Psixika va uning evolyutsiyasi
Asosiy savollar.
1.
Psixika materiya evolyutsiyasi natijasi ekanligi.
2. Seskanuvchanlik psixikaning sodda shakli ekanligi va uning paydo bo’lishi.
3. Ong va uning taraqqiyoti
4. Hayvonlarning individual va intellektual xatti-harakatlari.
5. Ko’nikma va malakalar.
6
. Ko’nikma va malakalarning.
O’QUV MAQSADI:
Umumiy psixologiya nazariyasi va tarixi fanining tarixini tushuntirib beradi. Umumiy
psixologiya fani xakida tushuncha, Psixika materiya evolyutsiyasi natijasi ekanligi,
Seskanuvchanlik psixikaning sodda shakli ekanligi va uning paydo bo’lishi, Psixikaning
taraqqiyot bosqichlari, Hayvonlarning individual va intellektual xatti-harakatlari, Ko’nikma
va malakalar, Ko’nikma va malakalarning kabilarni ochib berish
KALIT SO’ZLAR:
Odam psixikasi, ong, psixika, hayvonlardagi individual va intellektual xatti-harakatlar,
hayvon psixikasi, seskanuvchanlik.
1. Psixika materiya evolyutsiyasi natijasi ekanligi.
Psixik jarayonlar moddiy jarayonlarga bog’liq holda yuz beradi, lekin , psixik jarayonlar
moddiy jarayonlardan tashkil topgan degani emas, Fikr, ong — voqelikning sifat jihatidan
boshqacha, o’ziga xos bir hodisasidir. Psixika, ong faqat yuksak darajada tashkil topgan
materiyaning xossasidir.
Hayvonlar bilan odamlar organizmiga xos bo’lgan nerv sistemasi ana shunday yuksak
darajada tashkil topgan materiyadir. Psixikaning bevosita moddiy substrati (asosi) - odamning
bosh miyasidir. Odamning psixikasi, ongi — bosh miya funksiyasidir.
Psixika, ong materiya taraqqiyotining faqat yuksak bosqichlarida paydo bo’ladi. Materiya
taraqqiy qilib borgan sari turli — mexanik, fizik, kimyoviy, biologik va boshqa qonuniyat va
xossalar paydo bo’ladi va taraqqiy qiladi, organik olam taraqqiyotining eng yuksak
bosqichidagina materiyaning psixika, sezgi, ong, tafakkur deb ata-ladigan alohida xossalari
vujudga keladi.
Olam taraqqiyoti tarixida psixika, ong bo’lmagan davr o’tgan. Psixika olam
taraqqiyotining eng yuksak bosqichlaridagina paydo bo’ldi.
Psixika materiyaning alohida xossasi bo’lib, bu xossa obektiv voqelikni alohida aks ettirish
qobiliyatidan iboratdir. Aks ettirish degan so’zning ma’nosi har xil tushuniladi. Tevarak-
atrofdagi voqelikni aks ettiradigan ko’pgina narsalar ma’lum, masalan, suv aks ettiradi, ko’zgu
aks ettiradi va hokazo. Bu misollarda biz fizik hodisa sifatidagi aks etish (in’ikos)ni ko’ramiz.
Psixik hodisalar haqida so’zlashganimizda esa sifat jihatdan boshqacha, o’ziga xos ravishda aks
etishini nazarda tutmog’imiz kerak. Bu aks ettirish sezgilarda, xotirada, tafakkurda va boshqa
shu kabilarda o’z ifodasini topadi. Odam ongi, psixikasi yuksak darajada tashkil topgan
materiyaning, ya’ni miyaning xossasidir. Shu bilan birga, odam ongi ijtimoiy hayot sharoitiga
bog’langan holda taraqqiy qiladi. Ong insonning eng avvalgi ota-bobosi qurol yasab mehnat qila
boshlagan va shu tufayli ijtimoiy hayot kechira boshlagan paytdan e’tiboran paydo bo’lgan.
Odamning taraqqiy qilishida mehnatning roli
Inson ongining taraqqiy qilishida so’zsiz mehnat jarayoni muhim rol o’ynadi. Avlod-
ajdodlarimiz mehnat qilish natijasida o’z ehtiyojlari uchun kerak bo’lgan buyumlarni tabiatdagi
bor bo’lgan yog’och, tosh kabilardan yasash natijasida ularning onglari takomillasha borgan.
Ayni mehnat qurollari tayyorlanishi, qo’ldan turli-tuman ishlarda foy-dalanishi tufayli
odamzod qo’lining panjalari rivojlandi.
Ideologiya deb biron jamiyat, sinfning siyosiy, falsafiy, ma’naviy, estetik (san’at), diniy
qarashlar sistemasiga aytiladi. Ideologiya, boshqacha aytganda, ijtimoiy ong deb ataladi.
Psixologiyada tekshiriladigan individual ongni, ya’ni har bir ayrim kishi ongini ijtimoiy ongdan
farq qilish kerak.
Odam ongining ayrim tomonlari va funktsiyalari tarixan taraqqiy qilib kelgan. Kishilarda
faqat ularning o’ziga xos bo’lgan, ehtiyojlar vujudga keldi va taraqqiy etdi. Ehtiyoj odamning
kun kechirishi, yashashi va kamolga etishi uchun zarur narsalarning hammasi demakdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |