Personalni boshqarish


Boshqaruv qarorlari va ularni ta’sirchanligi



Download 112,83 Kb.
bet8/11
Sana21.04.2022
Hajmi112,83 Kb.
#569198
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Документ Microsoft Word (2)

Boshqaruv qarorlari va ularni ta’sirchanligi

Korxonalarda har kuni ko’plab turdagi qarorlar qabul qilinadi. Ular ta’sir doirasi bilan bir-biridan farq qiladi: umumiy (jamoa manfaatlariga tegishli) yoki xususiy (ayrim ijrochilarga tegishli) xarakterga ega bo’lgan qarorlar. Qarorlar boshqaruv darajasiga qarab ham farqlanadi (korxona miqyosida, ishlab chiqarish tarkibiy bo’linmalari yoki konkret xodimga nisbatan).
Muddat bo’yicha qarorlar: uzoq muddatli (strategik), o’rta muddatli (taktik) va qisqa muddatli (tezkor) bo’ladi. Tezkor qarorlar deyarli har kuni kuchini yo’qotadi, istiqbol rejalar (uzoq va o’rta muddatli) amalda uzoq davom etadi.
Qarorlar ishlab chiqarish mohiyatiga qarab ijobiy (izlanish usullarini talab qiluvchi), analogik (mavjud analoglar asosida), avtomatik (yuqori turuvchi organning taqdimotnomasi, qarori asosida) hamda takrorlanuvchi bo’ladi.
Funkstional belgilariga qarab ulami ijtimoiy, tashkiliy, iqtisodiy, texnologik va texnik qarorlarga ajratish mumkin. Boshqaruvning umumiy vazifalarini bajarish bo’yicha qarorlar rejaviy, tashkiliy, muvofiqlashtiruvchi va nazorat qiluvchi turlarga bo’linadi.
Boshqaruv faoliyatiga qarab qarorlar aniq qat’iy (vazifalar, ijrochilar va muddati aniq bo’lgan), yo’naltiruvchi (faoliyat yo’nalishi belgilangan, ammo bajarish parametri va reglamenti ko’rsatilmagan) va me’yoriy (boshqaruvga tegishli mavjud me’yorlaming bajarilishini ta’minlovchi) bo’ladi.
Boshqaruv qarorlari turli xil bo’lishiga qaramay, ulami tayyorlash, qabul qilish, tatbiq etish va nazorat qilishda barcha holatlar uchun umumiy tartib-qoidalar tizimi mavjud. Bunday tizim qarorlami qabul qilish va tatbiq etish texnologiyasi deb ataladi.
Boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish 4 bosqichda amalga oshiriladi.
Birinchi bosqich - aniqlash, muammo va masalalarni asoslash va shakllantirish.
Ikkinchi bosqich - ma’lumotlami izlash va qayta ishlab chiqish.
Uchinchi bosqich - qarorlaming ehtimoliy variantlarini aniqlash.
To’rtinchi bosqich - qaror variantlarining ichidan eng yaxshisini asoslash va tanlash.
Har bir bosqich natijalarining ishonchli bo’lishi qabul qilinadigan qarorning sifatini belgilaydi. Chunonchi, qaror maqsadining aniq bo’lmasligi, masalaga oid ma’lumotlaming kechikishi yoki xato bo’lishi, qaror ta’rifidagi noaniqliklar, eng maqbul mezonlaming noto’g’ri tanlanishi qabul qilinadigan qarorning maveini tushurib yuborishi mumkin.
Qabul qilingan qarorning bajarilishini tashkillashtirish - boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish va tatbiq etish jarayonining yakunlovchi daridir. Shartli ravishda uni 4 ta bosqichga ajratish mumkin.

  1. Qarorlarni hujjatlashtirish.

  2. Qaromi tashviqot qilish va tadbiq etish rejasini ishlab chiqish.

  3. Qarorning tezkor bajarilishini tashkil etish.

  4. Bajarilish hisoboti va nazorati.

Qarorlar boshqaruv darajasiga qarab buyruq va qaror shaklida rasmiylashtirilishi mumkin. Qoidalar va yo’riqnomalar shaklidagi me’yoriy aktlar buyruq yoki qaror bilan tasdiqlanadi.
Ko’rsatma beruvehi hujjatlaming bajarilishi ustidan nazoratning yaxshi tashkil etilishi boshqaruv qarorlarining ta’sirchanligini oshiradi. Korxonada shunday nazoratni amalga oshirishda rasmiyatchilikka yo’l qo’yilsa, ishlab chiqarishdagi vaziyatlami nazorat qilish izdan chiqishi va uning samaradorligi hamda rivojlanishiga ta’sir qilishi mumkin. Ya’ni, qo’l ostidagi xodimlar bilan o’zaro aloqa yo’qoladi. Natijada ko’zlangan maqsadga erishib bo’lmaydi, bu ishlab chiqarish texnologiyasi va mehnat intizomi buzilishining o’sishiga, umumiy qoida va huquqiy me’yorlarning buzilishiga olib keladi.
Ma’muriy nazorat ikki xil maqsadga yo’naltirilgan bo’ladi.

  1. . Ma’muriy nazoratning maqsadi qo’l ostidagi xodimlarga topshirilgan vazifalarning bajarilishiga ta’sir ko’rsatuvchi ob’ektiv sharoitlardagi barcha o’zgarishlami o’z vaqtida aniqlashdir. Bunday holatda tekshirish uchun olingan axborotlar ijrochilar tomonidan farmoyishlami bajarish uchun qulay shart-sharoitni ta’minlashga qaratilgan qo’shimcha topshiriq va farmoyishlami tuzatishga asos bo’lib xizmat qiladi. Mazkur nazoratning ta’sirchanligi tahlillarni muntazam ravishda olib borish holatiga bog’liq bo’ladi.

  2. .Nazorat ijrochilarning vijdonligini, topshirilgan vazifalarga bo’lgan munosabatini baholashga xizmat qiladi. U xodimlami tarbiyalashga yo’naltirilgan bo’lib, texnologik va mehnat intizomini mustahkamlab, topshirilgan vazifalarga bo’lgan javobgarlikni kuchaytiradi.

Nazorat samaradorligining muhim shartlaridan biri - bu muntazamlik bo’lib, ijroni doimiy ravishda tekshirish va yuzaga kelgan haqiqiy vaziyatlami tahlil qilish bilan barcha bo’limlarni nazoratga tortish, faoliyatning hamma sohasini qamrab olishdan iborat.


  1. Download 112,83 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish