«Poytaxt exclisive» nashriyoti Toshkent – 2022



Download 2,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/42
Sana30.03.2022
Hajmi2,24 Mb.
#519466
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
Bog'liq
Dilga tashrif- Ibrohim Rixsiboyev@Elektron Kutubxona

O‘quvchilik sumkam
Maktabda o‘qib yurgan kezlarim papkamga darsliklar, 
daftarlar-u, qalam donlardan tortib badiiy kitoblarimni ham 
solib olar edim. Shungami qulf va osgichi tez-tez buzilar edi. 
O‘sha damlarda onamga shunday derdim: 
– Onajon, kerakli yukning og‘iri yo‘q, deb uq ti rar dingiz, 
nima uchun kitoblarim sumkamga og‘irlik qilayapti?
– Bo‘lmasa, og‘irroq badiiy kitoblaringni tashlab 
ket, maktabdan qaytgach uyda o‘qiysan, – derdi onam 
jilmayib. Men esa kitoblarimdan ajralishni tasavvur eta 
olmay, o‘ylab-o‘ylab, aqlliroq ammo biroz noqulayroq 
chorani topdim. Qalinroq kitoblarimni qo‘limda tutib 
ketadigan bo‘ldim…
Kutubxona – nurxona
Maktab davrimni yana yodga olaman. Chunki yodda 
qolsa arzigulik xotiralarim bisyor ekan. Bilasiz, maktabda 
o‘quvchilarning sevimli fani jismoniy tarbiya. O‘quvchilar 
aynan shu darsda o‘zlarini erkin sezdi. Kamina esa 
jismoniy tarbiya darsida boshqalarga o‘xshab futbol, 
shaxmat va boshqa qiziqarli o‘yinlarga boy darslarda 
muntazam qatnashmaganman. Buning o‘rniga fan o‘qi-
tuvchim bilan kelishgan holda bir soat davomida sevimli 
go‘sham maktab kutubxonasida bo‘lar edim. Yillar 
davomida kutubxonamizdagi kitoblarning barchasini 
aynan shu jismoniy tarbiya fani bois mutolaa qilishga 
muvaffaq bo‘ldim. Biroq maktabni bitirish imtihonlarida
barcha fanlardan a’lo, jismoniy tarbiyadan esa pas baho 


10
Ibrohim Rixsiboyev
oldim. Sababini so‘rasangiz, ustozlar qoldirilgan darslar 
bois shu to‘xtamga kelishgan ekan.
Har kimning aytgan gapi…
Har kim aytgan gapga ham quloq tutavermang. Chunki 
eshitib qo‘yib, yo saodatga erishasiz, yo falokatga.
Ko‘zgu
Insonning yuziga oyna tutsang ham, bu me ning yuzim 
emas deydi. Hech bir insonning xato, kamchiligi o‘ziga 
sezilmaydi. Bu ayon haqi qatni aytmoqlikka urunsang, tan 
olmaydi. Mana shu asl zalolatdir.
mehnat
Bobom, juda mehnatkash inson bo‘lganlar. Bola-
ligimdan meni ham shunga o‘rgatganlar. Bir daqiqa 
vaqtimni ham bo‘sh o‘tkazishimga yo‘l qo‘ymas edilar. 
Har qanday ishga qattiq kirishmas ekanman uning tagiga 
yeta olmasligimni hamisha uqtirar edilar. Men, yetti yashar 
bola, bu so‘zlarning mohiyatini tushunishga harakat 
qilardim. Yoshim yigirmadan o‘tdi, hozirgi kunda, bu 
haqiqatni tushunayapman – 
bo‘sh qop tik turmas ekan.
«Masnaviy rivoyatiga 40 sharh» kitobidan bu haqda 
shunday deyilgan:
Biror ishni uddalash uchun azm-u shijoatli, irodali 
va qat’iatli bo‘lish kerak. O‘limdan oldin «o‘lgan» kishi 
nafsoniy, bashariy his-tuyg‘ularni jilovlab ta’sirsiz holga 


11
Dilga tashrif
olib kelgan, yani nafs vasvasasidan qutulgan va haqqa 
taslim bo‘lgan insondir. U jo‘mard, boshqalarga yordam 
qiluvchi, har kimga yaxshilik tilaguvchi odamdir. 
U hech kimning dilini og‘ritmaydi, hech kimdan 
ranjimaydi. Hammaga sevgi va shafqat bilan, ochiq yuz, 
shirin so‘z bilan muomala qiladi.
Bu hislatlarga bir ichki poklanish va ma’naviy tarbiya 
bilan erishadi. Bu tarbiyaning nomi mujohadadir. 
Yani o‘z qusur va zaifliklariga qarshi kurashib, ularni 
yengmoqdir.
Lazzat
Hayot shunday lazzatli-ki, bu lazzatdan bandalar 
hayotga o‘rganib qolib, unga muhabbat qo‘yi shadi, bu 
fojea. Chunki bir kun kelib, mana shu lazzatni totib, Alloh 
buyurgan farz amallarni bajarma ganligimiz uchun javob 
beramiz. Shuni anglashimiz kerak, haqiqiy lazzatni, Haq 
taolo bizni jannatga dohil qilganda tuyamiz.
Qarz
Ayol ancha yillar avval, bir yozuvchidan qarz oladi. 
Shu ayolni Alloh o‘z bayti tomon chorladi. Bu oliy umr 
safariga yo‘l olishdan avval, kimda qarzi bo‘lsa, o‘sha 
kishilarga birin-ketin o‘z qarzlarini to‘lab bo‘ynidan soqit 
etdi. Birgina yozuvchi qolgan edi. Uning uy manzilini 
izlab topgach o‘tmishdagi pul birliginini, bugungi pul 
miqdoriga to‘g‘rilab qarzini olib bordi. Yozuvchi ayolni 
ancha vaqt ko‘rmaganligi va qarzini unutib yuborganligini 
aytdi. Gap orasida:


12
Ibrohim Rixsiboyev
– Men sizga bu pulni qarz, deb bermagan edim, bu 
pullarni olmayman, – deydi. 
Ayol esa qo‘yarda-qo‘ymay qarzi bo‘lgan pullarni 
tashlab ketdi. Balki ayolning shu fazilati tufayli Alloh o‘z 
baytiga chorlab, uni pok qilgandir.

Download 2,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish