6-misol. Yoqilg’i korxonasining iqtisodiy faoliyat natijalarini ifodalovchi quyidagi ma’lumotlar mavjud (mln so’m):
T/r
Ko’rsatkichlar
Miqdori
1.
Ishlab chiqarilgan va sotilgan tayyor mahsulotlar, joriy bahoda
1480
2.
Barcha ishlov bosqichlaridan to’la o’tmagan va texnika nazorati tomonidan tekshirilib qabul qilinmagan mahsulotlar:
Hisobot davrining boshida
Hisobot davrining oxirida
200
240
3.
Barterga almashtirilgan mahsulotlar
300
4.
Xomashyo va ehtiyot qismlar
600
5.
Yoqilg’i va energiya
360
6.
Ish haqi va mukofot pullari
300
7.
Ijtimoiy sug’urta va ta’minot ajratmalari
100
8.
Yaroqsiz mahsulotlar
20
9.
Laboratoriya xarajatlari
120
10.
Ishchilarga beriladigan ovqat va sut mahsulotlari
2
11.
Yuridik xizmatlari haqi
10
12.
Mol-mulkni sug’urta qilish xizmatlari haqi
40
13.
Asosiy fondlar iste’moli (amortizatsiya)
240
14.
Marketing va reklama xarajatlari
106
15.
Kredit xizmatlari haqi
20
16.
Imorat va asbob-uskunalarning ijara xizmati haqi
22
Hisoblang: 1) yalpi ishlab chiqarish (YAICH)ni;
2) oraliq iste’mol xarajatlari (OI)ni;
3) yalpi va sof qo’shilgan qiymatni.
Yechish: Yuqorida qayd qilingan formulaga asosan:
1.
2. Oraliq iste’molga ish haqi, ijtimoiy sug’urta ajratmalari va asosiy fond iste’molidan tashqari barcha xarajatlar kiradi:
OI = xomashyo materiali va ehtiyot qismlar(600) + yoqilg’i va energiya(360) + yaroqsiz(brak) mahsulotlar(20) + laboratoriya xarajati(120) + ishchilarning ovqatlari va sut mahsuloti(2) + yuridik xizmatlar haqi(10) + mol-mulkni sug’urta qilish xizmatlari haqi(40) + marketing va reklama xarajatlari(106) + kredit xizmatlari haqi(20) + imorat va asbob-uskunalarning ijara xizmati haqi(22) = 1300 mln so’m.
MHTda hamma soliqlar joriy va kapital soliqlarga bo’linadi. Joriy soliqlar o’z navbatida, ikki guruhga bo’linadi.
ishlab chiqarish va import uchun soliqlar;
daromad va boylik uchun soliqlar.
Ishlab chiqarish va import solig’i – bu institutsional birliklardan davlat tomonidan qonun va normativ hujjatlar asosida (majburiy) undiradigan to’lovlar. Bu soliqlar davlat boshqaruv idoralari sektorining birlamchi daromadi deyiladi. Ishlab chiqarish va import solig’i ikki xil soliqlardan iborat.
mahsulot uchun soliq;
boshqa ishlab chiqarish uchun soliq.
Mahsulot uchun soliq – ishlab chiqaruvchi birliklarning tovar va xizmatlarni boshqa institutsional birliklarga sotish vaqtida, mahsulot va xizmatlarning miqdor birliklariga proportsional miqdorda solinadigan soliqlar.
Boshqa ishlab chiqarish uchun soliq esa ishlab chiqarilgan mahsulot va xizmatlarning miqdoriga bog’liq emas. Bu soliq ishlab chiqarish omillari (yer, mol-mulk, mehnat, tabiiy resurslar va boshqalar) uchun solinadi.
Subsidiyalar – davlat budjetidan institutsional birliklarga ishlab chiqarish faoliyatining mahsulot va xizmatlarni sotish va boshqa faoliyatlaridagi xarajatlarni qisman qoplash uchun to’lanadigan va qaytarib olinmaydigan to’lovlardan iborat.
Schyotni balanslashtiruvchi ko’rsatkich – mamlakat iqtisodiyoti schyotida yalpi ichki mahsulot, tarmoqlar va sektorlarda esa yalpi qo’shilgan qiymatdir. U yalpi ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlar qiymatidan oraliq iste’mol qiymatini chegirilganiga teng.
3.Yalpi qo’shilgan qiymatni hisoblaymiz:
mln so’m.
4. Sof qo’shilgan qiymat quyidagiga teng:
mln so’m.