Platon qarashlarida jamiyat, davlat toʻgʻrisidagi taʼlimot markaziy oʻrinlardan



Download 250,33 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/12
Sana05.11.2022
Hajmi250,33 Kb.
#861094
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
1Evropa mutafakkirlari Platon, Boesiy, R Dekart, D YUmning falsafaga

 
 
 
2. Uyg‘onish davri falsafasi
Uyg‘onish davri ilk burjuaziya inqiloblarining g‘oyaviy va madaniy 
taraqqiyotining tarixiy jarayoni sifatida ifodalanadi. yevropa mamlakatlarida XII-
XIII asrlardayoq sanoat, savdo-sotiq, dengizda yurish rivoji va harbiy ishning 
o‘sishi kuzatiladi. O‘rta asrlarning 
ilohiyotchiligi
bilan kurashda birinchi 
o‘ringa 
insonparvarlik
va inson maqomini ulug‘lash 
(antropotsentrizm
) qo‘yildi. 
yerdagi dunyoviy ishlarga nafrat bilan qarash o‘rniga insonning ijodiy qobiliyati, 
aqli, baxt-saodatga intilishini tan olish qo‘yiladi. Insonparvarlik g‘oyalarini amalga 
oshirish o‘tmishdagi yutuqlarni o‘zlashtirishni taqozo etar edi, shuning uchun 
qadimgi davr falsafiy boyligini egallashga intilish boshlandi. Uyg‘onish bu eng 
avvalo qadimgi davrda yaratilgan asarlarni ozodona anglash bo‘lib, tayyor va 
o‘zgarmaydigan haqiqatlardan yuz o‘girishdir. Qadimgi davr faylasuflari gap 
tekizib bo‘lmaydigan obrumand odamlardan ko‘ra, ko‘proq ittifoqdosh shaxslar 
sifatida qabul qilina boshladilar. Olimlar va faylasuflar endi yopiq maktablarning 
vakillari sifatida emas, balki alohida olingan tadqiqotchilar sifatida namoyon bo‘la 
boshladilar. Voqyeylik ko‘proq hisobga olinadigan bo‘lib, diqqat-e'tibor amaliy 
ahamiyat va foyda keltiradigan masalalarga qaratiladigan bo‘ldi. Aqlni 
sxolastikadan qutiltirish boshlandi va faqat mantiqiy muammolardan ko‘ra dunyo 
va insonni tabiiy - ilmiy tushunishga o‘girilindi. 
Nikolay Kuzanskiy
(1401-1464) ta'limotida inson bilimining kuch-qudrati 
ta'kidlandi; insonning o‘zi ijodiy aqliy faoliyatining («inson uning aqlidir») 
vositasida qandaydir xudoga o‘xshash ekanligiga ishora qilindi. Kuzanskiyning 
faoliyatida dialektika unsurlarini ham topish mumkin. 


Inson maqomini yuqori ko‘tarish g‘oyasi 
Piko della Mirandola
(1463-1494) 
ijodida asosiy o‘rin tutadi. Inson tanlash erkinligiga ega va bu uni koinotga bog‘lab 
qo‘ymaydi va ijodiy qobiliyatini o‘z-o‘zicha namoyon qila olishligini ta'kidlaydi. 
Nikolay Kopernikning
(1473-1543) «Samoviy doiralarning aylanishi haqida» 
asari astronomiyada inqilob yasadi, negaki, quyidagilarni o‘z ichiga olgan 
geliotsentrizm sistemasini ta'kidladi: 1. yer Koinot markazida harakatsiz ravishda 
mavjud bo‘lmasdan, balki o‘z o‘qi atrofida aylanadi; 2. yer Quyosh atrofida 
aylanadi. Kopernikning geliotsentrik nazariyasi falsafa taraqqiyotiga sezilarli ta'sir 
ko‘rsatdi, ammo adashishlardan ham holi emas edi: birinchidan, Kopernik 
dunyoning oxiri bor degan hukmron aqidaga qo‘shilar edi, va, ikkinchidan, yerni 
Koinotning markazi bo‘lish imtiyozidan mahrum qilib, shunday markazni 
Quyoshga nisbatan saqladi. 
Mashhur «Tajribalar» asarining muallifi 
Mishel Montenning
(1533-1592) 
skeptitsizmi doimiy ijodiy izlanishlar va tinib - tinchmaslik aqlning ramzi edi. 
Uning fikricha, inson tafakkuri doimiy ravishda tabiatning tabiiy qonunlarini bilish 
asosida mukammallashib borishi lozim. 
Uyg‘onish davri 
panteizmining
eng yirik vakili 
Djordano Bruno
(1548-1600) 
edi. Qarama-qarshiliklarning bir-biriga o‘xshashligi haqidagi dialektik g‘oyani 
ta'kidlagan holda, Bruno falsafiy bilimlarning maqsadi Xudo emas, balki tabiat deb 
hisoblab, shu bilan birga koinotda tabiatning va dunyolarning cheksizligi haqidagi 
taxminlarni ifodalab berdi. 
Mumtoz mexanikaning tamal toshini qo‘ygan, tajribaviy-nazariy 
tabiatshunoslikning asoschilaridan biri 
G.Galiley
(1564-1642) edi. Uning fikricha, 
bilish sohasida ikki usuldan, ya'ni 
tahlil (analiz)
va 
sintezdan
foydalanib, tabiat 
hodisalarini hissiy qabul qilishdan ularni nazariy tushunishgacha borib yetmoq 
lozim. Shu tarzda haqiqiy bilim tahliliy va sintetik, hissiy va abstraktlik birligida 
yagonaligida o‘z ifodasini topmog‘i lozim. 
Uyg‘onish davrida shakllangan g‘oyalar kishilarni dunyo va undagi inson 
maqomiga bo‘lgan qarashlarini o‘zgartirib yubordi va bu bilan keyingi fan va 
falsafa xususiyatida chuqur iz qoldirdi. 

Download 250,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish