O‘zbekiston respublikasi transport vazirligi toshkent davlat transport universiteti



Download 126,28 Kb.
bet1/6
Sana20.07.2022
Hajmi126,28 Kb.
#827872
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2 5235843258726226696



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TRANSPORT VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI
BUXGALTERIYA HISOBI” KAFEDRASI


TEMIR YO‘L TRANSPORTI STATISTIKASI
fanidan
KURS ISHI

Bajardi: BHA-43guruh talabasi Raximova D
Qabul qildi: Atakuziyeva Sh.R.


Toshkent-2021-yil.

MUNDARIJA
KIRISH------------------------------------------------------------------------------------------3
1-bob.Nazariy qism----------------------------------------------------------------------------7
1.1.Foydalanish statistikasi. ------------------------------------------------------------7
1.2 .Vagonlarning mavjudlik parki.----------------------------------------------------8
1.3.Vagonlarni hisobga olish hujjatlar.------------------------------------------------9
1.4. Vagonlardan foydalanish ko‘rsatkichlari.---------------------------------------12
1.5.Vagonlarning turlari.---------------------------------------------------------------15
2-bob.Amaliy qism. Vagonlardan foydalanishning omili tahlili.-------------------16
2.1.MTU bajargan ishining tahlili va uni baholash.------------------------------16
2.2.Harakatlanuvchi tarkiblardan foydalanish ko`rsatkichlarining tahlili.-----18
2.3.Vagon-soatlar ko`rsatkichlarini to`g’irlash uslubi.(I-bob).------------------20
2.4.Yuk tashuvchi vagonlarning ishlatish vaqti vaularning tahlili.(II-bob). --24
2.5 Vagonlar unumdorligi ko`rsatkichi tahlili.(III-bob.1-qism.) ---------------30
2.6.Vagonlardan vaqt birligi ichida foydalanish ko`rsatkichlari.(III-bob.2-qism.) -------------------------------------------------------------------------------------------34
Xulosa va takliflar. -----------------------------------------------------------------38
Foydalanilgan adabiyot ro‘yxati. ------------------------------------------------39
KIRISH
Ma’lumki, O’zbekiston qadim zamonlardan G’arb va Sharqni bog’lovchi Buyuk ipak yo’lida joylashgan davlat sifatida mashhur bo’lgan. Endilikda ana shu qadimiy yo’l yangicha sayqal topib, ellarni-ellarga bog’lab kelmoqda. Hozirgi vaqtda mamlakatimizni modernizatsiya qilish va yangilash, iqtisodiyotimizning sifat jihatidan yangi, zamonaviy tarkibiy tuzilmasini shakllantirish, hududlarimizni kompleks rivojlantirish transport va kommunikatsiya tizimini takomillashtirish bilan uzviy bog’liq. Bu o`rinda "O'zbekiston temir yo'llari" AJ ning ahamiyati juda katta chunki uzoq masofalarga yuk va yo`lovchilarni tashish uchun juda qulay hisoblanadi. Shu sababli temir yo`llarni rivojlantirish uchun bir qator ishlar amalha oshirilmoqda shu jumladan, 1994- yil 7- noyabr yaratilganidan buyon "O'zbekiston temir yo'llari" AJ 20 yildan ortiq davr mobaynida O'zbekiston Respublikasining tuzilishi-shakllantirish va iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim bo'g'ini hisoblanadi. Barqaror rivojlanish, barqarorlik, innovatsion texnologiyalarni joriy etish, va "O'zbekiston temir yo'llari" AJ korxonalarining iqtisodiy va sanoat rivojlanishining o'sish dinamikasining oshishi O'zbekiston Respublikasining butun iqtisodiyoti va transport sohasining rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratmoqda
Temir yo’l transporti mavjud bo’lgandan beri va faoliyati davomida O'zbekiston iqtisodiyotining boshqa tarmoqlari bilan yaqindan hamkorlik qiladi. Uning asosiy vazifalaridan biri iqtisodiyot ehtiyojlarini qondirish uchun o'z vaqtida yuk va yo'lovchi tashishni ta'minlash hisoblanadi. Bu boradagi ishlar turli ko’rinishlarda amalga oshirilmoqda va O'zbekiston Respublikasi temir yo'l tarmog'ini o'tkazish va tashish imkoniyatlarini maksimal xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan.
Yuk va yo'lovchi tashish shakllantirish, temir yo'ldan foydalanish xarajatlarni optimallashtirish, poezd harakatining xavfsizligini ta’minlash xalqaro shartnomalar doirasida xorijiy sheriklar bilan yaqin hamkorlikda amalga oshirilmoqda. Xususan, mazkur temir yo’l orqali bir yil davomida 413 ming 162 nafardan ortiq yo’lovchiga xizmat ko’rsatildi, 7395,6 ming tonna yuk tashildi. Shuningdek, 1718 ta yangi ish o’rinlari yaratildi.Mustaqillik yillarida temir yo’llarni elektrlashtirish ishlariga katta ahamiyat qaratildi. O’tgan davrda Xovos–Bekobod, Xovos–Jizzax liniyalari e’lektrlashtirildi va Maroqand–Qarshi, Maroqand-Buxoro yo’nalishlarini elektrlashtirish ishlari 2016 yilda yakunlandi. Toshkent–Samarqand–Buxoro, Toshkent-Samarqand-Qarshi yo’nalishlarida tezyurar elektropoezdlar qatnay boshladi. Natijada poezdlardan foydalanish xarajatlarini 20 foizga kamaytirish, yo’lovchi va yuk tashish tezligini 1,3 barobar oshirish imkoni yaratildi. Markaziy Osiyo mintaqasida eng birinchi bo’lib yuqori tezlikda harakatlanuvchi Toshkent, Samarqand, Qarshi va Buxoro shaharlarini bog’lovchi “Afrosiyob” poezdlari qatnovi yo’lga qo’yildi
Temir yo`l sohasidagi qator kamchliklar PrezidentimizShavkat Mirziyoyevni ham befarq qoldirmadi va o`zlarining 2021-yil 28-yanvarda transport tizimini samarali tashkil etish borasidagi ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.
Davlat rahbari matbuot xizmati axborotida ta’kidlanishicha, hozirgi kunda O‘zbekistonning transport-tranzit salohiyatidan to‘liq foydalanilmayapti. Optimal tarif siyosati mavjud bo‘lmagani sababli tranzit yuk oqimini jalb etish va mahalliy tovarlarning tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini oshirish imkoniyati cheklanmoqda.
“Yig‘ilishda tranzit siyosatini butunlay qayta ko‘rib chiqish Transport vazirligining eng muhim vazifalaridan biri ekani ta’kidlandi”, — deyiladi rasmiy axborotda. Temiryo‘l tizimini tubdan isloh qilish, sohaga xususiy kapitalni keng jalb etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan.
Xalqaro ekspertlarning xulosasiga ko‘ra, O‘zbekiston tranzit salohiyatini hozirgi 7 million tonnadan 16 million tonnaga, 2030-yilda esa, mintaqaviy loyihalarni amalga oshirish evaziga 23 million tonnaga yetkazish imkoniyati mavjud. Qayd etish joiz, Jahon bankining logistika reytingida O‘zbekiston 163 ta davlat orasida 99-o‘rinda bo‘lib, xalqaro tashuvlarni amalga oshirishning soddaligi bo‘yicha 120-o‘rinda qayd etilgan.
Hududlar rivojlanishining muhim omili - ular orasida rivojlangan transport tarmogʻini yaratishdir. Shuningdek ichki turizmni rivojlantirish ham ushbu omilga bogʻliqdir. 
Bozor iqtisodiyotida xo‘jalik mexanizmi va temir yo‘l transportida boshqarish tuzilmasida katta o‘zgarishlar ro’y bermoqda. Statistika ijtimoiy- iqtisodiy hodisalar va jarayonlarning miqdoriy tomonlarini ularning sifat tomonlari bilan uzviy ravishda bog‘langan holda o‘rganadi. Ma’lumotlarni to‘plash, ularni qayta ishlash, tahlil qilish va bashorat qilish statistikaning asosiy vazifasidir. Shuning uchun xo‘jalik boshqaruvini takomillashtirishda statistik hisobi va hisobotning ahamiyati katta va ular bir- biri bilan bevosita bog‘liqdir. Statistika korxonalar ishlab chiqarish faoliyati natijalarining moddiy va mehnat resurslari majudligi, ularning ishlatilishi, foydalanilgan zahiralari, moliyaviy holatini tavsiflaydi hamda joriy va bashorat loyihalarni tuzish uchun ma’lumotlarni yig‘adi, qayta ishlaydi, tahlil qilash uchun tayyorlaydi.
Temir yo‘l transporti statistikasi –iqtisodiy statistikaning tarmoqlar statistikasi ajralmas bo‘limi hisoblanadi. Uning o‘rganish predmeti bo‘lib, temir yo‘l tansporti, ya’ni yuk va yo‘lovchilarni aniq masofaga tashishni tashkillashtiruvchi korxonalar majmuasi hisoblanadi. Temir yo‘l transporti tuzilmaviy korxonalari uchun statistik ko‘rsatkichlar tizimini ishlab chiqish hamda ularni tahlil qilish usullari temir yo‘l transporti statistika bo‘limida o‘rganiladi.
Temir yo‘l transporti statistikasining o‘rganish predmeti- temir yo’lga xos bo‘lgan ommaviy holatlar va jarayonlarning miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlari hisoblanadi. Transport sohasida temir yo‘l transporti eng katta va muhim o‘rinni egallaydi. Temir yo‘l transporti statistikasi transport statistikasining bir qismi bo‘lib, o‘ziga xos xususiyatlarga ega, ya’ni moddiy tahlil asosida tashish jarayonini tashkil qiladi, harakatlanuvchi tarkiblarning moddiy va mehnat resurslaridan samarali foydalanish va moliyaviy natijalarni tahlil qilish uslublarini o‘rganadi. Bularning hammasi temir yo‘l transporti statistikasining asosiy vazifalaridir.
Temir yo‘l transportining asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat:

  1. Temir yo‘l transporti mahsuloti ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qilinadi, mijozlarga hamda yo‘lovchilarga harakatlanuvchi tarkiblar yordamida tashish xizmatlarini ko‘rsatadi.

  2. Temir yo‘l transportining asosiy vositalarining bir qismi, ya’ni harakatlanuvchi tarkiblar, o‘z joyini o‘zgartirib turadi, ya’ni doimo harakatda bo‘ladi.

  3. Temiryo‘ltransportikechayu-kunduzuzluksizishlaydi.

  4. Temir yo‘l transporti ichki hududiy, region va markazlashtirilgan holda boshqaruvni amalga oshiradi.

  5. Harakatlanuvchi tarkib bilan bog‘liq muayyan ishlovchilarning (mashi-nistlar, provodniklar, vagonlarni tekshiruvchilar, poyezd tuzuvchilari, elektro montyorlar) ish haqlari, ish vaqtlari, smena davomiyligi aniq belgilanmaganligi sababli statistic kuzatish uslublari alohida shaklda olib boriladi.

Yuqorida keltirilgan xususiyatlardan temir yo‘l transporti statistikasining xususiy uslublari kelib chiqadi:
Birinchi manbalar (birlamchi hujjatlarni)ni to‘ldirish aniq va to‘liq holda olib borilishi zarur;
Haqiqiy bajarilgan ish bo‘yicha qayd qilish fursati, shu holatda joylashishini ifodalab, о’sha ish bajarilish vaqtida to’ldirilishi zarur.
Hisobot davri va hisobot fursati aniq va to`liq tarzda belgilanishi zarur.
Temir yo‘l transporti statistikasi quyidagi bo‘limlarga ajratiladi: tashish statistikasi, foydalanish statistikasi, asosiy fondler va texnik jihozlar bilan qurollantirish statistikasi, mehnat va ish haqi statistikasi, moliya statitikasi.



Download 126,28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish