Adabiyot qistmatim
O‘zbek hikoyachiligida o‘ziga xos maktab yaratib
ketgan betakror yozuvchimiz, O‘zbekiston xalq yozuvchisi,
«Mehnat shuhrati» ordeni sohibi Shukur Xolmirzayev men
ardoqlagan adib.
Shukur Xolmirzayev nasrning turli janrlarida asarlar
yaratib, o‘zbek adabiyoti xazinasini boyitgan. Adib
o‘zining, rang-barang mavzulardagi hikoylari, publitstik
maqolalari, esselari, qissalari, qator romanlari bilim
qalblarni zabt etgan, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Shukur
Xolmirzayevning eng yaxshi hikoyalari qahramon
obrazining yangi va yorqinligi, qahramonlar tilining
shiraliligi bilan o‘quvchilarni o‘ziga jalb etadi. Men ijodkor
haqida eshitgan bazi xotiralarni ham so‘zlab berishni
lozim topdim. Zero, har bir ijodkorning o‘ziga hos olami,
ularning ijodi sururi, mashaqqatlari borligini har kim ham
bilavermasa kerak.
Men barcha asarlarini sevib o‘qiydigan adibning
o‘smirlik chog‘laridayoq yaratgan ilk hikoyalari Abdulla
Qahhordek talabchan ijodkorning nazariga tushgani, o‘zbek
sana’tining zabardast aktyori Shukur Burxonov e’tirofiga
sazovor bo‘lgan ekan. Ijod yaratuvchanlikni talab etishini,
qalam egasi yozayotgan asarlari kitobxon ruhiyatiga
kirib borishini asarni o‘qiganimda yuragimda qandaydir
tuyg‘ular jo‘sh urganda kashf etganday bo‘lganman.
«Bahor o‘tdi», «o‘zbek xarakteri», «Moviy osmon»,
«Ot egasi». «So‘nggi bekat» va boshqa asarlarida milliy
ananalarni va insonning tabiat bilan munosabatini ochib
99
Dilga tashrif
berildi. Kitobxonni to‘lqinlantiradigan, ijtimoiy fikrga
molik asarlar ijod qildi.
Adib ko‘p asarlarini, Do‘rmon ijod uyida, so‘lim bog‘
bag‘rida yozib, ularni tahririyatga topshirib ketar ekan. Boshqa
yozuvchilar kabi kitob qilib chop etishga shoshilmagan ekan.
Adibning suyukli qizi Sayyora opa Xolmirzayeva otasi
haqidagi xotiralarini shunday bayon qiladi: sir emaski,
otam ham ayrim adiblar kabi chaqqon bo‘lganlarida
bu o‘tgan yillar orasida yozgan hikoyalari-yu adabiy
maqolalari, qissa-roman, esselarini hech bo‘lmaganda
bir marotabadan kitob qilish harakatida bo‘lar edilar.
Asarlarini garchi talab bo‘lsa-da qayta nashr ettirishni
xohlamasdilar. Farzand sifatida hozirda otam asarlarini
tayyorlayapman. Albatta, saylanmalardan durdona asarlar
o‘rin egallaydi. Eng muhimi, deyarli yarim asrlik ijod
mahsuli o‘z o‘quvchilariga yetib boradi.
Shukur Xolmirzayev bir kunmas bir kun mening
asarlarim tom-tom bo‘lib chop etiladi, deb niyat qilgan
bo‘lsa ajab emas.
Ustozim Erkin Malikning xonadonlariga ish yuzasidan
bordim.
– Kel, bolam, ichkariga kir, – deya ijodxonalariga
taklif qildilar. Stol ustida kitoblar tahlamiga tikilib
turganimni ko‘rgan ustoz: – Bu yozuvchining kitoblari
asar yaratishimda ilhom baxsh etadi, – dedilar adibning
tanlangan asarlariga ishora qilib.
Erkin aka menga Shukur Xolmirzayevning nafaqat
kattalar balki kichik yoshdagi kitobxonlar uchun, sara
asarlar yarata olganini to‘lqinlanib gapirib berdilar.
100
Ibrohim Rixsiboyev
Adib ning bolalar uchun yaratgan asarlarida han o‘zlikni
anglash, jaholatga qarshi ma’rifat tuyg‘usi mavj urgan,
desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Yozuvchi suhbatlarning birida, adabiyotni qismatim deb
bilaman. Men shunday hayotning humoriman, degan edi.
Zero, bu iqror adibning qon-qoniga singib ketgan dilrozi
edi.
«Tong yulduzi» gazetasining
2018-yil 17-dekbr sonidan olindi
Do'stlaringiz bilan baham: |