Islom ta’limotidagi iqtisodiy g’oyalar.
Reja:
“Avesto” – eng qutlug’ kasb dexqonchilikdir.
Xalq og’zaki ijodidagi iqtisodiy qarashlar.
Muqaddas kitob – Qur’oni Karimda kishilik jamiyatining faoliyat turlaridan biri iqtisodiyot soxasidagi munosabatlar muhim o’rin tutadi. Chunki iqtisodiy munosabatlarda insonlarning asosiy fe’l – atvorlari namoyon bo’ladi. Qur’oni Karim axkomlari insonlarga iloxiy farmoyish sifatida zamindagi barcha insonlarning bir ota-ona Odam alayxissalom va Momo Xavo farzandlari, binobarin aka-uka, opa-singil ekanligiga asoslanadi. Jumladan, «Xujurot» surasining 13-oyatida «Ey insonlar, biz sizlarni bir ota (Odam alayxissalom) va bir ona (Momo Xavo)dan yaratib, yer yuzi bo’ylab xar hil xalq, qabila va elatlar tarzida taratib ko’ydik, toki sizlar bir- birlaringiz bilan tanishib, mehr- muxabbat xosil kilgaysizlar. Albatta, sizlarning Olloh nazdida eng hurmatlirogingiz taqvodorrogingizdir. Albatta, Ollox bilguvchi va xamma narsadan ogox zotdir». Islomda «taqvo» deganda-solix, xayrli ishlarni ado etib, munkar, mann qilingan, insoniyatni zavolga boshlaydigan ishlarni qilmaslik tushuniladi. Demak, taqvo insonlarning bir-biridan afzalligini belgilashdagi asosiy o’lchovlardan biri hisoblanadi. Bu afzallik ma’naviy va ruhiy tarbiyalash bilan o’zgalarni yashash va turmush kechirish xuquqlarini e’tirof etish asosida shakllanadi.
Qur’oni Karimdagi iqtisodiy g’oyalarni bir necha guruhga ajratish mumkin. Ulardan biri eng avvalo, halol mexnat, xususan dexkon, chorvador, xunarmandlar mexnati ulug’lanadi, peshona teri bilan halollik asosida xayot kechirishga da’vat etiladi, barcha boylikning asosida mexnat yotishi o’qtiriladi.
Ikkinchi guruh g’oyalar – tijorat, ya’ni kengroq ma’noda esa bozor munosabatlariga alohida e’tibor qaratiladi. Masalan, Niso surasida (29 oyat) «Mollaringizni o’rtalarinigizga nohak (ya’ni o’g’rilik, qaraqchilik, sudxo’rlik, poraxo’rlik, qimor kabi) yo’llar bilan yemangiz! Balki o’zaro rizolik bilan bo’lgan savdo-sotiq orqali mol-dunyo kilingiz», deyiladi. Biroq sudxo’rlik, poraxo’rlik kabi illatlar sha’riy jihatdan xarom ekanligi qayta-qayta ta’kidlanadi.
Uchinchi gurux iqtisodiy g’oyalar esa mulk va meros masalalariga qaratilgan. Mulkning muqaddasligi, birovning mulkiga xiyonat (ayniqsa, omonatga xiyonat) qoralanadi, xatto Biron odamning mol-mulkiga xasad qilish xam katta gunoh deb hisoblanadi.
Yerga mulkchilik munosabati to’g’risida ham alohida fikrlar lo’nda bayon etilgan. Masalan, Moida surasining 40-oyatida yerdan unumli foydalanib, olingan narsalargina insonga tegishli ekanligi ta’kidlangan.
Islomda jamiyatning tengsizligi taqdiri azaldan deb tan olinadi, ammo xalollik va to’g’rilikka buyuriladi, yolg’on ishlatish, o’g’rilik, mehnatsiz daromad topish man etiladi. Bu xatoga yo’l qo’yganligi uchun qattik jazo choralari belgilanadi (Moida surasi, 38-oyat), «…ammo kim bunday jabru-zulmdan keyin tavba qilib, uzini tuzatsa, albatta, Ollox tavbasini qabul qilar» (39-oyat).
Olloh taoloning Qur’oni Karimda qarz olish va berish, meros, uni taqsimlash (4-sura, 8-oyat), yetim-yesirlarga muruvvat, hayr-ehson qilish xaqidagi oyat karimalaridan kelib chiqadigan g’oyalar xamda soliq turlari va miqdori xam katta ahamiyat kasb etadi. Yetim-yesirlar haqiga xiyonat qilish eng katta gunoxlardan deb e’lon qilingan. Shuningdek, o’zaro yordam ham zarur, lekin yomon ishlarda va dushmanlikda emas, deyiladi.
Islom ta’limotini chuqurrok tushunishda Qur’oni Karimdan keyingi xujjat paygambarimiz Muhammad alayxissalomning hadisi shariflari hisoblanadi. Hadisi shariflardan quyidagi namunalarni keltiramiz.
- Munofiqning belgisi uchtadir: yolg’on so’zlash, va’dasining ustidan chiqmaslik va omonatga xiyonat qilish.
- Amirning sovg’a olishi xarom va qozining pora olishi dindan chiqishdir.
- Boylarning uyiga kamroq kiringlar, aks holda Tangrining sizlarga bergan ne’matlarini pisand qilmagan bo’lasizlar.
- Tilanchilik quyidagi uch toifadan birigagina joizdir:
1. Xun to’lovchiga;
2. Og’ir qarzdorga;
3. Miskin qashshoq kishiga.
- Ekmoq niyatida qo’lingizda ko’chat turgan paytda bexosdan qiyomat qoyim bo’lib qolishi aniq bo’lganda ham, ulgursangiz uni ekib qo’yavering.
- Kimki hayotda tejamkor bo’lsa, zinxor qashshoqlikka tushmaydi.
- Pora beruvchi ham, uni oluvchi ham duzaxga mahkumdir.
- Ilmga nisbatan go’yo cho’pon kabi posbon bo’linglar, lekin ilmni faqat rivoyat qilguvchi bo’lmanglar.
Shuni alohida ta’kidlab o’tish kerakki, Markaziy Osiyo donishmandlaridan al-Termiziy, al-Buxoriylarning to’plagan hadisi shariflari islom olamida eng ishonchli hisoblanadi.
Iqtisodiy munosabatlarning huquqiy asoslari islom ta’limotidagi fikrning tarkibiy qismini tashkil etadi. Vatandoshimiz Marg’iloniyning «Xidoya» asari shular jumlasidandir. Buyuk olim Burxoniddin al-Marg’iloniyning to’liq ismi Ali Ibn Bakr Ibn Abdul Jalil al-Farg’oniy ar-Rishtoniy al-Marg’iloniy bo’lib, ul zot 1123 yil 23 sentyabrda tug’ilgan. Ul zot Qur’onni, Hadis ilmlarini mukamal egallab, fiqx – islom huquqshunosligi borasida benihoya chuqur bilimga ega bo’lganligi va bu sohada beqiyos durdonalar yaratganligi tufayli, Burxoniddin valmilla (Islom dinining dalili) va Burxoniddin al- Marg’iloniy nomlari bilan mashhurdir.
Olim dastlabki ta’limni Marg’ilonda olib, keyinchalik Movaraunnahrning o’sha davrdagi diniy va ma’rifiy markazi bo’lgan Samarqandga ko’chib borgan va umrining oxirigacha o’sha yerda yashagan. O`z asarlarini yaratishda Islom dinidagi sun’iylarning to’rt masxabi asoschilarining asarlarini o’rgangan. Bizgacha uning unga yaqin asari etib kelgan. «Al-xidoya» asari esa 1178 yili Samarqandda yozilgan. Bu asar Xanafiya masxabining fikx masalalari bo’yicha asosiy qo’llanmaga aylangan. Keyinchalik esa butun musulmon olamiga mashhur bo’lib, musulmon xuquqi fikx bo’yicha eng aniq izchil mukammal asar sifatida tan olingan. Asarda keltirilgan jumlalarning har biri puxta, sermazmun va qiska suzlar tarkibidan iborat. «Al-Xidoya»ning birinchi kitobi to’rt jildan iborat bo’lib, xar biri alohida muammolarni tahlil etadi. Bu kitob 1994 yilda professor A.X.Saidovning izohi bilan nashr etilgan. Kitobning tarkibi quyidagicha:
1-jild – taxorat, namoz, ro’za, zakot va haj kabi farz amallarining ibodat masalalariga bag’ishlangan.
2-jild – oila huquqi, qullar muammolari, sherikchilik va vakf mulki kabi masalalarni yoritgan.
3 jild – oldi-sotdi, pul muammolari, kafolat, qozilarning vazifalari, guvohlik, berilgan guvohlikdan qaytish, vakolat, da’vo, iqror bo’lish, sulx, bir ishda pul bilan sherik bo’lish, pulni saqlashga berish, qarz berish, sovg’a, ijara, muayyan shart asosida cheklangan ozodlik berilgan qullar, valiylik, majbur qilish, homiylik, bosqinchilik xususidagi masalalar yoritilgan.
4-jild – shafe’lik, meros taqsimlash, dexqonchilik va bog’dorchilik xususida shartnoma, qurbonlik qilish to’g’risida, shariatga zid, yomon narsalar haqida, tashlandik va ko’rik yerlarni o’zlashtirish xususida, ovchilik, garovga qo’yish, jinoyatlar xususida, xun xaqi to’lash, vasiyat kabi masalalarga bag’ishlangan.
Ushbu asarda yoritilgan masalalar tarkibidan ko’rinadiki, u juda boy tarixiy tajribani o’zida mujassamlashtirgan. Chunonchi kishilar o’rtasidagi munosabatlarda insonparvarlik, adolat barqaror bo’lishida katta ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, tijorat ishlarida adolat, to’g’rilik, xalollik, insonparvarlik qoidalariga rioya qilish nihoyatda zarur ekanligi qayd qilinadi. Birovning xaqiga xiyonat qilish, kishilarni aldash kabr sifatida ta’riflanadi. Demak, «Al -Xidoya» sakkiz asrdan buyon Islom dunyosi mamlakatlari uchun eng ishonarli manbalardan biri sifatida mu’tabar qo’llanma vazifasini o’tab kelmoqda.
“Avesto” – eng qutlug’ kasb dexqonchilikdir.
Qariyib uchming yil ilgari vatani Xorazm bo’lgan, keyinchalik Yaqin Sharq, Old Osiyo, janubiy Xindiston, Yunonistonga tarqalgan Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi “Avesto” da “Eng qutlug’ kasb dexqonchilikdir” degan so`zlarni o’kir ekanmiz, o’sha davrda ham bu soha insoniyatning diqqat markazida turganini, tiriklik va taraqqiyotning asosi bo’lganligi uchun, uni asrab-avaylab, diqqat-e’tibor ila rivojlantirish g’oyasi olg’a suriladi.
Zardushtiylik dinining asosiy g’oyasi- yashamoqchi bo’lsang chorvachilik, dehqonchilik bilan shug’ullan, chorvani ko’paytir, zaminni xammadan ko’ra ko’prok baxtiyor qilgin, ya’ni zaminni yaxshilab shudgor qilgin deb chorvodorlar va dehqonlarga murojaat qiladi. “Chorvachilik rivojlangan, bug’doylari mo’l hosil beradigan ekinzorlarni olqishlaymiz!” Bular tirikchilik g’oyasidir degan madhiyalar Avestoda ko’plab uchraydi. Payg’ambar Zardushtning “Qaysi yer eng yaxshi zamin”, “qaysi yurt xalqi eng baxtiyor odamlar hisoblanadi?”degan savolga yaxshilik xudosi Axuramazda “sug’oriladigan, chorvachilikni rivojlantirishga imkoniyati bo’lgan, mollar yaxshi nasl qoldira oladigan yer eng yaxshi yer, baxtli yurtdir” deb javob beradi. Avestoda “Uzoq vaqt ishlov bermay va ekin ekilmay qolgan yer eng baxtsiz zamindir.”
Zardushtiylik dinida dindor taqdiriga tan berib yashaydigan “bersa yeyman ursa o’laman” degan inson emas, u faol dindor, u mehnatni yerni, hayotni shu bilan birga xudoni ham sevuvchi, uning yo’riqlarini ijro etuvchi insondir. Avestoda Naqshbandiylik tarikatidagi “Dil ba yoru, dast ba kor” “ko’ngil Xudoda bo’lsin u, ko’l ish bilan band bo’lsin” degan Islom dinida katta ijobiy burilish yasagan iborani uchratmasakda xudoga ishonish va faol mehnat bilan shug’ullanish zardushtiylik dinining mazmunini tashkil etadi.
“Dashtu saxroda 10 yil tarki Dunyo qilib yurgan odamdan ko’ra, o’sha cho’lga bir tup ko’chat o’tkazib, ko’kartirgan inson afzaldir.” Yana “O’z vaqtida yerga toza urug’ sepmoq 10 ming ibodatdan, harqanday qurbonlikdan afzaldir”.
“Qum saxroxisini o’z mehnati bilan serxosil yerga aylantirgan odam komil dindordir” deyiladi Avestoda.
Zardushtiylik dini insonni hidoyat yo’liga boshqaruvchi ta’limot sifatida nomoyon bo’ladi.
Yaxshilik bilan yomonlik, yorug’lik bilan zulmat o’rtasida to’xtovsiz kurashda yaxshilikni ifodaluvchi Axuramazda buzg’unchilik, yolg’onchilik, xiyonatkorlik, tajavuzkorlik, o’g’rilik, yovuzlik, xasadgo’ylikka qarshi shafqatsiz kurashda yenga oladigan kuch sifatida gavdalanadi. Masixiylik dinida “yovuzlikka qarshilik ko’rsatmaslik” g’oyasi olg’a surilgan bo’lsa, Zardushtiylik dinida yovuzlikka qarshi murosasiz kurashga da’vat etiladi. Insonni harqanday yovuzlik, yomonlikdan mehnat va yaxshi amallar, yaxshilik qutqarib qoladi, niyat qilgan maqsadiga yetadi. Avestoda Axuramazda yaxshi ramzi bo’lsa yovuzlik ramzi Axriman dev obrazida nomoyon bo’ladi.
“Qachonki egatlarda urug’ yetilsa, devlar o’rinlaridan ko’radilar.”
“Qachonki bug’doy cho’rkirab ko’karsa, devlar daxshatdan titray boshlaydilar”.
“Qachonki bug’doy xirmonga uyulsa, devlar nobud bo’ladilar”.
“Qay bir xonadonda bug’doy bosh chiqarsa, u xonadonga devlar yaqinlasha olmaydilar, uzoqlashadilar deb o’qiymiz Avestoda”.
Moddiy ne’matlar ishlab chiqarish jamiyat hayoti va rivojining asosidir. Avesto tili bilan aytganda “Moddiy olamda hal qilingan har bir mavjudot yamak bilan tirikdir, yamaksiz ulikdir”. Bunga erishmok uchun esa zaminni xammadan kura baxtiyor kilmok kerak. “Videvdatda” bayon etilishiga yerni xudi kizni sevgandek sevmoq, unga yaxshi uruglar sepmoq, uni mulkul xosil beruvchi onaga aylantirmoq kerak. Ishlov berilmagan va ekilmagan yer ersiz va farzandsiz joxil qiz kabi baxtsizdir. Qiz yaxshi erni orzu qilgandek, yer xam yaxshi kushchiga ilxak.
“- Ey Spitamen Zaratushtra! Kimda – kim zaminni chap va ung kuli bilan shudgor kilsa, zamin unga farovonlik baxsh etadi. U guzal va pokiza qizga o`xshaydi. Buk qiz er xonadoniga kirib borib, uz tushagidan xalol yastiqdoshiga farzandlar tug`ib beradi. Zamin xam mul-kul mevalarini in’om etadi”.
Avestoda xozir xam dolzarb bir muxim masala o`rin olgan. Bu ekologiya madaniyati masalasidir. Inson butun umri davomida Yer, Suv, Olov, Xavoni, umuman dunyodagi jamiki yaxshi narsalarni pok va bus-butun asrashi kerak. Shu to’rt unsurni ifloslantirgan kimsalarga nisbatan ogir jazolar xam belgilangan.
Anxor va arik buylarida mol bokishga, otlarni boglashga ruxsat etilmagan. Kucha ishigi yonida axlat tuplab kuygan xonadon egasi 25 kamchi bilan, xovuz va chashmadan nopok kuza va idishda suv olgan shaxs 5 kamchi bilan jazolangan. Marxum tanasidagi infeksiyalar tarkalmasligi uchun mayit axoli yashaydigan joydan yirikda, balandlikda qoldirilib suyaklari dafn etilgan. Bu xalqimizni tabiatni muxofaza kilish bilan azaldan shugullanib kelganligidan dalolat beradi.
Eng muxim Avestoda insonning moddiy ta’minotining yaxshilanishi uning ma’naviy jixatdan kamol topishiga zamin yaratilishi aloxida ta’kidlangan.
Avestoda ochik – oydin tuyib ovkatlana olmaydiganlar soglam avlod xam qoldira olmaydi, toat – ibodat kilishga xam ragbati bo`lmaydi va aksincha “Oziq – ovqat yaxshilanishi bilan insonning axloq-obodi xam kuchayadi. Ovqat mul-kul bo`lsa iloxiy so`zlar yaxshi idrok etiladi” deb aloxida ta’kidlanadi. Bu goya boshqa bir qator qimmatli fikrlar ichida markaziy o`rinni egallaydi.
Dexkonchilik va chorvachilik insonning eng kadimgi faoliyati bo’lib u bilan Odam Ota va Momo Xavoning eng birinchi farzandlari: Kobil dexkonchilik, Xobil kuychivonlik bilan shugullangan, bugun bizning zamonimizda qishloqqa e’tibor oshsa oshayapdiki, kamaymaydi.
Respublikamiz mustaxkillikka erishgandan boshlab qishloqqa e’tibor o`zgara bordi. Sovetlar tuzumi davrida qishloq xayotiga sinfiy nuktai-nazar bilan aralashuv kishlok xayotida algav-dalgavlarni kuchayishiga olib kelgan xolatlarga barxam berilaboshlandi. U Yangi taraqiyot yo`1lida dadil qadamlar tashlamoqda. Ayniqsa Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan 2009 yilni “Qishloq taraqqiyoti va farovonlik yili” deb e’lon qilinishi davlatimiz, xalqimizning qishloqqa e’tiborini yana bir pogonaga kutardi.
Avesto yaratilishining 2700 yiligini (2000 y.) nishonlash munosabati bilan uni ilmiy-tadkikot kilish yangi pogonaga kutarildi. Avestoni o`zbek tiliga ugirishda olim, yozuvchi tarjimon Tilab Maxmudning xizmati beqiyos bo’lib u avestoshunoslikka keng yo`l ochib berdi. Olima Fazila Suleymanova, taniqli tadqiqotchilar X. Baboyev va S. Xasanov, Xamidjon Xomidovlar “Avestoni tadqiq va targib qilishga katta xissa qo`shdilar. Prezidentimiz Islom Karimov uzining 2008 yilda nashr kilingan “Yuksak ma’nafiyat – yengilmas kuch” deb nomlangan asarida “Avesto” ni bebaxo ma’naviy obida” deb ta’riflab “Xalqning ma’naviyati uning bugungi xayot iva takdirini, usib kelayotgan farzandlarining kelajagini belgilashda shak-shubxasiz xal kiluvchi axamiyat kasb etadi ” deb Maktab – maorif oliy ta’lim, maxalla, nuroniylar, ota- onalar uzluksiz e’tibor berishi lozim bulgan vazifalarini kursatib, jamiyat tarakkiyotida xal kiluvchi kuch – ma’naviyat, ma’rifat deb kursatdi.
Prezidentimiz Islom Karimov “Ma’naviy yuksalish fukoralik jamiyati kurilish yulida xal kiluvchi mezon ” deb ma’naviyat jamiyatimiz oldida turgan birinchi darajali vazifa ekanligi ta’kidladi. Viloyatimizda bu dolzarb soxaga e’tibor kuchaymokda. Mart oyining boshida Ma’naviyat va ma’rifat viloyat kengashi bo’lib ma’naviy ma’rifiy soxada samarodorlikni oshirish borasida yetti banddan iborat vazifalar belgilandi.
Biz xam ma’naviy – ma’rifiy targibotda izchillikni ta’minlash, barkaror tizim yaratish borasida jamiatchilik bilan uz fikrlarimizni baxam kurish maksadida kuyidagilarni taklif kilamiz.
Birinchi: “Avesto” ning tub ma’no-moxiyatini belgilab beradigan “Ezgu fikr, ezgu Suz, ezgu amal” degan tamoyilini olasizmi, soglam avlod bunyod etish, odamiylik, tozalik- ozodalik, ekologiya, ma’naviy-xukukiy tarbiya masalalarni olasizmi, bularning xar birida bir jaxon mazmun bo’lib, bugun xam, kelajakda xam insoniyat ma’naviyatini shakllantirishda muxim rol uynaydi. “Avesto”ni insonni kanday yashashi kerakligini kursatuvchi koidalarning yigindisi, dastlabki komusi desa buladi.
Shuning uchun ma’naviy tarbiyani, ma’naviy targibotni ma’naviyatning dastlabki shamchirogi bulgan “Avesto”dan boshlasak tugri bulardi. Xalqimiz shunday boy ma’naviy merosimizdan baxramand bulardi.
Ikkinchi taklifimiz. Sovetlar davrida shakllangan dunyokarash sarkitlari tula yukolmagan, yangi avlod yetishib kelayotgan bir davrda maktab, lisey, kollej, oliy ta’limda, maxallalarda diniy, ma’rifiy, ma’naviyat bilan shugullanuvchi maxalla maslaxatchilariga muljallangan uslubiy kullanmalar “Ma’naviyat asoslari” degan nom bilan darsliklar yaratish, ukuv rejalarida gumanitar fanlarga ajratilgan soatlar xisobidan ma’naviyat fanini dars jadvallariga kiritish, uzluksiz ukishni uyushtirish.
Uchinchidan, raxbar kadrlarimiz, davlat va nodavlat tashkilot boshliklari, ularning ma’naviyat buyicha urinbosarlari, maxalla maslaxatchilarini bulimi, malakasini oshirib borish uchun kechki ma’naviyat universitetlarini joriy kilish, SamDU koshida “ma’naviyat” fakultetini ochish viloyat va tumanlarda “Ma’naviy bilim” jamiyatlarini tashkil etish zamon talabi bo’lib koldi desa buladi.
Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” kitobida aytilganidek, xalqimiz, millatimizni ma’naviyat bilan kanchalik kup kurollantirsak, shuncha yuksak pogonalarga kutarilaveramiz, dunyoni xayratga soladigan muvaffakiyatlarga erishaveramiz. “Ma’naviyatli bulsang olam senniki” degan iborani doim yodda saklaylik.
Do'stlaringiz bilan baham: |