Iqtisodiyot uchun:
Yalpi foyda (aralash daromad) = YAIM + ishlab chiqarish va import uchun subsidiya – mehnat haqi – ishlab chiqarish va import uchun soliq;
Sektorlar va tarmoqlar uchun:
Yalpi foyda (aralash daromad) =YAQQ + boshqa ishlab chiqarish uchun subsidiya – mehnat haqi – boshqa ishlab chiqarish uchun soliq
9-misol. Nomoliyaviy korxonalar sektori quyidagi shartli ma’lumotlari asosida daromadlarning shakllanish schyotini tuzing va schyotni balanslantiruvchi ko’rsatkichi yalpi(sof) foydani hisoblang.(joriy bahoda, mln so’m):
t/r
|
Ko’rsatkichlar
|
Miqdori
|
1.
|
Yalpi mahsulot va xizmatlar qiymati, asosiy bahoda
|
898
|
2.
|
Oraliq iste’moli
|
456
|
3.
|
Yollangan xizmatchilarga berilgan asosiy ish haqi
|
160
|
4.
|
Xizmatchilarni mukofotlash
|
20
|
5.
|
Xizmatchilarni ovqatlanishlari uchun berilgan dotatsiya
|
10
|
6.
|
Turistik yo’llanma haqi
|
6
|
7.
|
Ijtimoiy sug’urta ajratmasi
|
20
|
8.
|
Nafaqaga qo’shimcha haqlar
|
4
|
9.
|
Korxona mol-mulk solig’i
|
30
|
10.
|
Nogironlar mehnatidan foydalanganligi uchun davlat tomonidan berilgan subsidiya
|
2
|
11.
|
Asosiy fondlar iste’moli
|
100
|
Yechish:
Daromadlarning shakllanish schyotini tuzish uchun kerakli ma’lumotlarni hisoblaymiz:
Yalpi qo’shilgan qiymat (YAQQ)
YAQQ=YAMX-OI=898-456=442 mln so’m.
Yollanganlarni mehnat haqi (MH)
MH=160+20+10+6+20+4=220 mln so’m.
Boshqa ishlab chiqarish uchun sof soliq (BICHS)
BICHS=20-2=28 mln so’m.
Nomoliyaviy korxonalar sektorining daromadlarni shakllanish schyotini tuzamiz va schyotni balanslantiruvchi ko’rsatkichini hisoblaymiz:
Daromadlarning shakllanish schyoti
Foydalanish
|
Resurslar
|
2. Mehnat haqi
|
220
|
1.Yalpi qo’shilgan qiymat
|
442
|
3. Boshqa ishlab chiqarish sof solig’i
|
28
|
|
|
4. Yalpi foyda (1-2-3)
|
194
|
|
|
5. Asosiy fondlar iste’moli
|
100
|
|
|
6. Sof foyda (4-5)
|
94
|
|
|
Jami (2+3+4)
|
442
|
Jami (1)
|
442
|
10-misol. Quyidagi jadvalda mamlakat iqtisodiyotining shartli ma’lumotlari berilgan. (joriy bahoda, mlrd so’m):
№
|
Ko’rsatkichlar
|
Miqdori
|
1.
|
Yalpi mahsulot va xizmatlar qiymati asosiy bahoda
|
4400
|
2.
|
Oraliq iste’moli
|
1230
|
3.
|
Ish haqi
|
1432
|
4.
|
Ijtimoiy sug’urta ajratmasi
|
292
|
5.
|
Boshqa ishlab chiqarish solig’i
|
148
|
6.
|
Boshqa ishlab chiqarish uchun subsidiya
|
52
|
7.
|
Asosiy fondlar iste’moli
|
352
|
8.
|
Mahsulot uchun soliq
|
700
|
9.
|
Mahsulot uchun subsidiya
|
76
|
Daromadlarni shakllanish schyotini tuzish uchun kerakli ko’rsatkichlarni hisoblaymiz:
Yalpi ichki mahsulotni bozor bahosida hisoblaymiz:
YAIM=YAMXa.b+(MS-MSU)-OI=4400+700-76-1230=3794 mln so’m.
Yollangan xizmatchilarni mehnat haqini hisoblaymiz (MH):
MH=Ish haqi+ijtimoiy sug’urta ajratmasi=1432+292=1724 mlrd so’m.
Ishlab chiqarish va import solig’i (ICHIS):
ICHIS=MS+BICHS=700+148=848mlrd so’m.
Ishlab chiqarish va import uchun subsidiya (ICHISU):
ICHISU=MSU+BICHSU=76+52=128 mlrdso’m.
Daromadlarni shakllanish schyotini tuzamiz va uni balanslantiruvchi ko’rsatkichi iqtisodiyotni yalpi (sof) foydasi va yalpi (sof) aralash daromadini hisoblaymiz.
Daromadlarning shakllanish schyoti
Foydalanish
|
Resurslar
|
2. Yollanganlarni mehnat haqi
|
1724
|
1.Yalpi ichki mahsulot, bozor bahosida
|
3794
|
3. Ishlab chiqarish va import solig’i
|
848
|
|
|
4. Ishlab chiqarish va import subsidiyasi(-)
|
128
|
|
|
5. Yalpi foyda va aralash daromad
(1-2-3+4)
|
1350
|
|
|
5.1 Asosiy fondlar iste’moli
|
352
|
|
|
5.2 Sof foyda va aralash daromad
(5-5.1)
|
998
|
|
|
Jami 2+3+4+5
|
3794
|
Jami 1
|
3794
|
Daromadlarning birlamchi taqsimlash schyoti va uning ko’rsatkichlarini hisoblash
Daromadlarning birlamchi taqsimlash schyotini tuzishdan maqsad, ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan birlamchi daromadlarni ishlab chiqarishda qatnashganlar ulushiga qarab taqsimlash operatsiyasini qayd etishdir. Birlamchi daromad deganda institutsional birliklarni ishlab chiqarishda qatnashganliklari tufayli to’lashlari lozim bo’lgan daromadlardan va o’zlariga qarashli mulklardan boshqa birliklardan foydalanib olgan daromadlari tushuniladi. Bularga foizlar, dividendlar, renta, to’g’ridan-to’g’ri investitsiya qilish natijasida olinadigan reinvestitsiya daromadi hamda sug’urta polisidan olinadigan daromad va boshqalar kiradi.
Shunday qilib, nomoliyaviy va moliyaviy sektorlarning birlamchi daromadi yalpi foyda + sof mulkdan olingan daromaddan (mulkdan olingan daromadlardan, mulkdan foydalanganligi uchun berilgan mulk daromadi farqi) iborat bo’ladi.
Davlat boshqaruv organlari (DBO) sektorining birlamchi daromadlari: sof ishlab chiqarish va import uchun soliq, sof mulk daromadi va DBO tegishli nokorporativ korxonalarning foydalarini yig’indisiga teng.
Uy xo’jaliklarini birlamchi daromadlari mehnat haqi, aralash daromadlar va mulk daromadlari yig’indisiga teng.
Uy xo’jaliklariga xizmat qiluvchi notijorat tashkilotlarning birlamchi daromadlari sof mulk daromadlaridan iborat.
Iqtisodiyotning daromadlarni birlamchi taqsimlash schyoti Foydalanish | Resurslar |
5.Tashqi dunyoga berilgan mulk daromadi
|
1.Yalpi foyda (aralash daromad )
|
6.Yalpi milliy daromad
(6=1+2+3+4-5)
|
2.Yollangan xizmatchilarning mehnat haqi
|
3. Ishlab chiqarish va import uchun sof solig’i
|
4. Tashqi dunyodan olingan mulk daromadi
|
Jami:(5+6)
|
Jami:(1+2+3+4)
|
11-masala.Quyidagi jadvalda mamlakatning shartli iqtisodiy ma’lumotlari berilgan, (joriy bahoda, mln so’m):
№
|
Ko’rsatkichlar nomi
|
Miqdori
|
1.
|
Yalpi mahsulot va xizmatlar qiymati, asosiy bahoda
|
6000
|
2.
|
Mahsulot uchun soliq
|
280
|
3.
|
Mahsulot uchun subsidiya(-)
|
54
|
4.
|
Oraliq iste’mol xarajati
|
2300
|
5.
|
Boshqa ishlab chiqarish solig’i
|
140
|
6.
|
Boshqa ishlab chiqarish uchun subsidiya (-)
|
30
|
7.
|
Yollangan xizmatchilarni mehnat haqi
|
1110
|
8.
|
“Tashqi dunyo”dan olingan mulk daromadi
|
68
|
9.
|
“Tashqi dunyo”ga berilgan mulk daromadi
|
60
|
10.
|
Asosiy fondlar iste’moli
|
340
|
Jadvaldagi ma’lumotlar asosida "Daromadlarning birlamchi taqsimlash” schyotini tuzing va yalpi (sof) milliy daromadni hisoblang.
Yechish:
Daromadning birlamchi taqsimlash schyotini tuzish uchun kerakli ko’rsatkichlarni hisoblaymiz.
1.1Yalpi ichki mahsulot bozor bahosida (YAIM),
YAIM=YAMH(6000)+MH(280)-MS(54)-OI(2300)=3926 mln so’m.
1.2 Ishlab chiqarish va importga soliq (ICHIH),
ICHIH=MH(280)+BICHS(140)=420 mln so’m.
1.3 Ishlab chiqarish va import uchun subsidiya (ICHIS),
ICHIS=MS(54)+BICHS(30)=84 mln so’m.
Yalpi foyda (YAF) va aralash daromad (AD),
YSF va AD=YAIM(3926)-MH(1110)- ICHIH(420) + ICHIS(84)=
=2480 mln so’m
Endi daromadlarning birlamchi taqsimlash schyoti va uni balanslantiruvchi ko’rsatkichi yalpi va sof milliy daromadni(YAMD yoki SMD) hisoblaymiz.
Daromadlarning birlamchi taqsimlash schyoti
Foydalanish
|
Resurslar
|
6. Tashqi dunyoga berilgan mulk daromadi
|
60
|
1. Yalpi foyda va yalpi aralash daromad
|
2480
|
7.Yalpi milliy daromad (T.1+T.2+T.3+T.4+T.5-T.6)
|
3934
|
2. Mehnat haqi
|
1110
|
8.Asosiy fondlar iste’moli
|
340
|
3. Ishlab chiqarish va import solig’i
|
420
|
9. Sof milliy daromad(T.7-T.8)
|
3594
|
4. Ishlab chiqarish va import uchun subsidiya
|
-84
|
|
|
5. Tashqi dunyodan olingan mulk daromadlari
|
68
|
Jami 6+7
|
3994
|
Jami 1+2+3+4+5
|
3994
|
Daromadlarni birlamchi taqsimlash schyotining tuzilishi sektorlarning birlamchi daromadiga qarab, turli ko’rinishda bo’ladi.
Nomoliyaviy korxonalarning daromadlarini birlamchi taqsimlash schyotini umumiy ko’rinishi quyidagicha:
Do'stlaringiz bilan baham: |