Poyezdlar tuzish rejasini ishlab chiqish, o‘zgartirishlar kiritish va tasdiqlash. Poyezdlar tuzish rejasi, vagonlar oqimining yo‘nalishlari va jo‘natish marshrutlarini tashkil etish rejasi quyidagicha ishlab chqiladi:
- davlatlararo yo‘nalishlar uchun – “Temir yo‘l transporti bo‘yicha Kengash” direksiyasi tomonidan ishlab chiqiladi va “Temir yo‘l transporti bo‘yicha kengash”da tasdiqlanadi;
- davlat ichkarisidagi yo‘nalishlarda – “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan ishlab chiqiladi va uning rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Kerakli miqdordagi vagon oqimlari yig‘ilib qolgan holatlarda nisbatan uzoq masofalarga qo‘shimcha poyezdlarni poyezdlar tuzish rejasiga mos ravishda tuzish oldindagi stansiya tomonidan amalga oshirilishiga ruxsat beriladi.
Agar vagonlarni belgilangan punktlariga yetkazib berish shartlari buzilmasa, uchastkalarning foydalanish ishlaridan va sutkalik vagon oqimlarining yuzaga kelishidan kelib chiqib ayrim poyezdlar uchun poyezdlar tuzish rejasiga tezkor o‘zgartirishlar kiritish mumkin bo‘ladi. Mazkur o‘zgartirish dispetcherlik buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi va quyidagilar imzolaydilar:
agar o‘zgartirish bitta mintaqaviy temir yo‘l uzeliga tegishli bo‘lsa – YaDM (yagona dispetcherlik markazi)dagi yo‘nalish bo‘yicha navbatchi tomonidan;
agar o‘zgartirish bir nechta mintaqaviy temir yo‘l uzeliga tegishli bo‘lsa – YaDM boshlig‘ining smena bo‘yicha o‘rinbosari tomonidan.
Yuk poyezdlarining uzunligi va og‘irligi. Poyezdlar alohida yo‘nalishlarga ega bo‘lgan vagonlardan harakat grafigida belgilangan og‘irlik va uzunlik me’yorlari bo‘yicha tuziladi.
Davlatlararo yo‘nalishlar uchun og‘irlik hamda uzunlik me’yorlari – “Temir yo‘l transporti bo‘yicha Kengash” direksiyasi tomonidan temir yo‘l ma’muriyati bilan kelishilgan holda belgilanadi.
Davlat ichkarisidagi yo‘nalishlarda – “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ raisi tomonidan belgilanadi.
Istisno tariqasida belgilangan me’yorlardan kam tomonga o‘zgartirishlar kiritishga ruxsat beriladi, ya’ni og‘irlik me’yori 90 tonnagacha va uzunlik me’yori bitta jismoniy (fizik) vagongacha.
Harakat grafiklari bo‘yicha belgilangan poyezdlarning og‘irlik me’yorlarini og‘irlik yoki uzunliklari o‘zgartirish punktlarida to‘latish va shu bilan birga texnik yoki tijoriy kamchiliklari bo‘lgan vagonlarni uzish poyezdlardagi vagonlarning manzillari bo‘yicha amalga oshiriladi. Agar bunday vagonlar mavjud bo‘lmasa u holda mazkur stansiya uchun belgilangan poyezdlar tuzish rejasidagi vagonlar bo‘yicha amalga oshiriladi.
O‘tib ketuvchi poyezdlar va jo‘natish marshrutidagi poyezdlardan texnik yoki tijoriy nosozlik sababli, uzilgan vagonlar shu bilan birga poyezdlarning uzunligi yoki og‘irligini kamaytirish bo‘yicha uzilgan vagonlar, nosozlik bartaraf etilgandan so‘ng vagonlarni yechib olgan stansiyaning poyezdlar tuzish rejasi bo‘yicha poyezdlar tarkibida jo‘natiladi.