3-rasm. Chiziqli polietilenni siljuvchanlik egri chizig‘i:
1-chiziqli; 2-to‘rsimon.
Polimer qizdirilib, unda kerakli issiqlik yig‘ilgan holatdagi ekvivalent bo‘lmagan deformatsiyalanish (1 egri chiziq ostidagi maydon) va tashqi kuch olingandan keyingi (2 egri chiziq ostidagi maydon) qaytar deformatsiyalanish. Bu jarayon mexanik kuchlar ta’siridagi cho‘zilish-siqilish sikllarida amalga oshadi. Polimerdagi yig‘ilgan issiqlik miqdorini gisterezis ilgakining (petli) maydoni bo‘yicha hisoblash mumkin.
Stabillangan polietilen materiallarini xossalarini o‘rganishda stabilizator bilan uning yuzasida ro‘y beradigan polimer molekulalarining adsorbsion va adgezion o‘zaro ta’sirlari muhim rol o‘ynaydi. Bunday ta’sirlar polimer strukturasida qo‘shimcha uzellar sonini ortishiga ekvivalent hisoblanib, o‘z navbatida bu holat stabillangan polimer materiallarini qoliplarga quyishda polimer zanjirlarining qo‘zg‘aluvchanligini chegaralab qo‘yadi. To‘rsimon tuzilishga ega bo‘lgan termoplastik polimer va to‘ldirilgan polimerlarda odatiy shishalanish haroratidan past sharoitlarda kechadigan relaksatsion jarayonlar stabillanmagan polimerlarga nisbatan bir muncha farq qiladi.
Relaksatsiya vaqti harorat bilan bog‘liq bo‘lib, shishalanish haroratiga yaqin bo‘lgan polimer makromolekulalaridagi erkin hajm degan tushuncha bilan izohlanadi. Suyuq va amorf holatdagi polimerlar namoyon qiladigan ko‘pgina xossalar ularda yetarli darajada erkin hajm, ya’ni boshqacha qilib aytganda makromolekula (monomer) o‘lchamiga teng keladigan bo‘shliq (teshik) lar borligi bilan tushuntiriladi. Polimerlarga issiqlik berilganda ularda issiqlikdan kengayish sodir bo‘ladi. Issiqlikdan kengayish koeffitsienti shishalanish haroratidan yuqori bo‘ladi va polimerning erkin hajmi ham oshadi. Aksincha, agar polimer suyuqlanmasining harorati pasaysa undagi makromlekulalarning erkin hajmi ham kamayadi. Har qanday haroratdagi siljish asosan makromolekulalardagi hosil bo‘lgan erkin hajm bilan aniqlanadi [12].
1.5. Polietilenning qo‘llanilish sohalari
Polietilen termoplastik polimerlarni qayta ishlash usullarini hammasi bilan qayta ishlanishi mumkin: presslash, ekstruziyalash, bosim ostida quyish va h.k. Yuqori bosimda ishlab chiqarilayotgan polietilenni yarmi parda olishda ishlatiladi. Polietilendan asosan uy-ro‘zg‘or buyumlari, o‘yinchoqlar, santexnikada va boshqa joylarda ishlatiladigan quvurlar, konstruksion detallar ishlab chiqariladi. Radiotexnika va televidenieda, kabel sanoatida, qurilishda elektr izolyatsiya materiali sifatida korroziyaga qarshi qoplama, mato, qog‘oz va yog‘ochni shimdirishda ishlatiladi.
Hamma markali polietilenlar fiziologik zararsiz bo‘lganligidan, ular meditsinada, uy-joy qurilishida, turli xalq iste’mol mollari ishlab chiqarishda qo‘llaniladi.
I bob bo‘yicha xulosa
1. Magistrlik dissertatsiya mavzusi bo‘yicha ilmiy-texnik adabiyotlarning va patent materiallarining tahlilini o‘rganish orqali respublikamizda polietilen kompozitsiyalar uchun qo‘shimchalar ishlab chiqarishning holati baholanib, polimerlar uchun, jumladan, polietilen uchun stabillovchi modda sifatida Rossiya federatsiyasidan keltiriladigan Santanoks va Irganoks-1010 Qarshi shahridagi yog‘-moy ekstraksiya zavodining texnologik chiqindisi gossipol smolasi bilan almashtirish imkoniyatlari borligi aniqlandi.
2. Polietilen xom-ashyosini termik barqarorlashtiruvchi moddalar bilan stabillashning hozirgi kunda rivojlangan mamlakatlarda tadbiq etilayotgan usullari hamda qo‘llanilayotgan kimyoviy moddalar mahalliy ishlab chiqarish mahsulotlari bilan taqqoslangan, ulardan polimerlarni termik barqarorligini oshirishda va tashqi ta’sirlarga bardoshli bo‘lgan polietilen asosidagi polimer kompozitsion materiallar olish maqsadida qo‘llash mumkinligi aniqlandi.
3. Polietilen xom-ashyosini termik barqarorlashtiruvchilar bilan stabillashdagi relaksatsion jarayonlar va ularning mexanizmlari o‘rganildi hamda polietilen kimyoviy tabiatining o‘ziga xosligi, shuningdek, uni stabillovchi moddalar zarrachalarining sirti bilan molekulalararo ta’siri, stabillovchi modda zarrachalari bilan mustahkam struktura hosil qilishi aniqlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |