Platon
qarashlarida jamiyat, davlat toʻgʻrisidagi taʼlimot markaziy oʻrinlardan
birini tashkil qiladi. U davlat fuqarolarini 3 tabaqaga boʻlgan: 1-tabaqa — davlatni
boshqarib turadigan donishmand hukmdorlar; 2-tabaqa — davlatni dushmandan
himoya qiladigan harbiylar; 3-tabaqa — davlatni va yuqoridagi 2 ta-baqani moddiy
jihatdan taʼminlab turadigan deqqonlar va hunarmandlar. Platon
davlat boshqaruv shaklini oliy hokimiyat tanho amalga
oshiriladigan
monarxiyata, tor doiradagi cheklangan shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan
aristokrashiyaga, butun xalq hokimiyatni boshqaradigan demokratiyaga ajratadi.
Platon 4 asosiy fazilatni farq kiladi: donishmandlik, mardlik, akl bilan ish qilish va
eng asosiysi — boshka fazilatlar oʻrnini toʻldiradigan va qoʻshilib ketadigan fazilat
— adolat. P. ning ideal davlat toʻgʻrisidagi orzulari asosida adolat gʻoyasi yotadi.
Uningcha, jamiyat barcha aʼzolarining odil jamiyatdagi qonunlarga boʻysunishi
ijtimoiy ta-raqqiyotning asosiy garovidir. Qayerdaki qonunlar hokim ustidan
hukmron boʻlsa, hokimlar esa qonunga qul boʻlsa, oʻsha davlat gullab yashnaydi.
Agar davlat qonunlar ustidan yaroqsiz hokimiyatni oʻrnatib qoʻyadigan boʻlsa, u
holda qonun hech qanday foyda bermaydi,
aksincha, davlat uchun juda
katta zarar keltiradi, deb taʼkidlaydi. Uning fikricha, iqtisodiyot polis (davlat)ning
gullab yash-nashi yoki tanazzuli omili hisoblanadi. I. ch. siyosatni emas, siyosat i.
ch. ni bo-shqarishi kerak. Jamiyatni barqaror holatdan chiqaradigan har qanday
oʻzgarishlarga yoʻl qoʻyilmasligi zarur.
Platonning
estetik qarashlarida borliq, hayot «abadiy gʻoya»larning taqlidi,
nusxasi; sanʼat esa borliq, hayotning taqlidi, yaʼni taklidga taqlid, degan xulosaga
asoslangan. U xudolarga boʻlgan eʼtiqodni qoʻllab-quvvatlagan, xudosizlarni
qrralagan, davlatni boshqaruvchilar xudojoʻy boʻlishlari kerak, deb hisoblagan.
Falsafa tarixida Platon taʼlimoti turlicha qabul qilingan. Unga «ilohiy ustoz» (antik
davr), xristian dunyoqarashining muboshiri (bobosi), sof sevgi faylasufi va siyosiy
xayolparast (Uygʻonish davri) sifatida qaralgan. Platondan 30
ga yaqin katta va
kichik asar qamda xatlari saqlanib qolgan. Asarlari dialog shaklida yozilgan.
Ulardan muhimlari: «Apologiya» (Sokratni qimoya qilish), «Kriton» (qonunni
hurmag qilish haqida), «Laxet» (mardlik haqida), «Xarmid» (aql bilan ish qilish
haqida), «Menon» (notiqlik sanʼati mohiyati haqida), «Bazm» (eros haqida),
«Fedr» (eydoslar haqidagi taʼlimot), «Fedon» (adolat haqida), «Davlat» (adolat
haqida), «Teetet» (bilim haqida), «Timey» (kosmologiya), «Qonunlar»,
«Siyosatdon», «Fileb» va b. P. ning asarlari asrlar davomida Gʻarbda, Sharqda
maʼlum va mashhur boʻlgan, koʻp tillarga tarjima qilingan, ularga sharxdar
yozilgan. «Davlat» asariga Ibn Rushd, «Qonunlar»ga Forobiy sharhi eʼtiborga
loyiq. Forobiyning sharhi «Talxi-su navomisi Aflotun» («Aflotun qonunlari
mohiyati») deb ataladi. Bu asar 1993-y. «Fozil odamlar shaxri»
kitobida nashr
etilgan. 2002-y. Aflo-tunning «Qonunlar» asari Toshkentda uzbek tilida nashr
etildi. Yozuvchi Omon Muxtorning «Aflotun» romani chop qilindi
Apologetika orqasidan xristian mafkurachilarining asarlari
bo‘lgan
patristika
paydo bo‘ldiki, uning mualliflari bid'atchilarga qarshi kurashga
katta hissa qo‘shganliklari uchun avliyolik darajasiga ko‘tarildilar va cherkov
otalari deb ataldilar. «Cherkov otalari» ning eng yirigi
Avreliy A vgustin
(354-430)
edi. Avgustin falsafasining markazida Xudo turadi. Xudo oliy mohiyat bo‘lib, eng
oliy ezgulikdir. Inson esa o‘zida tabiatning moddiy jismlarini –o‘simliklar va
hayvonlarni birlashtiradi va
aqliy ruh, hamda ozod irodaga egadir. Ruh xudoga
yaqin bo‘lib, moddiy emas, zavol topmaydi va o‘z qarorlarida ozoddir. Ma'naviy
hayotning asosi irodadir, ammo aql emas. Hayotning maqsadi va mazmuni baxt-
saodatdadirki, unga Xudoni bilish bilan erishib bo‘ladi. Insoniy
va ilohiy tarix
voqyealari birlik va qarama-qarshiliklar orqali ro‘y beradi, ular o‘z ifodasini ikki
saltanat (shaharlar) - Xudoning va yerning to‘qnashuvida topadilar. Xudo
saltanatiga insoniyatning oz qismi, ya'ni o‘zining axloqiy-diniy xulqi bilan
Xudoning rahmatiga va najotiga erishganlar kirdilar,
yerdagi saltanatga esa,
baraks, o‘zini yaxshi ko‘radigan, ochko‘z, xudbin kishilar kiradilarki, ular Xudoni
unitadilar. Xudo saltanatiga mansublikning bosh garovi sifatida Xudo va cherkov
oldida itoat va bo‘ysunish xizmat qiladi.
O‘rta asrlardagi falsafiy tizimlarining ko‘pchiligi idealistik yo‘nalishga ega ediki,
uni xristianlikning asosiy diniy aqidalari taqozo qilar edi.
Bunday diniy aqidalar
orasidayagona Xoliq - Xudoning shaxsiy shakli haqidagi atomizmning qat'iy
ravishda rad etuvchi aqida, hamda Xudo tomonidan dunyoni «hyech narsadan»
(