Poyezdlar tuzish rejasini ishlab chiqish tartibi


Bo‘sh vagonlar oqimini tashkil etish



Download 51,66 Kb.
bet4/5
Sana12.07.2022
Hajmi51,66 Kb.
#783248
1   2   3   4   5
Bog'liq
2-ma'ruza

Bo‘sh vagonlar oqimini tashkil etish. Bo‘sh vagonlardan tashkil topgan poyezdlar alohida marshrutlar bilan harakat tarkibining turi bo‘yicha yoki, aralash tarkibda poyezdlar tuzish rejasi bo‘yicha belgilangan stansiyalarda tuziladi.
Bo‘sh vagonlarlardan tashkil topgan alohida marshrutlar tuzish ko‘zda tutilmagan stansiyalarda ushbu bo‘sh vagonlar poyezdlar tuzish rejasiga mos ravishda yuk poyezdlari tarkibiga belgilangan topshiriqqa mos ravishda ulanadi.
Vagon egasi bo‘lgan davlatga bo‘sh vagonlarni qaytarishda, ko‘rsatilgan vagonlar poyezdlar tuzish rejasi bo‘yicha poyezdlar tarkibida jo‘natiladi. Bunda ularning jo‘natilishi raqamli hisoblash, foydalanish qoidalari va boshqa davlatlarga tegishli bo‘lgan yuk vagonlaridan foydalanish uchun to‘lovlar va shu bilan birga temir yo‘llarda amaldagi bo‘sh vagonlarni tezkor rejalashtirish va me’yorlash tizimlariga mos ravishda amalga oshirilishi lozim.
Tarkibida 28-30 tagacha izotermik vagonlar (7 ta vagonli refrejiratorli seksiyalar) bo‘lgan yukli va bo‘sh marshrutlar butun yo‘l yurish davomida boshqa vagonlar bilan to‘ldirilmaydi va noto‘liq tarkibli yoki noto‘liq og‘irlikdagi tarkiblar hisoblanmaydi.
Poyezdlar tuzish rejasining bajarilishini ta’minlash. Poyezdlar tuzish rejasining buzilishiga quyidagilar kiradi:
a) o‘tib ketuvchi poyezdlar uchun – yurish yo‘li aylanma hisoblangan bir yoki bir nechta vagonlarni tarkibga ulash;
b) qayta ishlovga tushayotgan poyezdlar uchun – agar tuzish rejasida ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, qarama-qarshi yo‘nalishdagi vagonlarni ulash;
v) amaldagi poyezdlar tuzish rejasi bo‘yicha berilgan stansiya orqali o‘tib ketuvchi poyezdlar tarkibiga uch va undan ortiq uzoq masofaga belgilangan vagonlarni ulash;
g) guruhli poyezdlar tarkibida harakatlanayotgan vagonlar guruhi joylashishining ularning tuzilish tartibiga va poyezd tarkibidagi joylashuviga mos kelmasligi;
d) belgilangan tartibdagi bo‘sh vagonlardan tashkil topgan tuzilish marshrutlarining bajarilmasligi, harakat tarkibining turi bo‘yicha bo‘sh vagonli marshrutlarga mos kelmaydigan hamda qo‘yish turi bo‘yicha to‘g‘ri kelmaydigan sisternalar shular jumlasidandir;
j) poyezdlar va jo‘natish marshrutlarini muddatidan oldin tarqatib yuborish;
z) saralanishi lozim bo‘lgan poyezdlarni stansiyalar orqali o‘tkazib yuborish;
i) texnik stansiyalarda tashkil etiladigan jo‘natish marshrutlari va poyezdlarni yo‘lda yurish davomida to‘latishning belgilangan tartiblariga rioya etilmasligi;
k) poyezdlar tarkiblariga tashish hujjatlari mavjud bo‘lmagan yukli vagonlarni ulash.
Inventar parkning yukli vagonlarini poyezdlar tuzish rejasi bo‘yicha belgilanmagan marshrutlar bo‘yicha yo‘naltirishda bo‘sh vagonlarning qaytarilishi vagonlar yukli holatda o‘tib ketgan davlatlararo chegara punktlari orqali amalga oshiriladi.
Jo‘natish marshrutlari poyezdlar harakat grafigi bo‘yicha belgilangan tartibdagi og‘irlik hamda uzunliklari bo‘yicha tuzilishi va yukli vagon oqimlari uchun belgilangan o‘tish punktlaridan harakatlanishlari lozim.
Bo‘sh vagonlar temir yo‘l ma’muriyatining roziligi bilan yordamchi vagon sifatida yo‘naltirilishi mumkin.
Bitta stansiyadan bitta yo‘nalishga sutka davomida yuk yuklanishida bitta tarkibdan kam bo‘lmagan vagon oqimlari mavjud bo‘lsa, u holda jo‘natish marshrutlarini ko‘zda tutish lozim.
Sutka davomida ikkitadan kam bo‘lmagan belgilangan og‘irlik va uzunlik me’yoridagi vagonlardan iborat tarkiblar yuzaga kelganda alohida yo‘nalishlarni belgilash ko‘zda tutiladi.
Yukli holatda paromli o‘tish punktlari orqali kelib tushgan temir yo‘llar ma’muriyatining mulki bo‘lgan vagonlar yuklari tushirilgach, xuddi shu punktlar orqali qaytarilishi lozim.
Agar kompensatsiyalanmagan bo‘sh bosib o‘tish masofasi yuzaga kelmagan bo‘lsa, bo‘sh vagonlarni temir yo‘llar bo‘yicha temir yo‘l ma’muriyatiga qaytarilishiga ruxsat beriladi. Bo‘sh vagonlarni qaytarishda ishtirok etuvchi temir yo‘l ma’muriyatlari kompensatsiyalanmagan bo‘sh bosib o‘tish masofasi uchun shartnoma asosida to‘lov belgilashlariga huquqlari bor.
Temir yo‘llar ma’muriyatiga tegishli bo‘lgan yukdan bo‘shatilgan vagonlar temir yo‘llar ma’muriyati tomonidan “Boshqa davlatlarga tegishli bo‘lgan yuk vagonlardan foydalanish, raqamli hisoblash” qoidalariga mos ravishda o‘zlarining yo‘nalishlaridagi stansiyalarda yuklarni yuklash uchun foydalanilishi mumkin.
Paromli o‘tkazgichlar orqali kelib tushgan, boshqa davlatlar temir yo‘llari ma’muriyatiga tegishli bo‘lgan bo‘sh vagonlardan o‘zlarining mahalliy aloqadagi yuklarini yuklash ishlarida foydalanish holatlarida, yuklar tushirilgandan so‘ng vagon egalari bo‘lgan davlatlar temir yo‘l ma’muriyatiga “Boshqa davlatlarga tegishli bo‘lgan yuk vagonlardan foydalanish, raqamli hisoblash” qoidalarining
1-ilovasiga mos ravishda belgilangan yo‘nalishlari bo‘yicha qaytariladi.
Yuk jo‘natuvchilar yoki ekspeditorlik firmalarining talabnomalari bo‘yicha mazkur tashish jarayonida ishtirok etayotgan barcha temir yo‘l ma’muriyatlari bilan kelishilgan holda vagonlarning va marshrutlarining harakatlanish yo‘nalishlari o‘zgartirilishi mumkin.
Bitta jo‘natuvchidan qabul qilingan va harakatlanish davomida saralanmagan holda bitta tushirish stansiyasiga boruvchi konteynerlar, yuk poyezdlarini tuzish rejasida ko‘zda tutilgan xalqaro kesishish punktlari bo‘yicha harakat tarkiblarini qabul qilish va topshirishni amalga oshiruvchi stansiyalarning ixtisoslashganligi hisobi bilan marshrutlar bo‘yicha yo‘naltirilishi mumkin.
Bittalik konteynerlar bilan yuklangan vagonlar, konteynerlarni saralash yoki tushirish stansiyalariga konteynerli vagonlarni tuzish rejasi bo‘yicha yo‘naltiriladi.
Texnik yoki tijoriy nosozlik tufayli bir yoki ikki vagon tarkibdan uzilganda, poyezdlarni davlatlararo chegara punktlaridan o‘tishida poyezdlar harakat grafigida belgilangan og‘irlik yoki uzunlik me’yorlarigacha to‘ldirmasdan topshirilishiga ruxsat beriladi.
Vagon yuk hujjatlarida ko‘rsatilgan, natur varag‘ida ko‘rsatilgan punktga mos kelmaydigan davlatlararo o‘tish punktiga kelishida asosiy belgilovchi punkt bu yuk hujjatlarida keltirilgan o‘tish punkti hisoblanadi. Chegara stansiyasida natur varag‘iga o‘zgartirish kiritishga ruxsat etiladi, agar u mavjud bo‘lmasa, u holda chiqish chegara punktini ushbu vagon uchun rasmiylashtirilgan yuk hujjatiga mos ravishda yozib beriladi.
Vagonni yuk hujjatida ko‘rsatilgan punktga mos kelmaydigan davlatlararo chegara punktiga olib kelishda, temir yo‘l ma’muriyati uni yuk hujjatida ko‘rsatilgan o‘tish punktiga yo‘naltirishga majbur.
Ukraina temir yo‘llari stansiyalarida yuklangan vagonlar poyezdlar tuzish rejasida ko‘zda tutilgan quruqlikdagi chegara o‘tish joylari orqali hamda, tegishli temir yo‘l ma’muriyatlari va Kengash direksiyasi bilan kelishmagan holda, kema egasini stansiya manzili haqida ogohlantirgan holda yo‘naltirilishi mumkin.
Bo‘sh vagonlarning qaytarilishi ham, xuddi shu marshrutlar bo‘yicha amalga oshiriladi.
Hozirgi vaqtda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ bo‘yicha poyezdlarni, vagonlarni shu jumladan MDH va Boltiq bo‘yi davlatlariga tegishli bo‘lgan vagonlarning ishsiz turib qolishlarini qisqartirish, poyezd dispetcherining rejasi bo‘yicha tezkor tartibda ulardan foydalanilganlik uchun to‘lovlarni kamaytirish maqsadida, Aris, Chuqursoy va shu bilan birga Toshkent uzelidagi stansiyalardan, Angren – Sergeli uchastkasi va orqaga Toshkent uzelidagi stansiyalar hamda Dalaguzar, Nazarbek stansiyalari orqali yo‘naltiriladi.

Download 51,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish