101
Dilga
tashrif
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning barcha
kitoblarini topib o‘qish hayotiy maqsadimga aylandi. Har
oy kitoblaridan harid qilib, kutubxonamni boyitib bordim.
Biror savol meni qiynasa, Hazratning kitoblaridan javob
izlardim. O‘sha kezda o‘zimni hayolan u kishi bilan
muloqotda bo‘layotgandek tasavvur qilardim.
Shayxning deyarli har bir
kitoblari mushohadaga undaydi,
fikrlashga va o‘ylashga majbur etadi. Ana shunday kitoblaridan
biri «Ochiq xat»ni men barcha sinifdosh do‘stlarimga o‘qish
uchun berib turganman. O‘zim bilib-bilmay, o‘shanda
do‘stlarimga mutolaa zavqini yuqtirgan ekanman.
Ustozim Erkin Malikning «Xotira uyg‘onsa go‘zal» ki-
toblarida «ochiq xat» xususida bunday deyil gan: «Albatta,
muhtaram o‘quvchilarizmizda «ochiq xat» nimaga va
kimlarga
qaratilgan, degan haqli savol tug‘uladi. Ol-
dindan, shuni aytib qo‘ymoqchimizki, ushbu ochiq xat
internet orqali butun dunyoga e’lon qilinadi va ko‘plab
ommaviy axborot vositalarida bosilib ham chiqadi. «Ochiq
xat» bugungi kunda dunyo afkor ommasining dardi va
muammosiga aylanib borayotgan terrorchilik, islom
terrori, islom fundamentalizimi, islomiy aqidaparastlik,
diniy ekstremizm kabi turli atama va
oqimlarning paydo
bo‘lishi, ularning asl maqsadlari qo‘llab-quvvatlovchilari,
yo‘lboshchilariga qarata aytilgan muhim hujjatdir».
Bir kuni sinf rahbarimizga «Ochiq xat» va «Suniy
aqidalar» kitobi yuzasidan tarbiyaviy soat o‘taylik, degan
taklif bilan chiqdik. Ustoz fikrimizni maqullab, «Ochiq
xat» kitobi asnosida dars o‘tdilar. Darsda har bir o‘quvchi
faol qatnashdi. Mana shunday darslarni boshqa maktablarda
102
Ibrohim
Rixsiboyev
ham o‘tilsa, nur ustiga alo nur bo‘lardi. Sababi, qanchadan-
qancha yoshlarning yomon yo‘llarga kirib ketishi oqibatida
ro‘y berayotgan ko‘ngilsiz voqealar hech kimga sir emas.
Bu darslar esa ana shu jinoyatlarning oldini olishda
muhim
omil bo‘lishi mumkin.
Darhaqiqat, kitoblar insonlarga ibrat maktabi, qancha
davr o‘tmasin, ular insonlarga birdek xizmat etib keladi.
Inson so‘nggi nafasigacha qo‘lidan qo‘ymay yashashi kerak.
Zero, beshikdan to qabrgacha ilm izla hadisi sharifda. Men
oddiy kitobxon o‘quvchi sifatida fikrlarimni, siz aziz jurnal
xonlar bilan o‘rtoqlashdim. Xulosa o‘zingizdan.
Hazrat
bugungi zamon yoshlariga jisman ko‘rinmasalar-da, yozib
qoldirgan kitoblari ila ularning ruhiyatiga kirib borib, ilm
ummonidan bir qatra bo‘lsa ham saboq berayotgandeklar,
go‘yo.
«Hilol» diniy-ma’rifiy, ijtimoiy-adabiy
jurnalining 2019-yil 3-sonidan
Do'stlaringiz bilan baham: