«Poytaxt exclisive» nashriyoti Toshkent – 2022



Download 2,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/42
Sana30.03.2022
Hajmi2,24 Mb.
#519466
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
Bog'liq
Dilga tashrif- Ibrohim Rixsiboyev@Elektron Kutubxona




1
Dilga tashrif
Qoʻlingizdagi kitobdan «Ey kitobxonlar, kitobxonlar, sizlarning 
qalbingizga faqat soʻz orqali kirgim kelar…» – deya oʻzining 
ovozi, soʻzi bilan adabiyot olamiga dadil kirib kelayotgan 
yosh ijodkor Ibrohim Rixsiboyevning sara asarlari joy olgan
«Poytaxt exclisive» nashriyoti
Toshkent – 2022
DILGA TASHRIF
IbrohIm rIxsIboyev
(Ko‘ngilga ko‘chgan so‘zlar)


2
Ibrohim Rixsiboyev
 
Aziz o‘quvchi, mendan sizga qolari ne? O‘qil gan kitoblarning 
xulosasi va albatta – kechirilgan hayot ning jindakkina tajribasidir. 
Bu yerda yozilgan fikrlarimni kimlargadir aytib xodimingiz yengil 
tortgan, aytilmaganlari bo‘lsa dilga tugub qog‘ozga tushirgan. 
Vaqti-soati kelib Alloh nasib etgan ekansiz azizlarga ushbu kitobini 
taqdim etmoqdaman. Kitobdan manfaat topsangiz Xoliqdan, xato 
topsangiz kaminagizdan deb biling.
rixsiboyev, Ibrohim
Dilga tashrif [mant]: hikoyalar, qatra, maqola, ma’rifiy risolalar,
/ I. Rixsiboyev. – Т.: «Poytaxt exclusive» nashriyoti, 2022. – 220 b.
ISBN 978-9943-
© I. rixsiboyev, 2022
© «Poytaxt exclusive» nashriyoti, 2022
ISBN 
978-9943
UO‘К
КBК
UO‘К
КBК


3
Dilga tashrif
KOʻNGIL BILAN SOʻZLASHISH
Qoʻlingizdagi kitobdan «Ey kitobxonlar – kitob xonlar, 
sizlarning qalbingizga faqat soʻz orqali kirgim kelar…» 
– deya oʻzining ovozi, soʻzi bilan adabiyot olamiga dadil 
kirib kelayotgan yosh ijodkor Ibrohim Rixsiboyevning ilk 
mashqlari joy olgan. 
Ibrohim aka bilan bundan bir necha yillar oldin 
tanishganmiz. Adashmasam, 2019-yili «Sevimli» tele-
kanalida noyob isteʼdod egasi, Oʻzbekiston Qahramoni, 
O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov haqida «Es-
lab-eslab» koʻrsatuvi suratga olinadigan boʻldi. Ulugʻ 
shoirning sheʼriyatiga boʻlgan muhabbatim va hurmatim 
tufayli koʻrsatuvga borishga qaror qildim. Shoirning 
yaqinlari, oila aʼzolari va muxlislari bir joyga yigʻildi. 
Mazmunli suhbat boʻldi, Abdulla Oripov xotirlandi. 
Gapning indallosini aytsam, oʻsha kuni Ibrohim Rix-
siboyev ham shu koʻrsatuvda ishtirok etgan ekan. Men 
garchi Ibrohim akaning shundoqqina yonginasida oʻtirgan 
bo‘lsamda e’tiborsizligim ... hayajon sabab payqamabman. 
U paytlarda Ibrohim Rixsiboyev «Tong yulduzi» gazetasi 
va «Gulxan» jurnalidagi maqolalari orqali oʻquvchi – 
mushtariylar nazariga tushib qolgandi. Men ham Ibrohim 
akaning maqolalarini oʻqib, havas bilan oʻzimga-oʻzim: 


4
Ibrohim Rixsiboyev
«eh, nega shunday gʻoyalar, maqola uchun mavzular 
mening hayolimga kelmaydi-a?» – deb qoʻyardim. 
Toʻgʻrisi, Ibrohim Rixsiboyevni tanimasdim. Ha rost, 
qanday qilib deysizmi? Ibrohimjon akaning dolzarb 
mavzudagi maqolalarini gazetada oʻqirdimu, muallif 
ismini eslab qolmasdim. Aksiga olib, Ibrohimjon akaning 
matbuotdagi chiqishlarida suratlari berilmasdi. Shu sababli 
Abdulla Oripovning xotira kechasida yonma-yon oʻtirgan 
boʻlsakda, men maqolalarini yaxshi koʻrib oʻqiydigan, tan 
beradigan muallif oldida oʻtirganimni bilmasdim. 
Oʻsha voqeadan koʻp vaqt oʻtmay, tanishib ham oldik. 
Ilk musohabadayoq Ibrohim Rixsiboyevning dunyo qarashi 
kengligi, oʻzining soʻziga, fikriga ega ekanligi, shijoati 
va vatanga boʻlgan muhabbati meni lol qoldirdi. Borgan 
sari menda Ibrohim aka bilan koʻproq suhbatlashish, fikr 
almashish ishtiyoqi oshib borardi. Uning oʻtkir nigohi 
boshqalar koʻrolmagan narsalarni ham ilgʻab olardi.
Haqiqat uchun kuyib-yonishi, yoshlarning vaqt larini 
besamar oʻtkazayotgani, ota-onaga boʻl gan hurmatning 
qadrsizlanib borayotgani, yosh lar orasida ham, kattalar 
orasida ham kitob mutolaasiga boʻlgan ishtiyoq soʻnib 
borayotgani kabi muammolarni oʻylab, turli yechimlar 
topishga harakatlarini-ku eʼtirof etmaslikning iloji yoʻq.
Iltimosimga koʻra, «Dilga tashrif», «Yigitning qalbi-
da iymon» deb nomlangan risolalarini oʻqish uchun 
berdilar. Bu ikki asarni oʻqib olam-olam taassurot oldim.
Men hayojon bilan Ibrohim akaga: – bu materiallarni 
oʻqirmanlarga taqdim qilish harakatini boshlang, – dedim. 
«Saboq» loyihasi doirasida risolalarni birinchilardan boʻlib, 


5
Dilga tashrif
ijtimoiy tarmoqlarda yoyladik. Natija kutgandan ham 
aʼlo boʻldi. Bu ikki asar oʻqirmanlar tomonidan iliq kutib 
olindi. Oradan koʻp vaqt oʻtmay Ibrohim Rixsiboyevdan: 
«Yangisidan bormi?» – deb tez-tez soʻraydigan boʻldim. 
Shu orada «Qaydasan, adolat manzili?» nomli maqola 
dunyo yuzini koʻrdi. Bu maqola ham ancha shov-shuv 
boʻldi. Oradan koʻp oʻtmay «Oila davrasida» gazetasida 
bosildi. Shu tariqa ikkimiz oʻrtamizdagi ijodiy hamkorlik 
qizigandan qizidi. Mana shu zayil toʻplamni tayyorlash 
harakatiga tushdik.
Bir qarashda asar ancha sodda tilda yozilgandek, joʻn 
bir yoʻsinda bayon etilgandek tuyiladi. Ammo mana shu 
soddalik zamirida jiddiy muammolar, eʼtibor berishimiz, 
amal qilishimiz lozim boʻlgan tugunlar bor. Masalan 
«Dilga tashrif yohud koʻngilga koʻchgan soʻzlar»ni olaylik. 
Yoshu qari birdek oʻqishi lozim boʻlgan asar. Bu asardan 
har toifa vakili oʻziga kerakli xulosani oladi. Har bir toifa 
vakili kitobni oʻqiy turib oʻzini koʻradi. (Kitobni o‘qibgina 
amin bo‘lasiz). 
Bir soʻz bilan aytganda, toʻplamga kiritilgan asarlarni 
oʻqib, koʻngil bilan soʻzlashasiz. Ibrohim Rixsiboyevdek 
yosh ijodkorlar oʻzbek adabiyotining kelajagini yaratishiga 
shubha yoʻq. Kelajagi porloq yozuvchimizning birinchi 
kitobi chop etilgani bilan qutlab, ijodiy parvozlar tilayman. 

Download 2,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish