Практикум по статистике. (2 издание). Тащкент изд. «Iqtisod-moliya»



Download 2,91 Mb.
bet17/106
Sana26.02.2022
Hajmi2,91 Mb.
#468129
TuriПрактикум
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   106
Bog'liq
Statistika bo'yicha praktikum. X.Shodiyev, I. Xabibullayev

Tuzilmaviy o’rtachalar. To’plam tuzilishini tavsiflovchi o’rtachalar tuzilmaviy o’rtachalar deyiladi. Ulardan eng ko’p tarqalgani moda va mediana hisoblanadi.
Moda, deb o’rganilayotgan to’plam variantlarining eng ko’p salmoqqa ega bo’lgan ko’rsatkichiga aytiladi. Moda diskret va intervalli qatorlar uchun aniqlanishi mumkin.
Diskret qatorlarda qaysi bir variantning vazni ko’p uchragan bo’lsa, shu variant moda hisoblanadi.


6-misol. Kiyim-kechak do’konida sotilgan erkaklar kostyum-shimi o’lchamlari bo’yicha taqsimlanishi quyidagicha:

Erkaklar kostyum-shimi o’lchamlari

46

48

50

52

54

56

58

Jami

Sotilgan kiyimlar soni, dona

24

40

59

65

77

36

14

315

Misolimizda 54 o’lchamdagi kostyum-shim eng ko’p xarid qilingan. Ana shu o’lcham to’plam uchun moda bo’lib hisoblanadi.
Intervalli qatorlarda moda quyidagi formula bilan hisoblanadi.

bu yerda - moda intervalining quyi chegarasi; d- moda intervali kattaligi; -moda intervali chastotasi; -moda intervalidan oldingi oraliq chastotasi; -moda intervalidan keyingi oraliq chastotasi; -intervalli qatorlar modasi.
Ushbu formulaning qo’llanilishini 3-misol ma’lumotlari asosida ko’rib chiqamiz.
Guruhlar ichida eng ko’p sotuvchilar soni 3-guruhdadir. Demak, to’plamdagi eng ko’p uchraydigan chastotani shu guruhdan qidirish zarur. Jadval ma’lumotlari asosida modani hisoblashdan oldin, kerakli parametrlarni belgilab olaylik: d=40, =180, =20, =24, =14.
Endi parametrlar o’rniga ma’lumotlarni qo’ysak to’plam modasini aniqlashga erishamiz. Bu ishni yuqorida keltirilgan formula orqali amalga oshiramiz.

.
Demak, mazkur do’konlar to’plamida bir sotuvchi hisobiga 191,4 mln so’mlik tovar aylanmasi eng ko’p uchrar ekan.


Mediana deganda tartiblangan to’plamni teng ikkiga bo’luvchi variantni tushunamiz. To’plam birliklarining teng yarmi medianadan yuqorida, yarmisi esa pastda joylashadi.
Diskret qatorlarda medianani hisoblash uchun chastotalar yig’indisi ikkiga bo’linib olingan natijaga 0,5 qo’shiladi Modani aniqlagan misolimizda (6-misol) mediana 158 ga teng. Demak, 315 birlikni teng ikkiga bo’luvchi chastota 158 ga to’g’ri keladi. 158 sonining mohiyati nima? Bu savolga javob berish uchun chastotalarni (158 ga yetganicha) qo’shish kerak (24+40+59+65). Demak, 158 soni 52 o’lchamga to’g’ri kelyapti.
Intervalli qatorlarda medianani quyidagicha hisoblaymiz:

bu yerda: x0-mediana intervalining quyi chegarasi; d-mediana intervali kattaligi; ∑f- chastotalar yig’indisi; -mediana intervaligacha bo’lgan chastotalar yig’indisi; -mediana intervali chastotasi; -mediana.
3-misol ma’lumotlari asosida medianani hisoblaymiz. Buning uchun parametrlarni belgilab olish zarur:
=180, d =40, ∑f =80, =32, =24ga teng.


Demak, bizning misolimizda to’plamni teng ikkiga bo’luvchi variant 193,33 mln so’mlik tovar aylanmasi ekan. Shunday qilib, sotuvchilarning yarmiga 193,33 mln so’mdan kam, yarmiga esa 193,33 mln so’mdan ko’p tovar aylanmasi to’g’ri kelgan.


Mustaqil ishlash uchun masalalar

Download 2,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish