Foydalanish | Resurslar |
3.To’langan mulk daromadi
4.Birlamchi daromad qoldig’i
(4=1+2-3)
|
1.Yalpi foyda
2.Olingan mulk daromadi
|
Jami: (3+4)
|
Jami: (1+2)
|
12-masala. Nomoliyaviy korxonalar sektorini iqtisodiy faoliyatini ifodalovchi ma’lumotlari quyidagi jadvalda berilgan, (joriy baho, mln so’m):
№
|
Ko’rsatkichlar nomi
|
Miqdori
|
1.
|
Yalpi foyda
|
194
|
2.
|
Yerdan foydalanish uchun ijara haqi
|
4
|
3.
|
Olingan kreditga to’langan foiz
|
6
|
4.
|
Korxona xizmatlariga to’langan dividend
|
8
|
5.
|
Bankga qo’yilgan mablag’ uchun olingan foiz
|
14
|
Jadvaldagi ma’lumotlar asosida nomoliyaviy korxonalar sektorini “Daromadlarning birlamchi taqsimlash” schyotini tuzing va uni balanslantiruvchi ko’rsatkichi “Birlamchi daromad saldosi” ni hisoblang.
Yechish:
1.Daromadlarning birlamchi taqsimlash schyotini tuzib, kerakli ko’rsatkichlarni hisoblaymiz;
1.1 Mulkdan olingan daromad: 14 mln so’m
1.2 Mulkdan foydalanganligi uchun to’lgan daromad: 4+6+8=18mln so’m.
2. Nomoliyaviy korxonalar sektorini “Daromadlarning birlamchi taqsimlash” schyotini tuzamiz va schyotni balanslantiruvchi ko’rsatkichini hisoblaymiz.
Daromadlarning birlamchi taqsimlash schyoti
Foydalanish
|
Resurslar
|
3. Mulkdan foydalanganligi uchun to’langan daromad
|
18
|
1.Yalpi foyda
|
194
|
4.Birlamchi daromad saldosi
(B1+B2-B3)
|
190
|
2. Mulkdan olingan daromad
|
14
|
Jami 3+4
|
208
|
Jami 1+2
|
208
|
Davlat boshqaruv organlarining daromadini birlamchi taqsimlash schyotining umumiy ko’rinishi quyidagicha:
Foydalanish | Resurslar |
4.To’langan mulk daromadi
5.Birlamchi daromadlar qoldig’i
(5=1+2+3-4)
|
1.Yalpi foyda
2.Ishlab chiqarish va import uchun sof soliq
3.Olingan mulk daromadi
|
Jami: (4+5)
|
Jami :(1+|2+3)
|
Uy xo’jaliklari sektorining daromadlarini birlamchi taqsimlash schetini umumiy ko’rinishi quyidagicha:
Foydalanishi
| Resurslar |
4.Berilgan mulk daromadi
5. Birlamchi daromad qoldig’i
(5=1+2+3-4)
|
1.Aralash daromadlar
2.Olingan mulk daromadi
3.Mehnat haqi .
|
Jami: (4+5)
|
Jami :( 1+2+3)
|
Yuqoridagi schyotlardan ko’rinib turibdiki schyotni balanslantiruvchi ko’rsatkich iqtisodiyotda yalpi milliy daromad, sektorlarda esa birlamchi daromad qoldig’idir.
Daromadlarning ikkilamchi taqsimlash schyoti va uning ko’rsatkichlarini hisoblash
Daromadlarning ikkilamchi taqsimlash schyoti – bu schyotda institutsional birliklar va sektorlar o’rtasi olingan va berilgan joriy transfertlar (daromad va mulk uchun joriy soliqlar, ijtimoiy sug’urta ajratmalari, ijtimoiy to’lovlar, sug’urta mukofotlari va to’lovlari, jarimalar, nafaqalar, insonparvarlik yordamlari va h.k.) sifatida qayta taqsimlash natijasida ixtiyordagi daromadlarning hosil bo’lishi jarayoni aks ettiriladi. Daromadlarning ikkilamchi taqsimlash schyotining ko’rsatkichlari orqali iqtisodiyotni yalpi milliy ixtiyordagi daromadi hisoblanadi.
Daromadlarning ikkilamchi taqsimlash schyoti
Iqtisodiy sektorning daromadlarni ikkilamchi taqsimlash schyoti
|
Iqtisodiyotning daromadlarni ikkilamchi taqsimlash schyoti
|
Foydalanish
|
Resurslar
|
Foydalanish
|
Resurslar
|
3. Boshqa sektorlar, rezidentlar va tashqi dunyoga berilgan joriy transfertlar
4. Yalpi ixtiyoridagi daromad
(4=1+2-3)
|
1. Yalpi birlamchi daromadlarning saldosi
2. Boshqa sektorlar, rezidentlar va tashqi dunyodan olingan joriy transfertlar
|
3. Tashqi dunyoga berilgan joriy transfertlar
4. Yalpi milliy ixtiyoridagi daromad
(4=1+2-3)
|
1. Yalpi milliy daromad
2. Tashqi dunyodan olingan joriy transfertlar
|
Jami: (3+4)
|
Jami: (1+2)
|
Jami: (3+4)
|
Jami: (1+2)
|
13-misol. Quyidagi jadvalda nomoliyaviy korxonalar sektorining shartli iqtisodiy ma’lumotlari berilgan, (joriy bahoda mln so’m):
t/r
|
Ko’rsatkichlar nomi
|
Miqdori
|
1.
|
Birlamchi daromad saldosi
|
184
|
2.
|
Sug’urta tashkiloti tomonidan to’lagan sug’urta qoplamasi
|
12
|
3.
|
Korxonalarni olgan jarimalari
|
6
|
4.
|
Korxonalarni sug’urta tashkilotlariga to’langan sug’urta badallari
|
16
|
5.
|
Sug’urta xizmat haqi
|
4
|
6.
|
Foyda solig’i
|
40
|
7.
|
Shartli ijtimoiy sug’urta ajratmasi
|
4
|
8.
|
To’lagan jarima
|
8
|
Jadvaldagi ma’lumotlardan foydalanib “Daromadlarning ikkilamchi taqsimlash” schyotini tuzing.
Do'stlaringiz bilan baham: |