Odamlar kollektivi turli joylardagi mahalliy shart-sharoitga va turmush kechirish imkoniyati, mavsum va boshqa sabablarga bog‘liq holda katta yoki kichik bo‘lgan, uning tartibi doimo o‘zgarib borgan, ularning tarqalib ketishi va yana qaytadan qo‘shilishi mumkin edi. Demak shunday ekan, kishilikning bu kollektivni nima deb atamoq kerak. Biz ularni qanday atamaylik baribir o‘sha davrning odami «haqiqiy» odam edi, odamlar kollektivi hali odamlarning bir-biri bilan aloqa qilishining ilk tabiy shaklidan iborat bo‘lgan «haqiqiy» odamlar kollektivi edi. O‘sha darvdagi kishilik ijtimoiy ahvolining yana bir xususiyati shundan iboratki, bu davrda kishilari guruhi o‘rtasida doimiy aloqa bo‘lmagan. Ular bir-birlaridan ajralgan xolda yashagan bo‘lishlari mumkin. Demak, kishilikning boshlang‘ich ijtimoiy ahvolidagi bu xususiyatlar ishlab chiqarish kuchlarining juda past darajada ekanligidan darak beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |