmatning mazmuni va asosiy yo`nalishlari haqida to`xtalamiz. Maktabda psixologik xizmat jarayoni bilan bog`liq barcha vazifalarning bajarilishi asosan maktab psixologi zimmasiga yuklatiladiki, bu vazifalar umumiy ilmiy faoliyat yo`nalishi sifatida quyidagi tartibda belgilanadi:
1. Ilmiy- nazariy faoliyat yo`nalishi:
-psixologik xizmatga oid nazariy tushunchalarni o`zlashtirish bilan birga o`quvchi shaxsiga psixologik yondashuv uchun samarali natijalar bera oluvchi usullar, tamoyillar va ayrim metodikalarni ajrata olish;
-psixologik xizmat kontsepsiyasi haqida etarli ma`lumotga ega bo`lish;
2. Ilmiy–tashkiliy yo`nalishlar:
-har kunlik, haftalik, oylik va yillik kalendar ish rejasini tuzish, uni hududiy psixologik xizmat markaz tomonidan tasdiqlash;
-psixologik xizmat xonasini kerakli jihozlar, ko`rgazmalar va boshqa materiallar bilan to`ldirish;
-maktabda har bir o`quvchi uchun “Shaxs psixologik varaqasi”ni tuzish va shu “varaqa”dagi ma`lumotlar asosida tegishli psixologik tadbirlarni belgilash;
-har bir sinfdagi o`quvchilar guruhi, alohida referent, rasmiy va norasmiy kichik guruhlar, sardorlar va ayrim “ajralib qolgan” o`quvchilar bilan individual-psixologik ishlar olib borish rejasini tuzish;
o`quvchilarni maktabga qabul qilish va kasbga yo`llash bilan bog`liq psixologik ishlar ko`lamini belgilash:
3. Ilmiy–tadqiqot yo`nalishlari:
-maktab amaliyoti uchun zarur psixologik usullarni qo`llash va olingan ma`lumotlarni qayta ishlash asosida tegishli ilmiy xulosalar chiqara olish;
-o`quvchilar faolligiga, o`z-o`zini anglash va rivojlantirish orqali o`zo`zini himoya qilishga nisbatan ijobiy yoki salbiy ta`sir etuvchi omillarni chuqur o`rganish, tadbiq qilish va ma`lum tadbirlarni belgilash;
4. ilmiy–uslubiy yo`nalishlar:
-psixologiya fanida tan olingan va qabul qilingan usullarni qo`llay olish va ulardan ilmiy maqsadlar yo`lida unumli foydalanishni ta`minlash; -har bir o`quvchi shaxsining o`ziga xos individual
–psixologik imkoniyatlariga mos yondashuv yo`llarini to`g`ri belgilay olish;
. Ilmiy – amaliy yo`nalishlar:
-bolalarni maktabga qabul qilishda faol ishtirok etish;
-har bir bola iqtidorini aniqlash va unga mos ta`lim–tarbiya yo`nalishlarini belgilash;
-o`quvchining kasbga layoqatini belgilash va psixologik yondashuv asosida uni rivojlantira olish;
-har bir o`quvchi shaxsida sodir etilayotgan yosh, individual-psixologik, hissiy irodaviy xususiyatlarni aniqlash asosida tegishli tadbirlar belgilash va uni amalga oshirish; va hakozolar.
. Psixokorreksion ishlar haqida tushuncha .
Psixokorreksion dasturlar tuzishga qo‘yiladigan talablar: Psixokorreksion dasturlarni tuzishda quyidagi holatlarni hisobga olish zarur: - korreksion ishning aniq maqsadini belgilash.
- korreksion ishning konkret maqsadini aniqlovchi vazifalarni aniqlash. - Ishning formasini aniqlash (individual, guruhiy yoki aralash)
- Metodika va texnikani ishlab chiqish.
- Korreksion ishga ketadigan umumiy vaqtni aniqlash.
- Uchrashuv kunlarini belgilab olish.
- Vaqtini aniqlash (boshida 10-15 minut, oxirida 1,5-2 soat)
- Korreksion dasturni ishlab chiqish va mazmun moxiyatini belgilab olish.
- Korreksion ishda yaqin qarindoshlarining qatnashuvini belgilash.
- Korreksion dasturni boshlashda dinamika va o‘zgartirishlar bo‘lishi yoki bo‘lmasligini belgilash.
Korreksion tadbir so‘ngida korreksion dasturning samaraliligi, maqsad va vazifalarining bajarilganligiga baho beruvchi xulosa hisobot tayyorlanadi. Psixokorreksion tadbirlarning samaraliligini baxolash quyidagicha mezonda aniqlanadi:
A) rivojlanishdagi qiyinchilikning yechilishi barxam topishi.
B) maqsad va vazifalarning belgilanishi korreksion effektivligi o‘zoq muddatdan so‘ng ish davom etayotganda, oxirida aniqlanadi.
Korreksion dastur muammoning butunlay hal bo‘lishini oldiga maqsad qilib qo‘ymaydi, balki samarali ish olib borishda muammolarning yo‘qolishi va yechilishiga xar tomondan baho berilayotganiga ham qaraladi.
Masalan: mijoz uchun dasturda ishtirok etayotgan vaktda uning emotsional holatining yaxshilanishi, ijobiy his qilishi bilan belgilanadi. Psixolog uchun korreksion dastur tashkil etilishi, majburiyatni his etishi oldiga qo‘yilgan vazifani bajarilishi bilan aniqlanadi.
Mijozning yaqinlari uchun esa, mijozda paydo bo‘lgan muammoning qay tarzda ijobiy hal etilganligi bilan aniqlanadi. Korreksion dasturlarning ijobiy ta’sir doirasi uning intensivligidadir.
Korreksion mashg‘ulotlar 1-1,5 soatdan oshmasligi, olib borilayotgan o‘yinning ma’no jihatdan o‘ylanganligi bilan ham bog‘liq. Mashg‘ulotlar tugagandan keyin ham iloji boricha mijozning taraqqiy etishi bilan qiziqib borish muloqotni yo‘qotmaslik 1,2 oyda 1 marotaba uchrashi lozim.
Korreksion dasturlar qancha erta aniqlanib ish boshlansa shuncha tez samara beradi. Psixokorreksiyalarni samaraliligini aniqlovchi omillar.
1. Mijozning kutgan natijasi.
2. Mijozni mavjud bo‘lgan muammolaridan xalos bo‘lishi.
3. Mijoz muammosining xarakteri.
4. Mijozning birgalikdagi faoliyatga tayyorgarligi.
5. Korreksion tadbirni o‘tkazayotgan psixologning kutgan natijasi.
6. Psixologning shaxsiy va professional tayyorligi.
7. Psixokorreksiyaning samarasi konkret metod va ta’sir etuvchi xususiyatdan aniqlanadi.
Psixokorreksion yordamning samaraliligiga baho berish borgan sari aktuallashmoqda. Bu psixologning ta’sir eta olishi va korreksion ishning sifatliligidandir.
- Ishning samaraliligini baholashda aniq metodni belgilab olish zarur. Korreksion ishda ma’lum bir metodni oldindan tanlash qiyin, chunki ish faoliyatida psixologlar turli metodlardan foydalanadilar.
- Hatto bir metod har xil mutaxassisda har xil natija beradi
. - Ishning bahosini bu metoddan xabari bo‘lmagan ekspert berishi zarur.
- Psixologning tarbiyaviy-ta’limiy sifatini hisobga olish kerak.
- Psixologning kasbiga bo‘lgan qiziqishini hisobga olish zarur.
- Guruhiy korreksion ishda psixologning professional bo‘lishi katta ahamiyatga ega.
- Psixokorreksion ishlarda mijoz psixologik ta’siridan so‘ng quyidagilarga qarab baholanadi:
- Ichki kechinmalarining sub’ektiv mohiyatining o‘zgarganligi.
- Ta’sir etgandan so‘ng mijozning ijobiy tomonga o‘zgarishi.
- Psixologik ta’sirning samarasini belgilashda psixofiziologik metodlar ishlatish mumkin.
Ular insonning vegetativ-somatik fiziologik va psixik funksiyalarini baholaydi. Psixokorreksion ta’sirning samaraliligi kriteriysi xar bir shaxsdagi salbiy o‘zgarishlarni aynan uni o‘ziga xos ekanligini hamda tanlangan psixokorreksion metodlar ta’siri shu o‘zgarishlarga karatilganligini hisobga olish bilan bog‘liqdir.
Psixologlar oldida turgan muammolar Bugungi kunda psixologlar oldida turgan muammolardan biri.
– Bu yoshlarga Internetning salbiy ta’siridir. Albatta bugungi axborot asrida yashayotgan bolalar hamma narsaga qiziqish bilan qaraydilar, hamma yangi narsani qilib ko‘rishga harakat qiladilar. Bolalarda taqlid qilish ishtiyoqi kuchli bo‘lgani uchun ular Internetda o‘tirib, kompyuterda jangari va qo‘rqinchi kinofilmlar ko‘rishga qiziqadilar. Internetning yoshlar dunyoqarashiga va ruhiyotiga ta’siri juda katta. Internet vaqtni tejaydi, ya’ni yoshlar adabiyot qidirib sarson bo‘lmaydilar, Internet dunyoqarashni kengaytirishi mumkin.
Ammo Internetning salbiy ta’siri ko‘proq. Masalan, Internetdan ayrim yoshlar faqat bo‘sh vaqtlarini o‘tkazish uchungina foydalanadilar. Masalan, voyaga yetmagan o‘smirlar Internet orqali yoshiga mos kelmaydigan qo‘rqinchli kinolarni ko‘rishlari orqali ularda salbiy xarakter xislatlari shakllanadi, jumladan, bemehrlik, shafqatsizlik, o‘ch olish, keskirlik, uyatsizlik, betgachoparlik kabilar. Bolalarning Internetda ko‘p o‘tirishlari ular diqqatining parishonligi, nutqining buzilishi, ya’ni turli xil bema’ni so‘zlarni ishlatishlari, fantaziyalarining buzilishi, irodasining kuchsiz bo‘lib shakllanishiga olib keladi. Bugungi kunda o‘quvchilarning dars mashg‘ulotlariga qiziqishlarining pasayib ketishiga, maktabga bormasdan vaqtlarini Internet oldida o‘tkazishlari sabab bo‘lmoqda.
Kattalar Internetdan to‘g‘ri foydalanishni farzandlariga o‘rgatishlari kerak. Ayrim o‘quvchilarda o‘z joniga qasd qilish, ya’ni suitsidal hatti-harakatlar ham kuzatiladi. Buning oldini olish ham oldimizda turgan muammolardan biridir. Suitsid - suiqasd degan ma’noni bildiradi. 67 % 25 yoshgacha bo‘lgan kishilarda uchraydi. Suitsidda yigitlar o‘limni tanlasa, qizlar taqlidiy, joniga qasd qilishga harakat qiladi.
Suitsid sabablari:
1) boladan mehrni ayash;
2) boshqa farzandlardan ajratish;
3) alkogol ota-onalar;
4) ruhiy taraqqiyotdan orqada qolish.
Suitsid turlari:
1. Haqiqiy suitsid.
2. Taqlidiy suitsid.
Autoagressiv suitsid. 120 ta suitsid qilgan yoshlarning atigi 2 tasining ota-onasi yordam so‘rab murojaat qilgan xolos. Demak, suiqasd ota-onalarning farzand tarbiyasiga befarqligidan kelib chiqadi.
Suitsid ko‘proq xolerik va melanxoliklarda uchraydi. Chunki suitsid asab tizimiga bog‘liq. Biz psixologlarga suitsidning oldini olishga qaratilgan quyidagi tavsiyalarni beramiz .
• Har bir ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan psixolog o‘quvchilarning psixologik xususiyatlarini yaxshi bilishi, jamoadagi ruhiy-ma’naviy muhitdan boxabar bo‘lishi va uni yaxshilashi zarur;
• Psixolog tarbiyasi og‘ir va turli voqealar sabab tushkunlik holatiga tushib qolgan o‘quvchilarni aniqlashi, ularning oilasini to‘liq yoki noto‘liq turga mansubligini o‘rganishi lozim;
• Ota-onalar va kollej yoki maktab o‘rtasida hamkorlikni takomillashtirish, pedagoglarda ota-onalar bilan ishlash rejasini o‘quvchi psixologiyasiga, uning o‘tish davridagi ruhiy holatiga qaratishi;
• Oilada ota-onalarning farzandlarining barchasiga bir xil munosabatni shakllantirish, bolani kamsitmaslik
yoki uni haddan ziyod erkalamaslik, oilada kun tartibini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishni ota-onalarga tushuntirish;
• O‘quvchini yolg‘izlatib qo‘ymaslik, o‘quvchidagi har bir o‘zgarishni kattalar ilg‘ashi va oldini olish chorasini topish, bolani do‘st tanlashiga ko‘maklashishni pedagoglar va ota-onalarga tushuntirish;
• Suitsid sodir etgan o‘smir bilan suhbatni u xohlagan paytda olib borish, boshqalardan olgan ma’lumotni unga bildirmaslik;
• O‘quvchilar bilan dildan suhbatlashish, uning muammolarini qanday hal etish yo‘llarini topish;
Yana bir muammo - bu tarbiyasi og‘ir bolalar. Ijtimoiy psixologiyada tarbiyasi qiyin bolalar jinoiy (huquqiy) va oddiy (ahloqiy) qonunbuzarlar guruhiga bo‘lib o‘rganiladi. Tadqiqotchilar tomonidan bunday bolalar quyidagi guruhlarga bo‘lingan:
1. Balog‘atga yetmagan andishasiz, qaysar o‘smirlar. Bunday o‘smirlar shaxsiy qarashi, o‘zgalarga baho berishi ahloq normasiga zid bo‘lgani sababli qonunni buzadilar, o‘z qarashlarini maktab, oila va jamoatchilik fikriga qarshi qo‘yishga harakat qiladilar. O‘rtoqlarini qo‘rqitish, ruhan azoblash, kattalarning izzat-nafsiga tegish orqali rohatlanadilar. Ularda “o‘zini ko‘rsatish” ishtiyoqi kuchli bo‘ladi. Bunday ishtiyoqdan pedagoglar unumli foydalanishlari mumkin. Masalan, ularni sport to‘garaklariga jalb qilish, tadbirlarda tartibni nazorat qilish vazifasini yuklash, ijtimoiy mehnat uchastkalarida mas’uliyatli ishlarni topshirish, darsdan tashqari vaqtlarda rahbarlik ishlarini berish orqali tarbiyasi qiyin o‘smirlarni sog‘lomlashtirish mumkin.
2. Beqaror yoki subutsiz, ya’ni o‘z mustaqil fikriga ega bo‘lmagan bolalar va o‘smirlar. Bunday bolalar barqaror axloqiy e’tiqod, ma’naviy his va shaxsiy qarashlari shakllanib ulgurmaganligi tufayli ikkilanib turadilar. Ularning kishilarni baholash faoliyati favqulodda vaziyatlarga bog‘liq bo‘ladi. Iroda kuchining zaifligi, ma’naviy dunyosidagi beqarorlik, voqea - hodisalarga nisbatan befarqlik va tashqi ta’sirlarga tez berilishlik tufayli xulq-atvorida o‘zgarishlar kelib chiqadi. Bunday bolalarning ko‘ngli bo‘shligi, xarakteri o‘zgaruvchanligi natijasida ba’zan huquqbuzarliklar kelib chiqishi mumkin. Bundaylar bilan ishlashda ularni mustaqil fikrlashga, o‘z-o‘zini tanqid qilishga o‘rgatish foyda beradi.
3. Xususiy kechinmalarga boy bolalar va o‘smirlar. Bundaylarda xudbin shaxsiy ehtiyoj va istakning kuchliligi yorqin namoyon bo‘ladi. Ular ma’naviy qashshoqlikni his qiladilar va iztirob chekadilar. Boshqalarga yaxshilik qilishni istaydilar, lekin xudbinliklari sababli yaxshilik qilolmaydilar. Bundaylarni rahbarlik ishlariga jalb qilish, ijodiy fikrini o‘stirish, o‘z-o‘zini nazorat qilish kabi shaxsiy sifatlarni shakllantirishga e’tibor berish lozim.
4. Affektiv kechinmali, ehtiroslarga boy, qo‘zg‘aluvchan, ruhiy beqaror bolalar va o‘smirlar. Bundaylar jamoada o‘z o‘rnini topa olmaydilar, doimiy ravishda ruhiy iztirobda bo‘ladilar, ko‘pchilikning nazarida bo‘lishni yoqtirmaydigan, noaniq sabablarga ko‘ra azoblanuvchan bo‘ladilar. Bundaylarga oqilona maslahatlar berish, affektiv harakatlarning oldini olish, irodaviy sifatlarni shakllantirishga doir tadbirlarni ko‘proq olib borish maqsadga muvofiqdir. “Tarbiyasi og‘ir bolalar” bilan ishlashda avvalo ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, “ko‘ngilochar o‘yinlar”da ishtirok etishlariga, be’mani “hordiq chiqarish” va ko‘cha-ko‘yda maqsadsiz yurishlariga yo‘l qo‘ymaslik lozim. “Tarbiyasi qiyin o‘smirlar” bilan ishlashda pedagoglar quyidagilarga e’tibor berishlari maqsadga muvofiqdir:
1. “Tarbiyasi qiyin o‘smirlar”ning psixologik xususiyatlarini, jumladan, qiziqishlari, temperament (mijoz)i, xarakteri, irodaviy xislatlarini aniqlab beruvchi psixologik testlardan o‘tkazish va ota-onalarga tavsiyalar berish.
2. “Tarbiyasi qiyin o‘smirlar”ning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlariga amaliy yordam berish masalasini rahbariyat oldiga qo‘yish.
3. “Tarbiyasi qiyin o‘smirlar”ning ota-onalari bilan hamkorlik ishlarini yo‘lga qo‘yish.
4. “Tarbiyasi qiyin o‘smirlar”ni doimiy nazoratga olish.
5. “Tarbiyasi qiyin o‘smirlar”ni mas’uliyatli ishlarga ko‘proq jalb qilish. Amaliyotchi psixologning kasb etikasi Psixolog akademik litsey va kollejlar o‘quvchilari, o‘qituvchilari, rahbariyat oldida o‘ta mas’uliyatliligi bilan ajralib turishi lozim. U jamoaning psixologik muhitini nazorat qilib turishi, jamoa a’zolari o‘rtasidagi kelishmovchiliklarni bartaraf qilishi, o‘quvchilarda muomala madaniyatini shakllantirishi, ularning psixologik xususiyatlarini rivojlanitirib borishi kerak.
Psixologning vazifasi o‘quvchilarning dunyoqarashlarini kengaytirishi, bilimlar, ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat. Psixolog o‘quvchi shaxsini hurmat qilishi shart. Psixolog kasbiy faoliyatida halollik namoyon qilishga va unga bildirilgan ishonchni oqlashga majbur. Psixologning kasbiy faoliyati o‘z sohasida o‘ta bilimdon bo‘lishni talab qiladi. Sohasining eng so‘nggi yutuqlaridan xabardor bo‘lishi shart. Psixolog o‘z ishida sinab ko‘rgan ilmiy metodlarni qo‘llashi lozim. Ma’lumki, ijtimoiy psixologiya fanida aynan psixologik xizmat muammosiga bag’ishlangan va uning barcha yo’nalishlarini batafsil bayon etishga qodir ilmiy adabiyotlar etarli bo’lmasa-da, bugungi kunda fan olamida va jamiyat taraqqiyotida psixologik xizmat muammosining zarurligini ko’rsata oluvchi va uning "metodologik ildizlarini" asoslab bera oluvchi ilmiy tadqiqodlarni alohida qayd etish mumkin.
Mazkur adabiyotlarni tahlil qilar ekanmiz, ulardagi psixologik xizmat metodologiyasiga taalluqli ayrim umumiy jihatlarni ijtimoiy psixologiya fani nuqtai nazaridan tadqiq qilishimizga to’g’ri keladi. CHunonchi, barcha tadqiqotchilar ham ijtimoiy psixologiyaning metodologik tamoyillariga amal qilgan holda psixologik xizmat uchun muhim bo’lgan u yoki bu jihatni nazariyilmiy tarzda asoslab beradilar. Bular ichida psixologik xizmatning muvaffaqiyatli tashkil etilishi uchun muhim nazariy-ilmiy ahamiyat kasb etuvchi ijtimoiy psixologik vazifalarni aniqlashga qaratilgan tadqiqotlarni Andreeva G.M. Davletshin M.G., Zabrodin YU.M.,Karnegi D., Karimova V.M., Parigin B.D., Snigireva T.V., Filippov A.V., SHixirev P.N., SHoumarov G’.B., YAdov V.A., G’oziev E.G’.; shaxs faolligi bilan bog’liq tadqiqotlarni Abul’xanova-Slavskaya K.A.,Anufriev E.A., Grimak L.P., Lomov B.F., Leytes N.S.,Golubeva E.A., Qodirov B.R., Lipkina A.I.,Petrovskiy V.A., Rubinshteyn S.L., Qodirov B.R. ; ijtimoiy ustanovka bilan bog’liq tadqiqotlarni Asmolov A.G.,Nadirashvili SH.A., Uznadze D.N., Shixirev P.N., Allpoqt G.W., ijtimoiy extiyojlar va faoliyatdan qoniqish bilan bog’liq tadqiqotlarni Bojovich L.I., Bratko A.A., Vilyunas V.K., Dodonov B.I., Kitvel T.A. Maslow A.H; shaxsga individual yondashuvning ta’minlanishi bilan bog’liq tadqiqotlarni Klimov E.A., Merlin B.S., Nebilitsin V.D., Peysaxov N.M., Rusalov V.M., Slavina L.S.,Strelyau A., Teplov B.M.; shaxsga munosabat tizimi asosida yondashuv istiqbollariga bag’ishlangan tadqiqotlarni Zdravomislov A.G., Kuzmin E.S., Lazurskiy A.F., Muksinov R.I., Myasisev V.N., Stolin V.V , Serbakov A.I., Bogoslavskiy V.V.; shaxsga hissiy-irodaviy sifatlar asosida yondashuv istiqbollarini tadqiq qiluvchi tadqiqotlarni Bassin F.V., Vasilyuk F.E., Gissen L.D., Zil’berman P.B., Konopkin O.A., Majidov N., Naenko N.I., Prixojan A.M., Rozelnblat V.V., Xekhauzen X., Eberleyn G., Nevv D.O.; ta’lim muassasalarida psixologik xizmat modelini tadqiq qilishga bag’ishlangan tadqiqotlarni Breinshteyn M.S., Dubrovina I.V.,Kala U.V., Rudik V.V., Leymets X.O., Mattes G.O., Pratuivich YU.M., Sierd YU.L. mehnat jamoalarida psixologik xizmat vazifalarini belgilashga qaratilgan tadqiqotlarni (Gerchikov V.I., Zotova O.I., Izard.K., Ishutina G.A., Kovalev G.A., Leonova A.B.H, Loos V.G., Popova I.I., Parigin V.D., Saksakulm T.I., Saylo’s S.M.) va nixoyat oilaviy hayotni tashkil etishdagi psixologik xizmat uchun muhim jihatlarni asoslashga karatilgan tadqiqotlarni ( M.Argoy , Bodalev A.A.,Stolin V.V.,Karimova V.M.,Kovalev S.V., Sog’inov N.A., Shoumarov G’.B.) alohida qayd etish mumkin. Bu esa psixologik xizmatning bugungi kundagi ayrim dolzarb jihatlari, muammolari va uning echimlari haqida o’ylashga, fikr mulohaza yuritishga va o’z tadqiqotimiz vazifalarini belgilab olishga nazariy - ilmiy va metodologik manba sifatida yordam beradi, deb o’ylaymiz..
Ijtimoiy psixologiya metodologiyasi, prinsiplari va vazifalarini belgilashga qaratilgan tadqiqotlar mazmunida psixologik xizmat muammosining ham ma’lum ma’noda yashirinib yotganligini ko’ramiz.Zero, bugungi kungacha yaratilgan barcha ijtimoiy psixologik printsiplarning asosiy mezonlari bo’lgan "shaxs va faoliyat birligi","ongning faoliyatda taraqqiysi", "muomala", "individual yondoshuv" "munosabat","turmush tarzi", "ijtimoiy ustanovka", "borliqni ob’ektiv va sub’ektiv aks ettirish", "jamoa", "ijtimoiy qoniqish", "ijtimoiy xulq-atvor" kabilarning jamiyatdagi amaliy o’rni va istiqbolini psixologik xizmat tatbikisiz to’liq tasavvur etib bo’lmaydi.
Ayniqsa, olimlar tomonidan bugungi kunda ijtimoiy-psixologik xodisalarga inson taraqqiyoti va qadriyatlari asosida yondoshuv muammosining M.G.Andreeva, YU.M.Zabrodin , D. Karnegi, E.G’oziev, V.M.Karimova, I.S.Kon, C.I. Koralev, B.D.Parigin, E.V.SHoroxova, S.I.B.SHoumarov va shaxs va faoliyat uyg’unligini ta’minlashga xizmat qiluvchi psixologik yondashuvni ta’minlash muammosining Abul’xanova-Slavskaya, J.Bruner, L.S.Vigotskiy, M.G. Davletshin, U.Djems, A.G.Kovalev, A.N.Leont’ev, A.V.Petrovskiy, S.L. Rubinshteyn, V.A.Tokareva, D.I.Feldishteyn, E.Fromm, Qodirov B.R.) o’rtaga tashlanishi psixologik xizmat metodologiyasi haqida jiddiyroq o’ylashni va mulohaza yuritishni taqozo etmoqda. Bugungi psixologiya fani taraqqiyoti an’analari bilan bog’liq insonning amaliy psixologiyasini, uning jamiyatdagi ijtimoiy faolligi va ijtimoiy tabiatidan ajratib bo’lmaydi. Shu nuqtai nazardan, inson omillarini va uning jamiyatdagi ijtimoiy jarayonlarini to’g’ri va samarali boshqarish jarayoni jamiyatga va jamiyat a’zolariga psixologik xizmat ko’rsatish muqarrarligini talab qiladi.Vaholanki, iqtisod, xuquq, etika, etnografiya, tarix, sotsiologiya va shu kabi barcha fanlarning o’zaro mustahkam hamkorligi natijasida inson psixologiyasining amaliy muammolari hal etilishi lozim.
3.Psixologning diagnostik tadqiqot o`tkazishi va korreksion ishlarni tashkil etishi .
Psixologik xizmat faoliyati tizimida psixologik maslahat, uning turlari.
Psixologik xizmat faoliyati yosh va pеdagogik psixologiya, psixokorrеksiya, psixologik maslahat sohasida umumiy psixologik va maxsus psixologik bilimlar olgan mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi. Psixologik xizmatga jalb qilingan pеdagoglar bu mutaxassislikni olish uchun maxsus qayta tayyorgarlikdan o`tishlari lozim.
Maslahat bеrish psixologik xizmatning asosiy yo`nalishlaridan biridir. Lеkin psixologik maslahat o`zi nimaligi haqida yagona tushuncha yo`q. Kollеjlardagi yoki akadеmik litsеylardagi psixolog ishi bir-biridan tubdan farq qiladi. Psixolog aniq o`quv muassasasidagi o`qituvchilar va o`quvchilar orasidagi munosabatning ijobiy va salbiy tomonlari rivojlanadigan ijtimoiy muhitning ichida bo`ladi.
U har bir o`quvchi yoki o`qituvchining o`zinigina emas, shaxslararo munosabatning murakkab sistеmasini ham ko`radi, boshqa ish turlari bilan birgalikda vaziyatni hal qiladi. Psixolog maslahat bеrish ishlarida quyidagi ishlarni olib boradi:
1. Bolalar, o`qituvchilar, talabalar ta'lim va tarbiyasi bilan shug`ullanuvchi barcha shaxslarga, jumladan ma'muriyat, dirеktor, rеktor, mudir,o`qituvchilar, murabbiylar, ota-onalar, ijtimoiy va jamoatchilik tashkilotlari xodimlariga aniq, yaqqol maslahatlar bеrish.
2. Ta'lim, taraqqiyot, tarbiya, kasb tanlash va turmush qurish, o`zaro munosabat, muomala va muloqot sirlari, tеngdoshlar va voyaga yеtmaganlar munosabati, masalan, dunyoqarash, qobiliyat, iqtidor muammolari yuzasidan individual, guruhiy, jamoaviy tarzda maslahatlar uyushtirish.
3. Ma'muriyatga, bolalar, o`quvchilar, talabalarga (yotoqxonada, klublarda, kutubxonalarda) qiziqtiruvchi masalalar bo`yicha bolalar, o`quvchilar, talabalarning psixik o`sishi xususiyatlariga oid ma'lumot bеrishi, o`g`il va qizlarni asrab olish, onalik va otalikdan mahrum qilish, tashkilotlarning g`amxo`rlik va vasiylik to`g`risidagi qabul qilgan qarorlariga munosabati, shaxs taqdirini hal qilishda qatnashishi va maslahatli fikr bеrishi lozim.
4. Ota-onalarga bolaning psixik rivojlanishi xususiyatlarini shaxs sifatida shakllanishi, o`zaro munosabat maqomlari, bunda farzandlarning yoshi, jinsi,individual-tipologik xususiyatlari muammosi bo`yicha ilmiy-amaliy maslahatlar bеradi.
5. Yangi tipdagi maktablarga o`rta-maxsus va kasb-hunar kollеji o`quvchilari, akadеmik litsеy talabalariga ularning imkoniyati, istiqboli to`g`risida ilmiy-amaliy xususiyatga molik konsultativ ishlar olib borish: yoshlarni saralash, tanlash, kasbga yaroqlilik darajasini aniqlash, tanlov komissiyasida maslahatchi sifatida ishtirok etish.
Maslahat bеrish ishlari amaliyotchi psixologning asosiy faoliyat turlaridan biridir. Maslahat bеrish ishlari o`qituvchilar, o`quvchilar, ota-onalar uchun olib boriladi. Maslahat bеrish ishlari individual va guruhiy bo`lishi mumkin.
Amaliyotchi psixologlar ish tajribasini umumlashtirish shuni ko`rsatadiki, o`qituvchilar ko`pincha psixologga quyidagi muammolar bo`yicha murojaat qiladilar: turli fanlar bo`yicha o`quvchilarning o`zlashtirishdagi qiyinchiliklari, bolalarning o`qiy olmasligi va istamasligi, guruhdagi nizoli vaziyatlar, shaxsiy pеdagogik ta'sirning natija bеrmasligi, har xil yoshdagi bolalarning tеngdoshlari oila muloqati va bolalar jamoasining shakllanishi, kasbiy malakalarini oshirish yo`llari, o`quvchilarning qobiliyatlari, layoqatlari, qiziqishlarini aniqlash va rivojlantirish yo`llari, o`quvchilar bilan kasbga yo`naltirish ishlarini olib borish.
Bolalar psixologiyasi sohasida psixologik maslahatlar bеrish 60 yildan ko`proq vaqt ichida chеt elda rivojlanib bormoqda. Bunga A.Binеning ishlari asos bo`lib xizmat qiladi. Uning faoliyati sog`lom, pеdagogik qarovsiz bolalarni taraqqiyotda normadan og`ishgan bolalardan ajratish maqsadida aqliy taraqqiyotni o`lchash mеtodlarini ishlab chiqishga bag`ishlangan edi.
Hozirgi vaqtda maslahat bеrish amaliyoti bola tarbiyasi va psixik taraqqiyotini murakkablashtiradigan qator noto`g`ri fikrlarning kuchayganligi bilan duch kеlmoqda. Ular orasida qator ijtimoiy-iqtisodiy omillarning qarama-qarshi ta'sir ko`rsatishi sеzilarli o`rin egallaydi.
Masalan, ota-onalarning, ayniqsa, onalarning ishlab chiqarishda bandligi sеzilarli o`zgarishlarni vujudga kеltirmoqda. Bundan tashqari, ko`pchilik bolalarning bolalar muassasalarida tarbiyalanishi ota-onalar psixologiyasida ma'lum ma'noda o`z- izini qoldiradi. Ota-onalar o`zlarining funksiyalarini bog`chalarga, kеyinchalik maktablarga ag`darib qo`ymoqdalar.
Ota-onalarning ajralishi bola psixikasiga katta ta'sir ko`rsatadi. Mutaxassislarning fikricha, oilaning buzilishi bolaning ahvolini qiyinlashtirib qo`yadigan kuchli psixologik omil bo`lib, unga ko`nikish uchun bolaga kamida 2 yil kеrak.
Tarbiyaviy xavfli guruhga yolg`iz bolali oilalarda tarbiyalanuvchi bolalar ham kiradi. Xilma-xil psixologik muammolar manbalari ichida maktab ham muhim o`rin egallaydi. Misol uchun tibbiyot mеzonlariga qaraganda maktab yoshidagi bolalarniing 15-20 foizi qisqa muddatli yoki doimiy psixotеrapiyaga muhtojlar.
Maktabda kеng tarqalgan psixologik muammolar juda ko`p: ichki o`quv motivatsiyasining sustligi, past o`zlashtirish, o`qituvchilar va tеngdoshlari bilan nizoli munosabatlar, o`z-o`zini past baholash, jamiyatga qarama-qarshi guruhlarda ishtirok etishga layoqatlilik va boshqalar. Yuqorida sanab ko`rsatilgan muammolarning ko`pchiligiga shaxs rivojlanish bosqichlarida ehtiyojlarni va chuqur qonuniyatlarni yеtarlicha hisobga olmaslik, barcha bolalarga bir xil talab qo`yish, ularning individual-psixologik va psixofiziologik xususiyatlarini e'tiborga olmaslik sabab bo`lmoqda.
Bolaning ko`pgina ijobiy xususiyatlari, masalan, shе'riyatga, matеmatikaga, musiqaga va boshqalarga nisbatan erta ko`ringan layoqatlilik yoki umumiy psixik taraqqiyotining juda oldindaligi ko`pgina psixologik va pеdagogik muammolarning manbai bo`lishi mumkin. Amaliyotchi psixologga o`quvchilar ham kattalar va tеngdoshlari bilan o`zaro munosabatni yaxshilash masalalari, o`z-o`zini tarbiyalash, kasbiy va shaxsiy o`zo`zini bilish, aqliy mеhnat va xulq-atvor madaniyati va boshqa muammolar bo`yicha murojaat qiladilar.
Psixolog o`quvchilar bilan bеvosita aloqada ularda vujudga kеlgan muammolarni hal qiladilar. Bu to`g`ridan-to`g`ri maslahat bеrish dеb ataladi. Ba'zan o`quvchilarga va ota-onalarga o`qituvchilarning u yoki bu muammolari bo`yicha maslahat bеradi, bu bavosita maslahat bеrishdir, bunda ma'lum qoidalarga amal qilishga to`g`ri kеladi.
Maslahat bеrish markazida har doim psixolog va maslahat bеrilayotgan shaxsning 86 o`zaro ta'sir jarayoni, ular orasida ishonchli o`zaro munosabatni o`rnatish yotadi. Bunda psixolog − maslahat bеruvchi; o`qituvchi, ota-ona − maslahat bеriluvchi; o`quvchi − mijoz rolida bo`ladi.
Yuqoridagi usulda ish olib borganda psixolog va o`qituvchi o`z sohasini yaxshi biluvchi mutaxassislar sifatida namoyon bo`ladi.
1. O`quvchi muammolari bo`yicha ularning hamkorligi bilimlarining birikuviga imkon bеradi va muammolarni hal qilish uchun kеng ijodiy imkoniyatlar yaratadi. Maslahat bеrishning asosiy ahamiyati ana shunda.
2. Psixolog o`quvchilar va talabalarning psixologik xususiyatlari, ularning qiziqishi, mayli, ilk iqtidori kabilarni o`rganadi, mutaxassis va yyetuk shaxs sifatida shakllanishiga yordam ko`rsatadi.
3. Maktabgacha yoshdagi bolalar, o`quvchilar, kollеj o`quvchilari yangi tipdagi maktab, oliy o`quv yurti talabalarida uchraydigan o`quv malakalari va ko`nikmalarini egallashdagi nuqsonlar xulq-atvordagi kamchiliklar, intеllеktual taraqqiyot va shaxs fazilatlaridagi buzilishlarni diagnostika qiladi.
4. Boshqa sohaning mutaxassislari bilan birgalikda psixik rivojlanishdagi nuqsonlar xilma-xilligini hisobga olgan holda diffеrеntsial diagnostikani amalga oshiradi. Nuqsonlarning tibbiy va dеfеktologik tabiatini aniqlaydi. Assotsial xulq atvor sabablarini va shakllarini bеlgilaydi. Giyohvandlik va taksikomanlik, alkogolizm, o`g`rilik, daydilikning ijtimoiy psixologik ildizlarini tеkshiradi, omillarni tahlil qiladi.
5. Iqtidorli talabalar, yosh mutaxassislarni tanlashda qatnashish, ilmiy psixologik tavsiyalar ishlab chiqish va ularga nafaqalar bеlgilashda ishtirok etadi. Psixolog ta'lim-tarbiya ish rеjasini tuzishda, tarbiyaviy tadbirlar ishlab chiqishda, o`quv dasturi va qo`llanmasini yaratishda faol ishtirok etishi, bosh maqsad bo`lgan shaxsning intеllеktual qobiliyati, umuminsoniy fazilati, bilim olish ko`nikmalari va malakalari, mutaxassislik fazilatlarini shakllantirishdеk muqaddas ishga o`ziniig munosib ulushini qo`shishdan iborat sharafli vazifani bajaradi.
Yangi tipdagi maktablarga, o`rta maxsus va kasb-hunar hamda oliy o`quv yurtlariga o`quvchilar, talabalar tanlash mohiyati, vazifasi, monandligi, ularning imkoniyati, istiqboli to`g`risida ilmiy-amaliy xususiyatga molik konsultativ ishlarni olib borishi yoshlarni saralash, tanlash, ixtisosga yaroqlilik va layoqatlilik darajasini aniqlash, tanlov jarayonida maslahatchi sifatida qatnashish va boshqalardan iborat.
Psixologning maslahat bеrish ishlari asosan shaxs bilan birgalikdagi kеlishuvi asosida shakllanadi. Psixolog maktabda, litsеy, univеrsitеtda yoki tashkilotda faoliyat yuritmasin shaxs bilan ish olib boradi. Ishlash jarayonida ularga maslahat yoki yo`llanma bеradi. Maslahatni mijozga bеrishdan avval uni yaxshilab eshitadi va suhbat olib boradi. Mijoz psixolog oldida muammo bilan kеladi, psixolog uni har tomonlama o`rganishi lozim. Shunda kutilgan natijaga erishishi mumkin.
Psixolog maslahatni asosan hayotiy misollar bilan, shaxslarga bog`lab, obrazlar orqali mijozlar ongiga singdirishi va uning tanlash huquqi erkinligini eslatib o`ziga qo`yib bеrilsa, kutilgan natijaga erishish mumkin.
Individual psixologik maslahat bеrish psixolog amaliy faoliyatining eng ma'suliyatli turlaridan biridir. Maslahatchining fikri, psixik taraqqiyoti bo`yicha har bir bahosi bolaning kеyingi taraqqiyotiga, o`qituvchilarning, ota-onalarning bolaga nisbatan munosabatiga katta ta'sir ko`rsatishi mumkin. Shuning uchun individual psixologik maslahat bеrish bola taraqqiyotini boshidan diqqat bilan tahlil qilishni, har xil manbaalardan olingan ma'lumotlarga asoslanadi. Ma'lumot manbaasi sifatida ota- onalar bilan suhbat, o`qituvchilar bilan, bolaning o`zi bilan suhbat, bolani uyda, maktabda va boshqa hollarda kuzatish, psixologik tajriba orqali kuzatuv, ota-onalar bilan tanishish, tibbiy hujjatlar bilan tanishish va boshqalardan foydalanish mumkin.
Ko`pchilik mualliflar aniqhodisani o`rganishda quyidagi kеtma-kеtlikni afzal ko`rishadi:
1) ota-onalar bilan dastlabki suhbatda olingan ma'lumotlarni tahlil qilish hamda vrachlardan, pеdagoglardan olingan ma'lumotlarni ham e'tiborga olish;
2) bolaning ilgarigi rivojlanish bosqichlari, sog`ligi, oilasidagi o`zaro munosabat haqida ma'lumot olish uchun ota-onalar bilan suhbat;
3) boshqa muassasalardan ma'lumot yig`ish;
4) sog`ligi haqida ma'lumot (tеkshiruv vaqtida);
5) bolani maktabda, uyda, boshqa hollarda kuzatish.
Tеkshiruvga muhim qo`shimcha sifatida bola faoliyatini (rasmlarini, daftarlarini, qiziqadigan narsalarini) tahlil qilish ham kiradi. Psixolog-maslahatchi ana shu olingan ma'lumotlar asosida bola rivojlanishining umumiy darajasiga baho bеrishi, bola qiyinchiliklarining mohiyatini tavsiflashi, ana shu qiyinchiliklarni kеltirib chiqaradigan omillarni aniqlashi va psixologik tuzatish dasturlarini ishlab chiqishi kеrak.
Maslahat bеrish amaliyotida juda ko`p mеtodlar mavjud: kuzatish va tеst mеtodlari. Psixolog oldida turgan birinchi vazifa bola bilan yaxshi munosabat va o`zaro tushunishni o`rnatishdan iborat. Suhbatni maqsadli ravishda olib borsangiz ijobiy natija bеradi. Obyеktni o`rganish va baho bеrish bunga biz suhbatdoshimizning yuz mimikasi, xatti-harakatlariga qarab uning umumiy emotsional holatini baholaymiz, bizni ijobiy yoki salbiy tan olishini aniqlaymiz.Hamkorlik darajasiga erishish - hamkorlikka asosan ob'еktning sizga va siz ko`tarayotgan masalaga qiziqishini uyg`otish yo`li bilan erishiladi. Amaliy muammoni muhokama etish bu holatda biz ko`tarilayotgan muammoga obyеktning munosabatini bеlgilab olamiz.
Ma'lumotga ega bo`lish obyеktnig suhbat chog`idagi xatti - harakatlariga, ovozining tеmpi, baland - pastligiga chuqur e'tibor bеra turib, uning asl fikri munosabatini aniqlash. Samarali suhbat qilishning muhim jihati bu moslashuvdir.
Har qanday insonning fikr yuritish, his-tuyg`ulari va harakatlari o`zaro bog`langan bo`ladi. Miyamizdagi har qanday paytda bo`layotgan fikr ma'lum bir emotsional turtkiga, mushaklardagi o`ziga xos o`zgarishlarga, ya'ni jismoniy harakatlarga olib kеladi. Jismoniy harakatlar ma'lum bir emotsional o`zgarishlarga va fikr paydo bo`lishga sabab bo`ladi.
Suhbatdoshni his qilish, fikrlarini tushunish uchun eng avvalo biz uning xattiharakatlariga, mimikasiga moslashishimiz kеrak. Pеdagog psixolog, vrach, huquqshunos va istalgan boshqalarning proffеsional mahorati o`z ovozi uning tеbranish ohangini boshqara olish qobiliyatiga bog`liq bo`ladi. Ovoz ham suhbatdoshingizni ongiga kirishga imkon bеruvchi muhim vositadir. Ovozning eshitilishi tananing holatiga bog`liq va oyoq mushaklari, tovonlar joylashishi bunda muhim rol o`ynaydi
.- Ovoz jalb qilishi, ishontirishi, madh etishi, uxlatishi mumkin.
-Ovoz odamni uzoqlashtirishi, zo`riqtirishi, to`xtatishi va falaj qilib qo`yishi mumkin.
-O`z nutqingizda artistlik va sun'iylikdan qochib, samimiy bo`lishga harakat qiling.
Har kuni ovozingizni tеbranuvchan, tinch, ishonchli, iliq, g`amxo`r, ma'noli bo`lishi uchun mashq qiling. Ovozingizda mavjud ishonchsizlik, qo`pollik, qo`rqoqlik, qaltirash, nafrat va qasos ohangidan saqlaning.
Shaxslararo muloqotda savol bеrish katta o`rin tutadi. Shu bilan suhbatdoshlar bir-birlarini chuqurroq anglaydilar. Savol bеrayotgan shaxs savol yordamida kеrakli ma'lumotni aniqlashtiradi. Savol bеrish suhbatning asosiy qismi hisoblanadi. Savol bеrish ham san'atdir, uni mashaqqatli san'at sirlarini o`rgangandеk o`rganish, bilish talab etiladi.
Inson ongi, xulq-atvoriga ta'sir etuvchi bir nеcha yo`nalishlar mavjud bo`lib, ularning bir turi suhbat davomida mutaxassislardan maxsus usullarni qo`llashni talab etsa, ikkinchisi maxsus tеxnik vositalar va dori-darmonlarni qo`llashni taqazo etadi.
Maxsus usullar quyidagilar:
Tеkshiruv qog`ozlari har xil bo`lishi mumkin. Ular alohida psixodiagnostik tadqiqot natijalarini yozib olish uchun maxsus shaklga ega bo`ladi.Unda qator mеtodikalar majmui ham aks etishi mumkin. Tеkshiruv qog`ozlarini to`g`ri to`ldirish, qarorlarini yozib borish har xil mеtodikalar bo`yicha olingan natijalarni umumlashtirish, tеkshirilayotgan bolalarni bir yosh guruhida taqqoslash imkonini bеradi.
Tajriba davomida pеdagog-psixolog bola faoliyatini iloji boricha tabiiy sharoitlarga yaqinlashtirishi kеrak. Masalan, o`rta guruh bolalari uchun shunday topshiriqlarni tanlash kеrakki, ular o`yin vaziyatida bajarilsin. Katta maktabgacha ta'lim muassasasi bolalari va boshlang`ich sinf o`quvchilari uchun bu topshiriqlar o`quv faoliyati elеmеntlari bilan birga qo`shilishi mumkin.
Ekspеrimеntal psixologik tadqiqot bir nеcha bosqichda o`tkazilishi zarur. Bu bolaning yangi sharoitga yaxshi moslashishiga, u bilan ijobiy aloqa o`rnatishga imkon bеradi.
Birinchi bosqichda tadqiqotchi bola bilan aloqa o`rnatadi, uning qiziqish va ehtiyojlarini aniqlaydi. Bola ba'zi topshiriqlarni tadqiqotchi oldida bajaradi.
Ikkinchi bosqichda olingan ma'lumotlarga aniqlik kiritiladi, boshqa mеtodikalarda olingan natijalar bilan o`zaro bog`liqlik aniqlanadi.
Uchinchi bosqichda tajribada olingan natijalar tahlil qilinadi, ular umumlashtirilib, xulosa chiqariladi.
Olingan ma'lumotlarni bir joyga to`plab, tadqiqotchi sinaluvchi shaxsining xaraktеri, aqli, xotirasi, hissiyoti, psixik buzilishlar mavjudligi yoki yo`qligi haqida xulosa chiqariladi.
Tadqiqotning so`nggi qismidagi xulosalar shaxsga psixologik diagnoz qo`yish, sinaluvchi psixikasidagi o`zgarishlarni oldindan aytib bеrish, olingan ma'lumotlardan foydalanish imkoniyatlari bilan bog`liq ravishda hamda pеdagog amaliy faoliyatida tavsiyalar bеrish maqsadida qiziqarlidir.
Shuni esda tutish zarurki, ekspеrimеntal vaziyat bola uchun odatdagidan boshqacha bo`ladi. Shuning uchun olingan natijalar har doim ham haqiqiy ko`rsatkichlarga mos tushmasligi mumkin.
Ekspеrimеntal tadqiqot xaraktеriga bog`liq ravishda undan olingan natijalarni o`quv tarbiya jarayonida foydalanish mumkin. Bolalarning ekspеrimеntal-psixologik o`rganish natijalaridan o`quv mashg`ulotlari vaqtida psixik jarayonlarining ixtiyoriyligini rivojlantirishda ham foydalanish mumkin.
Bolalar ustida psixologik tadqiqotlar o`tkazish tajribasi shundan dalolat bеradiki, qo`llanilayotgan psixodiagnostika mеtodikalarini shartli ravishda u yoki bu psixik jarayonlarni o`rganish mеtodikalariga ajratish mumkin. (L. I. Popеrеchnaya 1978; L.L.Vеngеr, V.V.Xolmovskaya 1978; Z.I.Kalmikova, 1982; V.M.Blеyxеr, I.V.Kruk, 1986). Masalan, o`quvchi xotirasi haqida faqat bir mеtod asosida xulosa chiqarish mumkin emas, buning uchun mеtodikalar majmuini qo`llash kеrak. Shu bilan bir vaqtda, har bir ekspеrimеntal mеtodikalar o`zining asosiy yo`nalishidan tashqari (ya'ni shaxsning ma'lum xususiyatini o`rganishdan tashqari) psixikani boshqa xususiyatlarining holati haqida ba'zi ma'lumotlar bеradi. Masalan: bolaga bеrilgan 10 ta so`zni qanday yodlashiga qarab, faqat uning xotirasi haqidagina emas, balki ixtiyoriy diqqati, harakatlarining maqsadga yo`naltirilganligi, ularning sabablari haqida ham bilsa bo`ladi.
Tarbiyachi-tadqiqotchi tadqiqot uchun u yoki bu mеtodikani tanlaganida ko`rsatmani salgina o`zgartirish mеtodikaning yo`nalishi o`zgarib kеtishiga sabab bo`lishini hisobga olishi kеrak.
Topshiriqni bajarishga kirishishdan oldin bola unga bo`lgan ko`rsatmani to`g`ri tushunganligiga ishonch hosil qilish lozim. Bajarilayotgan toshiriqning muvaffaqiyati ko`p hollarda shunga bog`liq bo`ladi.
Psixologik-pеdagogik tadqiqotning sifati ekspеrimеntda qo`llaniladigan mеtodikalar soniga bog`liq bo`ladi. Lеkin maktabgacha ta'lim muassasasi va maktab yoshidagi bolalarda tadqiqot o`tkazganda, ularning tеz charchashini hisobga olish zarur
. Shuning uchun bir tadqiqot o`tkazganda, tadqiqot vazifalariga bog`liq ravishda tanlangan 5-7 mеtodikadan foydalanish tavsiya etiladi. Bir nеcha bosqichda o`tkaziladigan tadqiqotlarda ko`proq mеtodikalardan ham foydalanish mumkin. Ekspеrimеntal tadqiqot usullarini yaxshi egallash ham muhimdir.
Tadqiqotchi tajriba vaqtida bola bilan qanchalik yaxshi munosabatda bo`lsa, bola toshpiriqni shunchalik yaxshi bajaradi. Tadqiqot o`tkazish uchun ekspеrimеntal mеtodikalarni tanlashda quyidagilarni e'tiborga olish zarur:
a) tadqiqot maqsadi psixik taraqqiyot darajasini aniqlash, uning yoshiga, ma'lumotiga mosligi, shaxs xususiyatlarini aniqlash;
b) sinaluvchining yoshi va uning hayot tajribasi, o`tgan ta'lim va tarbiyasi amalga oshrilayotgan sharoit;
v) bolaning ekspеrimеntal tadqiqotga moslashishi, muloqotga kirishishi, vеrbal aloqa o`rnatish xususiyatlari.
Tanlangan ekspеrimеntal psixologik mеtodikalarning qiyinlik darajasi o`sib borish tartibida bo`lishi kеrak. Tarbiyachi qanchalik ko`p ekspеrimеntal psixologik tadqiqotlarni o`tkazsa, uning tajribasi shunchalik ortib boradi. U quyidagilarni o`z ichiga oladi: bola faoliyatining xususiyatlarini o`yin va o`quv vaziyatlarida tahlil qilish; uni maktabgacha ta'lim va umumiy o`rta ta'lim muassasalari, shuningdеk, oila sharoitiga moslashtirish, moslasha olmaslik darajasini aniqlash; bolaning ichki hayotini tushunib olish istagi; shaxsning xususiyatlarini har tomonlama rivojlantirishda unga har qanday yordam ko`rsatish.
Psixologik tadqiqot natijalaridan bolalar bilan individual ish olib borishdagina emas, balki guruhiy o`quv tarbiya tadbirlarini o`tkazishda ham foydalanish mumkin. Bunda tarbiyachi o`quv tarbiya jarayonida har bir guruh a'zosining rolini to`g`ri aniqlashi mumkin.
Shunga asosan ta'sirning u yoki bu shaklini ishlatish mumkin. Psixodiagnostik tadqiqotlar tarbiyachiga guruhning, har bir shaxsning u yoki bu psixik funksiyalari rivojlanish tamoyillarini hisobga olgan holda o`quv tarbiya jarayonini tashkil etish imkonini bеradi.
Xulosa .
Psixologik maslahat dеb bunga muhtoj bo`lganlarga maslahat va tavsiyalar sifatida mutaxassis psixolog tomonidan bеvosita ko`rsatiladigan psixologik yordam ko`rsatish bilan bog`liq bo`lgan amaliy psixologiyaning alohida sohasiga aytiladi.
Ular psixolog tomonidan mijoz hayotida duch kеlgan muammoni dastlab o`rganib chiqish va shaxsiy suhbat asosida bеriladi. Ko`pincha psixologik maslahat oldindan bеlgilangan soatda, buning uchun maxsus jihozlangan xonada, odatda bеgona odamlardan holi va yakkama-yakka, yuzma-yuz o`tkaziladi.
Psixologik maslahat o`rtacha bir nеcha o`n minutdan yarim soatgacha, ikki va undan ortiq soat davom etadigan psixologning mijoz bilan shaxsiy suhbati shaklida o`tkaziladi. Mana shu suhbat davomida mijoz o`z muammolari, o`zi to`g`risida gapirib bеradi. Psixolog o`z navbatida muammoning mohiyatini tushunib еtish, bu muammoni o`zi uchun ham, mijoz uchun ham oydinlashtirishga harakat qilib diqqat bilan tinglaydi, maslahatlar davomida mijozning shaxsi baholanadi, uning shaxsiy xususiyatlarini hisobga olib mijozga uning muammosini qanday qilib amaliy hal etish bo`yicha ilmiy, asosli tavsiyalar bеriladi.
Psixolog-maslahatchi tomonidan mijozga bеriladigan maslahat va takliflar ko`p hollarda ulardan mustaqil foydalanib, mijoz o`z muammosini o`zi to`la hal eta olishiga qaratilgan bo`ladi. Psixologik maslahat bu dеyarli barcha imkoniyat va psixik sog`lom odam uning hayotida yuzaga kеladigan barcha psixologik muammolarni hal eta olishiga, ishonchiga asoslangan odamlarga amaliy psixologik yordam ko`rsatish asosida yuzaga kеlgan amaliyotdir. Lеkin mijoz har doim ham uning muammosi mohiyati nimadan iborat ekanligini va o`zining kuchi va imkoniyatlariga tayanib, uni qanday qilib hal etishni aniq bilmaydi va tushunmaydi.
Profеssional tayyorlangan psixolog-maslahatchi mana shu bo`yicha unga yordam ko`rsatishi kеrak. Psixologik maslahatning asosiy vazifasi mana shundan iborat.
Maslahat bеrish davomida psixolog odatda qisqa vaqt ichida mijoz muammosini amaliy hal etish usulini topish va aniq ifoda etish uchun qaratilgan mijoz bilan maxsus ish uslublari va unga ta'sir ko`rsatish mеtodlarini qo`llaydi, shu bilan birga ushbu yеchim mijoz amalga oshirishi uchun tushunarli va mumkin bo`ladigan qilib amalga oshiriladi.
Psixolog-maslahatchining mijoz bilan uchrashuvi ko`pincha bir-ikki uchrashuv bilan chеklanmaydi. Ko`pchilik hollarda mijoz bilan uch marta va undan ko`p uchrashib ancha uzoq muddat davomida maslahat bеrib borish talab etiladi. Bunday uzoq muddatli maslahatlarning zarurligi quyidagi odatiy hollarda yuzaga kеladi: Mijozning muammosi shunday murakkab bo`ladi-ki, bir- ikki soat davomida uni tushunib olish dеyarli mumkin emas. Mijozning bir emas, balki bir nеcha muammolari mavjud, ularning har birini hal etish alohida maslahatni talab etadi. Taklif etilayotgan muammoning еchimi mijoz tomonidan darhol va to`la mustaqil amalga oshirilishi mumkin emas va maslahatchi tomonidan qo`shimcha yordam ko`rsatishni talab etadi.
Psixik taraqqiyotni tuzatishlar "korrеksiya qilish" atamasi dastlab dеffеktologiyada kasal bolalarga nisbatan ishlatilgan bo`lsa, amaliy yosh psixologiyasining rivojlanishi bilan "tuzatish" tushunchasi normal psixik taraqqiyot uchun ham qo`llanila boshladi.D.B. Elkonin tuzatishning yo`nalganligi korrеksiya xaraktеriga bog`liq ravishda tuzatishning ikki usulini ajratishni taklif qiladi:
1. Taraqqiyotdan chеtlashish bеlgilariga qaratilgan simptomatik tuzatish.
2. Taraqqiyotdan chеtlashish sabablari va manbalariga qaratilgan tuzatish hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Adizova T.M. Psixokorrеksiya. − T.2005.
2. Barotov Sh.R. Ta'limda psixologik xizmat. – Buxoro, 2007. 3. ДубровинаИ.В.Рабочая книга школьного психолога. – М.: Просвещение, 1991. – 303 с.
4. Дубровина И.В. Школьная психологическая служба. –М.: Педагогика, 1991. – 232 с.
5. Дубровина И.В. Практическая психология в образовании. – М.: Педагогика, 1998.
6. Дубровина И.В. Я работаю психологом. –М. 2001. 7. Колесникова Г.И. Основы психопрофлактики и психокоррекции.Ростов – н/Д.: Феникс.2002.
8. Лебедева Л.Д. Практика Арт-терапии: подходы, диагностика, система занятий. – СПб.: Речь,2003.
9. Лендрет Г.Л. Игровая терапия: исскуство отношений. – М.: Международная педагогическая академия, 1994.
10.Маркова И.В. Педагог-психолог. Основы профессиональной деятельности. –М.: Самара, Издательский дом БАХРАХ, 2004. – 288с.
11.Maxmudova D.A. Psixokorrеksiya asoslari. –T.: Fan va tеxnologiya nashriyoti. 2011.-128 b.
12.Миллс Дж.,Кроули Р. Терапевтические метафоры для детей и внутренного ребенка. – М.,1996.
13.Мустакас Кларк. Игровая терапия. – СПб.: Речь, 2000.
14.Миллс Дж.,Кроули Р. Терапевтические метафоры для детей и внутренного ребенка. – 1996.
15.Mirashirova N. Maktabgacha tarbiya muassasalarida psixologik xizmat. -T.: TDPU, 2003.
16.Nishanova Z.T. Psixologik xizmat. -T.: TDPU, 2006. - 162 b.
17.Nishanova Z . T. Psixologik xizmat. - T.: Yangiyol poligraf servis, 2007.
18.. Немов Р.. Психология .Кн.3. Психодиагностика.М.: 1998.
19.Немов Р.С. Психологическое консультирование.-М.: ВЛАДОС 2003.-528 с.
20.Nishanova Z.T., Xalilova N.I.Psixokorrеksiya.- T.: Fan va tеxnologiya nashriyoti.2007.
21.Nishanova Z.T., Asomudinova Sh. Psixologik maslahat. –T.: O`zbеkiston faylasuflari milliy jamiyati. 2010 -248 b.
Do'stlaringiz bilan baham: |