Poyezdlar tuzish rejasi bo‘yicha umumiy ko‘rsatmalar. Stansiyalarda tuziladigan poyezdlar asosan quyidagilarga bo‘linadi:
a) o‘tib ketuvchi (o‘tkinchi) poyezdlar – bir va undan ortiq saralash yoki uchastka stansiyalaridan qayta ishlovsiz o‘tuvchi poyezdlar;
b) uchastka poyezdlari – bitta uchastkadan qayta ishlovsiz o‘tuvchi poyezdlar;
v) terma poyezdlar – texnik stansiyalar orasidagi oraliq stantsilarga vagonlarni olib borish va ularni yig‘ishtirib chiquvchi poyezdlar;
Terma poyezdlarning tuzilishi uning tarkibidagi vagonlarni uchastkadagi stansiyalar bo‘yicha joylashtirish orqali amalga oshiriladi, ularning tuzilish sxemalari, hamda oraliq stansiyalarida ishlash tartibi “Tashishlarni tashkil etish boshqarmasi” boshlig‘i tomonidan belgilab beriladi.
“O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘llaridan texnikaviy foydalanish qoidalari”ning 209-bandiga asosan poyezdlar harakatlanish grafigi va poyezdlar tuzish rejasiga to‘liq muvofiq ravishda tuzilishi lozim. 2010/2011 va 2018/2019 yillar uchun ishlab chiqilgan poyezdlar tuzish rejasidagi poyezd manzillari soni va poyezdlar soni (turlari bo‘yicha) tahlil qilindi (1.5-jadval). Natijada, 2018/2019 yillar uchun ishlab chiqilgan poyezdlar tuzish rejasidagi poyezd manzillari soni 2010/2011 dagiga nisbatan 66 foizga oshgani aniqlandi (2010/2011 yilda poyezdlar tuzish rejasidagi poyezd manzillari soni 141 tani, 2018/2019 yilda – 234 tani tashkil etgan). Bu o‘z navbatida, 2010/2011 yilga nisbatan 2018/2019 yilda yangi manzillar 93 taga ko‘payganini ko‘rsatadi.
1.5-jadval
2010/2011 va 2018/2019 yillar uchun ishlab chiqilgan poyezdlar tuzish rejasidagi poyezdlar sonining ular turlari bo‘yicha tahlili
T/r
|
Poyezd turi
|
Poyezdlar soni
|
2010/2011
|
2018/2019
|
1
|
O‘tkinchi poyezdlar
|
41
|
64
|
2
|
Terma poyezdlar
|
34
|
30
|
3
|
Olib chiquvchi poyezdlar
|
8
|
18
|
4
|
Uzatuvchi poyezdlar
|
14
|
39
|
5
|
Ko‘p guruhli olib chiquvchi poyezdlar
|
2
|
-
|
6
|
Joyidan jo‘natiladigan marshrutlar
|
7
|
3
|
8
|
Uchastka poyezdlar
|
15
|
9
|
9
|
Terma-uchastka poyezdlar
|
19
|
62
|
10
|
Konteynerli poyezdlar
|
-
|
1
|
11
|
Marshrutli poyezdlar
|
1
|
8
|
Jami
|
141
|
234
|
1.5-jadvaldan ko‘rinib turibdiki, 2018/2019 yillar uchun ishlab chiqilgan poyezdlar tuzish rejasida 2010/2011 yildagiga nisbatan:
- o‘tkinchi poyezdlar soni 56 foizga, olib chiquvchi poyezdlar soni 225 foizga, uzatuvchi poyezdlar soni 278 foizga, terma-uchastka poyezdlar soni 326 foiz ga; marshrutli poyezdlar soni 800 foizga oshgan;
- terma poyezdlar soni 22 foizga, joyidan jo‘natiladigan marshrutlar soni 57 foizga, uchastka poyezdlari soni 40 foizga kamaygan;
- 2018/2019 yillar uchun ishlab chiqilgan poyezdlar tuzish rejasiga ko‘p guruhli olib chiquvchi poyezdlar kiritilmagan va ularning o‘rniga konteynerli poyezdlar kiritilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |