2-savol to‘g‘risida ma’lumot
Savol tavsifi: tenglamani o‘zgartirib, berilgan ikkita miqdor qiymatini o‘rniga qo‘yish..
Matematikaga oid mazmun sohasi: o‘zgarish va munosabatlar.
Kontekst: kasbiy
Aqliy faoliyat turi: qo‘llash.
2-savolning baholash mezoni
TOMCHINING TUSHISH TEZLIGI
1-savol : Hamshira tomirga dorini yuborish uchun sarflanadigan vaqtni ikki martaga oshirmoqchi. Agar formuladagi n ikki martaga oshirilsa, ammo k va V o‘zgarmasa, D qanday o‘zgarishini tushuntiring.
1-savol to‘g‘risida ma’lumot
Savol tavsifi: formuladagi o‘zgaruvchilardan biri ikki marta oshirilsa,ammo boshqa o‘zgaruvchilar o‘zgartirilmasa, bu hisoblanadigan kattalikka qanday ta’sir
ko‘rsatishini aniqlash.
Matematikaga oid mazmun sohasi: o‘zgarish va munosabatlar.
Kontekst: kasbiy.
Aqliy faoliyat turi: qo‘llash.
O‘quvchi tomonidan quyidagi mazmunda javoblar berilganda, ushbu javoblar to‘liq qabul qilinadi va to‘liq kredit beriladi: Berilgan javoblarda kattalikning o‘zgarishi miqdori va yo‘nalishi ko‘rsatib berilgan.
- Tomchidorining miqdori ikki martaga kamayadi;
- Tomchidorining yarmi qoladi; .
- D 50 % ga kamayadi; D ikki marta kamayadi.
O‘quvchi tomonidan quyidagi mazmunda javoblar berilganda, ushbu javoblar qisman qabul qilinadi va qisman kredit beriladi:
Javobda ikki kattalikning o‘zgarish miqdori yoki yo‘nalishi aks ettirilgan, ammo ikkalasi ham emas.
- D kamayadi [miqdori berilmagan];
- 50 % gacha o‘zgarish kuzatiladi [O‘zgarish yo‘nalishi berilmagan];
- D 50 % gacha oshadi [miqdor to‘g‘ri topilgan, lekin yo‘nalishi noto‘g‘ri].
O‘quvchi tomonidan quyidagi mazmunda javoblar berilganda, ushbu javoblar qabul qilinmaydi va kredit berilmaydi:
D ham ikki marta oshadi [o‘zgarish yo‘nalishi ham, miqdor ham noto‘g‘ri
ko‘rsatilgan];
Izoh.
Mazkur masalani yechishda katta ahamiyat kasb etadigan omil – formulalar bilan
ishlay olishdir. Formula maxrajdagi n o‘rniga 2n qo‘yilsa, D ning qiymatini yana 2 ga bo‘lish kerakligini bilish mumkin. Natijada, u 2 martaga kamayadi yoki kasrning asosiy xossasidan foydalanish mumkin, ya’ni maxraji 2 marta ortganda kasrning qiymati shuncha marta kamayadi. Savol noan’anaviy shaklda tuzilgan, oddiy kasrlarning xossalarini esa ko‘p o‘quvchilar esdan chiqarib yuborishgan, shu sababli ushbu masala o‘quvchilarda qiyinchilik tug‘dirgan. Mazkur masalani yechishda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) tarkibidagi davlatlarning o‘quvchilari taxminan 22 % , Rossiya davlatining o‘quvchilari 33% gina natija ko‘rsatgan
Do'stlaringiz bilan baham: |